O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Qo'qon shahri bozor va karvonsaroylari tarixi

Qo'qon shahri bozor va karvonsaroylari tarixi
06 Ağustos 2019 - 7:45 'da yuklandi va 509 marta o'qildi.
QO'QON ShAHRI BOZOR VA KARVONSAROYLARI TARIXI
Har bir davlatning taraqqiy etishi albatta uning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy ravnaqiga bog'liqdir. Oliy hukmdorlar tabiiy ravishda mamlakatdagi farovonlikni savdo bilan bog'laganlar. Savdoni taraqqiy ettirish, uning uchun etarli sharoitlarni yaratib berish asosiy vazifalardan biri sanalgan. Ayniqsa, markazlashgan davlatning salohiyati kuchli bo'lgan davrlarda mamlakat iqtisodiyoti ravnaq topgan, yangi bozorlar qurilgan, mavjudlari kengaytirilgan, savdo do'konlari, karvonsaroylar va boshqa savdo inshootlari barpo etilgan. Savdo munosabatlari, boj tizimi tartibga solinib, ularning nazorati kuchaytirilgan.
Xonlik bozorlari orasida poytaxt Qo'qon bozori yaqqol ajralib turgan. Xonlikning ko'plab hukmdorlari mamlakat shaharlarida, poytaxtda bozor, savdo rastalari, do'kon va karvonsaroylar qurishga katta e'tibor berganlar. Xususan, Qo'qon xoni Shohruhbiy (1709 – 1721) yangi tashkil qilingan davlatning markaziga O'rda bilan bir qatorda bozor bunyod etgan. Uning vorisi Abdurahimbiy (1721 – 1734)ning poytaxtda dastlabki amalga oshirgan ishlaridan biri bozor va rastalarni qurish bo'lgan. Abdukarimbiy (1734 – 1750) esa Qo'qon atrofini devor bilan o'ragan hamda shaharda yangi bozor va rastalar barpo qilgan. Norbo'tabiy (1763 – 1798) hukmronligi davrida xonlikning nisbatan iqtisodiy yuksalgan davri boshlangan bo'lib, xonlik shaharlarida, xususan, Qo'qonda ariqlar, masjid, madrasa, hammom, karvonsaroy va savdo do'konlari barpo qilingan.
XIX asr boshlaridan xonlik iqtisodiy hayoti asta-sekinlik bilan rivojlanib borishi oqibatida bozorlar soni ham ortib borgan. Jumladan, 1813 – 1814 yillarida xonlikda bo'lgan F.Nazarovning yozishicha, Qo'qon markazida uchta toshdan qurilgan bozor bo'lgan va ularda haftada ikki marta bozor tashkil etilgan. 1830 yilda Qo'qonda bo'lgan xorunjiy Potanin, xonlik poytaxtida 6 ta bozor bor deb ko'rsatgan. Noma'lum muallif ma'lumotlariga ko'ra, XIX asr 40-yillarida Qo'qonda mavjud bo'lgan 6 ta bozorning 2 tasida mahalliy, 4 tasida turli hududlardan kelgan savdogarlar savdo ishlarini olib borganlar. Qo'qon bozorlarining ba'zilarining O'rta Osiyoda mavjud bo'lgan an'anaga ko'ra usti yopiq bo'lib, yog'ingarchilik mavsumi uchun ham qulay bo'lgan. Qo'qon bozori Buxoro bozoridan so'ng O'rta Osiyoda eng yaxshi bozorlardan biri bo'lgan va bu nomga u Muhammadalixon davrida erishgan. Chunki, Muhammadalixon hukmronlik qilgan XIX asr 20-yillarida xonlikning siyosiy va iqtisodiy jihatdan ancha yuksalishi – poytaxtda bozor va savdo bilan bog'liq inshootlar qurilishiga va bu sohaga e'tibor kuchayishiga olib kelgan.
Xudoyorxon (1845 – 1858, 1862 – 1863, 1865 – 1875) hokimiyatni mustaqil boshqarishni boshlaganidan so'ng (1852), xonlikning turli hududlarida, xususan, kichik shahar va qishloqlarida ham bozor, do'kon, karvonsaroy va boshqa savdo inshootlar qurilishi davom ettirilgan. 1856 – 1857 yillarda Qo'qon asosiy bozorida qurilgan karvonsaroy va to'qimachilik mollari sotish uchun mo'ljallangan savdo rastalari shular jumlasidandir. Xonning buyrug'i bilan Karimquli mehtar tomonidan qurdirilgan chit rastasi poytaxtdagi eng yirik savdo rastalaridan biri hisoblangan. Xudoyorxon hukmronligining uchinchi davrida (1865 – 1875) ham savdo inshootlari qurdirishni davom ettirgan. Jumladan, u 1867 – 1868 yillarda xazinabon Iso Avliyoga xonlikning hamma hududlarida bozor, yangi do'kon va karvonsaroylar qurdirishni buyurgan. Natijada, Qo'qon bozorida chit sotiladigan savdo rastalari, kappon, katta va kichik – paxta, o'tin va boshqa mahsulotlar saqlanadigan va ular bilan savdo qilinadigan karvonsaroylar barpo qilingan. Bu davrda Qo'qon bozoridagi chit rastalari soni 250 taga etgan. 1870 yil Qo'qon markaziy bozorining to'qimachilik rastalari joylashgan qismida yong'in chiqishi natijasida chit rastasining 250 do'konidan 5 – 6 tasigina omon qolgan. Xudoyorxon farmoni bilan qisqa muddatda Qo'qon bozorining chit rastasi qayta qurilgan. Yong'indan oz muddat o'tgach, Qo'qonda bo'lgan A.P.Fedchenko, Qo'qon bozori haqiqatdan e'tiborga loyiq, u hamma tomondan o'ziga xos me'morchilik uslubida qurilgan, bozor tashkiliy ishlar yuzasidan O'rta Osiyoda eng yaxshilaridan hisoblanadi. Qo'qon savdo saroylarining usti baland yog'och tom bilan yopilgan va unda havo juda yaxshi aylanadi, deb qayd etgan.
O'rta Osiyo shaharlariga xos tarzda Qo'qonning asosiy bozori shaharning markazida, turli ko'chalar tutashgan erda joylashgan va “Katta bozor” nomi bilan tanilgan bo'lib, A.L.Kun 1875 yil poytaxtga kelgan davrda bu bozorda 2000 atrofida do'kon bo'lganligini qayd etgan. Asosiy bozor mahsulot turlariga qarab, alohida savdo rastalariga yoki kichik bozorlarga bo'lingan. Dehqonchilik mahsulotlari bozori va g'alla bozori, ipak va pilla bozori, paxta bozori, o'simlik yog'i bozori, mayiz bozori (quruq mevalar bozori), pichan, yog'och, beda, poxol bozorlari, guruch bozori, baqqolchilik mollari bozori, kiyim-bosh bozori, choy rastasi, zargarlik rastasi, chorva mollari bozori, don bozori shular jumlasidandir. 1271 yilgi (1854 – 1855) ma'lumotlarga ko'ra, Qo'qon asosiy bozoridagi bo'yoq mahsulotlari rastasi bozorning chekkasida – “Bozor-i poyon”da (Quyi bozor), chorva mollari bozori esa O'rta Osiyo shaharsozligi an'analariga xos ravishda shahar chekkasidagi maydonda joylashgan edi.
Qo'qon shaharlari bozorlaridagi do'konlar uch turga: hukmron sulola vakillari va turli amaldorlarga tegishli, xususiy va vaqf do'konlariga bo'lingan. Arxiv ma'lumotlariga qaraganda, xonlik tugatilishi arafasida Qo'qon shahri bozorlarida 1911 savdo do'kon bo'lgan va ularning 599 tasi hukmdorga qarashli, 1312 tasi xususiy do'konlar hisoblangan. N. Pantusov ma'lumotlariga ko'ra, Xudoyorxon hukmronligi davrida poytaxtdagi karvonsaroy, do'kon, hammom va boshqa savdo inshootlarining aksari qismidan soliq olinmagan. Chunki, ularning asosiy qismi xonga qarashli bo'lgan yoki vaqf mulklari hisoblangan. Xususan, bu davrda shahardagi 10 ta karvonsaroyning 5 tasi xonga tegishli bo'lgan. Do'konlar savdogarlarga ijaraga berilgan hamda ulardan belgilangan tartibda ijara haqi olingan. 1874 yilda Qo'qondagi 575 savdo do'konidan xon xazinasiga 2131 tillo daromad tushgan.
Qo'qon xonligi bozorlarida eng yirik savdo ochiq bozor maydonlarida amalga oshirilgan bo'lsa, karvonsaroylarda nisbatan qimmat mollar, chet el mollari va ulgurji mollar savdosi amalga oshirilgan. Qo'qon bozorlari savdogar va xaridorlar bilan gavjum bo'lib, birgina mayda savdo-sotiq ishlari bilan asosiy bozorda 600 atrofida savdogar shug'ullangan.
Xonlik iqtisodiy hayoti ancha mo''tadil ko'rsatkichga erishgan XIX asr o'rtalarida esa, Qo'qonda bozor haftada uch kun – chorshanba, payshanba va yakshanba kunlari ertalabdan kechgacha davom etgan. Chorshanba asosiy bozor kuni hisoblanib, shu kuni bozorga xonlikning turli shaharlaridan va qo'shni hududlardan savdogarlar kelganlar.
Qo'qon atrofidagi qishloqlarda ham haftaning turli kunlarida bozorlar tashkil etilgan bo'lib, Konibodomda yakshanba, Beshariq, Yangiqo'rg'on va Oltiariqda dushanba, Yaypan, Buvayda va Rishtonda seshanba, Isfarada chorshanba, Chorkuda payshanba kuni bozor bo'lgan.
Xonlik poytaxti Qo'qonda ko'plab karvonsaroylar mavjud bo'lgan. V.V.Vel'yaminov-Zernov, XIX asr o'rtalarida Qo'qonda 9 ta karvonsaroy borligi haqida ma'lumot bergan bo'lsa, XIX asr 70-yillarida poytaxtda bo'lgan A.P.Xoroshxin, shaharda 10 ta karvonsaroy bor va ularning biri – Zakotsaroyda rus savdogarlari, yana birida paxta bilan savdo qiluvchi savdogarlar turadi, deb ma'lumot qoldirgan. Shuningdek, noma'lum muallif ma'lumotlariga ko'ra, XIX asr 70-yillarida Qo'qonda 15 ta katta va bir nechta kichik karvonsaroy ishlab turgan.
Savdogarlar karvonsaroylarda yashashdan tashqari savdo qilish imkoniyatiga ham ega bo'lganlar. Odatda, xonlik karvonsaroylarning har birida 12 – 35 tagacha do'kon mavjud bo'lgan va ularda asosan ulgurji savdo amalga oshirilgan. Savdogarlar karvonsaroy do'konlarini ijaraga olganlar va ma'lum miqdorda ijara haqi to'laganlar. Xususan, XIX asrga oid ma'lumotlarga ko'ra, Qo'qon va Toshkent karvonsaroylarida yaratilgan sharoit va karvonsaroyning nufuziga qarab savdogarlar boshqaruvchiga do'kon ijarasi uchun yiliga 3 –5 tillo to'lagan. Karvonsaroylarda tuya va otlarni saqlash uchun uchun ham maxsus joylar mavjud bo'lgan va ularga oziq-ovqat karvonsaroy hisobidan berilgan. XIX asr o'rtalarida savdogarlar Qo'qon, Toshkent, Turkiston karvonsaroylarida tuya va ot uchun 5 kop. (tiyin) dan joy haqi to'langan.
Qo'qon bozorlarida aholining hordig'i uchun bir qator imkoniyatlar mavjud edi. Ular jumlasiga, choyxona, hammom, sartaroshxona va boshqa jamoatchilik inshooatlarini kiritish mumkin. Qo'qon xonligi bozorlari choyxonalari bilan ham mashhur bo'lgan. Xonlikning Qo'qon, Toshkent, Namangan, Marg'ilon, Xo'jand va boshqa yirik shaharlarida o'nlab choyxonalar faoliyat yuritgan.
Qo'qon bozorlarida kerakli sharoitlar yaratilgan ko'plab hammomlar ishlab turgan. Qo'qon bozorlaridagi hammomlar ozodaligi va xizmat ko'rsatish sifati bilan mashhur bo'lgan. Hammomlarda bir nechta kichik gumbazlarda issiq va sovuq suv, libosxona, dam olish xonasi, quduq, mehmonxona, oshxona va o'rtada yuvinish xonasi bo'lgan. V.V.Vel'yaminov-Zernovning yozishicha, XIX asr o'rtalarida Qo'qonda 6 ta, Toshkentda 11 hammom ishlab turgan.
Qo'qon bozorlari rastalarga bo'lingan bo'lib, har bir rastaning o'z oqsoqoli bo'lgan. Oqsoqol o'z rastasini yordamchisi bilan birgalikda nazorat qilgan va rastadagi har bir do'kondan 2 tanga va undan ko'proq o'z hisobiga pul olgan. Tunlari ham rastalar xavfsizligi uchun oqsoqol javobgar bo'lgan va uning uchun ham oyiga har bir do'kondan 10 kop. dan pul yiqqan.
Qo'qon xonligi bozorlaridagi oldi-sotdi jarayoni bir maromda davom etishi va tozalik, tartib-intizomning joyida bo'lishida davlat amaldori –raislarning o'rni katta bo'lgan. Rais xonlik shaharlarida ba'zan, qozi rais deb ham atalgan. Bu lavozimga xulq-atvori yaxshi, shariat ilmining chuqur bilimdoni hamda aholi o'rtasida katta hurmatga ega bo'lgan kishilar tayinlangan. Bu vazifaga ba'zan qozilar ham tayinlangan bo'lib, shuning uchun ham qozi rais deb atalgan. Xonlikning yirik shaharlarida bittadan, kichik shahar va qishloqlarning bir nechtasida bitta rais bo'lgan. Xususan, Toshkent va Qo'qonda ham Rossiya istilosiga qadar bittadan rais bo'lgan. Rais diniy marosimlarni nazorat qilish bilan birga, do'kon, savdo rastalari va bozorlarda savdo-sotiq jarayonini nazorat qilgan. U bozor kunlari o'zining xalfa deb ataladigan 10 dan ortiq yordamchisi bilan bozor aylangan. Rais tartibbuzarlikni oldini olgan, tarozilarni to'g'ri ishlayotganini va hatto hunarmandlar tomonidan tayyorlangan buyumlar sifatini ham tekshirgan. Shuningdek, spirtli ichimliklar savdosiga qarshi kurashgan. Rais ko'cha, ariq va bozor maydonlarining tozaligiga ham javobgar bo'lgan. Bozordagi narx-navodan, savdogarlardan va tarozidan norozi xaridorlar arzlarini eshitgan hamda aybdorlarni jazolagan. Jazo ikki usulda amalga oshirilgan bo'lib, birinchisida, aybdorga 3 tadan 39 tagacha qamchi bilan urilgan bo'lsa, ikkinchisida bozor va shahar ko'chalarida sazoyi qilingan. Raisning hukmi xonlikdagi oddiy fuqarolardan tortib, amaldor va xorijliklar uchun ham qat'iy edi.
Qadimdan O'rta Osiyoda mamlakatlari iqtisodiyotida bozor va unda amalga oshirilgan savdo katta daromad manbai hisoblangan. Siyosiy jihatdan mustahkamlanib olgan xonlikda bozor va savdo inshootlari – karvonsaroylar, savdo rastalari va do'konlar qurish, mamlakatda savdoni rivojlantirish uchun ko'plab ijobiy ishlar izchil amalga oshirilgan. Bu sohada poytaxt – Qo'qon shahri yaqqol ajralib turgan. Xonlikning boshqa hududlari kabi poytaxt Qo'qonda ham bozor, do'kon va karvonsaroylar qurilgan, mavjudlari kengaytirilgan, bozorlar faoliyatini tartibga solgan. Bozor va karvonsaroylar faoliyatini yaxshilash, bozorlardagi tartib-intizomni mustahkamlash, soliqlarni nazorat qilish maqsadida hukmdorlar tomonidan maxsus davlat amaldorlari belgilangan. Shuningdek, bozorlarda choyxona, hammom, sartaroshxonalar mavjud bo'lib, aholi bu erga nafaqat savdo qilishi, balki madaniy hordiq chiqarishi uchun ham kelgan. Natijada, XIX asr birinchi yarmida Qo'qon bozorlari me'morchiligi, tashkiliy ishlarning yaxshi yo'lga qo'yilganligi, ozodaligi, to'kinligi va savdogarlar uchun yaratilgan sharoitlar bo'yicha O'rta Osiyoda etakchi mavqelarni birini egallagan.

Z. MADRAHIMOV

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube