O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Jajji guvoh

Jajji guvoh
06 Ağustos 2019 - 9:00 'da yuklandi va 857 marta o'qildi.

Nasrullo Sayyid

Nasrullo SAYYID

 

JAJJI GUVOH
(Hujjatli qissa)

«O'zbekistonda Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilinganligining 18 yilligi»ga bag'ishlayman

O'zbekiston ommaviy axborot vositalariga ko'ra, yaqinda Toshkentda I.Karimovning yangi kitobi taqdimoti bo'lib o'tgan. Kitob – «Yuksak ma'naviyat – engilmas kuch» deb, nomlanganmish. Kitob haqidagi to'liq ma'lumot hali Kanadaga etib kelmadi. Elektron varianti ham internetda paydo bo'lganicha yo'q.

Nomlanishga e'tibor qaratilsa, kitobda yakkahokimlik yillaridagi “mustaqil” xalqimizning o'n sakkiz yilda erishgan «yuksak ma'naviyat»i haqida so'z yuritiladi.

Eshitishimcha, O'zbekistondagi maddohlar allaqachon yuksak minbarlardan turib,  o'zbek jamiyatida erishilgan olamshumul yutuq – «yuksak ma'naviyat» hakida ayyuhannos sola boshlaganlar. Respublikaning har joyida va'zxonlik – “buyuk asar”ni ulug'lash tadbirlari davom etmoqda ekan.

Uzoq Kanadada yashab, men ham har bir xorijdagi O'zbekiston vatandoshi singari o'zbek jamiyatida yuzaga qalqqan bugungi ma'naviyatsizlikni har nafasimda his qilib turaman. Bu qadar ochiq tanazzulni his qilmaslik uchun kishidan ko'r va karlik – bir so'z bilan aytganda, ruhan majruh va ma'nan o'lik bo'lish talab qilinadi.

“Yuksak ma'naviyat” xususida yozilgan “buyuk asar”ning jamiyat hayotidagi navbatdagi yangi bir “ma'naviy inqiroz” ekanligiga ham qalbimda zarracha shubha yo'q.

Bu kitobni yozganlarning va I.Karimovni “daho” deb ko'klarga ko'tarib maqtayotganlarning xalqimiz ma'naviyati bilan aslida zarracha ishlari yo'qligi ko'pchilikka ma'lum. Iddaolarning soxta va manfaatdorlik yo'lidagi navbatdagi puxta o'ylangan reja ekanligidan – mansab va shon-shuhrat uchun boshlangan bir ish ekanligidan ham ko'pchilik xabardor.

Millat sifatida bizning kundan-kunga tarbiyamiz tubanlashib, ilmdan uzoqlashib ketayotganimizga butun dunyo guvoh bo'lib turibdi. Yurt ichida turib, jamiyatning “jaholat” deb atalmish jirkanch bir botqoqqa botayotganini ilg'amaslik uchun kitobni mustabidga “yozib bergan” olimlarning aqli judayam zaif bo'lishi kerak. Holbuki, ular o'zlarini hammadan ko'ra aqlli deb hisoblaydilar.

Bugun bizning suyukli Vatanimizda – yolg'onchilik, soxtakorlik, poraxo'rlik, ikkiyuzlamachilik kabi illatlar davlat siyosatining asosiy ustunlariga aylanib ulgurgan. Bu kabi illatlar urchigandan-urchigan bir mamlakatda qanday qilib ma'naviyatning yuksalishi haqidi gap bo'lishi mumkin?!

I.Karimovning boshqa kitoblari kabi o'nga yaqin maddoh olimlar yozib bergan ushbu “asar”ining ham “shirin yolg'on”, yoki navbatdagi “riyokorlik” ekanligini sizlarga anglatish uchun boshimdan kechirgan mudhish hodisalar asosida hayotim qissasini yozdim. Voqea-hodisalar milliy ma'naviyatimizga tajovuz boshlangan yillardagi razolatlar haqida so'zlaydi. Ma'naviy ildizlarimizni chiritishga astoydil bel bog'lagan Karimov hukumatining so'zda va ishda o'z-o'ziga zid siyosati haqida bahs yuritadi.

(1-qism)

BOLALAR XONASIDAGI JANGAVOR GRANATA

Adolatga o'chligim, yurt taqdiriga befarq bo'lolmaganligim meni 1990 yilning boshida O'zbekiston Oliy Kengashiga olib keldi. Oliy Kengashda muxolifat fraktsiyasi tuzilishida faol qatnashdim va bir qator hur fikrli deputatlar bilan birgalikda O'zbekistonda siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish talabi bilan chiqa boshladik. Sessiya zalidagi deputatlar ichida kamida 20 – 30 kishi qattiq islohotchilik pozitsiyasida turardi va o'z fikrlarini qo'rqmasdan ayta olardi. Besh yuz deputat ichidagi shu kichik guruh, balkim, o'shanda O'zbekistondagi hayotni demokaratik bir o'zanga burib yuborishi ham mumkin edi. I.Karimov buni tez ilg'adi va ularga qarshi nopok yo'llar bilan g'irommona kurashni avj oldirdi. Har xil bo'hton, tuhmatlar va soxta jinoyat ishlari oqibatida islohot talab qilganlar birin-ketin sessiya zalini «tark eta» boshladilar. Bu I.Karimov kelgusida yaratishni niyat qilgan – «yuksak ma'naviyat» – yakkahokimlikning ilk qadamlari edi. Aksiga olib fraktsiyamiz rahbari M.Solih 1992 yil 2 iyul kuni o'z deputatlik mandatini topshirib, Parlamentdagi kurashini to'xtatdi. Muxolifatchi deputatlar ruhiyatida tushkunlik kayfiyatlari zohir bo'la boshladi. Siyosatni hiyla-nayrang o'yini deb tushunadigan Karimov uchun bunday holat, ayni muddao edi. Oqibatda, tumshug'i ostida uni tap tortmay tanqid qila oladigan ovozlar kundan-kun siyraklasha bordi. Saflar siyraklashgan sayin, haqiqat va adolatni bayroq qilgan ovozlarning shashti so'nishga yuz tutdi. O'zbekistonda, Karimov timsolida zulm va haqsizlik bosh ko'tardi…

1993 yil. Sentyabr oyining oxiri.

Siyosiy kurashlardan chekinmagan holda katta bir qurilish tashkiloti va «Erk»ning Buxorodagi bo'limiga rahbarlik qilardim. Deputatlik vakolatim hali hamon kuchda edi. Oy oxirida Toshkentda «Erk» partiyasining navbatdagi qurultoyi o'tkazilishi rejalashtirilgan. Unda tashkiliy masala ko'rilishi kerak edi.

Men o'sha kunlarda bir guruh buxorolik «Erk»chilarni Toshkentga etkazib borish rejasini tuzish bilan ovora edim. Qurultoyga jo'nab ketishimizga bir kun qolganda, kech soat o'nlar chamasi meni so'rab uyga Erkin degan bir melisa mayori yo'qlab keldi. U viloyat hokimi Yodgorov so'rayotganini aytib, menga o'zi bilan olib kelish buyurilganini so'zladi.

Vobkent tuman hokimi Shavkat Ibrohimovning kabinetida viloyat hokimi meni kutib turardi. Uning talabi; erta-indin bo'lib o'tishi rejalashtirilgan qurultoyda buxorolik “Erkchi”lar tashkilotning yangi rahbarini saylashga ovoz berishlari va M.Solih nomzodini o'tkazmaslikka erishmoqlari lozim edi.

Talabini to'la-to'kis bayon qilgan viloyat hokimi stol ustiga yangi «GAZ-31» mashinasining kalitini qo'ydi. So'ngra, tuman hokimi Sh.Ibrohimovga im bilan “chiqib tur!” ishorasini qildi. Ikkimiz xoli qolgach papkasidan bir varaq qog'ozni chiqarib, oldimga tashladi. Qog'ozni havsala bilan o'qib chiqdim. Unda, Vobkent tumaniga meni hokim etib tayinlash to'g'risidagi farmoyish yozilgan edi. Farmoyish hali imzolanmagan edi. Yodgorov “topshiriq” bajarilgan kunning ertasi uni imzolashini aytdi. Men kalovlanib o'tirmadim. Darhol, rad javobini berib, qat'iy ohangda qalbim buyurganday ish tutishim mumkinligini bildirdim. U: “Jinnilik qilma, bajarmasang, keyin o'zingga yomon bo'ladi”dedi. Viloyat hokimi meni sotib olish oson emasligini darhol tushungan edi. Savdolashmadi. «Yaxshilab, o'ylab ko'rsam», yomon bo'lmasligini qistirdi. Men uning huzuridan chiqib, to'g'ri uyga jo'nadim.

Odamlar g'aflat uyqusidan uyg'ona boshlagan zamonlar edi. O'zbekistonning boshkenti bo'lmish, Toshkent – ko'ksimizdagi yonib turgan yurakdek urardi.

Anjuman his-hayajonlarga to'la bir holatda boshlandi. Qurultoy raisligini avvaliga Otanazar Oripov olib bordi. Nomoz Normo'min so'zga chiqib, partiya raisining chet eldan turib jo'natgan hisobotini o'qib eshittirdi. Zalda o'tirganlar orasida shovqin ko'tarilib, partiya raisiga nisbatan norozilik kayfiyati sezila boshladi.

Vaziyat hukumat istagiga ko'ra yo'nalish olgan edi. Raislik qiluvchi partiya raisiga o'ta sodiq shaxs bo'lgani bois, yig'ilishni boshqara olmay, dovdirardi. Shu orada tanaffus e'lon qilindi. Tanaffus paytida Otanazar aka: «Nasrullo, yig'ilish raisligini o'zingiz olib bormasangiz bo'lmaydi. Men hozir hamma narsani rasvo qilib qo'yishim mumkin» dedi.

Tanaffusdan so'ngra qurultoyga raislik qilish menga o'tdi. Vaziyatdan yaxshi xabarim borligi bois, zalni biroz bo'lsada tinchlantirishga erishdim. G'alag'ovurni bostirib, ichimizga suqilib kirgan fitnachilarning o'yinlarini buzdim. Hukumat rejasi amalga oshmay qoldi…

Qurultoyning o'tganiga 15 yildan oshdi. Shu vaqt ichida qancha-qancha suvlar oqib o'tmadi. Kimlar o'sha kunlar haqidagi xotiralar yozishga ham ulgurdi.

Yaqinda, qurultoy haqidagi «Erk» partiyasining Xalqaro Entsiklopediya (Wikipedia)ga kiritilgan ma'lumotlarga ko'zim tushdi. Sahifada M.Solih va O.Oripovdan boshqa biror bir “Erk”chining ismi-sharifi yo'q edi. Holbuki, viloyatlarda «Erk»ning o'n minglagan fidoyilari va ularni harakatga keltirib turgan o'nlagan liderlari bo'lgan. Ular haqda bafurja ma'lumot yoyinlamaslik, partiyaning o'sha paytdagi kuch-qudratini bugun savol ostida qoldirishini o'ylab, jindek ma'yus tortdim. Balki, u zamonda imkoniyat cheklangandir. Menimcha, «Erk» haqidagi to'liq ma'lumotlarni arixivlashtiradigan vaqt etdi. Bu kelajak avlodlarning asl voqeylikni bilishlari uchun juda muhim…

Qurultoy o'tgan kunning ertasi Buxoroga qaytdim. Ko'chamizga  kiriboq, uyim oldida turgan melisa mashinalariga ko'zim tushdi. Meni soqchilar qurshovida Buxoro viloyati IIB boshlig'i o'rinbosari, melisa podpolkovnigi Sadriddin Zayniev vahima bilan kutib oldi. Ertasi men rahbarlik qilayotgan PMKga ham 30 kishidan iborat katta taftish komissiyasi tashlandi. Va taftish roppa-rosa bir yil davom etdi. Tashkilotimiz bilan o'zaro xo'jalik-iqtisodiy aloqada bo'lgan barcha korxonalar bahonada bir-bir elakdan o'tkazildi. Keyin, eshitdim; taftishlarga bevosita rahbarlik qilgan Volodya ismli rus yigiti, «otning o'limi qashqirlarga bayram» deganlaridek, bahonada Buxoro shahridagi hayhotdek dang'illama uyini bitkazib olibdi. Yangi «inomarka»lik ham bo'lganmish…

Taftish jarayonlari kaminaning ishtirokisiz olib borildi. Sababi, o'sha 1993 yilning kuzida meni deputatlikdan «chaqirib olishdi» va 1994 yilning 22 fevralida, «uyida jangovor granata saqlagan» deb tuhmat bilan qamashdi…

…1994 yilning mash'um qishi oilamiz uchun ko'ngilsiz keldi. Umr yo'ldoshim va besh farzandim, oila boquvchisini yo'qotgach himoyasiz qaqshab qoldilar. Bosh farzandim Jahongir endi o'n bir yoshga qadam qo'ygan edi. Kenjam (“Erk” partiyasi sharafiga uning otini Erkiyor qo'yganman) bir yoshni to'ldirgan chaqaloq edi. Qizlarim – Madina, Marina va Shahrizodalar o'n, sakkiz va olti yoshli jajji qizaloqlar edilar.

O'sha tunda uyimizga juda ham ko'p qurollangan melisa xodimlari bostirib kirdi. Ular, kechki soat o'ndan tonggi soat ikkiga qadar butun xonalarni tintib chiqdilar. Avvalida «Erk» gazetasi nashrlarini topmoqchi bo'lishdi. Butun uyni ostin-ustin qilgan bo'lsalar ham o'zlariga kerakli biror narsani topa olmagach, «milliy an'ana»ga aylantirilayotgan usulni qo'lladilar. Besh nafar jigarbandim uxlab yotgan qorong'i xonadan bir kimsaning go'yo ilon chaqqanday vahshiyona chinqirgani eshitildi. Bolalar xonasiga yarim kechada birovning quturgan itdek ogohlantirishsiz kirishi, aql bovar qilmas bir olchoqlik edi. Nimalar sodir bo'layotganini anglamagan xotinim qo'rquvdan qattiq titrab, turgan joyida o'tirib qoldi. «Bolalarimga bir nima bo'libdimi?!» deya, mening jonim kelib bo'g'zimga tiqildi…

Murg'ak bolalar uxlab yotgan xonada tintuv o'tkazish kerak bo'lsa, men va turmush o'rtog'im ishtirokida bo'ladi deya, xom o'ylagan ekanman. Bo'g'izlangan hayvon kabi chinqirgan kimsa, viloyat IIB xodimi Olim Ja'farov, go'yo javondan – bolalarning kiyimlari va o'yinchoqlari orasidan jangovor granata topib olgandi. Kutilmagan bu tuhmat va pastkashlik qarshisida men biroz dovdirab qoldim. Ammo, qo'lida granata ushlab turgan o'sha yirtqichning jirkanch ko'zlariga cheksiz bir nafrat bilan tikildim. Butun tanamda qonim jumbushga kelib, huquqsizlikdan va haqsizlikdan «dod» deb hayqirgilarim keldi. Ammo, bolalarimni qo'rquvdan zor titratib, menga tuhmat qilayotgan xodimning ko'zlarida bugun I.Karimov aytayotgan «yuksak ma'naviyat»ni emas, uning kelajakda millat boshiga solajak cheksiz g'urbatlar va azob-uqubatlarni ko'rgan edim. (O'sha voqeadan 10 yil o'tib, melisa mayori Olim Ja'farov bir tadbirkordan yirik miqdorda pora olayotib, qo'lga tushdi va 12 yilga qamaldi).

Meni boshqarma erto'lasidagi bir zax kameraga joyladilar. Surishtiruv ishlari viloyat IIBsi tergovchisi Otamurod Qo'ldoshevga topshirildi. Ammo boshqa ko'pchilik mahbuslarga qo'llangani singari menga jismoniy qiynoqlar qo'llanmadi. Balki, Oliy Kengashning sobiq deputati bo'lganligim  bunga mone bo'lgandir. Yoki meni so'roqlab ortimdan saylovchilarimning uzliksiz kelayotganligi ish bergandir…

Har bir yangi kun tergovchining mantiqsiz savol-javobi bilan boshlanib, mantiqsiz savol-javobi bilan nihoya topardi. U surishtiruv boshida «topilgan granata»ning o'zimniki ekanligini tan oldirish uchun rosa kuyib-pishdi. Shirin ham achchiq ham gapirib avrab ham ko'rdi. Boloxonador qilib do'q-po'pisa va dag'dag'a ham qildi. Urinishlari ish bermadi. Barchasi tuhmat ekanligini, bu ishning «yuqorining buyurtmasi» ekanligini har ikkimiz ham o'z ismimizni bilganday yaxshi bilib turardik. Aybsizligim unga ayon bo'lsada, men ham aybsizligimni qayta va qayta to'tiday takrorlashdan, hammasi tuhmat ekanligini ta'kidlashdan hecham charchamas edim. Zotan, bu erlardan qutilib chiqmagunimcha mening boshqa qiladigan ishim yo'q edi. Hatto, meni emas, bu ishni uyushtirganlarni javobgarlikka tortishni tergovchidan qat'iy talab qila boshladim.

Oradan bir hafta o'tdi. Tergovchining gap-so'zlarida o'zgarishlar sezila boshladi. Menga qo'yilgan soxta ayblovni isbotlab bera olmasligiga uning ko'zi etgandi, shekilli. Sarosimaga tushgani gaplari ohangidan bilinib turardi. Tintuvning qonunga zid tarzda o'tkazilganligi, tintuv jarayonida qatnashganlar granataning qaerdan topilganligini aniq ko'rsatib bera olmayotganligi tergovchini boshiberk ko'chaga siqib qo'ydi. U qarshisida o'tirgan mahbusning ezgu niyatli bir kimsa ekanligini, o'z vaqtida minglagan saylovchilarning nakazlarini sidqidildan bajarganligini yaxshi bilardi. O'ylab topilgan ayblovlarni «buyurtmachi»lar istaganidek uning zimmasiga yuklash oson ish emasdi.

Tergov jarayonlari davom etayotgan bir paytda, saylovchilarim meni ozod etish uchun imzo to'plab, har tomonga murojaatnomalar jo'natganlarini eshitib qoldim. Keyinroq, 2500 kishi imzolagan murojaatnoma prezident mahkamasiga va viloyat hokimligiga topshirilganligi haqidagi xabar tergovchiga ham etib keldi.

Savol-javoblarning keti uzilmasdi. Tergovchi bu ishning masxarabozlikdan boshqa narsa emasligini ichida bilib turardi.  Ikki tarafning qarashlari to'qnash kelganda u gohida miyig'ida kular, gohida haqiqatni aylanib o'tish uchun gapni boshqa tomonga burardi.

Asta-sekinlik bilan unga haqiqatni ochiq tan oldirish uchun zimdan kurash boshladim. Vijdon azobi qiynadi, shekilli, u bir kun to'satdan: «Aka, ariza yozib bering, qiynalib ketdim. Mendan bu ishni olsinlar. Sizga boshqa bir tergovchi tayinlaganlari ma'qulroq, ko'rinadi!» deb qoldi. Men unga: «Nimaga qiynalasiz? Borini boricha ayting, qo'ying. Aybi tasdiqlanmadi, barchasi tuhmat, deng, ariza yozib bermayman» dedim. U, qattiq asabiylashdi. «Siz bilmaysiz, siz tushunmaysiz buni oqibatini. Ishdan haydalsam, mayli edi. Umrim qamoqda chiriydi. Axir buning orqasida siyosat bor, buning orqasida birinchi rahbar turibdi. Siyosatga aralashib nima qilardingiz?» deya, menga qichqira boshladi.

Oradan sal o'tib, suhbatimiz mavzusi o'zgardi. Uning bu muammodan qutilish yo'llarini izlay boshlagani qiyofasida aks etar, u menga to'nkalgan ayblarni «qisman bo'lsada» tan olishimni, har qanday holatda ham aybimni «tan olmasam» bu erlardan hech qachon chiqa olmasligimni ta'kidlardi. U qanday yo'l bilan bo'lsa ham «jinoyat ishi»ni yopishga bel bog'lagan edi. Hukumat tomonidan ishni adolatli yakun toptirish uchun imkoniyat qoldirilmaganligi uning ikki oyog'ini bitta etikka tiqib qo'ygandi. Ammo, uning boshiga «qilmishimga iqror» bo'lishimdan bir boshqa «tayinli fikr» kelmas, men emas, O'zbekistondagi tergov an'analariga zid ravishda u mendan tezroq qutilishning payiga tushgandi. Go'yo u qutilishi uchun men o'zimni «jinoyatchi» deb e'lon qilishim kerak edi. Men esa hali u darajada aqldan ozmagan edim.

Xullas, vaziyat juda murakkablashib, asablar taranglashib borardi. Uning muammoning echimini topa olmayotganini ko'rib, qiynoqlar qo'llashidan qo'rqardim.

Bir kun men o'tirgan kameraga bir o'ris bolani kiritdilar. «Lyoxa» deb o'zini tanishtirgan mahbus keyin bilsam «loxmach» ekan. U avvalida meni do'q-po'pisa bilan qo'rqitib, gap olishga urindi. Usullari ish beravermagach, o'zini jinnilikka soldi. Axiri qanday bo'lmasin yuragimga g'ulg'ula solish uchun qon tomirini kesdi. U zamonlarda loxmachlar hali tergov izolyatirlarining so'roq-savol mashinasiga aylanib ulgurmagan, qiynoqlar endi shakllantirilayotgan paytlar edi. «Tekin tomosha» bir haftaga yaqin davom etdi. O'tgan vaqt davomida tergovchi biror marta meni so'roqqa chaqirmadi. Soat sayin asablarim charchab, borar, o'zimni tuta olmay «Lyoxa»ni bir nima qilib qo'yishdan qo'rqardim…

Yana so'roqqa olib chiqishdi. Tergovchining chehrasi biroz ochiq. U menga tikilib turdi-da: «Aka, chorasini topdim. Har ikkimizga ham ziyoni tegmaydigan bir usul bor. Katta o'g'lingiz necha yoshda?» deb so'rab qoldi.

Eshitib, beixtiyor butun vujudim titrab, lahzalar ichida peshanamdan sovuq ter urib chiqdi. Borlig'imni ming xil bo'lmag'ur xayollar egallab oldi. «Nima edi» deya, bergan savolim, quloqlarimga begona birovning ovoziday sovuq eshitildi. «O'g'lingiz 11 yoshda bo'lsa kerak, uni qamab bo'lmaydi. Bitta ariza yozdirib olamiz, xolos. O'sha narsa (granata)ning nimaligini bilmasdan, ko'chadan topib, uyga men olib kelgandim, deb yozib bersa, ish pishdi!» dedi tergovchi bamaylixotir.

Ko'z oldim qorong'ilashib, turgan erimda murdaday qotib qoldim… Shu holatda qancha turdim, bilmayman. O'zimga kelgach, tergovchiga sensirab: “Iblissan, ha, iblissan!” deya oldim. Ichimda cheksiz nafratga yo'g'rilgan bir g'alayon turgan bo'lsayam, boshqa bir nima deyishga tilim aylanmadi…

U esa, sapchib o'rnidan turdi. «Ayblanuvchi, Sayidov» dedi, nohaq kamsitilgan kimsa kabi g'azab bilan. Tergov ishi tugaganligini ma'lum qilaman. «Delo» ertaga prokuror nazoratiga o'tadi. Sizni aybdor deb topdim. Aybingiz yo'q bo'lsa, sudda aybsizligingizni isbotlab bering. Soqchi, mahbusni olib chiqing!»

Eshik oldida bizni kuzatib turgan soqchi, meni tergov xonasidan olib chiqdi…

Bu suhbat so'ngi nafasimgacha ham esimdan chiqmasa kerak.

O'sha mash'um holat – tergovchining nomussizligini oshkora qilib turgan yoqimsiz basharasi hali-hamon ko'zlarim oldida. Uning jirkanch so'zlari o'n to'rt yil o'tib ham quloqlarim ostida jaranglab turadi.

Amal deb, davlat boshlig'iga yaxshi ko'rinaman deb, har qanday yovuzlik va jirkanchlikka tayyor kishilar borligidan juda xafa bo'lib ketaman. Mustabidning «yuksak ma'naviyat – engilmas kuch» kitobi haqida eshitganimdan so'ngra, qo'limga qalam olib, ilk qog'ozga tushirgan xotiralarim, mana shular…

Tergovchi ayni kunlarda advokatlik qilayotgan ekan. Nima, deyman, O'zi insof bersin! Qonunlarga tayanib ishlash va to'g'ri yo'lga kirish uchun etarli tajribasi bor. O'tgan ishlardan to'g'ri xulosa chiqarib, insonlarning og'irini engil qilayotgan bo'lsa, men etagimdagi toshlarni to'kkanim bo'lsin! Yo'q, hali ham eski qing'ir-qiyshiq yo'llardan yurib, bola-chaqa boqayotgan bo'lsa, jazosini albatta topadi.

(davomi bor)

Manba: hayratuz.wordpress.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Muxojir ;

    Davomini kutaman

    06/08/2019 16:38
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube