O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Qaytish masalasida

Qaytish masalasida
06 Ağustos 2019 - 22:03 'da yuklandi va 1166 marta o'qildi.

QAYTISh MASALASIDA

Quyida e'tiboringizga havola qilinayotgan maqola 21 yil avval yozilgan. Agar Shavkat Mirziyoev ustozi I.Karimov kabi bizni vatanga “da'vat” etishga jur'at qilganda edi, shu pastdagi maqola unga aynan javob bo'lgan bo'lardi. Ammo bunday jur'at ko'rsatilmadi. Xo'p, unday bo'lsa, biz bugun qaysi “reforma”ni qo'llab quvvatlamoqdamiz?

QAYTISh MASALASIDA

Musulmonchilikning, umuman, insoniylikning bir odobi bor. Birov salomga qo'l uzatsa, uning qo'lini olmoq lozim. Shu insoniy odob hurmati, biz O'zbekiston Prezidenti Karimovning muxolifatga qaratilgan vatanga qaytish chaqirig'iga samimiy, bajonudil javob berayapmiz. Ammo bu degani, Prezident Karimovning chaqirig'iga biz to'la ishondik, degan gap emas.

Bu chaqiriqning naqadar samimiy ekanini biz bilmaymiz. Shuning uchun ham kichik, ilk etapda bajariladigan shartlar qo'ydik, agar bu shartlar bajarilsa, demak, Karimovning bizni vatanga qaytarish niyati samimiy, agar bajarilmasa, buni O'zbekiston rahbarining navbatdagi hiylasi, deb baholashga majbur bo'lamiz.

Chunki, muxolifatning bir qismini qamoqda ushlab, ikkinchi qismini yurtga da'vat qilish, unga kechirimli bo'laylik, deyish, ikkiyuzlamachilik bo'ladi va bu da'vatga hech kim ishonmaydi. Va biz ham vatanga qaytolmaymiz, chunki siyosiy va diniy muxolifatning minglarcha begunoh a'zolari qamoqda o'tirarkan, bizning vatanga qaytishimiz halol bo'lmaydi, agar qaytsak, bizning vatandan chiqib ketishimizga sabab bo'lgan g'oyalarimizga xiyonat qilgan bo'lamiz, xalqimizga xiyonat qilgan bo'lamiz. Chunki xalqning bir qismiga afv chiqarib, ikkinchi qismini yana qamoqqa tashlayotgan munofiq rejim bilan kelishgan bo'lamiz. Buni biz aslo qilmaymiz.

Lekin hozircha, biz Islom Karimovning faqat da'vatiga javob berayapmiz, da'vatning samimiyligi yoki nosamimiyligi ikkinchi masala. Karimov bir davlatning boshlig'i, minbardan butun dunyo ko'zi o'ngida bir bayonot berdi. Muhim bayonot berdi. Uning ma'suliyati bir davlat Prezidentini tashiydi. Biz muxolifat sifatida bu bayonotni jiddiy qabul qilishga majburmiz. Bu da'vatni samimiy, deb faraz qilishga va shunga yarasha javob berishga majburmiz. Nega? Chunki Karimov ertaga yana: «Men muxolifatni yurtga chaqirdim, menga javob bermadi, menga ishonmadi, mening chaqirig'imni hiyla, deb baholadi, endi o'zidan ko'rsin», deya dunyoga jar solishi turgan gap. Biz Karimovning shunday deyishiga yo'l qo'ymaslik uchun ham uning chaqirig'iga jiddiy javob berayapmiz.

Ba'zi do'stlarimiz Tojikiston hukumatini misol keltirib, «mana, hukumat va muxolifat kelishdi-ku, ular bir-birlariga o'q otdi, ikki tarafdan ham ko'p odam halok bo'ldi, shunga qaramay, tuppa-tuzuk yangi hayot boshladilar-ku, O'zbekiston muxolifati qurolli kurash olib bormadi, qamaldi, azob ko'rdi, endi bugun Karimov adolatni tiklamoqchi ekan, balki uning niyati samimiydir», deya umid bildirishayapti. Lekin Karimov bayonotidan keyin ham qatag'on davom etayotgan ekan, bu umid puch bo'lib qolaveradi.

Men muxolifat nomidan qisqacha shuni aytmoqchiman: Biz horijga yaxshi yashash uchun, G'arbning ne'matlaridan bahramand bo'lish uchun chiqib ketmadik. Biz rejimning bizga qarshi yuritgan terroridan, bizga qarshi yo'naltirgan o'lim tahlikasidan o'zimizni, oilamizni amin qilmoq uchun yurtdan ketishga majbur bo'ldik.

Endi O'zbekiston rahbari bizni qaytishga da'vat qilar ekan, biz bu taklifga rejimga ko'zimiz uchib turgani uchun javob qilayotganimiz yo'q. Biz qo'limizdan tortib olingan haqlarimizning qaytarib berilishi uchun javob berayapmiz. Agar bular qaytarib berilsa, vatanga borib, xalqimizga xizmat qilish uchun javob berayapmiz. Bizning bundan boshqa hech bir ilinjimiz yo'q.

Biz O'zbekiston rahbarining bizga qarata qilgan chaqirig'iga o'z munosabatimizni bildirdik. Endi uning javobini kutayapmiz. Uning javobiga qarab, biz ham xulosaviy so'zimizni aytamiz.

(1998)

(Muhammad Solih, “Turkiston shuuri”kitobi 180 /182 betlar)

http://muhammadsalih.com/books/

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube