O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Jajji guvoh. Qiynoqning o'zgacha turi

Jajji guvoh. Qiynoqning o'zgacha turi
07 Ağustos 2019 - 9:30 'da yuklandi va 585 marta o'qildi.

Nasrullo Sayyid

Nasrullo SAYYID

 

JAJJI GUVOH
(Hujjatli qissa)

(2-qism)

QIYNOQNING O'ZGAChA TURI

Siz eshitgan qiynoqlarga o'xshamaydigan qiynoq xususida yozmoqchiman. Ya'ni, ruhiy qiynoq xususida. Uning ko'zga ko'rinmaydigan po'lot omburlari iskanjaga solingan ruhning yo'q tishlarini tish doktori kabi sug'urib tashlashi mumkinligi haqida. Shunda, azob-uqubatdan jon taslim qilolmay tirishayotgan jismingizda oxirzamon turadi…

Ha, oyoqni osmondan qilib tovon ostiga dubinka bilan urish shart emas. Boshga protivogaz yoki polietilen xalta kiygizib, nafasni siqib qo'yishga hojat ham qolmaydi. Sovuq va zax izolyatorda boshga qop kiygizib, polietilen o'ralgan armatura bilan savalash degani, ruhiy qiynoq oldida hech nima! Ruhiy qiynoqning turi ko'p. Mana shulardan bittasi tutqunlik, haqsizlik va qonunsizlik deb atalmish mustabid tuzum tomonidan musiqa va qo'shiq vositasida jon azob tegirmoniga solinib, butun borliq davomli ravishda latif ohanglarda qitiqlanib eziladi. Bu, tutqunlikda boshdan suv tomchilatib, mayin va inja deb ko'rilgan narsa bilan gurzining zalvorini paydo qiladigan jismoniy qiynoqqa o'xshab ketadi. Uning ta'rifini keltirish juda qiyin bo'lgani kabi, og'rig'ini bayon etish juda ham mashaqqat. Buning ne azob ekanligini ichkarida ham tashqarida ham or-nomusi joyida, zehniyati oq-qoraning farqiga boradigan kimsa his qiladi. Farosatsiz kimsa shunaqamish deya dikonglab yuraveradi, boqqa kirgan ekinchi echkiday.

Bu mashhum qiynoqning ikki turi bor. Bir – bilvosita, birisi esa bevosita. Men bu qiynoqning bevosida turiga nishon bo'ldim. Ya'ni, bu qiynoqqa meni vaziyat mahkum etdi.

Ha, quvnoq hayotimizdagi hissiyotlarimizni junbushga keltiradigan musiqa va qo'shiq qamoqxonalarda aks ta'sir uchun qo'llaniladigan bo'lsa, qalblarni shodliklarga burkash uchun ijod qilingan ohanglar chindan ham dahshatli vahshiyliklarga qodir. Erkin hayotda ham real voqeylik bilan insonlarning turmush tarzi mutanosib kelmasa, tashqarining ichkaridagi muhitdan farqlanadigan joyi qolmaydi. Hayot boshqa, qo'shiq boshqa bo'lib qolaveradi. Insonlar o'zlari yashab turgan zaminda emas, xayollaridagi sarobliklarda umri guzaronlik qilib o'tib ketaveradilar. So'ngida, barchasi mudhish bir tushga aylanadi…

Tergovchi ishni prokuror nazoratiga o'tkazganidan so'ngra, men IIB erto'lasidan mashhur va mash'um «Otbozor» qamoqxonasiga ko'chirildim.

«Otbozor» xalq tilida «turma» deb atalsa ham, aslida tergov izolyatori.

Turmaning ketma-ket kechib o'tiladigan temir pajaralaridan birin-ketin o'tib, dahliz bo'ylab uzoq yurgach navbatdagi kamera eshigi oldida to'xtadik. Soqchi temir eshikka sharaqlatib, kalit tiqib, tortganida, moysiragan eshik  qiyqillab, qattiq chirandi. Ruhimni tirqiratgan sasdan beixtiyor tishlarim, g'ijirlab, vujudimda yoqimsiz bir og'riq paydo bo'ldi. Soqchining: «Jinoyatchi, ortiq bu er sizning uyingiz» degani dardimni borho o'rlatdi. «Men jinoyatchi emasman» dedim. «Bu erda hamma jinoyatchi» dedi, qo'lida bir dasta kaltini sharaqlatib, eshikning narigi tomonidan soqchi. U eshikni qulflab, uzun dahlizdan ortiga qaytib ketganida oyoq tovushlari anchagacha quloqlarimga chalinib turdi.

O'zbekiston huquq-tartibot idoralari ostonasidan oyoq bosib, ichkariga kirildimi, tamom, kim bo'lsa bo'lsin, u jinoyatchi hisoblanadi. Mahkamaning erta bir kun qanday qaror chiqarishi hech kimni qiziqtirmaydi. Munosabat ham shunga yarasha bo'ladi. Kameradagi har qanday buyumning o'ziga yarasha qiymati bor, mahbusning esa inson sifatida qadr-qimmati shu erda batamom tugaydi. Qog'ozga bitilgan qonunlar emas, endi ichkarida hukumatdagilarning shaxsiy qarashlaridan shakllangan qonun-qoidalar hukumronlik qila boshlaydi. Soqchidan tortib, qamoqxona boshlig'igacha barcha o'zidan yuqoridagi shaxsning imo-ishorasi bilan xizmat burchini o'taydi…

Tovuqning ketidek keladigan kamerada hech kim yo'q. Ikkita temir karavot joylashtirilgan xolos. Ustiga-ustak zormanda juda qorong'i, salqin va yurakni siqadigan darajada sokin. Temir karavotning biriga cho'zildim. Shu payt, quloqlarimga baland ovozda yangrayotgan qo'shiq quyilayotganini sezdim.

«Kerak bo'lsa haqiqat uchun, ming bor o'lib, ming bora tiril»…

Qaqshagan asabimni qo'shiq elitdimi, qattiq charchagan ekanmanmi, uxlab qolibman. Qancha vaqt o'tdi, bilmayman, bir payt uyg'onib ketdim. Hali ham kamerada yolg'iz o'zim edim. Ammo qo'shiq hali ham davom etayotgan edi. Birining orqasidan boshqasi yangrardi. «Jilovlanib tovusdek, yurishlaring yoqadi»dan keyin, «Yuz yilda bir tug'ilarmish el dardini aytolgan» boshlandi. Va so'ngra uning izidan, «Kimlargadir kerak bizning yolg'izgina boshimiz» ulanib ketdi. Xullas, qo'shiq va har yarim soatda besh daqiqa axborot eshtirishi quloqlarim ostida yangrardi. Tinglab, biroz qalbim orom topganday bo'ldi. «Maza» deb, o'yladim. Qo'shiq tungi soat ikkigacha davom etdi. Keyin fahmlasam, qo'shiqlar «Mash'al»dan taralayotgan ekan.

Yangi kun boshlandi. Tonggi soat beshda boshlangan «Serquyosh» bemavrid qichqirgan xo'roz singari g'ashimga tegdi. Radio ovozini birpas o'chirish yoki pasaytirishni so'ramoqchi bo'ldim, ammo kimga murojaat qilishni bilmadim. Radiokarnay turmaning naqd markazidagi bino tomiga o'rnatilgan edi. U avvalida jonimga yog'day yoqqan bo'lsa, tinmasdan davomli yangrayvergach yuragimni siqib, ruhimni yaralay boshladi. «Zaharni me'yorida qabul qilsa shifo, bolni me'yoridan oshirsa, zaharga aylanadi» degan hikmat xayolimni chulg'ab oldi. Uncha-bunchaning farqiga bormaydigan zamonlarda sevib tinglaydigan kanalimiz «Mash'al» bu erda shunaqa jonimizdan bezor qilyapdi, demak, boshqa kanallarni tinglasak, holimizga voy ekanda degan qarorga keldim.

Prokuror xulosasini kutishga majbur edim. Agar u ham meni «aybdor» deb topsa, sudgacha shu erda qolib ketishim tayin. Qordek oppoq bo'lganimda ham, prokurorning meni «qop-qora» deyishini ham yaxshi bilardim.

Tashqaridan hech qanday axborot olish imkoni yo'q. Hatto bola-chaqang – oilang haqida ham hech nima bilolmaysan. Ruhiy bosimni kuchaytirish uchun butun dunyodan uzulganingni bilib turgan bo'lsang ham, umid bilan temir eshikning nazorasiga tikilib yotaverasan. Bu O'zbekiston qamoqxonalaridagi oddiy holat. Tutqinning haq-huquqlarini hech kim nazar pisand qilmaydi.

Umid bilan nazoraga tikilaverib ham axiri bezoring chiqadi. Fikrlaringga erk berib, har xil taxminlar qilasan va xohlamaganing holda, oxirida qo'rqinchli xayollar dengiziga sho'ng'iganingni sezmay qolasan. Miyangga bo'mag'ur narsalar keladi. Yuraging siqilgandan har safar o'rningdan turib ketasan. Iching g'ashga to'lib, qon bosiming oshadi. Ko'ksingdagi og'riqni panjang bilan qog'ozdek g'ijimlab, so'ngra silab-siypab kaftingni yuragingga bosasan! Ataylab, ustingdan kulayotganday, «Mash'al»ning «yalla»lari bir on tinmaydi. Qo'shiq me'dangga tegib ketganidan, “dod” degilaring kelib, joning bo'g'zingga kelib tiqiladi ko'ngling aynaydi. Biri-biridan sho'x va ba'zida mahzun qo'shiqlar har xil ijrochilar tomonidan tinim bilmay kuylanaveradi. Ular bora-bora, menga sovuq temirga urilayotgan bolg'acha ham ta'sir qilmaydi. O'zimni azada – tobut ustida o'tirib, to'yni tomosha qilayotgan odamdek sovuq his qilishga ko'nikib boraveraman…

Kameraga hafta o'tib, bir mahbusni tashladilar. Juda horg'in, oriq ko'ringan bu odam chamasi qirq yoshlarda edi. U o'zini juda kamgap va xokisor tutardi. Boshqa tomondan men bilan bog'liq vaziyatni o'rganayotganga o'xshardi. Umuman u ovqat emas, qo'rqinchli tarzda chuqur-chuqur yo'talardi. Har tunda eshik tuynugi kutmaganda, «shirq» etib ochilib, kimdir ichkariga salafan qog'ozga o'ralgan bir nimani tashlar, jarayon chaqmoq singari tez ro'y bergani uchun u kimsaning ko'lankasini ham ilg'ab bo'lmasdi. Mahbus salafanni olib, ochib, ichidagi narsani shosha-pisha og'ziga solardi va darhol orqasidan bir krujka suv ichardi. Bu u uchun ham nonushta, ham tushlik, ham kechqurungi ovqat o'rnini bosardi. Keyin bilsam, u kapalayotgan zormanda ko'knorning ezilgani ekan. Yana, unga nimalarni aralashtirgan bo'lishlari mumkin, u yog'ini xudo biladi.

Ilk tanishgan kunimiz u mening kimligimni rosa surishtirdi. Oliy Kengashga deputat bo'lganimni, Karimovning «demokratiyasi»ga ishonib, muxolifat saflariga kirganligimni, shu chog'gacha el-yurt tashvishi bilan yashaganimni, oxirida uyimga granata tashlab qamab qo'yishganini aytdim. Ammo u oldiniga bu gaplarga ishonmadi. Prokurordan «ayblov xulosasi» kelgach, o'z ko'zlari bilan o'qib ko'rib keyin ishondi. Nainki, ishondi, hatto taajjubga tushdi. «Nahot, oramizda shunday odamlar bor» deb, hayratini yashirib o'tirmadi. O'zicha, menga: «Politicheskiy» deb nom ham qo'ydi. Keyin u o'zi to'g'risida gap boshladi.

Millatini eroni deb tanishtirgan yigit aytishicha samarqandlik ekan. U yoshligidan o'g'rilik va talonchilik bilan shug'ullangan. Otasi aroqxo'rlikka va onasi fahsh ishlarga mukkasidan ketgan kimsalar bo'lgan. U buzuq muhitda tarbiya topgani bois juda yoshligida qamoqqa tushadi. Chiqib, o'g'rilik qilgan va yana qamalgan. So'ngi bor onasi bilan opasini fahsh ustida ushlagan va ularni chavaqlab, o'ldirgan. (Harqalay, bu uning so'zlari). Shu sabab u o'zini modarkush hisoblar, qilgan qilmishidan pushaymon edi. Boshiga kelgan ko'rguliklar uchun goh o'zini ayblasa, gohida barchasiga sababchi deya jamiyatni so'kib, xumoridan chiqardi. Qilgan jinoyati uchun birinchi sud instantsiyasi uni o'limga hukm qilgandi. U tirik qolish ilinjida o'n ikki yildan buyon kurashib kelayotganini jonli va ta'sirchan qilib so'zlardi.

Uning hikoyalari ta'sirida, biroz bo'lsada «Mash'al»da yangrayotgan» kuy-qo'shiqlarni unutib, miyam sal tiniqqanday bo'ldi…

Kunlarning birida viloyat prokuraturasidan vakil kelib, mahbuslar bilan suhbat o'tkazdi. U, bizning kameraga ham «tashrif» buyurdi. Oxirida: «Turma ma'muriyatidan qanday talablaringiz bor» deya so'radi. «Radioni o'chirib qo'yishning iloji bormi» dedim. Vakil, eshitib, rosa kuldi. Bunaqa talabni ilgari hech qachon eshitmaganini aytib, hayratlandi. «Faqat shumi?» deya, u so'ngra sherigimga yuzlandi. Sherigim, aslo unday qilmaslikni zorlanib iltimos qildi.

«O'zbekiston demokratik davlat, boshqa kameradagilardan so'rab, shunga ko'ra bu ishni hal qilamiz» dedi vakil.

Vakil kameradan chiqishi bilan sherigim baqira ketdi: «Nima deganingizni bilasizmi, o'zi? Bunaqa sharoitda yotishni orzu qilishadi. Vladimiridayam, Vorkutasidayam, Toshturmasidayam bo'ldim, bunaqasini hech qaerda ko'rmadim. O'n ikki yildan buyon bir nima «tiq» etsa, yuragim «duk» etadi, har qanaqa ovoz Azroilni eslatadi. Soqchining oyoq saslarini eshitsam, butun vujudim, qaqshab, qaltirayman. Vaqti soati etdi, degan fikru o'y xayolimni chulg'ab, har safar qo'rquvdan jonim chiqib ketadi. O'n ikki yildan buyon har kun bir necha marta shu holat takrorlanadi. Bu erda musiqa bor, soqchining yurishi, kalitlarning «shiqir-shiqiri» ha deganda eshitilmaydi. Bu baxtdan meni mahrum qilmoqchimisiz…»

Eshitib, juda ta'sirlanib ketdim, o'tgan yillar unga qanchalik qiyin bo'lganligini angladim.

O'lim hukmi chiqarilgandan so'ngra tirik qolish uchun u o'zini  jinnilikka sola boshlagan. Huquqlarini himoya qilganlar uning jinniligini ro'kach qilib, har tarafga shikoyat arizalari yozishga tushganlar. Va shu yo'llar bilan uning qatl etish ijrosini kechiktirib kelganlar. Menimcha, u haqiqiy jinni obrazini yarata olgan. Shuning uchun ham Vladimir shahridagi jinnixonada uch yil davolangan. «Jinni»ligi tasdig'ini topgach o'lim jazosidan qutilib, hukm uzoq muddatli qamoq jazosiga almashtirilgan. Tirik qolish uchun u o'ta mashaqqatli sinovlardan muvaffaqiyatli kechgan. Aytganlari bir afsona bo'lsa kerak deb ham o'ylaydi kishi. Ammo, qo'lidagi hujjatlar va sud hukmlaridan ko'chirmalar uning so'zlarining haqiqatligini tasdiqlaydi.

Bir kun kutilmaganda, uni kameradan olib chiqdilar. Uch-to'rt soatdan so'ngra qaytarib olib keldilar. U «miq» etmadi. O'zini to'shakka tashladi. O'sha tunda allamahalga dovur ikkalamiz ham og'zimizga talqon solib yotdik.

Tomdagi radiodan «jo'shqin» qo'shiqlar yangrardi:

«Bu dunyodan vafo kutma, bolaginam»… va  allambalolar…

Tun yarimidan oqqanda, u: «Nasrullo, mabodo suhbatga olib chiqsalar, sherigim, meni so'roqqa tutib bezor qilib tashladi. «O'ldiraman» deb, dag'dag'a qilayapti, deng. Tushindingizmi?» dedi. Uning so'zlaridan xavotirga tushdim. Unga savol nazari bilan yuzlangandim, u indamadi. Shunda, istamaganim holda yuragimga g'ulg'ula kirdi. Tergov izolyatoriga birinchi marta tushganlarni qamalib chiqqanlardan alohida saqlashlari xaqda eshitgandim. Nega ashaddiy jinoyatchi bilan meni bitta kameraga tiqishdiykin, degan xayol oromimni o'g'irladi. Ammo unda mening faoliyatimga hurmat uyg'onganini o'ylab, biroz taskin topganday bo'ldim.

Tongda, dong qotib uxlab qolibman. Dahlizdagi ovozlardan uyg'onib ketdim. Sherigimning to'shagida hech kim yo'q edi. Nonushtaga ovqat olib kelgan bo'tqaboqardan uni so'radim. U: «O'zini osibdi, o'ldi» dedi, temir eshikning tuynugidan ichkariga boqib.

Bu so'zlarning chinmi yoki hazilligini anglash qiyin edi. Tirik qolish uchun yillar bo'yi qattiq tirishgan bir odamning o'zini o'zi o'ldirishiga ishongim kelmasdi. Bu  sirli voqea men uchun hanuzgacha mavhumligicha qolmoqda…

Yillar kechdi. Hayotda yaxshi-yomon ko'p narsalarga guvoh bo'ldim.

O'zbekistondagi vaziyat  menga ko'proq «Otbozor»dagi shart-sharoitni eslatadi. Gunohsiz ham gunohi borlar ham, hamma yurak hovuchlab, qo'rqib yashaydi. Hukumatning «qora ro'yxati»ga tushganlarning esa holiga voy. Ular uchun bu yorug' dunyoning qop-qora zindondan farqi yo'q. Ularni har qadamda ochiqdan-ochiq kuzatadilar. Kimdir tovoni qavarib, oyog'ini qiyshiq bossa yoki yo'ldagi toshga turtinib, depsinib ketsa ham uni shu zahoti uchastka noziri oldiga chaqiradi. Uchastka noziri chaqirdi, degani, MXXga sen haqqingdagi ma'lumot etib bordi, degani.

Men ham sababsiz taqiblar va asossiz ayblovlardan charchagandan-charchadim. Hatto, hojatxonaga kirganimda ham menga ko'rinmas ko'zlar har tarafdan o'qrayib, qarab turganday tuyuladi. Tinimsiz taqiblar va asossiz siquvlar tufayli odam hissis va sovuq devorlardan ham hadiksiraydigan bo'lib qolar ekan…

Ha, ko'pchilik qo'rquvda yashashini aytadi. Eroni yigit aytganidek, odamlar «tiq» etgan ovozdan cho'chiydigan bo'lganlar. Ko'chada uchaska noziri paydo bo'lsa, hammaning paytavasiga qurt tushadi. Fuqaro kiyimidagi notanish kimsa qishloq oralasa, «milliy xavfsizlikdan» deya hammani sarosima bosadi. O'zbekistonda qo'rquvdan boshqa hech narsa qolmadi. Ish yo'q, pul yo'q, shu uchun odamlar o'zlarini chalg'itish uchun musiqaga ruju qo'yadilar. To'rt kimsaning boshi bir joyda biriksa, musiqa, odamlar avtobus yoki taksiga chiqsa, musiqa, bozorda musiqa, emakxonalarda, radio-televidenie, yig'ilishlarda musiqa… Ikki bosh birikkan joyda musiqa va qo'shiq baland ovozda qo'yiladi. Tokim, hayotdan nolishga imkon qolmasin, kimdir siyosatdan gapirib qo'yib, «kalla»ning biri borib SNBga chaqib bermasin.

Kuy-qo'shiq ma'naviy zavq olish uchun emas, odamlarni jiddiy mavzulardan chalg'itish uchun qo'llaniladigan bo'lib qolgan. Taksiga o'tirsang, ishtoni qirq yamoq, oyoqyalang yo'lovchining haydovchiga: «Aka, muzikani baland, qo'ying, sho'xidan bo'lsin!» deyishini eshitib, kulishingni ham yig'lashingni ham bilmaysan. Televizorni qulog'ini burasang, yigirma to'rt soat darang-durung. Ma'no-mazmuni bir chaqaga qimmat qo'shiqlar bolalab ketgan. Go'yo, «osmon musaffo», «tinchligimizga ko'z tegmasin» «er yuzida urush», «bizda har erda to'y-tomosha», «to'kin dasturxon – meva-cheva va xil-xil ichimliklar!»…

Xalq erkini va haq-huquqini yo'qotib, qo'shiqchilik shou-biznesi O'zbekistondagi eng serdaromad sohaga aylandi. Kuy-qo'shiqlar sayozlashgan sayin, kitob o'qishga, ilm va hunarga xalqda havas kamayib boryapdi. Ish yo'q, kelajakka umid yo'q… Ammo, «Buyuk kelajak!» haqdagi balandparvoz gap-so'zlar va maza-matrasiz qo'shiqlar kecha-kunduz qulog'ing ostida yangrab turadi. Albatta, bu holat manqurdlarga chivin chaqqancha ham ta'sir etmasa-etmas, o'zligini tanigan va millatning taraqqiyoti uchun kurash maydoniga otilgan kimsa uchun azob va xo'rlikdan boshqa narsa emas!

Balki, nohakdirman! Mendagi ma'naviyat I.Karimov aytganchalik «yuksak» emasdir. Ammo, shuni yaxshi bilaman, mendagi his-tuyg'ular va Vatanga muhabbat – yolg'on va soxta hayot bilan hech qachon bir o'zanda yashay olmaydi!

Eroni yigit «yuqolgan» kunning ertasi meni umumiy kameraga ko'chirdilar. U erda ko'rganlarim, yuragimdagi qolgan-qutgan umidlarimni ham chilparchin qildi…

(davomi bor)

Manba: hayratuz.wordpress.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Muxojir ;

    👍😢🤔

    08/08/2019 12:49
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube