O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Jajji guvoh. Bu tuproq hech qachon sohibsiz qolmagan

Jajji guvoh. Bu tuproq hech qachon sohibsiz qolmagan
09 Ağustos 2019 - 10:53 'da yuklandi va 597 marta o'qildi.

Nasrullo Sayyid

Nasrullo SAYYID

 

JAJJI GUVOH
(Hujjatli qissa)

(3-qism)

BU TUPROQ HECh QAChON SOHIBSIZ QOLMAGAN

«Ayblov xulosasi» qo'limga tekdi. Sud jarayoni qachon boshlanadi, noma'lum. Yana, o'sha gap. Prokuror deb atalmish Qorboboning «qor xati»da, Vobkent shahar Fitrat ko'chasidagi uyimda bir dona jangovor granatani jigarbandlarimning kiyim-boshlariga o'rab, javonga yashirib qo'yganim haqida yozilibdi. Tizim meni manqurtlashtirishga bel bog'lagan ko'rinadi. Yaxshiyam, sochimni qirtishlab, olib, boshimga tuya terisini qoplash ularning xayoliga kelmaydi. Yuqoridan kimdir sal imo qilganda, pastdagilar albatta shunday qilishardi. Va, mening ulardan farqim qolmasdi.

Tuynukdan aybnomani olgan soqchi dahlizda unga ko'z yugurtirarkan: «Uch yildan etti yilgacha qamoq jazosi!» dedi. Soqchidan ko'ra qonunlar va qonunlarning qanday ishlashini ich-ichimdan yuz baravar ko'proq bilib turgan bo'lsam ham, negadir uning so'zlari yuragimga o'qdek tegdi.

Ko'zlarim oldiga beshta himoyasiz o'g'il-qizim va ayolim keldi. Beixtiyor: «Mushtipargina, munisgina go'zal rafiqam. Endi, mening orqamdan chopa-chop qiladimi, beshta tirik etimga kuyadimi?» deya lablarim pichirlaganini sezmay qoldim. Soqchi tuynukdan egilib, boqib: «Bir nima dedingizmi?» deya so'radi. «Yo eshak yo podsho o'ladi, degan ekan Nasriddin afandi. Bir gap bo'lar, deyapman!» dedim. «Eshak bez va chidamli jonivor. Yigirma besh yildan ko'p yashaydi. Haliveri, o'lmasa kerak» dedi u. Soqchi aytgan so'zlarining ma'nosini anglab gapirdimi, anglamay gapirdimi, bir nima deyolmayman. Ammo, zo'r gapni aytdi.

Qamalishim aniq bo'lgani sayin elkamdagi oila g'ami tobora og'irlashib borardi. «Nima qilsam ekan?» degan o'y ichimni qurtdek kemirar, iztiroblar kecha-kunduz orom bermay qo'ygandi. Ustimdan kulganday, «Mash'al»dan tinmay «Kelajagi buyuk» vatan haqidagi engil-elpi qo'shiqlar taralar, ba'zida mumtoz taronalar ijro etilganda yaramga malham surilganday, to'yib-to'yib nafas olib, bir zamon bo'lsa ham qayg'u alamlardan forig' bo'lishga tirishardim.

Umumiy kamera ancha keng-mo'l. O'n ikkita mahbus sakkizta temir karovotda navbat bilan uxlaydi. Burchakda, sholparda bilan to'silgan hojatxona bor. Tepasiga: «Hojat chiqarganda qattiq tovush chiqarilmasin!» deb, yozib qo'yishibdi. Ovqatlanish uchun ikki o'rtaga taxta stol o'rnatilgan. Kameradagi butun bisot mana shulardan iborat.

Yangi xonadoshlar bilan tanishish oson kechmadi. Ularning ko'pchiligi birinchi marta qamalgan yosh va tajribasiz yigitlar. «Tajribaliroq» biri eshik oldidagi karavotni yolg'iz o'zi egallab olgandi. Ilk u bilan tanishishga to'g'ri keldi. U tinimsiz o'zining boshqalardan ustun ekanligini namoyish qilishga intiladi. To'rt devor ichida bo'lsa ham qovoqlarini osib olib yuziga jiddiy tus berib, xayolida go'yo ko'klarda uchib yuradi. Kamera ichidagi vaziyatni to'g'ri chamalay olgan bo'lsam, u atrofidagilarni ham idora etayapdi.

Hibsxonada Uchquduq qamoqxonasida orttirgan tajribam oz-ko'p qo'l keldi.

1980-yil Samarqand Arxitektura va qurilish instituti, «Sanoat va grajdanlik qurilishi» fakul'tetini tamomlaganman. Oliygohdan yo'llanma bilan Uchquduqdagi  bir zonaga usta (master) o'laroq ishga jo'natildim. Qamoqxona hududidagi katta qurilishda mahbuslar bilan ikki yil birga ishlashga to'g'ri keldi. Bu men uchun qamoqxona hayotini o'rganish yillari bo'ldi. Mahkumlarning fe'l-atvori va tutqunlikdagi turmush tarzlari shu uchun u qadar yangilik emasdi. U erda nohaq qamalganlar ham anchagina edi. Fuqarolarimizdagi huquqiy bilim saviyasi pastligi va sudlarning adolatsiz va nosog'lom ishlash tizimini ham ilk o'sha erda payqaganman. Bu kabi nuqsonlar Mustaqillik yillarida yanayam gazak olib, butun mamlakat ibtidoiylashishga yuz burdi. Davlat boshlig'ining ko'ngliga qarab ish tutishga moslashtirilayotgan jarayonlarda qonunlar emas, pora piramidasi hukmronlikni qo'lga ola boshladi. Tanish-bilishchilikka yangidan ta'mal toshlari terilayotgan davrlar keldi…

«Tajribaliroq» Jondordan edi. O'g'irlik bilan qo'lga tushgandi. Iqroriga ko'ra, u Temir yo'l stantsiyasida to'xtab o'tadigan yoqilg'i ortilgan sisternalardan hamtovoqlari bilan doimiy ravishda yirik miqdorda benzin o'marib, sotib yurgan. Sheriklari asosan, melisada ishlaydigan soqchilar va temir yo'l bekati ma'murlari bo'lgan. U qamalgach sheriklari o'zlarini chetga olganlar. U ertadan kechgacha sheriklaridan nolir, ular ochiqda qolib, yolg'iz o'zi qamalayotganidan alamzada edi. Tinmay, jinoyatchilik borasida tajribasizlik qilib qo'yganidan afsus chekardi.

Tutqundagilarning jinoyatlari turlicha bo'lgani kabi, ularning dard-alamlari ham bir-birlarinikiga o'xshamaydi. Buxoro Davlat universitetida o'qiyotgan shahrisabzlik yigit ma'shuqasi va uning onasini o'ldirgan. Aytishicha, u bir tun mikrorayonda turadigan ma'shuqasinikiga mehmon bo'lib borgan. Ziyofat quyuq bo'lib, kayfi oshgan talaba o'zini idora etolmasdan istamagan holda qaynonasining joniga qasd qiladi. Qo'li qonga botganini anglagach esa, vahimadan jinni bo'layozgan. Qotillikning izini yo'qotish maqsadida, ma'shuqasini ham o'ldirib, uyga o't qo'ygach juftakni rostlagan. Ammo u uzoqqa ketolmagan, qo'lga olingan.

Mahbuslarning yana birisi eshak o'g'risi…

Birisi esa, qiziqqonlik qilib qo'shnisini bolta bilan chopgan. Aytishicha, u bu jinoyatga ipini uzib, tomorqasiga kirgan novvosni deya, arzimagan sabab bilan  qo'l urgan. Qiziltepalik yigit esa, xotinini tobi qochganda qo'shnisining darvozaxonasida turgan motosiklni so'ramasdan olib, xotinini shifoxonaga shoshilinch etkazgan. Barchasini majburlikdan amalga oshirgan. Hech nimadan xabarsiz qo'shni, «motosiklimdan ayrildim» deb, «02»ga qo'ng'iroq qilgan, va asl haqiqatni anglagach da'vosidan voz kechgan. Ammo prokuror “bu erda jinoyat alomati bor” deya, da'vogarning iqrorini tan olmagan.

O'tirganlar orasida qirq yoshlardagi bir afg'on yigit ham bor. U O'zbekistonga olti oylik kirish vizasi bilan kelgan. Buxorolik bir ayol bilan tanishib, uylangan va shu erda bir muddat qolishga majbur bo'lgan. Uni ushlashgan va «vizani vaqti o'tgan» degan sabab bilan qamashgan.

U sudda ishi ko'rilishini olti oydan buyon kutyapdi. O'zbekistondagi sud tizimining shafqatsizligidan u qattiq hayiqib qolgan. Mahbuslarga berilayotgan jazo turlarining adolatsiz va poraga bog'langani bunga sabab bo'lgan ko'rinadi. U qariyib, yarim asrdan buyon urush ketayotgan Afg'onistondagi holatni O'zbekiston bilan solishtirganda, sud tizimining Afg'onistonda mo''tadil ishlashini aytadi.

U hazil-huzulga uncha moyil bir kimsa bo'lmasa ham, gapirganda o'zbekchasi juda g'alati chiqadi.

 Mahbuslardan biri boshiga tushgan ko'rgulik haqida quyidagilarni hikoya qildi:

…Shahar chekkasidagi bir xushmanzara erdan besh yil burun er uchastkasi sotib olgandim. Er-xotin ikkalamiz imoratni zo'rg'a tikladik. Men suvoq qilsam, etagini lippasiga qistirgan xotinim lozimining pochasini shimarib, xandaqda loy qordi. Lozim bo'lganda men bilan barobar elkasida yog'och ko'tardi, lo'mboz bosganda tomdan turib chelak-chelak loy tortdi. Yaxshi kunlarga etdik, endi rohatini ko'ramiz deganda, yon tomonimizda ilgariroq er sotib olib qo'ygan viloyat prokuraturasida ishlaydigan qo'shni qurulish boshladi. Uch kunda butun materiallarini keltirib, tiqib, uch oyda dang'illama imoratini kam-ko'stsiz bitirib oldi. Tumanimizdagi ko'p tashkilotlarga hammaning ko'zi oldida soliq solib, uyini pora va zo'rovonlik orqasidan tikladi. Ko'chib kelganiga ko'p o'tmadi, bir kun, he yo'q-be yo'q ko'zimga baqrayib turib: «Turgan joyingni menga sot, hovlimni kengaytirmoqchiman. Uyingning pulini ortig'i bilan beraman, sen boshqa joydan uy sotib olasan!» dedi. Xotinim bilan maslahatlashib, uyimizni sotmaydigan bo'ldik. Prokuror oldiniga do'q-po'pisa qidi. Nomeri o'tmagach, ochiqchasiga dushmanlikka o'tdi. It urushtirishga ishqivozligi uchun u hovlisida har xil zotdor itlarni boqtirardi. Bir kun uning kuchukvachchasi hovlimizga kirib keldi. Necha bora quvib haydasam ham ketmadi. Oxiri, yursa-yurar deb, indamay qo'ydim. Bir necha kun o'tib, uyga ikkita melisa kirib kelyapdi. «Tinchlikmi, desam, tinchlik, sizni olib ketishga keldik» deyishdi. Borsam, melisaxonada qo'shni prokuror o'tiribdi. Itimni o'g'irladi, deya ustimdan ariza yozgan, noinsof. Arizaga «1500 dollar» deya itining narxini  ham tirkab qo'yibdi… Hikoya shu joyga etganda, afg'onistonlik: «Qancha?» dedi, hayrati boshidan oshib. Eshitib, boshqalar ham hayron edi. «…Sudda prokuror etti yil so'radi. Sudyada insofi bor ekan, uch yil berdi», deya hikoyasini davom ettirdi, jabrdiyda yigit ko'zlariga yosh olib. Eshitib, afg'onistonlik sakrab o'rnidan turib ketdi: «Xe, o'sho… sudingni  ham bibisini, sengo tuxmot qilgonni ham, dedi. Agar Afg'onistonda shundoy qilsa, qozi uni choqirtirib yuz darra urdirodi. Bizda harqoloy adolot bor ekanda. Din bor, insof bor, har narsago qamob yubormaydi…»

It bahona jinoyatchiga aylantirilgan yigitga juda rahmim keldi. Qo'lidagi hujjatlarni olib, tunda o'tirib, shikoyat arizasi yozdim.

Bir muddat o'tib, shikoyat arizasi ko'rilib, qamoq jazosi «shartli jazoga» almashtirildi. U qamoqdan ozod bo'ldi. Kameradagilar, eshitib, xursand bo'ldik. Shu voqea sabab, hamma shikoyat yozishga tushib ketdi. Menga ish ko'payib qoldi…

Mahbuslar orasida, sberkassa qarovulini o'ldirib, kassani tunagan kazzob qotil deysizmi, ota-onasi ichkilikka ruju qo'yishi oqibatida, ochlikdan sillasi qurigan singilchasiga do'kondan bir siqim makaron o'g'irlayman, deya qo'lga tushgan o'n sakkiz yashar rus yigitchasi, deysizmi, turli-tumanini topsa bo'ladi.

 Afg'onistonlikning shu o'ris bolaga juda rahmi kelardi.

«Shungo ham qamoydimi? Sani bachcha, ukong nima bo'ldi? Kimni qo'ligo qoldi?» deyardi unga. Bizda bo'lgoningda, qozi sani besh darra urib, uyinggo haydordida, borib etim ukongni boq, derdi. Bu sho'rolorni qozisi yomon deb, eshitgonim rost ekon…»

Gapirgan gaplaridan o'zining ham yuragiga g'ulg'ula tushardi. «Ibi, akun mani nima qilso ekan, bular?» deb menga qayrilib, so'ngra o'zi haqda gap boshlardi.

Kameradagilar men bilan goho: «Politicheskiy» deb, hazillashar, ammo hurmatimni joyiga qo'yishardi…

Bu voqealarga ham o'n to'rt yil bo'ldi. U kimsalarning keyingi taqdirlari menga noma'lum.

O'tgan davr ichida O'zbekistonda «jinoyat» turlari va qonunlar o'zgardi. Qo'yilayotgan ayblar, hatto jazolar ham ilgargilarga o'xshamaydi. Mahbuslarga bo'lgan munosabat va turmalardagi kontingent tamomila boshqacha bo'lib ketgan…

  SSSR degan qudratli imperiya emrilayotgan zamonlar edi. M.S.Gorbachyov xalqlarga biroz bo'lsada siyosiy erkinliklar bera boshlagandi. 1990 yil, fevral oyining oxirlarida O'zbekistonda ham nisbatan ochiq va demokratik saylovlar o'tkazildi. 181-Vobkent saylov okrugidan O'zbekiston SSR Oliy Kengashi deputatligiga, o'zim rahbarlik qilayotgan PMK (qurilish tashkiloti)dan 250 ishchi nomzodimni ko'rsatdi. Bu harakat Vobkent tumaniga yaqinda raykomning birinchi kotibi bo'lib ishga kelgan Hoshim Sattorovga yoqmadi. Meni oldiga chaqirtirib, nomzodimni qaytarib olishimni talab qildi.

Tashkilotimiz ishchilari bunday qilishimga rozi bo'lishmadi.

Okrukdan oldinroq yana ikki kishining nomzodi ko'rsatilgandi. Ulardan biri – yaqin kungacha SSSR Oliy Soveti deputati bo'lib kelgan, «Kalinin» nomidagi kolxoz raisi Muhtarama Navro'zova va ikkinchisi, o'qituvchi – Sulaymon Sanoev edi. O'ziga bino qo'ygan, dimog'dor Navro'zovani raykom, «opa deputat bo'ladi» deya ochiqchasiga  qo'llardi. Deputat bo'lishidan gumoni qolmagan «opa» «kuchini» bildirish uchun menga mensimaslik nazari bilan qarardi. O'qituvchi Sulaymon Sanoev sodda va nisbatan halol inson bo'lishiga qaramay, raykomning yo'rig'idan chiqolmasdi.

Saylovchilar bilan saylovoldi uchrashuvi tumanning «Zarafshon» kolxozidagi majlislar zalida bo'ldi. Uch nomzod birin-ketin so'zga chiqdik. Uchalamiz ham o'z dasturulamalimizni irod qildik. Yig'ilganlarning nomzodlardan yangi g'oyalar va fikr-muohozalar eshitishni istayotgani zaldagi ko'tarinkilikdan yaqqol bilinib turardi. Shu sabab uyg'ona boshlagan xalqning chinakamiga siyosiy faollik ko'rsatayotgani menga yanayam kuch-quvvat bag'ishlardi. Minbarga chiqqanim zahoti, gulduros qarsaklar boshlandi. Raykom saylovchilarni tinchlantira olmay, ovorayi jahon bo'ldi. Saylovchilar uning avzoyi buzilganini ko'rib bilib turgan bo'lsalar ham, «bor, toshingni ter» deganday, unga e'tibor bermadilar. Xalq yangicha tizimni, taraqqiyot va ozodlik olib keladigan kunlarni qo'msagan edi. Ko'rib, ko'ksim tog' kabi yuksaldi. Raqobatchilarimga o'xshab havoyi gaplarni gapirmadim. Ortiq va'dabozlik qilmadim, ammo samimiy gapirim. O'zimni saylovchilarimning istak-xohishlariga monand shijoatli va erkin tutishga harakat qildim…

Hafsalasi pir bo'lgan raykom, meni chetga tortdi, va: «Hoy yigit, qarsaklarga ko'p ham ishonma, dedi. «Ha, deb «xalq», «xalq» ham deyaverma, tushindingmi?! Boshini silasang, uyg'onadi va egasiga tashlanadi. Avval pochangdan oladi, keyin boldiringni g'ajiydi. Boshiga tarsillatib, urib tursang, haddini biladi va hurmatingni joyiga qo'yadi. Aytib qo'yay, baribir mening aytganim bo'ladi!»

U ketgach, borib skameykaga o'tirdim va ketma-ket bir nechta sigareta tutatdim. Xalq “yo'lboshchisi”ning xalq to'g'risidagi o'rinsiz fikrlari g'azabimni qo'zitdi. Chunki, bu haqoratlar menga ham tegishli edi. Ichimda so'nsiz bir isyon paydo bo'ldi. Bu isyon katta kurashga bel bog'lagan va marrani shubhasiz ishg'ol etishga ahd qilgan kamsitilgan bir kimsaning isyoni edi…

Saylov yakunlari bo'yicha 68 foiz saylovchi menga ovoz bergandi. Shu sabab, “saylovni barbod qilgani uchun” raykomning birinchi kotibi ishdan olindi. Ammo Sattorovni «yomon odam» edi, degan fikrdan yiroqman. U harakatchan, tinib-tinchimas rahbar edi. Tumanda ancha yaxshi ishlarni amalga oshirgani ham bor gap. Qisqasi, ko'pchilik kommunistlar singari partiyaning bir askari edi, xolos. Shaxs sifatida o'zini namoyon etishga qodir emasdi. Bir so'z bilan aytganda, u buyurilganini «do'ndirish»dan boshqasiga yaramasdi…

Mahkama ishi boshlanishini kutib yotgan o'sha kezlarimizda, Checheniston va Rossiya o'rtasidagi munosabatlar taranglashgandan taranglashib borardi.

Prezident Javhar Dudaev Chechenistonni mustaqil deb e'lon qildi. Tan olishni istamagan Rossiya u erga o'z qo'shinlarini kirita boshladi… Tomga o'rnatilgan radiokarnay har kun bu hakda axborot berardi. Onda-sonda, O'zbekiston hukumatining bu boradagi qarashlari ham bayon qilinib turardi. Bir gal axborotda Checheniston qamoqxonalarida saqlanayotgan mahbuslarning prezident Dudaevga murojaati xususida bir siyosiy sharhlovchi gapirib qoldi. Aytilishicha, murojaatda mahkumlar qo'lga qurol olib Vatan mustaqilligi uchun urushga kirmoq istagi bilan vaqtincha bo'lsa ham prezidentdan o'zlarini turmadan chiqarishni so'ragan edilar. Vatanlari to'laqonli ozod bo'lgach o'z ixtiyorlari bilan turmaga qaytishlarini aytib, «Qur'on» nomi bilan qasam ichgandilar.

Bu menga juda ta'sir qildi. Avvalo, O'zbekistonda shunaqa vaziyat ro'y bergudek bo'lsa, biznikilar o'zlarini qanday tutishlari mumkinligi meni ko'proq qiziqtirdi. Shuning uchun kameradoshlar orasida kichik bir so'rov o'tkazishga qaror berdim.

Agar yurt boshiga og'ir kun tushsa, biznikilar ham bir tan-bir jon bo'lib oyoqqa qalqadi, lozim bo'lsa molu jonidan kechadi, mamlakatini – ya'ni nasllar kelajagini hech qachon qo'ldan boy bermaydi, degan o'y, butun fikri-zikrimni band qilib turardi…

Turmada ma'murlarning kunduzgi ish soatlari tugab, mahbuslar yo'qlamalardan qutilib, hamma bemalol bo'lganda mavzuni “xalq” muhokamasiga tashladim. Boshida, ularga murojaatning ma'no-mazmunini to'la anglatishga harakat qildim. So'ngra, vatanparvarlik va milliy tuyg'ularni qo'zg'atadigan kichik ma'ruza boshladim. Oxirida: «Yigitlar, Xudo ko'rsatmasin, O'zbekistonda ham shunaqa holat yuzaga kelsa, sizlar chechen mahkumlarining o'rnida bo'lib qolsangizlar, qanday yo'l tutgan bo'lardingizlar», degan savolni ko'ndalang qo'ydim.

Benzin o'g'risi darhol gap boshladi:

«Qo'ying, aka bu safsatani, dedi u ensasi qotib. Ozodlikka chiqsam, birinchi galda meni chuv tushirib, o'zlari ochiqda yurgan sheriklarimni topib, barchasining boshini kesardim. Keyin pullarimni yig'ib, chet elga qochardim…»

Sberkassa qorovulini o'ldirib, kassani o'margan mavzuni davom ettirdi:

«Ako, mabodo o'shanday bo'lib qolsa, meni besh soatdan so'ng O'zbekiston degan erdan topolmasdingiz. Ketishdan oldin ayrim kishilar bilan hisob-kitobimni to'g'irlab, olardim!» dedi, kekirdagini dakan xo'rozday cho'zib.

Talaba:

«Aka, vatan-patan degan safsatani bir chetga yig'ishtirib, musurga uloqtiring. Bu vatan ota-bobomizga vafo qilganmi, bizga vafo qilsin! Shunaqa imkon tug'iladigan bo'lsa, birinchi galda ota-onamni borib ko'rardim. Ular bilan yaxshilab xayr-ma'zur qilib, duosini olardimda, kattaroq bir magazinnimi, banknimi, urib, bu erlardan bir umrga g'oyib bo'lardim. Hayotim barbod bo'ldi. Men uchun endi boshqa yo'l yo'q…» dedi.

Hech qachon tayinli bir gap aytmaydigan eshak o'g'risiga navbat etdi:

 «Bora-sola, eshak o'g'irlaganimni melisaga sotgan ko'shnim Abdujabborni topardim. Og'zidan tortib, mening nomimni aytgan tillarini kesardim. Keyin bir gap bo'lar…»

Novvosi tomarqasiga kirgani uchun qo'shnisini chopib o'ldirgan mahbusga gal keldi:

«Chiqib, to'g'ri uyga borsam, qo'shnining o'g'illari meni ko'rsalar, o'ldirib qo'yishlari mumkin, dedi u jiddiy bir alfozda, qoshlarini chimirib. Shuning uchun «Vatan uchun jang qilmoqchiman» deb, avval borib, voenkomatdan qurol olardim. So'ngra, tunda uyga borib, vaziyatni o'rganardim. Qo'qqisdan, qo'shnining bolalari hujum qilib qolsa, bira to'la hammasini otardim-da, izimni yo'qotish uchun frontga jo'nardim. Bir-ikki oy o'tgach uyga qaytib, tirikchilikni qolgan joyidan davom ettirardim. Men uchun vatan, bu – o'z uyim. Boshqalar bilan ishim yo'q, o'lib ketishmaydimi….»

  O'n sakkiz yoshidagi rus bolasi:

«Ya nikuda ne poshel-by…» deya gapni qisqa qildi».

Motosikl “o'g'risi” ham keskin va lo'nda javob berdi:

«Uyga bora-sola, qoramollarimning hammasini bozorga olib chiqib, sotardim. Tanish sudya bor, yiqqanimni o'shaning qo'liga eltib tutqazib, bu balolardan bira to'la qutilardim. O'shanda, axmoqlik qilmaganimda, sudyaga pulni vaqtida berganimda, hozir bu erlarda shiftga boqib yotmasdim, men nodon. Umuman, bizni tinch qo'yinglar, iltimos. Armiyaga bormaganmiz. Xotin yosh, o'q-po'q eb, bekorga o'lib ketmaylik».

Afg'onistonlik esa:

«Ako, o'zingiz bilasizku man Afg'onistondan, dedi. Sizlarni armiyaga mani oladimi, yo'qmi bilmayman. O'zi urushlardan qochib, bu erlarga kegondim…»

 Qo'limga sigareta olib, kamera darchasi oldiga bordim. U erdan yarim-yarti ko'rinayotgan osmonga boqdim. Qorong'i kechada g'ujg'on bo'lib yonib-o'chayotgan yulduzlarga ko'zim tushdi. Ichimga g'oyibdan bir o'kirik urib kirib, g'arib va himoyasiz Vatanning ichikib-ichikib, yig'layotganini tuyganday bo'ldim. Ko'zim kosasidan ko'ksimga ko'zyoshlarim dumalaganini sezmasdim. Tomog'imga xo'rligim kelib tiqilib, quloqlarim tom bitdi. Sigarani tutatib, ichimga tortganimda, bo'g'zimni bir nima kesib o'tganday bo'ldi. Ichim qon va zardobga to'ldi. Bu tuproq hech qachon sohibsiz qolmagan deya, baqirgim keldi. Qamoqdaligimni eslab, tish qisib, mushtlarimni tugdim…

Qancha cho'zilmasin, sud jarayonlari boshlanadigan kunlar yaqinlashayotgan edi. Men har tomonlama mahkama ishiga tayyorgarlik ko'rardim. Uydagilardan, hech kimga bildirmasdan yashiriqcha «granata topilgan» javonning maketini yasab, olib kelishlarini so'radim. Sudda aytilshi lozim bo'lgan so'ngi so'z matnini ham oldindan hozirlab qo'ydim. Mahkama ishini sabrsizlik bilan kutganim kabi jaholatga qarshi o't ochishga butun vujudim bilan intilardim…

Sud jarayoni men kutgandan ham ko'ra nosog'lom bir vaziyatda boshlandi. Sud boshlanishiga biroz vaqt qolganda sodir bo'lgan bir voqea asablarimni qaqshatib yubordi. Men, o'shanda «yuksak ma'naviyat yaratyapmiz» deya iddao qiladiganlarning ko'pchiligidan qo'limni yuvib, qo'ltiqqa urgan edim…

(davomi bor)

Manba: hayratuz.wordpress.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Muxojir ;

    Davomini kutamiz…..

    09/08/2019 12:54
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube