O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Anqara jangi arafasida Evropa qirollarining Amir Temurga yuborgan elchilari haqida ba'zi ma'lumotlar

Anqara jangi arafasida Evropa qirollarining Amir Temurga yuborgan elchilari haqida ba'zi ma'lumotlar
10 Ağustos 2019 - 10:47 'da yuklandi va 685 marta o'qildi.

ANQARA JANGI ARAFASIDA EVROPA QIROLLARINING AMIR TEMURGA YuBORGAN ELChILARI HAQIDA BA'ZI MA'LUMOTLAR

Biz tarixda Amir Temurning Evropa qirollariga yuborgan elchiliklari haqida ancha batafsil ma'lumotlarga egamiz, ammo Evropa qirollarining Amir Temur huzuriga yuborgan elchiliklari haqida kam bilamiz. Evropalik elchilar Anqara jangi arafasida Amir Temur o'rdusiga tez-tez tashrif buyurib turishgan. Buning sababi, ular Amir Temurni kundan-kunga kuchayib, katta hudularni qamrab olayotgan, G'arb davlatlariga xavf solayotgan Usmoniylarni to'xtatuvchi yagona kuch sifatida ko'rganlar. Anqara jangi arafasida ularning serqatnov bo'lishining sabablari ham shunda edi.

Bu paytda Amir Temur bilan Yildirim Boyazidning orasi buzilib, ziddiyatlar kuchayayotgandi. Bunga boshqa tashqi omillar ham ta'sir ko'rsatgan. Amir Temurning O'rta Sharq yurishiga o'sha davrning eng kuchli hisoblangan davlatlari – Oltin O'rda, Misr kabi yirik davlatlar ham tish-tirnog'i bilan qarshi bo'lgan. Ular har qanday yo'l bilan Amir Temurni oradan olib tashlanishi tarafdori bo'lgan va shu maqsadda mazkur davlatlar o'zaro maxfiy elchiliklar almashayotgandi. Aslida bu muammoning boshlanishida Sulton Ahmad Jaloyir va Qora Yusuf Turkman katta rol o'ynagan. Bizga ma'lumki, Amir Temurning ko'plab yurishlari karvon va haj yo'llarida tinchlik-xotirjamlikni o'rnatish, xalqaro savdo-iqtisodiy, elchilik, madaniy va boshqa aloqalarni yo'lga qo'yish maqsadlarini amalga oshirish uchun olib borilgan. Amir Temurga ushbu ishlarni amalga oshirishda Bag'dod hokimi sulton Ahmad Jaloyir va Qora quyunlilar hukmdori Qora Yusuf Turkman xalaqit bergan. Ular haj va karvon yo'llaridan katta miqdorda mablag'lar olib, savdogarlar va hojilarning talanishiga ham ko'z yumib kelardilar. Amir Temur bu ikki dushmaniga qarshi yurish boshlaganda ular Misr Sultoni va Usmonli hukmdori panohida yashirinadilar.

Aynan Amir Temurning dushmanlari bo'lmish yuqorida nomlari zikr etilgan qirollar bilan birga Sulton Ahmad Jaloyir va Qora Yusuf Turkmanlarning katta ittifoqi yuzaga kelgandi.

Yildirim Boyazidni Amir Temurga qarshi kuchlar gij-gijlagan bo'lsalar, Amir Temurni Yildirim Boyazidga qarshi urushga tashviq qiluvchi kuchlar ham bor edi. Konets formy

Ma'lumotlarga ko'ra, Evropa qirollari Amir Temur huzuriga bizga ma'lum bo'lmagan qator elchiliklar yuborishgan.

Genuya va Venetsiya senatining hisob-kitoblarida ana shu elchiliklarning keldi-ketdisi haqidagi ma'lumotlarni uchratish mumkin. Mazkur ma'lumotlarda elchilarning kelishi va bunga qancha mablag' sarf etilgani qayd etilgan, chunki bu o'rinda gap faqat buxgalteriya hisoboti haqidagina bormoqda. Sir tutilgan siyosiy maktublar bu hisobotlarda aks etmagan.

1394 va 1399 yilda Vizantiya imperatorining Konstantinopoldagi muovini Amir Temur huzuriga Fransua ismli dominikan monaxini ikki marta elchi qilib jo'natdi. Unga Sandro (uni ba'zi manbalarda Saratsinus deb ham ataydilar) hamroh bo'lgan. Sandro Genuya podestati bilan yaqin aloqada bo'lgan, chunki uning qo'lida Genuyaning homiysi bo'lgan Frantsiya qirolining Amir Temur nomiga yozilgan maktubi mavjud edi. Fransua o'zining birinchi safari chog'ida, Amir Temur Boyazidga urush ochguday bo'lsa, Sharqiy O'rta er dengizi yoqasida joylashgan Evropa davlatlari yordam beradilar, degan fikrni Amir Temurga etkazdi.

Fransua va Sandro Amir Temur huzuriga ikkinchi marta tashrif buyurganda agar u Yildirim Boyazidga urush ochadigan bo'lsa, odatda, Boyazidga mo'ljallangan xiroj Amir Temurga berilishi haqidagi majburiyatlarni bayon etgan. Binobarin Fransua vositasida evropaliklar bilan Amir Temur o'rtasida do'stona muloqotlar boshlangan. 1400 yil mobaynida Venetsiya senati Amir Temur huzuriga o'zining ikki vakili-Andrea Jistiniani va Mateo Barbadigolarni jo'natdi.

1401 yilda Amir Temurning elchisi Peraga kelgan va Pera genuyaliklarining Usmonlilar bilan ittifoqdan va har qanday xolislikdan voz kechishini iltimos qilishgan. Ushbu iltimos mamnunlik bilan qabul qilindi va elchilarga ikkita ot tuhfa etildi.

Peradagi hisob daftarida 1402 yil 18 mayidan 21 iyunigacha bo'lgan davrda Amir Temurning elchisi kelib-ketganligi ta'kidlangan.

Tarixda bu kabi bizga ma'lum bo'lmagan elchiliklar ko'p bo'lib, ularni chuqur o'rganish kelajakda ba'zi noma'lum tarix sahifalarini to'ldirishda asqotishi mumkin.

Shohista O'ljaeva
tarix fanlari doktori, professor

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube