O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Jajji guvoh (4-qism)

Jajji guvoh (4-qism)
10 Ağustos 2019 - 11:02 'da yuklandi va 820 marta o'qildi.

Nasrullo Sayyid

Nasrullo SAYYID

 

JAJJI GUVOH
(Hujjatli qissa)

(4-qism)

JONLI «SEKS» TOMOShASI

 Shomda shirqirab qulfga kalit kirib, soqchi sharaqlatib temir eshikni ochdi. U «xushxabar» keltirgandi. Bir necha oydan buyon intizorlik bilan kutilgan mahkama ishi boshlanayotgandi…

Tuni bilan mijja qoqmadim. Avval boshdan sud jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko'rgan bo'lsamda, qayta-qayta xayolimda reja tuzdim. Qanday qilib bo'lsa ham bor haqiqatni yuzaga chiqarishim zarur, degan iddao menga bir daqiqqa ham tinchlik bermasdi. «O'zbekiston Respublikasi jinoyat-prosessual kodeksi»ni qayta ko'zdan kechirdim. Mahkamaning halollik bilan ishni ko'rib chiqishiga gumonim bo'lsa ham, ichimda biribir adolat g'alaba qozonadi, degan umid bor edi.

Yalchitib uxlolmagan bo'lsam ham, tong saharda o'rnimdan qalqib, jangga otlanayotgan jangchiday soqchini kuta boshladim. Ikki ko'zim temir eshikning nazorasida. Odatda soqchilar sudga mahbuslarni soat etti yarim sakkizlar atrofida kameralardan bir-bir terib, olib chiqib ketadilar. Shu sababdan, men ham soatning sakkizga bong urishini yurak hovuchlab, kutib, olashaqshaqdek tinim bilmaydigan «Mash'al»ga quloq osgandim. Ma'nosiz kuy-qo'shiqlar jonimdan to'ydirgan bo'lsayam, yangidan uyg'ongan umidlar qanotida xumga qamalgan may singari to'rt devor ichida jo'shib, qaynardim. Va nihoyat ming bir mashaqqat bilan soat millari sakkizni mavh etdi. Ammo dahlizdan «tiq» etgan tovush quloqqa chalinmasdi. To'qqiz bo'ldi, hamma yoq suv quygandek, tinch. Soat o'n bo'ldi, o'n bir bo'ldi, tashqaridan xat-xabar yo'q. Ruhiyatimdagi ko'tarinkilik o'rnini tushkunlik ola boshladi. Bir nuqtada jamlab turgan xayollarim, bo'ri oralagan qo'ylar podasiday porakanda bo'lib ketdi. Tushdan keyin chidashning sira iloji qolmadi. Kamera eshigini, «gupillatib» ura boshladim. Soqchi eshik ko'ksidagi tuynukni ochar-ochmas, undan nima sababdan meni sudga olib chiqishmaganini so'radim.

«Bu joyga kirishga hamma uchun yo'l bor. Ammo, chiqish siz o'ylagandek oson emas, o'rtoq jinoyatchi», dedi soqchi. Orqasidan, shunchaki hazillashganini, hech narsadan xabari yo'qligini aytdi. Darhol kaftiga pul qistirdim. «Shest sekund” dedi, va g'oyib bo'ldi. «Sud ma'lum muddatga kechiktirilibdi, sababini hech kim bilmaydi» dedi, so'ngra u qanday g'oyib bo'lgan bo'lsa, qo'qqisidan eshik orqasida paydo bo'lib.

Hibsxonada mahbuslarga «o'rtoq jinoyatchi» deb murojaat qilishadi. Sudda mahbusning jinoyati isbotini topmaguncha, aslida unga «jinoyatchi» deyishga hech kimning haqi yo'q. Buni qonunda lo'nda qilib yozib qo'ygan. Menga ko'ra, hali jinoyati tasdig'ini topmagan kimsaga «o'rtoq jinoyatchi» deb murojaat qilayotgan tarafning o'zi aslida jinoyat sodir qilyapdi.

Mahkama ishining to'xtatilgani sababini bir muddat keyin bildim. …Sud jarayonlari boshlanishini eshitgan saylovchilarim karvonboshiligida meni yaxshi biladigan jami to'rt yuz atrofidagi vobkentliklar ertalabdan sud binosi oldida to'plana boshlaganlar. Ichiga g'ulg'ula tushgan hokimiyat vakillari va milliy xavfsizligidagilar bir kor-hol chiqmasin deya, o'zlaridan qo'rqib sudni kechiktirishga qaror bergan. So'ngra, yig'ilganlarga bugungi mahkamaning noma'lum sabablarga ko'ra qoldirilganligini, sud ertaga Jondor tumanida ish boshlanishini aytishgan va ulardan tarqalishni so'raganlar.

Tanishlarning keyinroq bergan iqrorlaricha, ertasi kun bir qancha saylovchilarim va yigirmadan ortiq do'stu yorlar 60 km uzoqlikdagi Jondorga ham etib borishgan.

Bugun ta'rifini keltirolmaydigan daraja yomon bir kayfiyatda uyg'ondim. Tuni bilan sudning nima sababdan qoldirilganini o'ylab, o'yimga etolmadim. Ertalab, soat o'nlar chamasi, kamera eshigi kutmaganda ochildi. Soqchilardan dahlizda meni sudga olib ketishayotganlarini bildim. Eshitib, butun badanimni titroq bosdi. His-hayajonimni bildirmaslikka tirishdim.

Mashina uzoq yurmadi, oradan o'n daqiqa o'tar-o'tmas bir erda to'xtadi. Tashqaridan odamlarning g'alag'ovuri eshitilardi. Mashinaning orqa eshigi ochilishi bilan to'planib turgan odamlarga ko'zim tushdi. Allaqanday, katta bir bino oldida edik. Odamlar meni ko'rib, qichqira boshladilar. Ularning ko'pchiliklarining ko'zlarida yosh ko'rdim. Yuragim to'ldi, istamaganim holda mening ko'zlarimni ham ko'z yoshlar pardasi qopladi…

Har tomon tirband edi. Melisalar to'planganlarning qoq o'rtasidan ikki tarafga bo'lib, tirik devor paydo qilgan edi. Mashinadan boshlanadigan «dahliz» sud idorasining eshigiga borib taqalardi. Erga qadamim tegishi bilan ikki bilagimdan omburday qisib ushlagan melisalar meni tezlik bilan binoga sudrab keta boshladilar. Shunda, odamlar orasida chaqalog'ini bag'riga mahkam bosib, jon-jahdi bilan menga talpinayotgan xotinimga ko'zim tushdi. Men ham kishanlangan qo'llarimni cho'zib, bor kuchim bilan oldinga talpingan edim, melisalar to'sib meni to'xtatib qoldilar. Odamlar o'pqoni ichida xasdek chayqalayotgan xotinim, bir kor-hol ro'y bermasin deb Erkiyorni yulqinib bag'riga bossa ham, ikki ko'zini mendan uzmasdi. Vahshiy bir kuch bilan melisalar devorini o'zim bilmagan holda bir hamlada buzib, xotinimga etib bordimda, uning bag'ridan kenjamni kishanlangan qo'llarim bilan uzib olib, jahd bilan bag'rimga bosdim. Bir necha melisa barobariga ustimga yoprilganda, odamlar qiy-chuv ko'tardilar. Ichlariga vahima oralab, ular sarosimaga tushdilar va orqaga chekindilar. Bolamni to'yib-to'yib o'pib, o'pkamni islariga to'ldirdimda, chaqaloqni qaytib onasi qo'llariga tutqazdim. Kishanlangan qo'llarimdan ushlab, vazifasini davom ettirishga xalqning vojahatini ko'rgan melisalarning yuragi betlamadi. Ularni kutmasdan o'zim sud binosiga qarab yurib ketdim.

Mahkama ishi Jondorda bo'ladi, deya hukumatning odamlarni atay chalg'itgani hammaga ma'lum bo'ldi.

Meni «Otbozor»dan uncha uzoq bo'lmagan Buxoro shahar Fayzulla Xo'jaev tuman xalq sudi binosiga olib kelgandilar. Hukumat aholini chalg'itishga jon olib-jon berib qanchalar urinmasin, voqea guvohlarining iqroriga ko'ra sud jarayonini besh yuzdan oshiq kimsa ta'qib etayotgan edi. Sud zali ikki yuz ishtirokchiga mo'ljallangani uchun odamlar sud jarayonlarini almashib, navbat bilan kuzatardilar.

Tahlikaga tushgan hukumat sud binosini o'sha kunlarda muntazam ravishda ellikdan ortiq melisa va MXX xodimlari tomonidan qo'riqlashga buyruq bergandi.

Binoda katta-kichik ikkita sud zali bor edi. Xohlasa, mahkama bir vaqtning o'zida ikki joyda ish olib bora olardi

Meni mahbuslar «katalashka» deb ataydigan taxminan 1,2x1,2 keladigan «o'ra»ga keltirib tiqdilar. Bu joyni xona deb bo'lmas, u rasmona kalamush o'rasidan farq etmasdi. Farqi, kalamush o'rasi er ostida bo'lsa, bunisi erning ustida edi. Ikkita «o'ra» bir-biriga yonma-yon qurilgandi. Ular o'ta qorong'i, zax va juda iflos joy bo'lib, old tomoniga to'lig'icha temir panjara tutilgan, uch tarafi beton devor edi. Temir panjaralar soqchilar qo'riqlab turgan katta zalga qarab ochilardi. Har ikki zal bir-biriga uncha uzoq bo'lmagan masofada bo'lib, ularga dahliz bo'ylab borilardi. Shu bois har ikki zaldagilarning ham shovqini bu erdan bemalol eshitilib turardi…

Ko'p o'tmadi. Soqchilar sudrab, keltirib, orqadan etib kelgan bir zobitning buyrug'i bilan yana bir mahbusni mening «o'ra»mga tiqdilar.

Unga ko'zim tushganida, uni ikkinchi «o'ra»ga qamasalar kerak deb o'ylagan edim. Chunki, ikkinchi «o'ra» bo'm-bo'sh edi. Zobitning harakatlaridan taajjubga tushgan esamda, qo'limdan hech ish kelmasligini o'ylab, taqdirga tan berdim. Qolaversa, sud jarayoni tez boshlanadi, birozdan zalga chiqaman deb taxmin qilayotgan edim. Falokat oyoq ostidan chiqishini hisobga olmagan ekanman, sudgacha kutilmagan yana bir imtihonni topshirishga to'g'ri keldi…

Turtinib-surtinib, mahbus bilan qorong'ida tanisha boshladik:

– Men Nasrulloman, siz kimsiz? – dedim, birinchi bo'lib.

– Chto, ne uznal, ya Ilxam! – dedi u to'ng'illab.

– Otkuda mne znat' tebya? – dedim men ham unga o'zi javob bergan ohanda.

– Ty chto? – deb, u menga tashlanib qoldi. Ikki qo'llab elkamga chang soldi. Qo'llarini maxkam ushlab, uni o'zimdan itarib tashladim. U juda qiltiriq va nozik ko'rinsa ham, ancha chayir edi. «O'ra»da kim hukumron ekanligini aniqlab olish uchun ikkov bir-birimizni turtkilashda davom etardik. Soqchilar ko'rib, tamosha qilayotgan bo'lsalar ham, «miq» etib og'iz ochmasdilar.

– Ty po kakoy..? – dedi u biroz talashganimizdan so'ngra tinchlanganday bo'lib.

 – Dvesti desyatiy, chast' perviy, – dedim.

– Oooo – terrorist! Terrorist!!! – dedi u va negadir birdan hovuridan tushdi. – Sen-chi? – dedim men unga o'zbekchalab.

– U menya vechno odno i to je, vot uje 15 let odno i to je.., – dedi gapini qisqa qilib.

Shu payt:

– Menga tuhmat qilishdi! Xudo xohlasa, bugun chiqib ketaman! – deb yuborganimni sezmay qoldim.

– Neujeli? – dedi u.

– Men bir demokrat odamman, haqgo'yligim tepadagilarga yoqmadi, shu tufayli…

– O… Demokrat! Demokratiya, dem-o-kra-tiya! – deya, meni masxaralashga tushdi u.

– Pishgan kalladek, ishshayma, sen nimani tushunarding? – dedim, tutoqib.

Shu zaylda yarim soatcha it-mushuk bo'lib turdik. So'ngra, u birdan tinchib qoldi.

Men ichimda uni o'g'ri yoki giyohvand bo'lsa kerak, degan xulosaga kelgandim. Shuning uchun o'zimcha unga «Jo'qi»da deya laqab ham qo'ydim.

Bir payt, melisalar o'tirgan tomondagi katta zalning eshigi ochilib, bir ayol ko'rindi. Ilhom, tojikchalab, darhol uning otini aytib, chaqirdi. So'ngra: «Olib keldingmi?» deya, sabrsizlik bilan panjaraga yopishdi. Er-xotin bo'lsalar kerak, deb e'tibor bermaslikka urindim.

Soqchilardan biri borib, ayoldan bir dasta pul oldi va uni shoshmasdan sanab cho'ntagiga tiqdi. Keyin, ayolning qo'lidan ro'molchaga o'ralgan narsani olib, keltirib Ilhomga berdi. U qonunga xilof bu harakatlarni o'ta xotirjamlik va sovuqqonlik bilan bajardi. Uning o'zini bamaylixotir tutishiga qaraganda, orqasida boshliqlar turganini payqash qiyin emasdi. Ayol bergan narsasining egasiga tekkaniga ishonch hosil kilgach, Ilhomga: «Men shu erda bo'laman» degandek ishora qilib, eshikni yopdi.

Ilhom shosha-pisha ro'molchani ochdi. Ro'molchaga suyuqlik to'latilgan shpiris o'ralgandi. Ko'rgach, u o'zida yo'q quvonib, darhol cho'ntagidan gugurt chiqarib, menga: «Buni, yoq!» dedi. U bir pasda halim bo'lib qolgandi. Nima qilmoqchi bo'lganini anglamasamda, gugurtni yoqdim. U engini shimardida, gugurt yorug'ida bilagidan tomirini izlay boshladi. Ko'rib, meni titroq bosdi. Chunki bunaqasini umrim bino bo'lib ko'rmagan edim. Giyohvandlar xususida bir oz tasavvurga ega bo'lsam ham, qabul qilish jarayoniga hayotimda birinchi bor guvoh bo'layotgan edim. Bolaligimdan ukolni yoqtirmaganman. Betimni burishtirib, yon tomonga qaradim. Ammo, istamasam ham ko'zimni qiri bilan hammasini ko'rayotgan edim. Aksiga olib, gugurt cho'pi tez yonib bitdi. U: «Bo'l! Yoq! Yoq! Davay, bistrey!» deb baqirdi. Qo'lim qaltirab, har yoqqanimda cho'p o'chib qolaverdi. Hatto, bir marta yonib turgan cho'pni bexosdan puflab o'chirib ham qo'ydim. U jovdirab, «bo'lsangchi!» degandek ko'zlari bilan menga yolvorardi. O'ninchimi, o'n beshinchimi urinishda bir amallab, gugurtni yoqdim. U ignani bilagiga sanchdi va shpirisdagi bor suyuqlikni tomiriga yubordi. Yuragimga birdan vahima oraladi. Xayolimdan, uyushtirgan bo'lsalar-chi, «terrorist» degan ayblovga «giyohvand»likni ham qo'shib qo'yishmoqchi emasmikanlar ishqilib, degan o'y kechdi.

U ignani sug'irib, bo'sh shpirisni ro'molchaga qayta o'rab, cho'ntagiga tiqdi.

Kuzatib turgan melisalar ichidan biri:

– Ilxamchik… Nu kak? – deb qoldi.

– Ka-aa-ayf! – dedi Jo'qi.

Uning basharasida o'zgarishlar sodir bo'la boshlagan edi. Olazarak ko'zlari chaqnab, ikki yuzi qip-qizil bo'lib yonardi.

Kutilmaganda, u badanini tinimsiz qashlashga tushdi. Uning elkalari ucha boshlagan edi.

– Oddiy gugurtni yoqishni bilmaysan, qaerda o'qigansan?! – dedi g'inshinib. Giyohvand bilan teng bo'lamanmi, degan andishada savoliga javob qaytarmadim. Endi, u tinmay vaysardi, yana bir dumalab eshakka aylanib olgandi. – Yana demokratman deysan, demokratiya degani nimaligini bilasanmi, o'zi?! – deya battar asabimga tegardi.

Vaziyat qaltis edi. Mojora kuchayib, tahlika ulkanlashib borardi. Bu Xudo urgan giyohvand bilan teng bo'lsam, meni mahkama boshlanmasdan kelgan joyimga qaytarib olib ketishlari aniq edi. Uning orqasida huquq posbonlarining kazo-kazolari turmaganida edi, u «adolat uyida» bu surbetchiliklarni bemalol amalga oshirishga qodir emasdi. Mening bu qopqonga tumshug'imdan ilinishim, hukumatdagilar uchun ayni muddao bo'ladi. Rutbalari ko'tarilgan zobitlar, so'ngra Jo'qiga bundan ham ko'p imkoniyatlar yaratadi.

Aksiga olib vaqt oyoqlari yulingan chumolidan ham sekin immillardi. Sudning boshlanishi ham achchiq ichak kabi cho'zilib borardi. Xullas, vaysaqi giyohvandning aljirashlariga imkon qadar tishni-tishga qo'yib chidab turishdan boshqa chora yo'q edi. Ammo u vaqt o'tgan sayin yirtqichlashar, mening o'zimni jilovlashga urinishim, uni vahshiyga aylantirayotgan edi.

Mendan sado chiqavermagach, u meni turtkilay boshladi. G'azabdan qonim boshimga chiqib, quloqlarim shang'illab ketdi. Ikkinchi Nasrullo ichimda, «ur, o'lsin» deyotgandek edi. Mushtlarimni tugib, tumshug'ining ostidan solib oyoqlarim ostiga yiqaman deya, hezlanganda, ko'zlarim oldiga o'g'limni bag'riga bosib, odamlar o'pqoni ichidan menga iltijoli termulgan xotinimni qiyofasi keldi, va negadir shashtimdan qaytdim.

– Jo'qini olinglar bu erdan, tobi qochayapti! – dedim, soqchilarga baqirib.

Ular «o'ra» tarafga qayrilib ham boqmadilar. Stol atrofida davra olib, sudlanuvchilarning orqasidan yaqinlari olib kelgan ovqatlarni badnafslik bilan paqqos tushirayotgan edilar. Aroq to'la piyolalarni to'qishtirib, «ota» va «kelajagi buyuk o'zbekiston» uchun bo'kib-bo'kib, ichardilar. Aslida, O'zbekistonni yov bossa, parvoylariga kelmasdi. Bir yashiq aroq uchun kerak bo'lsa, ular shu tobda O'zbekistonni Rossiyaga qaytarib sotishga ham tayyor edilar. Ammo, negadir o'z-o'zidan Jo'qining sasi kesildi. Panjaraga tiklanib, zalning eshigiga tikilib turaverdi. Bir payt  eshik ochilib, haligi ayol mo'raladi.

– Uni bu yoqqa, kirgizib yuboringlar, pulini to'laymiz – dedi u, ayoldan ikki ko'zini uzmay.

Aroqlarini to'qishtirayotgan melisalar, xoxolab kuldilar va: – Mana shu taklif uchun oxirigacha sipqoramiz, – deya baravariga ko'tarmoqchi bo'ldilar, ichlaridagi baqaloqrog'i: – Bir daqiqa, dedi. Ko'tida qoldirgan «ko't»…

Hamma ichib, piyolani stolga chappa etdi.

Ularning ichidan biri qo'lidagi bir dasta kalitni o'ynatib, ayolning yoniga bordi. Ayol ikkalasi boshda, o'n-o'n besh soniya savdolashdi. Keyin, ayol qo'lini ko'kragi orasiga tiqib, u erdan sug'irib melisaga pul chiqarib berdi. Melisa pulni bo'lib ikki cho'ntagiga joylagach, ayolning qo'lidan ushlab, uni «o'ra»ning panjarasigacha boshlab keldi. Avvalida, ularning maqsadi nima ekanligini anglamadim. Anglagach, butun vujudim nafrat bilan to'lib, toshdi. Bunaqa tubanlikni ko'rish nari tursin, hayotim bino bo'lib eshitmagan ham edim. Inson deb atalmish Alloh aziz va mukarram etib yaratmish mahluq ham shunchalar jirkanch va uyatsiz bo'lishi mumkinmi, ajabo?!

Shirakayf melisa eshikka kalit sola boshladi. U uchun hech qanaqa g'ayrioddiy narsa sodir bo'lmayotgandek edi. Har kun yuz berishi mumkin bo'lgan voqea yuz berayotgandek, u pinagini buzmasdi. Mening esa ichimga dahshat kirgan edi. Go'yo, nazarimda hozir portlab, parcha-parcha bo'lib ketadigandek o'zimni his qilardim.

«Yo'-o'qqq!» deya baqirib yuborganimni sezmay qoldim.

Hayqiriqdan aroqxo'rlik qilayotgan melisalarning kapalagi uchib ketdi. Hammalari uyasi buzilgan qovoqarilar singari pajaraga yoprilib keldilar.

– Bu ishni hayvon ham qilmaydi. Sizlar nima qilyapsizlar, o'zi? Aql-hushlaringizdan judo bo'lmaganmisizlar?!

– Nima deding?! – deya shirakayf  Jo'qi menga tashlandi.

Ortiq, chekinishga chegara qolmagan edi. Endiyam, tilimni tomog'imga yutadigan bo'lsam, tilsiz shaytondan farq etmasdim. Jo'qini qattiq quchoqlab, ikki bukdim. «Tamom, etar!» deganday u qo'llini havoga ko'targach, bo'shatdim, u turgan o'rniga bo'shagan qop singari shalpayib o'tirib qoldi.

Shunda melisalardan biri: – E, jo'ra! Kayf qilib, tomosha etmaysanmi? «Jivoy seks”ni turmadan chiqquncha ko'rasanmi, yo'qmi? Haqiqatchi, qonunchi bo'lsang, hali qutulib chiqishingga garantiya ham yo'q! – dedi menga.

Hech nima demadim. Yuzimga qon tepchiganini o'zim ham sezib turardim.

– Nega qizarib, ketding? Gaplarim yoqmadimi? – dedi u. – Mayli, xohlamasang, seni boshqasiga o'tkazamiz!

Meni ikkinchi «o'ra»ga tashlashdi. Ayolni birinchi «o'ra»ga tiqib, Jo'qi ikkalasining ustidan qulflab qo'yishdi. Sud binosi ichida jonli «seks» tomoshasi boshlandi. Melisalar bezrayib, boqib, haybarakallachilik qilib, hayosizlarni olqishlab turdilar…

 Butun dunyoda, politsiyaga eng tarbiyali, aqlli va farosati joyida yigitlarni saralab ishga olishadi. Ular o'z xalqining haqiqiy himoyachilari, adolat va millat haq-huquqlarining kafolatidirlar. Bizda, teskarisi. Dordan qochgan, onasi bilan ham jinsiy aloqa qilishga mayllari borlar melisalikka saralanadi. Bu ma'lum bir soha sohiblarining xatosi emas, tizim chiriyotganining alomatidir.

Men ko'rgan bu bedodlikni dunyo dunyo bo'lib hech kim O'zbekistondan boshqa joyda ko'rmagan bo'lsa kerak. Jahon urushlarida va ruslar tuproqlarimizga bostirib kelib, ajdodlarimizni qilichdan beomon o'tkazganda ham, sababsiz qamab, sudsiz otganda ham, bunaqa pastkashliklar sodir etilmagani bor gap. Bundan ko'ra, so'roqsiz va sudsiz o'zingga qabr kavlatib otib tashlashsa, o'zingni bu qadar kamsitilmagan his qilasan, odam…

Burchakda turgan telefon jiringladi. Go'shakni ko'targan soqchi: «Est'!» dedi. So'ngra, kelib men turgan «o'ra»ning eshigini ochib: «O'rtoq jinoyatchi, chiqing, ketdik!» dedi.

Bir necha soqchilar qurshovida sud zaliga kirib bordim. Sud zali odamlarga liq to'la edi. Bir-bir, ularga razm soldim. Ularning ichida qarindosh-urug'lar, do'stlar va tanishlardan tashqari notanish insonlar ham anchagina edi. Chehralar tashvishli ko'rinsa ham, botinida umid uchqunlari sachrab turgani yaqqol sezilardi. Chamamda, yaxshi gumon qilinayotgani bilan sudning adolatli yakun topishiga ham hammada ishonch yo'q edi.

Shunday qilib, 1994 yilning 4 aprel kuni tushga yaqin; bolalari yotadigan uydagi javonda – kiyim va o'yinchoqlar orasiga jangovor granata «yashirgan» O'zbekiston Oliy Kengashi deputati ustidan sud maqkamasi ish boshlandi. Masxarabozlik hukmronlik qilgan sud jarayonlarida ajabtovur hangomalar sodir bo'lishini avvaldan bilganimda edim, zamonamizning Xo'ja Nasriddini bo'lmish Hojiboy Tojiboyni sud raisidan mahkamada qatnashishni yalinib so'ragan bo'lardim…

(davomi bor)

Manba: hayratuz.wordpress.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Muxojir ;

    🤔😱👉☠️

    11/08/2019 15:30
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube