O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Tabiiylik va sun'iylik xususida

Tabiiylik va sun'iylik xususida
11 Ağustos 2019 - 22:27 'da yuklandi va 557 marta o'qildi.

TABIIYLIK VA SUN'IYLIK XUSUSIDA

“Irqchilik tabiiy, demokratiya esa, sun'iydir” deb yozilgan ulkan shiorni ko'rib qoldim Norvegiya poytaxti Osloning mashhur muzeylaridan biri bo'lgan Vigeland muzeyi devorida. Bu shior Oslo markazidagi bu muzey devorida atrofdagi aholining naqadar “tabiiylik” shaydosi ekanligiga dalil sifatida bir haftacha osilib turdi va keyin g'oyib bo'ldi.

Aholini “tabiiy” bo'lishga, samimiyatga, ichidagini yashirmaslikka chaqiruvchi bu shiordagi sokin ifoda uslubi hayratlanarli edi. Bu shior orqali baqirib-chaqirishga hech ehtiyoj yo'q edi, go'yo jamoat shu erda, yaqinginada, ushbu shior atrofida jamuljam edi. Hatto, aytish mumkin-ki, bu so'zlar shivirlab aytilayotganday edi go'yo – begona quloqlardan biri bu so'zlarni eshitib qolishidan qo'rqilgani uchun emas, balki, o'quvchi va shior o'rtasida hech qanday masofaning yo'qligini namoyish etish uchun, bu so'zlarning intimligini, ichkinligini, bir millatning mutlaqo “shaxsiy” bo'lgan hayotiga doirligini boshqalarga pisanda qilish maqsadida ham shivirlab aytilayotganday edi go'yo.

Albatta, tabiiylik buyuk bir ne'matdir. Masalan, “sun'iy” bo'lgan demokratiya chegaralarini tan olmaydigan va bir qopog'on ko'ppak singari “tabiiy” bo'lish orzusida yongan norvegiyalik irqchi terrorist Breyvik yuzga yaqin begunoh o'spirinlarni qatl etayotgan paytida vujudida ana shunday vahshiy “tabiiylik” sururini his qilgan bo'lishi kerak.

Yoki o'spirinlar uchun o'ylab topilgan “Rus-brus” nomli avtobusga chiqib olgan o'nlab norveg o'spirinlarning to tongga qadar gumbirlagan muzika saslari ostida shahar aholisining oromini buzib, o'rmon jonzotlariday qiyqirgancha ko'chalarni kezib yurishlari va yoki ko'chada qizil kombinezonlarni kiygan holda shaharning eng gavjum joylarida maymunlar galasi kabi qator bo'lib emaklab yurishlaridagi “tabiiylik” o'sha toifadagi “tabiiylik”lardan bo'lsa, ajabmas…

Qizig'i shundaki, irqchilar o'zlarining demokratiyaga nafrati borasida “demokratiya kufr nizomi” deyotgan ba'zi musulmon jamoalar bilan maslakdoshdirlar. Faqat demokratiyaga nisbatan ko'rsatilayotgan bunday bir xil munosabat bir-biriga tom qarama-qarshi bo'lgan ikki xil mantiqqa qurilgandir. Xususan, irqchilar demokratiyani o'z “tabiiylik”larini, ya'niy, hayvoniy instinktlar – suruv, poda psixologiyasini, irqchiliklarini namoyon qilishga halaqit bergani uchun qoralasalar, yuqorida nomi zikr etilgan musulmon jamoalar, aksincha, demokratiyani aynan haddan tashqari “tabiiy”ligi, tabiiy, hayvoniy instinktlarni namoyon qilishga izn berib qo'ygani uchun qoralaydilar. Bu ikki xil qarash xuddi sarxumdagi suv miqdorini ifoda etishda qo'llaniladigan “yarmi bo'sh sarxum” va “yarmi to'la sarxum” qabilidagi bir xil holatni ifodalayotgan, ammo bir-biriga tom qarama-qarshi bo'lgan ikki xil nuqtai-nazar va maqsaddan kelib chiqib aytilayotgan kalimalarni eslatadi. Ammo ayni paytda bu ikki xil dunyoqarashni birlashtirib turgan bir nuqta bor, bu – xalq istagi va irodasiga ishonchsizlik va hurmatsizlikdir.

Yuqoridagi ko'rinishlar demokratiyaning sobit bir qurilma emasligiga, bu siyosiy tushunchaning talqini va uning hayotga tadbig'i ham uning mohiyati singari rang-barang bo'lishiga dalildir. Masalan, tashkil etilganidan beri loyiqchilik ideologiyasi bilan boshqarib kelingan Turkiyada yaqin-yaqingacha aholining ma'naviy-maishiy hayotini nazorat etuvchi “ma'naviyat politsay”lari mavjud edi. Mamlakat qonunlari esa, zino ustida qo'lga tushgan odamlarni qamoq jazosiga hukm etar va ayni paytda davlat demokratik siyosiy tuzum bilan boshqarilayotgani butun dunyo tarafidan tan olinar edi. Qizig'i shundaki, islomiy aqidalarga yaqin bunday qonunlar hokimiyat tepasiga “islomchi” deb atalgan partiya vakillari kelganidan so'ng bekor qilindi.

Xullas, demokratiyani “chegara” deb bilayotganlar ham va aksincha, uni “chegarasizlik” deb hisoblayotganlarning mulohazalari ham nisbiydir. Har bir jamiyat demokratiyani o'z tabiati darajasida “tabiiy”lashtirish imkoniga egadir. Demokratiya so'zining ma'nosi xalq hokimiyati, ko'pchilik hokimiyati bo'ladigan bo'lsa, nega endi aholisining asosiy qismi musulmon bo'lgan bir jamiyatda va yoki aholining ko'pchilik qismi nasroniy bo'lgan bir mamlakatda bu ma'no o'z mazmunini yo'qotishi kerak? Musulmonlarning demokratiya haqidagi tasavvuri faqat aholisining asosiy qismi nasroniylardan iborat bo'lgan mamlakatlar ko'rsatayotgan o'rnak orqali shakllangani tufayligina ba'zi musulmon jamoalari ichida demokratiyaga nisbatan keskin salbiy munosabat ko'rsatilmoqda. Xolbuki, Turkiya jumhuriyati misolida biz bir nasroniy mamlakatdagi demokratiya bilan aholisining asosiy qismi musulmonlardan iborat bo'lgan boshqa bir mamlakatdagi demokratiyaning keskin farq etishi mumkinligini ko'rmoqdamiz. Turkiyadagi demokratiya nasroniy mamlakatlar demokratiyasida kuzatilayotgani singari jomelar minoralariga va azon saslariga qarshi kurash olib bormaydi. Chunki, jome va masjidlar va ularning muhtasham minoralari, azon tovushlari bu jamiyatdagi ma'naviy muhitning “tabiiy”ligini ta'minlovchi qadriyatlardandir.

Sodda qilib aytganda, Ovrupodagi azon sasi u erdagi aholining “oromini buzgani” tufayli demokratiyaga xilof bo'lsa, musulmon mamlakatdagi azon sasi, aksincha, aholiga orom bergani uchun, xalqning istak va talablariga mos bo'lgani uchun demokratiyaga uyg'undir.

Maqsud Bekjon

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube