O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Sulton Abdulhamid ikkinchining tarixi shonli bo'lib, u kishi o'z davrining peshvosi bo'lgan

Sulton Abdulhamid ikkinchining tarixi shonli bo'lib, u kishi o'z davrining peshvosi bo'lgan
12 Ağustos 2019 - 9:20 'da yuklandi va 451 marta o'qildi.

SULTON ABDULHAMID IKKINChINING TARIXI ShONLI BO'LIB, U KIShI O'Z DAVRINING PEShVOSI BO'LGAN

Qozi Ali – Yaman

«Har bir joydagi boshqa musulmonlar bilan aloqamizni mustahkamlamog'imiz, bir-birimizga yana-da ko'proq yaqin bo'lmog'imiz lozim. Shunday birlik bo'lmasa, kelajakka umid yo'q. Hozircha bu birlik vaqti kelmadi. Biroq shunday kun keladiki, barcha musulmonlar birlashadilar, bir bo'lib uyg'onadilar, bir er kishi misol tik turib, kufrga tobelik kishanlarini parchalaydilar».
Sulton Abdulhamid II so'zlaridan

Biz quyida sharafli tarixi turli xil soxtalashtirish, yolg'on va tuhmatlarga uchragan bir er kishi tarixini bayon qilamiz. Toki, Islom Ummati farzandlari buyuk xalifalari tarixlari qanchalar til biriktiruvga nishon bo'lganiga guvoh bo'lsinlar. Shuning uchun musulmonlar bugungi kunimizda o'zlarining ulug'vor tarixlariga qayta nazar solishga hamda tuhmat va yolg'on axlatlaridan uni tozalashga juda muhtojdirlar. Chunki bu axlatlarni kofir G'arb va unga malay bo'lgan hukmdorlarimiz musulmon farzandlariga tiqishtirib kelishdi, ularga targ'ib qilib, miyalariga quyishdi.

Tavalludi va o'sib ulg'ayishi:

Sulton Abdulhamid II hijriy 1258 yil 16 sha'bon, milodiy 1842 yil 21 sentyabrda tavallud topdi. Sulton Abdulmajid Ining o'g'li bo'lmish sulton Abdulhamid sultonlar saroyida ta'lim oldi va fors, arab tillarini puxta o'zlashtirdi. Shu bilan birga, tarixni o'rganib, adabiyotga muhabbat qo'ydi. Ba'zan Usmoniy turkiy tilda she'r yozdi. Quroldan foydalanishni mashq qildi, ayniqsa, qilichni juda yaxshi ishlata bildi. To'pponchadan mo'ljalni urishga mohir edi. Xalqaro siyosatga ahamiyat qaratar, yurtining xalqaro siyosatdagi o'rnini g'oyat e'tibor va o'xshashi yo'q diqqat-e'tibor bilan kuzatib borar edi. Abdulhamid musulmonlarning yuzta xalifasidan keyin ikkinchi xalifa hamda Usmoniy davlat sultonlarining o'ttiz to'rtinchisi hisoblanadi. U kishi ham xalifalik, ham sultonlikni jamlagan Usmoniylar oilasi sultonlarining yigirma oltinchisi, amaliy sultonlikka ega bo'lganlarning esa, oxirgisi edi. Uning hokimiyati o'ttiz yildan ziyod davr hukm surdi.

Xalifalik mansabini egallashi:

Sultonimiz hokimiyatga hijriy 1293 yil, milodiy 1876 yilda o'tirdi. U payt davlat anarxiyaga to'la bo'lib, ichki va tashqi jihatdan g'oyat yomon, beqaror ahvolda edi. Gap shundaki, milodiy 1840 yil London kelishuvi Misr hokimi Frantsiya malayi Muhammad Ali poshoning ochko'zliklariga chek qo'ygan hamda 1846 va 1858 yillarda alanga olgan Qrim urushi bir necha kelishuvlarni keltirib chiqargan edi. Mana shu ijobiy ishlardan so'ng Evropa Usmoniy davlat ishlariga har qachongidan ko'proq aralashadigan bo'ldi, unga ayrim Islomga zid qonunlarni zo'rlab o'tkazdi, Evropa konsulliklari zaharli fikrlarni tarqata boshladi, missionerlik maktablari o'z talabalarini Usmoniy davlat fuqarolari orasidagi nizoni yana-da kuchaytirishga safarbar qila boshladi. Natijada, bir necha ichki fitnalar qo'zg'atildi, tashqaridan turib ba'zi kurashlarga olov yoqildi. Evropa davlatlariga malaylik qilayotgan yirik ziyolilar va davlat mulozimlari Evropa konstitutsiyalaridan olingan konstitutsiya tatbiq qilinishini talab qiladigan bo'lishdi. Ular Frantsiya qo'zg'oloni mafkuralaridan va ba'zi Evropa davlatlari tuzumlaridan ta'sirlanib, Usmoniy davlatdagi zaiflik sababi uning shar'iy ahkomlarni tatbiq qilayotganidadir, deb hisoblashdi. Avval Rashid posho, keyin Midhat posho boshchiligidagi katta-katta mulozimlar dillari davlat tuzumiga tajovuz qilish, uning sultonlarini tahqirlash bilan to'ldi. Natijada, Midhat posho uyushtirgan fitna orqali sulton Abdulaziz suiqasd qurboni bo'ldi. Murod V sultonlikka o'tirishi bilan uch oydayoq bo'shatildi. Ana shunda sultonlikka Abdulhamid o'tirdi. Midhat posho etakchiligida G'arb konstitutsisini tatbiq qilishni talab qilayotganlar soni ko'paydi, sulton Abdulhamid oldida bunday bo'ron oldida egilish va ular talab qilayotgan konstitutsiyani tatbiq qilishdan boshqa yo'l qolmadi. Biroq oradan bir yil o'tib, zudlik bilan sulton bunday g'ayriilohiy dasturni bekor qildi va yana hayotiy ishlarni faqat islomiy shariat boshqaradigan bo'ldi. Keyin bu g'arbparast malaylarni ta'sirli erlardan uzoqlashtirib, kattalari Midhat poshoni Hijozga surgun qildi, posho o'sha erda vafot etdi.

Lekin Evropa davlatlari sulton Abdulhamidni tinch nafas olishga qo'ymadi. Hech qancha vaqt o'tmay, mazkur g'arbparast mulozimlarning qolgan-qutgan tarafdorlarining gijgijlovi bilan Rossiya va Usmoniy davlat o'rtasida urush alanga oldi. Usmoniylar Bolqon va Sharqiy Onado'lida ulkan g'alabalarni qo'lga kiritgan bo'lsalar-da, biroq ruslar hamda Bolqonning nasroniy xalqlari va ayrim Evropa davlatlari bu davlatga qarshi ko'ppaklardek yopirildi…

Ruslar bilan qo'zg'olonchilar Usmoniy davlatni mag'lub qilishga muvaffaq bo'lishdi, oqibatda Rossiya Bolqonning katta qismini va Usmoniy davlating ba'zi sharqiy qismini bosib oldi. Bu esa, mash'um San-Stefano shartnomasi imzolanishiga olib keldi. Sulton Abdulhamid Usmoniy davlat vakilligi raisi olib kelgan ayni shartnoma bandini o'qigach, yirtib tashladi va shartnomaga 1878 yil Berlin konferentsiyasida o'zgartish kiritildi. Haqiqatdan ham, ayni urush ortidan Usmoniy davlat Bolqonni boy berdi. Evropa davlatlarining naqadar past va hasis ekanligi, Usmoniy davlatga nisbatan yomon niyatdaligi, uni yo'q qilish uchun barcha boyliklarini tashib ketish maqsadida ekani Sulton Abdulhamidga oydinlashdi. Masalan, Evropa Bosniya va Gertsegovinani olgan bo'lsa, Rossiya Usmoniy davlat va uning Bolqoni sharqidagi ba'zi erlarni oldi. Keyin Britaniya Kipr orolini oldi. 1881 yil Frantsiya Tunisni, 1882 yil Britaniya Misrni oldi. Keyin Britaniya ayrim arab orollarini olib, Basraga juda yaqin keldi. Saudiyaning Asir shahri bilan Yamandagi ba'zi mashoyixlar Usmoniy davlatga isyon qila boshlashdi. Davlat ulkan qarzi tufayli juda og'ir ahvolda qoldi va ba'zi Evropa davlatlarga imtiyozlar berishga majbur bo'ldi.

Sulton Abdulhamid bu xavfni angladi va butun kuch-g'ayratini davlatni isloh qilishga sarfladi. Birinchi ishni davlat fuqarolari orasida birlik paydo qilishdan boshladi, so'ng arab tilini davlatning rasmiy tiliga aylantirishga harakat qildi. Biroq – ming afsuski – davlatdagi katta mulozimlar va ulamolarning qattiq e'tiroziga uchradi va bu fikridan voz kechishga majbur bo'ldi. Keyin fuqaroga yaqin bo'ldi va kurdlarni himoya qilishga kirishdi, chunki ularning xavfsizligi butunlay buzilgan edi. Shuningdek, davlat fuqarolari orasida hamda boshqa islomiy yurtlar ahli orasida Xalifalikni hurmat qilish mafkurasini keng yoydi. Natijada, er yuzini mag'ribu mashriqidagi musulmon xalqlar Xalifalik shar'iy hukmdir, musulmonlar zimmasiga xalifaga itoat qilish va nasihat qilish tushadi, deb biladigan bo'ldilar. Keyin sulton barcha musulmonlarni kalimalarini bir qilishga, saflarini barobar qilib, Evropadagi mustamlakachi to'ymas davlatlarga qarshi turishga rag'batlantirdi. Armiyaga kelsak, sulton ularni Germaniya harbiylari qo'lida zamonaviy harbiy mashqlar o'rgatish orqali ularning harbiy holatini juda puxta tayyorlari. Shuningdek, Abdulhamid sulton Usmoniy harbiy dengiz flotini ham dunyoda ikkinchi o'rinni egallovchi flotga aylantirdi, birinchi o'rinda ingliz floti turar edi. Sulton Abdulhamid ilmning naqadar muhimligini yaxshi bilardi. Shu bois juda ko'p madrasalar, oliy o'quv yurtlari va harbiy bilim yurtlari ochdi. Davlatni oyoq-qo'llini falaj qilgan va irodasini tortib olgan davlat qarzlariga kelsak, sulton ulardan qutulish sxemasini ishlab chiqdi va bir necha yil o'tib-o'tmayoq davlat qarzini to'rtdan uch qismini uzishga muvaffaq bo'ldi, buni dushmanlari ham e'tirof etdi, hayron qolishdi. Sulton davlat taraqqiyotga erishishi va o'zining chor atrofini nazorat qilishi uchun transport masalasining naqadar muhim ekanini yaxshi tushunardi. Shu sababdan buyuk temir yo'l liniyasi loyihasini bunyod etdi. Istanbul-Basra liniyasi loyihasi bilan Hizoj temir yo'l loyihasi ushbu muvaffaqiyatli loyihalarga ajoyib misol bo'ladi. Darhaqiqat, sulton rohimahulloh Istanbulni San'o bilan bog'lashni istardi. Uning davrida Istanbuldan Madinai Munavvaragacha temir yo'l liniyasi qurib bitkazildi. Ammo ming afsuski, bu liniya faqat bir necha yil ishladi, xolos. Chunki Britaniya va uning «Katta arab qo'zg'oloni» a'zolaridan iborat malaylari yordamida zudlik bilan bu temir yo'li buzib tashlandi va hatto haligacha u ishlamay turibdi. Chunki inglizlar va ularning malaylari Usmoniy Xalifalik davlati ishga tushirgan temir yo'lni hatto tilga olinishini ham istashmaydi.

Sulton Abdulhamidning ishdan olinishi:

Quyida shayxul Islom Muhammad Ziyouddin afandi tomonidan imzolangan va «Majlisi mabuson» bir ovozdan rozi bo'lgan ikkiyuzlamachilik fatvosi matni:

«Savol: Qachonki musulmonlarning biror imomining odati shar'iy kitoblarni yopib qo'yib, ulardan muhim shar'iy masalalarni olishni va ularni jamlashni to'xtatish, Baytulmolni isrof qilish va behuda sovurish, shar'iy qonun-qoidalarga zid kelishuvlarni imzolash, fuqarolarni hech bir shar'iy sababsiz o'ldirish, qamoqqa tashlash va surgun qilish hamda boshqa zulmlardan iborat bo'lib qolsa, so'ng o'z xatosini qayta qilmaslikka qasam ichib, so'ng qasamini buzsa va barcha musulmonlar vaziyatini izdan chiqaruvchi fitnalarni alanga oldirishga zo'r berib harakat qilsa, barcha musulmon qit'alardan bunday kimsani taxtdan ag'darilgan, deb hisoblovchi qator noroziliklar sezilsa hamda uning taxtda qolishida aniq zarar, taxtdan olinishida esa foyda ko'rinsa, bas, ahli hal val aqd va ish egalari tomonidan bunday rahbarga Xalifalik va Sultonlik taxtidan voz kechishi yoki olib tashlanishi taklif qilinadimi?

Javob: Ha». Demak, sulton Abdulhamid rohimahullohning xotira daftaridagi mana bu so'zlardan ham ajablanmasak bo'ladi: «Taxtdan ag'darilganimdan boshlab to shu kungacha menga qarshi qator maqolalar, qator kitoblar yozishdi, barchalarining qalamidan qon tommoqda. Vaholanki, ularning aksarini men qilgan emasman».

Shuning uchun musulmonlar o'z tarixlariga qayta murojaat qilishga va ularni yolg'onlardan tozalashga bugungi kunda juda muhtoj. Zero, bu yolg'onlar kofir G'arb va uning malaylari tomonidan musulmon farzandlar miyalariga quyildi.

Sulton egallagan sharafli pozitsiyalar:

Yahudiylarning vujud tiklash loyihalariga nisbatan pozitsiyasi:

Sulton Abdulhamid – Alloh rozi bo'lsin – yahudiylarning Falastin zaminida o'zlariga vujud tiklash loyihalarini g'oyat yuksak saviya va ong bilan tushungan hamda bunga nisbatan ajoyib pozitsiyada turgan. Kim sultonimizning tarixini tadabbur bilan o'qisa, uning qanchalar ongli rahbar va qanchalar xolis inson bo'lganini anglab etadi. Shu bilan birga, sultonning naqadar Islom zaminini g'ayur-qizg'anadigan zotligiga ham amin bo'ladi! Yirik kufr davlatlari bilan ular yasagan do'nma yahudiylari, Turk qizlari jamiyatlari, Arab qizlari jamiyatlarining rahbar malaylari o'rtasidagi til biriktiruvlarni o'rgangan kishi shuni ham tushunib etadiki, do'nma yahudiylari juda past, razil va xor kimsalar edi, hatto milodiy 1492 yilda Ispaniyani egallab olgan Evropa ham bu yahudiylarga vatan berishdan bosh tortgan… Ammo do'nma yahudiylari Usmoniy davlatning mehr yuragidan, musulmonlarning issiq bag'ridan joy topib, faqat ushbu davlatdagina yashay olishdi. Chunki Usmoniy Xalifalikda musulmonlar yahudiylarga qon to'kishni harom qilgan va har bir inson jonini qadrlaydigan Islom ahkomlari bo'yicha muomala ko'rsatdilar. Biroq shuncha yaxshilikdan keyin ham bu ikkiyuzlamachi yahudiylar kofir Evropa davlatlari chaqirig'ini qabul qilishdi. Mana shu davlatlar ularni tahqirlashganiga, ta'qib ostiga olib, Evropadan quvib chiqarishganiga qaramay, ularning Usmoniy davlatga qarshi til biriktiruv chaqirig'iga birinchilardan bo'lib labbay deyishdi. Shuningdek, aynan mana shu do'nma yahudiylari Usmoniy davlatni parchalashni g'oya qilib olgan masson va boshqa jamiyatlarni tuzishdi. Birinchi bu yahudiylarga Falastinda vatan qurishni Napoleon Bonapart taklif qilgan edi. Ammo ular taklifni ijro etishga tayyor emasdilar. Keyin ulardan Evropa davlatlari ayniqsa, Britaniya Islom davlatiga qarshi foydalandi. Zero, bu yahudiylar o'z g'arazlari yo'lida har qanday uslub va vositani xususan, makr va pastkashlikni qo'llashdan tap tortishmadi. Vaqt o'tib, bu nopok kimsalar Usmoniy davlatdagi ko'plab katta mulozim va harbiy zobitlarni, ayniqsa, xorijda tahsil olganlarni davlatga qarshi fitna qilish uchun o'zlarining mazkur jamiyatlariga a'zo qilishga ko'ndirishga muvaffaq bo'lishdi.

Xo'sh, o'shanda davlat nima qildi?

Usmoniy davlat bu mulozimlarni ta'qib ostiga ola boshladi va ba'zi fikriy da'volarini yo'qqa chiqardi. Lekin davlat qo'lida ularni qoralash uchun etarli dalillar yo'q edi. Chunki biz musulmonlar birorta ham jinoyatchini dalil-isbotsiz jazoga tortmaymiz. Bu yahudiylar esa, yordamchilari va evropalik xo'jayinlari bilan birgalikda fitna to'rini to'qishni qo'yishmadi. Nihoyat, Teodor Gertslning Falastinda bir yahudiylar davlati qurish da'vati namoyon bo'ldi. Gertslni bunga Britaniya undadi, chunki bu inglizlarning mintaqani nazorat qilishlari va dengiz bo'ylab aloqa o'rnatishlari uchun hayotiy muhim bo'lgan Suvaysh kanalini himoya qilishlariga hamda alaloqibat Usmoniy davlatni ag'darishlariga xizmat qilar edi. Sulton Abdulhamid Usmoniy davlatdagi ba'zi nufuzli shaxslar bosimiga ham, Germaniya imperatori Vil'gel'm IIning bosimlariga ham, Britaniya bosimlariga ham bo'ysunmadi… Gertsl sulton bilan uchrashishga ko'p urindi, muvaffaq bo'lolmadi, faqat uchinchi urinishdan keyingina uchrashdi. Sulton Gertslning qanday niyati borligini bilishni istadi va ichidagi rejasini aytsin deb qo'yib berdi. Ammo ichidagi rejasiga rozi bo'lmadi. Chunki Gertslning maqsadi Usmoniy davlatdan Falastinni yahudiylarga mulk qilib berilishidan iborat edi. Gertsl agar sulton rozi bo'lgan taqdirda, kishini rom etadigan narsalarni taklif qildi. Jumladan, Evropaning armanlarni qo'llab-quvvatlashdan voz kechishi, Usmoniy davlat qarzlarining katta qismini to'lash, qudratli Usmoniy flot insho etishda qo'llab-quvvatlash, hatto pora sifatida yirik miqdorda pul berish… kabi. Ey insonlar, quloq soling sultonimizning Gertslning do'sti Polanskiga qilgan javobiga: «Do'stingiz Gertslga nasihat qilib qo'ying, bu mavzuga qaytib qadam bosmasin. Chunki men muqaddas zaminlarimizdan bir qarichidan ham voz kecholmayman. Chunki ular mening mulkim emas, balki xalqim mulkidir. Bobolarim bu zamin uchun jang qilib, uni o'z qonlari bilan sug'organlar. Bas, yahudiylar o'z millionlarini o'zlariga saqlab qo'yishsin. Qachon davlatim parchalansa, Falastinni bekorga olishlari mumkin. Biroq parchalashni bizning tanamizdan boshlasinlar va men jonim bo'g'zimga kelganda ham tanamni parchalanishiga aslo yo'l qo'ymayman».

Mana sizlarga sultonimiz pozitsiyasi.

Bu sizning xalifangiz egallagan pozitsiya. Uning ulug'vor printsipli pozitsiyasi bilan Ummat boshidagi bugungi ruvaybizalar pozitsiyasini solishtirib ko'ring. Axir, ular mustamlakachi xo'jayinlariga qullik qilib, qo'riqchilik ko'rsatib, musulmonlar boshqaruvi tizginini o'shalarga topshirishdi. Ular aytgan «turk sulton»ning pozitsiyasi bilan o'zini arablar zulfi, deb baholovchilar, o'zini falastinlikman, deya da'vo qiluvchilar o'rtasini solishtirib qo'ring. Axir bu Falastinning soxta rejimidagi razil pastkash yuvindixo'rlar Falastindan, Falastinning hamma eridan dushmanlar hisobiga voz kechib yuborishdi. Bu bilan ham kifoyalanmay, balki dushmanlar xandag'iga o'tib olib, da'vat etkazayotgan kishilarni hamda yahudiylarga qarshi jihod qilayotganlarni quvg'in ostiga olishni, o'ldirishni, yurtdan quvib chiqarishni va Amerika kabi kofir davlatlarga topshirishni boshlashdi. O'zlaricha bunday qabih qilmishlarimiz bilan xo'jayinlarimiz ko'nglini olamiz, deb o'ylashyapti. Lekin qul – baribir, qul. Bas, qurib ketsin bunday kimsalar. Chunki ular Ummat uchun or-uyatdirlar. Ular o'zlariga bizning ismlarimizni qo'yishayotganidan va bizning tilimizda so'zlashayotganidan biz xijolatdamiz.

Keling, sultonimizga qaytaylik.
Xo'sh, ayni loyihaga qarshi turish uchun u nima qilishi mumkin?

U mana bunday qildi:

1 – O'zining to'g'ridan-to'g'ri b'yurosidagi bayroqqa Quddus bayrog'ini qo'shib qo'ydi. Quddusga bevosita sultonga itoat qiluvchi bir voliy tayinladi. Buni u Quddus va uning atrofini e'tiborsizlikdan qo'rish, yahudiylar va yirik davlatlarning Quddus voliysiga bo'lgan avrash-fitnalarini puchga chiqarish uchun shunday qildi.

2 – Falastindagi yahudiylarni kuzatishni kuchaytirdi va kofir davlatlardan kelgan yahudiylarni Falastinda bir oydan ziyod turishlarini taqiqladi.

3 – Falastin erini to'rtta Usmoniy viloyatga bo'ldi: bir qismini, ya'ni, Quddus va atrofini sulton nazoratiga qo'shdi, ikkinchi qismini Damashq voliyligiga qo'shdi, uchinchi qismini Bayrut voliyligiga qo'shdi, to'rtinchi qismini Saydo voliyligiga qo'shdi.

Kofir davlatlar nima qildi?

Usmoniy davlatga qarshi til biriktiruvlarini yana-da oshirishdi, sulton Abdulhamidni taxtdan ag'darishga ahd qilib, uni ushbu davlatdagi o'z ochko'zliklarini qondirishlariga to'siq, deb bilishdi. Britaniyaning o'sha payt (1907 yil)dagi tashqi ishlar vaziri Kempbell-Bannerman raisligida yirik davlatlar konferentsiyasi o'tkazildi va unda Usmoniy davlatni bo'lib olishga qaror qilishdi. Tez orada Usmoniy davlat tepasiga Birlik va Taraqqiyot partiyasini olib chiqishga va u orqali 1909 yilda sulton Abdulhamidni taxtan bo'shatishga muvaffaq bo'lishdi. Uning o'rniga taxtga akasi Muhammad Rashodni o'tqazishdi. Muhammad Rashod boshqaruvni eplay olmas, faqat nomigagina sulton bo'lib turardi. Ko'p o'tmay Birinchi Jahon urushi boshlandi. Hech qanday aloqasi ham, foydasi ham bo'lmagan bu urushga Usmoniy davlat ham kirib, Germaniya bilan Avstriya tarafida jang qildi va mag'lub bo'ldi. Keyin g'olib davlatlar o'rtasida Sayks-Piko shartnomasida Usmoniy davlat bo'lishib olindi. Britaniya Mustafo Kamolni etishtirib chiqarib, u orqali soxta g'alabalar yasadi, bu kimsaga Xalifalikni yo'q qilish va Turkiyada Islomning izini ham qoldirmay o'chirish, Usmoniy davlatning – Onado'lidan tashqari – barcha erlar mulkchiligini dushmanga voz kechish vazifasini topshirdi. 1924 yil Xalifalik butunlay yo'q qilindi va Turkiya respublikasi, degan narsa tashkil topdi. Bu – Islom va musulmonlarni qattiq yomon ko'ruvchi bir ilmoniy respublika edi.

Usmoniy davlatning Birinchi Jahon urushida qatnashishga nisbatan sulton Abdulhamid pozitsiyasi:

Abdulhamid taxtdan bo'shatilganidan so'ng Birinchi Jahon urushidan oldin uning oldiga Birlik va Taraqqiyot partiyasi hukumati arkonlaridan biri Anvar posho keldi. Abdulhamid unga nasihat qilib, davlatning bu urushda aslo qatnashmasligi kerakligini uqtirdi. O'zining butun hayoti davomida Evropa davlatlari o'rtasida katta bir urush chiqishidan va ularning birbirlarini parchalashlaridan manfaatdor bo'lganini, Usmoniy davlatni esa urushdan uzoq tutganini, bu vaqt davomida davlat qaddini rostlab olib, yoshlarini qayta tarbiyalab etishtirganini poshoga ma'lum qildi. Lekin ayni partiya orasidagi inglizparast malaylar bunga rozi bo'lmadi, davlatni parchalashdan boshqa narsaga yarashmadi… Allohning qazosi bilan dushmanlar istagan narsa amalga oshdi.

Abdulhamidning Istanbuldan chiqib ketishga nisbatan pozitsiyasi:

1918 yil Birinchi Jahon urushi oqibatlari ayon bo'lgandan so'ng qamoqda Abdulhamidni yana Anvar posho ziyorat qildi. Sultonga Birlik va Taraqqiyot partiyasining Istanbuldan chiqib ketishga qaror qilganini bildirdi. Sulton unga bunday dedi: «Birlikchi do'stlaringizga ayting, ularga Allohga ont ichib aytamanki, Istanbuldan zinhor chiqa ko'rmasinlar. Chunki biz Vizantiya imperatorligining oxiri Konstantin XIdan qudrat va shijoat jihatidan kam emasmiz. Zotan, bizga qarshi jang qilgan, ammo – Alloh rozi bo'lsin – Muhammad Fotih Konstantinopolni fath qilganida 1453 yilda qaqshatqich mag'lubiyatga uchragan mana shu imperatorlik bo'ladi».

Sulton Abdulhamid vafoti:

Sultonimiz qamoqda bo'lishlariga qaramay, ulug'vor, mag'rur va mulohazali pozitsiyani namoyish qilganidan so'ng, 1918 yil Alloh Taolo uni O'z dargohiga chaqirish ne'mati bilan siyladi. Alloh sultonimizga inglizlar, ularning ittifoqchilari va malay iflos Mustafo Kamollar tomonidan dunyoning eng katta yurti bo'lmish Xalifalik poytaxtida buzg'unchilik qilinganini ko'rsatmadi.

Sulton Abdulhamid rohimahulloh haqida aytilgan fikrlar:

1 – «Tarixda Abdulhamid II tuhmatlarga uchragan buyuk shaxsdir». (Turk yozuvchisi).

2 – «Alloh rahmati Abdulhamid vazirlar, yordamchilar va xalq darajasidagi inson emas edi. O'zidagi qobiliyat, donolik, siyosiylik va uzoqni ko'ra bilishligi bilan u o'z zamonasidan ilg'orlab ketgandi. Davlatlar bilan bir o'zi ustalik bilan muomala qilib, bir asrning uchdan bir qismi mobaynida davlatning qulashini kechiktirib keldi. (Universitet professori va yozuvchi Said Afg'oniy).

3 – «Ey buyuk sulton! Biz sizga hech uyalmay shuncha tuhmatlar qildik». (Birlik va Taraqqiyot partiyasidagi eng yirik mufakkir doktor Rizo Tavfiq).

4 – «Ey Jamol, musibatimiz qaerda bilasanmi? Biz inqilob qildigu, biroq buni o'zimiz sionistlar qo'lida qo'g'irchoq bo'lgan holda qildik, anglab etmadik, ahmoq ekanmiz». (Sulton Abdulhamidga qarshi til biriktirganlar kattasi Anvar).

5 – «Sulton Abdulhamid iffat va viqorda o'rnak edi. Uni tarix yuksak ehtirom va rahm-shafqat ila xotiralaydi». (Mashhur turk tarixshunosi Ismoil Hamiy Donishmand).

6 – «U tom ma'noda iffatli edi. Birovning nomusi va moliga mutlaqo ko'z tikmasdi». (Sulton b'yurosi sekretari va ichki ishlar vazirlaridan biri Rashid Bek).

7 – «Namozlarni vaqtida ado qilardi, Qur'oni Karimni ko'p o'qirdi, masjidga qatnashni kanda qilmasdi». (Amira Oisha).

8 – «U fosiq, zolim va poraxo'r bo'lmagan». (Lord Bikonsfild).
9 – «Abdulhamid II Isroil mustabididir. Isroil dushmanidir». (Yahudiylarning Soloniki gazetasi).

10 – «Agar o'sha asrning dunyodagi to'rtta eng buyuk shaxslarini taroziga qo'yib ko'rilsa, zakovat, donolik va siyosatda Abdulhamidning pallasi og'ir kelishi muqarrar. Meni eng ko'p dahshatga solgan narsa shuki, Evropa Usmoniy davlatdagi jiddiy ishlarga rozi bo'lmagani uchun eng muhim vosita va faktlarni yashirishdi». (Jamoliddin Afg'oniy).

11 – «Sulton Abdulhamid donolar sayyidi, siyosatchilar ustasi, ummatlar etakchisidir». (Misrlik etakchi Mustafo Komil posho).

12 – «Tabriklayman ey mo'minlar amiri. Chunki sizning najotingiz, ushbu buyuk dinimiz najotidir». (Ahmad Shavqiy).

13 – «Fikrimcha, sulton Abdulhamid II tanqidchilarning qattiq hujumiga duch kelgan. Ularning asosiysi, sultonning islomiy siyosatiga toqat qilolmagan evropalik siyosatchilar bo'ldi. Ularning tanqid kampaniyasiga Abdulhamidni va arab davlatlaridagi usmoniy boshqaruvni, xususan, Sharqdagi hukm yuritishini yomon ko'rgan arab yozuvchilari ham qo'shilishdi. Ya'ni, Abdulhamidni tuhmatga uchragan sulton, deyish mumkin». (Misrlik tarixchi doktor Muhammadsolih Mansiy).

14 – «Mo'minlar amiri va Rosululloh  xalifasi g'oziy sulton Abdulhamid xon biz borligiga shukr qilib, faxrlansak va zamonasi soyasida huzur qilsak arziydigan zotdirlar. U tufayli hamon zamonlar masrurdir, chehrasidan odamlar baxtlidir, Islomiy Xalifalik taxti ziynatlidir, ulug'ligidan Usmoniy Ummat xushnuddir». (Shofeiy mazhabining Shomdagi imomi).
15 – «Mudom Abdulhamid zamonidagi ta'lim haqida so'z yuritar ekanmiz, faqat haqiqatni aytib, sulton barcha darajada yuksak bo'lganini, usmoniylarning aksari ma'lum darajada olim bo'lishganini, ko'plab viloyatlarda o'qish va yozishni biladigan kishilarni savodsiz kishilardan bir muncha ko'paytirib qo'yganini e'tirof etishdan o'zga narsani yoza olmaymiz». (Shomlik bir yozuvchi).
16 – «Abdulhamid Ummatni ta'lim-tarbiyasiz erkin qo'yib berish, unga zarar keltirishiga amin edi. Shuning uchun ham u davlatda ma'rifat muassasalarini barpo etish sari shaxdam qadam tashladi, shunga eng shimardi». (Bir turk siyosiy yozuvchi).

17 – «Abdulhamid buyuk diplomat edi. U nufuz va mustamlaka uchun kurashayotgan yirik davlatlar o'rtasidagi mavjud raqobatdan qanday maksimal darajada foydalanish mumkinligini bilardi. Maqsadi, yirik davlatlar bilan munosabatini saqlab turish uchun davlatini urushdan uzoq tutar edi». (Usmoniy davlat harbiy dengiz floti admirali Genri Feliks Vuds. (Vuds posho)).

18 – «Abdulhamid g'oyat tirishqoq edi. Chunki u barcha vazirlaridan ko'p ishlardi. U misli ko'rilmagan darajada siyosatchi edi. Chunki qulash arafasida qolgan bir bepoyon Usmoniy davlatni juda ustalik bilan boshqardi va islohu taraqqiyotga olib chiqdi». (Elizabet Romli Litmar amerikalik yozuvchi ayol).

19 – «Sulton ko'rishni istagan eng katta narsa, musulmonlarni yuksak darajada fikrli hamda Xalifalikka jipslashgan holda ko'rish edi». (Misrlik etakchi).

20 – «Uning kamsuqum va og'ir-bosiqligi, o'z diniga g'oyat qattiq amal qilishi, ulamoyu dindorlarga g'amxo'rligi shaxsan meni lol qoldirdi». (Venger sharqshunosi).

21 – «Sulton Abdulhamidning qonxo'r hukmdor bo'lmaganligi bugungi kunda tarixiy haqiqatdir». (Turk tarixshunosi).

22 – «Jarchi qush keltirgan shumxabar yuraklarimizni o'rtadi. Egnimizga motam libosi kiydirdi… Bu xabarni hind olami va boshqa qit'alardagi musulmon olami eshitishi bilanoq taassufga cho'mdi… Chunki tuygan quloqlarni garang qilgan bu xabar, sulton Abdulhamidxonning sultonlik va Xalifalik taxtidan ag'darilgani to'g'risidagi xabar bo'lib, butun islomiy olamni zir titratdi». (Hindistonda chiqadigan Vatan gazetasi).

23 – «Sulton jangovarlik va mudofaada yuksak qudratga ega bo'la turib, o'z taxtini saqlab qolish maqsadida urushga yoki biror jangga kirishmadi. Agar kirishganda edi, hech kim, hech qachon uni taxtdan ag'darolmagan bo'lar edi». (Usmoniy davlat harbiy dengiz floti admirali Genri Feliks Vuds. (Vuds posho)).

24 – «Biz sulton zolim, sulton majnun, degan gaplarni aytdik. Sultonga qarshi qo'zg'olon ko'tarishimiz kerak, deya shaytonning so'ziga kirdik va qo'zg'olon qildik, uxlovchi fitna uyg'onib, bizni ham uyg'otdi… Ey asrning buyuk siyosatchisi, siz aslo majnun emasdingiz, bil'aks, biz jinni edik… Biz nafaqat o'z jinniligimizni, balki sog'lom axloqdan mahrum pastkash va yovuzligimizni ham ko'ra olmadik». (Birlik va Taraqqiyot partiyasi faylasufi doktor Rizo Tavfiq).

Ey musulmonlar!

Mana sizga sultonimiz tarixi, mana sharafli davlatimiz voqei.

Ha, Usmoniy davlat buyuklikning eng avjida edi, hatto zaifligida ham buyuk edi va buni do'stdan oldin dushman ham tasdiqlamoqda.

Allohim, bizni roshid Xalifalikni qayta barpo qilishga harakat qilayotganlardan qilginki, shu orqali islomiy hayotni qayta boshlaylik. Shuningdek, bir dinda bo'la turib, Allohni va mo'minlarni qo'yib, yahudiy va nasroniylarni do'st tutgan ahmoq va xoinlar qilmishlari oqibatlarini o'chirib-tugataylik. Allohim, roshid Xalifalik yana o'z ziyosini taratib, Quddus, Istanbul, Makkai Mukarrama va Madinai Munavvara, Damashq, Bog'dod, Qurtuba, San'o kabi yurtlarimizni nurga burkashi, u erlarga qayta tabassum qilishi, binolari uzra Uqob bayrog'i qayta tikilishiga O'zing muyassar ayla, bu Sen Robbimizga aslo mushkul emas.

Manba ; Al va'y.390-391-392 sonlari.
2019.08.06.

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube