O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Jajji guvoh (5-qism)

Jajji guvoh (5-qism)
12 Ağustos 2019 - 9:41 'da yuklandi va 725 marta o'qildi.

Nasrullo Sayyid

Nasrullo SAYYID

 

JAJJI GUVOH
(Hujjatli qissa)

(5-qism)

JAJJI GUVOH

O'qiganingiz kabi sud to'rt devor ortidagi g'alva bilan boshlandi.

 Sudya boshda hay'at a'zolarini tanishtirdi. Tomonlarning haq-huquqlari haqida tushuntirish berdi. «Ayblov xulosasi»ni uzundan-uzoq o'qidi. Va, oxirida sudda guvohlik beruvchilarning ro'yxatini e'lon qildi. Ro'yxat boshida Vobkent tuman IIB boshlig'i va jinoyat ishlari bo'yicha bo'lim boshlig'i turardi. Ularning peshidan Buxoro viloyati IIBga qarashli jinoyat-qidiruv bo'limining uch nafar xodimi va Vobkent tuman IIB binosida doimiy navbatchilikda turadigan yuk avtomashinasi haydovchisining ismi-sharifi o'qildi. Tintuv aktiga imzo qo'ygan etti kishining oltisi ichki ishlar xodimlari edi. Ettinchi guvoh qo'shnimizning o'g'li – Hojiev Abduqahhor bo'lib, uni o'sha tunda tintuvga majburlab olib kelishgan.

Kun tomonlarning xayr-xo'shi bilan yakun topdi.

 Men bu  razillikni har qanday yo'l bilan fosh qilishga eng shimargan edim.

Bu ishning juda og'irligini ham, amalga oshirish uchun yuzdan o'n – o'ttiz orasida imkoniyatim borligini ham tushunib etgandim.

Har qanday holatda ham chiqmagan jondan umid zaylida ish tutishga majbur edim. Jon, jon berib olinishini, Behbudiy aytmoqchi: Haq berilmasligini, olinishini, muxolifatning Buxorodagi bir lideri sifatida o'zimga shior qilib tanlagandim.

 Boshida aytganimdek, bolalar yotoqxonasidagi javonning maketi qo'limga tegishi lozim edi. Bu ishda menga xotinimdan boshqa birov ko'mak berolmasdi. Undan tashqari “jangovor granata”ning menga oid ekanligiga xulosa bergan ekspert ayolning sud jarayonlarida hozir bo'lishi muhim edi. Sud jarayonlari adolat mezonlarida ish ko'radigan bo'lsa, men so'zsiz u bergan xulosaning asosli ekanini hech qanaqa qiyinchiliksiz chipakka chiqarardim. Albatta, qayta-qayta urg'u berayotganimdek, mahkama ishini olib borayotgan ma'murlarning adolat mezonlariga emas, mustabidlik rangi bilan tusini o'zgartirayotgan hukumatga yon bosishlari ma'lum bo'lib borardi.

Tafsilotlarni oydinlashtirish uchun yana bir jajji kimsaning sudda guvoh sifatida qatnashishiga to'g'ri kelardi. U to'qqiz yoshli qizim, Madina edi….

«Ayblov xulosasi» va guvohlar ro'yxati o'qib eshittirilgach, sudya mendan qo'shimcha guvohlar chaqirish uchun talabnoma yozdirib oldi.

Shu bilan sudning birinchi kuni tugadi.

Kameraga kiriboq, karavotga cho'zildim.

Ertalab, xotinimning quchog'iga o'g'limni berayotganimda u melisalarning sarosimaga tushib qolganidan foydalanib, ba'zi bir ma'lumotlarni qulog'imga shipshitishga ulgurgan edi. Shu sabab, o'sha mashhum tundagi voqealarni qayta boshdan eslab, xayolan haqiqatni yuzaga chiqarishning chorasini izlardim.

… Bolalar yotoqxonasining to'liq bir tarafi kitob tokchasi va kiyim-kechaklarni ilish uchun javonga aylantirilgandi. Hammasi qo'lbola uslubda yasalgandi. Javon ham eniga ham bo'yiga uch qismga bo'lingan bir nechta tokchalar va tortmalardan iborat edi. Xotinim bolalarning har biriga ularni alohida-alohida bo'lib bergandi. Har bir bola kiyim, kitob va uyinchoqlarni o'z bo'lmasida saqlardi.

Xotinim kaftimga qistirgan maktubdagilarga ko'ra, katta qizim Madina o'sha tunda xonaga kimningdir kirganini sezib, uyg'onib ketgan. Pardadan tushgan xira yorug'da u kimsaning harakatlari yaqqol ko'zga tashlangan. Qattiq qo'rqqan qizim, damini ichiga yutib, o'zi anglamagan bir holatda «jinoyat ishi» qanday tayyorlanganining guvohi bo'lgan. Sharpa javonni paypaslab, ochib, g'aladonlarning biriga qo'ynidan bir nimani olib, «taq» etkizib tashlagan. (Har holda, uning «taq» etkizib tashlashni istamagani tayin. Shu tomonini hisobga olsak, o'sha narsa uning qo'lidan bexosdan tushib ketgan bo'lishi mumkin). Tabiiy, qizim u narsaning nimaligini bilmagan. Sharpa qaytib chiqayotganda, oyning yorug'ida yuz-ko'zi aniq ko'ringan… Men qamalganimdan keyin, qizim barchasini oyisiga aytib bergan.

Bu degani, qizim o'sha kimsani ko'rsa, aniq taniydi, degani edi.

Sudning ikkinchi kuni mujmal bir kayfiyatda boshlandi. Chunki, guvoh sifatida chaqirilgan melisalarning birortasi sud mahkamasiga kelmadi. O'sha tunda navbatchilikda turgan haydovchi – Ahmat aka bilan qo'shnimiz Abduqahhor keldi xolos.

Sudya ularni birma-bir chaqirib, guvohlik ola boshladi.

Ahmat aka, o'sha tunda melisalar bilan haqiqatan biznikiga kelganini, ammo tintuvda qatnashmaganini, tintuv paytida hovlida turganini, granatani kim, qaerdan topganligini ko'rmaganini aytdi.

Tintuv o'tkazilganidan so'ngra hamma melisaxonaga borgan. U erda unga allaqanday qog'ozlarga qo'l qo'ydirib olishgan. U o'z qo'li bilan hech nima yozmagan, xat savodi bo'lmagani uchun imzo qo'yayotgan qog'ozlarni ham o'qimagan. Qisqasi, u kishi shunchalik soddalik va go'llik bilan gapirdiki, zalda o'tirganlar ham kuldi, ham g'azablandi.

Bizdan ikki hovli naridagi qo'shnimiz – yosh yigit Abduqahhor ham shunga o'xshash gap qildi. U o'zini melisalar aldaganini, nima sababdan olib kelganlarini tushunmaganini va qilgan ishidan pushaymon ekanligini bildirdi. Qog'ozlarga o'qimay qo'l qo'yib berganini, kimdir unga o'sha tunda granatani ko'rsatganini, u narsaning qaerdan topilganligini ko'rmaganligini va hech nimadan xabarsizligini tan oldi.

Fitna boshida yuqoridagilar turganini hamma yaxshi bilardi. Ammo, ularga yaxshi ko'rinish uchun vijdonini sotgan ijrochilarning pastkashligi ko'proq hammani birday hayratga solgandi. Millatning va davlatning suyangan tog'lari bo'lishga arziydigan kasb egalari melisalarning axlatga tushgan qurt kabi o'zlarini chirkin va nafratga loyiq tutishlari, kelajakda jamiyat ichida turib son-sanoqsiz soxta jinoyatlar uyushtirilishi mumkinligidan darak berayotgandi. Boshqa tomondan, tuhmatga bosh-qosh bo'lgan va yolg'on guvohlik bergan «xalq posponlari»ning mening ishimni chekkadan kuzatayotgani juda tahlikali edi. Bu, ular navbatdagi topshiriqni beklayapdi, degani edi. Chunki, ular shaxs sifatida bir chaqaga qimmat, yuqoridan «bos» deyilsa, fitnaning «tuhmat mashina»siga minib, olchoqliklarini davom ettirmasliklariga kafolat yo'q edi.

Sud zalida qaynotam Eshpo'lot Yorov va akam Sa'dulla Saidov umidsizlikka ko'milib, har zamon xomush o'tirardilar. Qaynotam meni yaxshi ko'rgani kabi men ham u kishini juda hurmat qilardim. U kishi past-balandni ko'rgan, tajribali va ziyrak odam edi. Vaqtida, u maktab direktori bo'lgan. Keyin kolxozda partkom, so'ngra raykom instruktori bo'lib ishlagan. Oxirda, barchasidan qo'l siltab, Buxoro shahridagi bir institut yotoqxonasida komendantlik qilardi. Uning qattiq iztirob chekayotgani butun qiyofasidan yog'ilib turar, xasta bo'lgani uchun unga asabiylashish mumkin emasdi. Asabiylashsa, qon bosimi ko'tarilib, oyoqlari shishardi, va yurolmasdan qolardi. U boshimizga tushgan tuhmat toshlarining zalvorini ko'tara olmadi. Mahkama ishi tugagandan o'n kun o'tib, oltmish yoshida to'satdan vafot etdi.

Akam esa, o'zini ilmga bag'ishlagan, haqiqatgo'y inson edi. U quyosh energiyasidan foydalanish bo'yicha ajabtovur ilmiy ish qilgan olim, fizika fanlari nomzodi, universitet domlasi edi… Gapning qisqasi, qaynatam va akam ikkalasi melisa-guvohlarning sudga kelishlarini tashkil qilishlari lozim edi. Sud jarayoni chog'ida, ularni yaqinroqqa imlab chaqirib, muammoni bir balo qilib hal qilishni so'radim. Ular shu zahoti sud zalini tark etib, chiqib ketdilar…

Keyin aytishlaricha, sud zalidan chiqib, ular to'g'ri Buxoro IIB binosiga borishgan. Ichkariga kira olmasdan rosa ovora bo'lganlar. Ular bilan hech kim gaplashishni istamagan. Ular ham boshliq oldiga kirishni talab qilib, IIB binosi oldidan ketmay, kun bo'yi turaverganlar. Kechga borib, mas'uliyatli lavozimda ishlaydigan bir kishiga ular o'z dardlarini aytishga muvafaq bo'lganlar. U kimsa yuqoridagilardan qo'rqmasdan, yurak betlab, yordam qo'lini cho'zgach ishning hal bo'lishi uchun yo'l ochilgan.

O'sha odam mardlik qilib, guvohlik berishdan qochib yurgan melisalarning sudga kelishini ta'minlamaganda, bilmadim, ahvolim ne kechardi?!

Hibsxonaning toshbaqaga o'xshash hamma joyi berk, ichi qop-qorong'i temir mashinasi har kun sudga olib kelib, olib ketadi. Yo'lda ham, hibsxonada ham bir xil manzara. Bir kinoni yuz marta ko'rgan kabi kunlar turgan joyida aylanaveradi, aylanaveradi…

Yana, yangi kun boshlandi. Yana, «toshbaqa» o'lgurning quyoshdan tandirdek yonib turgan ichiga qamalib mahkamaga etib keldim. Sud tushdan so'ng boshlandi. Aniqlik yo'q, aytilgan so'zga amal qilish yo'q. Sud raisi ko'ngliga qarab ish tutadi. Ishini, mol-holini tashlab kelgan odamlar ahvoli uni qiziqtirmaydi. Tizim fuqaro uchun emas, mamlakatni qay yo'l bilan bo'lsayam, jilovlashga tirishayotgan kuchlar uchun ishlaydi. Hukumat boshida turgan uquvsiz bir kimsadan diktator yasab, oyog'ini erdan uzish uchun tirishadi. Mulozimlar mansab kursilaridan mosuvo bo'lmasdan turib, har qanday yo'l bilan boylik orttirib qolish tashvishida. Sovetning ta'lim-tarbiyasini olgan kommunist sarqitlar siyosatni falaj qilishga ahd qilganlari kabi, mamlakat iqtisodiyotini paron-parcha etishga kirishganlar. Tuzim almashayotgan jarayonlarda dang'illama uylar qurib, bola-chaqaning kelajagini ta'minlash ularning umr mazmuniga aylangan. Ularning nafsga botgan qorong'i dunyosida davlatchilikka yo'l yo'q. Taraqqiyot va rivojlanish – boyish va hukumatni idora etish uchun to'siq bo'lib ko'rinadi. Ularni ma'naviyatning «m» harfi ham qiziqtirmaydi. Taka bo'lsin, sut bersin qabilida ish ko'radilar. Chunki, yakkahokimlikka intilayotgan Karimovga ham, «Kelajagi buyuk davlat» deya dunyoga ayuhannos solinayotgan O'zbekistonning kelajagiga ham hech kimda umid yo'q. Mamlakatning muhim sohalarini egallab olgan «poraxo'rlar armiyasi», «O'zbek davlatchiligi» degan tushunchani, umumman tasavvurlariga sig'dira olmaydilar. Ular, haliyam Ittifoqning qayta tiklanishiga umid qilib yashayapdilar. Pora – mamlakatning jon tomiriga aylanib boryapdi.

  Vobkent tumani IIB boshlig'i chaqiruv qog'ozni qo'lda tutgancha zalga kirib keldi. Sudya uni darrov minbarga chorladi, va sud ishiga aloqador voqea tavsilotlarini so'radi. U so'z boshlamasdan sud zalida o'tirgan xotinimga ishora qildim. U «jangovor granata» topilgan javonning kichik maketini chiqarib, hammaning ko'zi tushadigan erga qo'ydi. «Boshliq» ko'rib, sarosimaga tushdi. So'zni nimadan boshlashni bilmay, kalovlanib qoldi. U bir maketga boqsa, bir menga boqardi. Zaldagilarga anqovlanib termulayotgan ko'zlarida ovsarlarning ko'zlaridagi singari bir olazaraklik kezardi.

Axiri, tintuv o'tkazilgan paytda u bolalar yotoqxonasida bo'lmaganligini, hovli tashqarisida sigareta tutatib turganini tan oldi. Granataning qaerdan topilganini ko'rmaganini, va hech nima bilmasligini aytdi. Ko'rib, davlat qoralovchisi sifatida qatnashayotgan prokuratura vakilining ta'bi tiriq bo'ldi.

IIB boshlig'iga, u:

– Ko'rmagan bo'lsangiz, protokolga nega qo'l qo'ydingiz! – deya baqirdi.

– Men o'z yigitlarimga ishondim, ular “topdik” dedi, men esa qo'l qo'ydim, – dedi, u ham tagini ho'llagan yosh boladay, ming'irlab.

Zalda, g'alag'ovur ko'tarildi. Hamma ikki bir bo'lib o'tirgan joyida vaziyatni muhokoma qilishga tushdi. Sudya zaldagilarni tinchlantirishga chaqirardi. Ammo, uning qo'lidan jilov chiqib bo'lgandi. Oxirida, g'alag'ovur ko'tarilganining o'zi uchun foydali bo'lganini tushunib etdi, shekilli, u sud ertaga davom etishini e'lon qildi.

Kundan-kun sud zalida notanish odamlar ko'payib borardi. Dastakchilar ularning kimliklariga parvo qilmas, ular shunchaki joy tanqis bo'lib borayotganidan norozi edi. Ko'payayotganlar o'zlarining kimliklarini bildirmaslikka harakat qilayotgan bo'lsalar ham, men va atrofimdagi bir-ikki hushyor hamkorlarim, ularning ko'pchiliklari maxsus xizmat xodimlari ekanini bilib turardik. Nazarimda, hukumat yana bir fitnaga hozirlik ko'rayotgandek edi. Ularning orasida aroq ichib kelganlar va og'zi shaloqlari ham ko'p edi.

Butun buzg'unchiliklar boshida hukumatning o'zi turganidan keyin, bizning qo'limizdan nima ham kelardi?! Aka-ukalarimga ishora qilib, ig'voga uchmaslikka, hushyorlikni qo'ldan boy bermaslikka undab turardim, xolos.

Qilg'ilikni qilib qo'yib, qochib yurgan IIB jinoyat qidiruv bo'limi xodimlaridan birining sudda paydo bo'lganligini ko'rib, sal taskin topdim.

Akam va qaynatamning xizmatlari behuda ketmagandi.

 Ko'rsatma bergan melisa xodimi rosa chaynaldi. Haqiqatan  jangovor granata topilganini, ammo uni u topmaganini, kimdir “topildi” deganda, borib joyida ko'rganini aytdi.

Men sudyadan so'z so'rab, guvohning maketdan granata topilgan joyni aniq ko'rsatib berishini so'radim.

Zalda o'tirganlar uni diqqat bilan kuzatib turdilar.

U maketni ko'rib, avval hayratga tushdi. So'ngra ohista qadamlar bilan maketning oldiga bordi. Uzoq termulib turdida, javonning chap tomonidan birinchi bo'lmadagi ikkinchi tokchani ko'rsatdi. Men sudyadan iltimos qilib, guvoh ko'rsatgan joyni bayonnomaga kiritishni so'radim.

Ovi baroridan kelmayotgan prokurorning ichidan kuyib jizg'anak bo'layotgani bor basharasidan yog'ilib turardi. U guvohga o'zini qo'poldan-qo'pol ko'rsatib, bir necha savollar bergan bo'ldi. U odamlarning ko'zi uchun go'yo “granata topilgan” joyni qayta-qayta so'rab, «jinoyat»ni aniqlashtirayotgandek edi. Botinida esa, fitnaning fosh bo'layotganidan alamzada edi. U asl haqiqatni hammadan ko'ra yaxshiroq bilardi.

Ruxsat tekkan guvoh elkasidan og'ir tog' qulagan kabi zaldan deyarli uchib chiqib ketdi. U aslida sheriklari nazdida xol qo'ygan bo'lsa ham, shu bilan ish bitdi qutuldim deb, o'ylagan edi.

Navbatdagi guvoh etib kelmagani bois tanaffus e'lon qilindi.

U oradan bir soat o'tib, sudyaning ro'parasida paydo bo'ldi.  Faqat va faqat haqiqatni so'zlashga va'da bergach, ko'rsatma bera boshladi. Aytishicha, granatani u topmagan, ammo topilganda guvoh bo'lib turgan.

Oxirida, granataning allaqanday yashik ichida, bolalarning o'yinchoq va kiyimlari orasidan chiqqanini ham u ilova qilishni unutmadi.

U o'zi to'qigan afsonasini aytib tugatar-tugatmas, sudyadan menga so'z berishlarini so'radim.

Shunda, prokuror oraga suqilib: – Namuncha chaynalasan? Granata topgan bo'lsang, topdim deb, to'g'risini ayt, topilgan joyni ko'rsat! – deya, asabiy bir holatda guvohga dag'dag'a qildi. Mening muddaom ham undan javonning qaeridan granatani topganligini so'rash edi.

Guvoh po'pisadan o'zini yo'qotib, ko'zlarini baqraytirgancha shalvirab qoldi. So'ng maketning oldiga borib, chap tomondan uchinchi bo'lmaning birinchi tokchasini ko'rsatdi. Ko'rsatmani sud bayonnomaga kiritdi.

Shunaqa paytlarda, mening ikki ko'zim buvisi bilan yonma-yon o'tirgan qizim Madinada bo'lardi. «Yotoqxonaga kirgan, shumi?» degan ishoramni u yarim qarashimdan darrov anglaydigan bo'lib qolgandi. U: “Yo'q” deya, bosh chayqadi.

Shomga yaqin sud zalida uchinchi melisa-guvoh paydo bo'ldi. Taxminimcha, rosa omadim chopayotgandi. Ularning turli vaqtda sudga kelishlari, til biriktirishlariga monelik ko'rsatardi. Albatta, bu porakandalik ularning ishlari sabab edi. Hammasi bir vaqtda kelganlarida esa, ularning til biriktirib olib, tuhmatni qoyillatishlariga imkon tug'ilardi.

Yirik gavdali, qora palto kiyib, boshiga shilapa qo'ndirgan o'ttiz yoshlar chapasi bir kimsa zal eshigidan ichkari kirishi bilan qizimga boqdim. Unga ko'zi tushishi bilan qizimning rangi oqardi. Kimsa avvalgi hamkasblaridan farqli o'laroq shaxdam yurib, ko'tarinki kayfiyatda oldingi qatordagi bo'sh o'rindiqqa borib o'tirdi. Biroz o'tib sudya uni minbarga chaqirdi.

Bu payt qizim, ich-ichidan bo'zlab, yig'lab o'tirardi. Onam ko'zyoshlarini ro'molchasi bilan artib, «qo'rqma, qizim» deganday, unga dalda berardi.

Qizimda paydo bo'lgan barcha nishonalar so'nggi guvohning javonga granata tashlagan kimsa ekanidan dalolat berayotganidan shubham yo'q edi. Buni onam ham payqagan edi. U oppoq ro'molga o'ralgan Qur'oni karimni menga imlab, ko'rsatayotgan edi. Ummul kitob ro'molga o'ralgan bo'lsa ham, onamning fe'lidan kelib chiqib, men ro'molda nima borligini darrov fahmlagan edim. Onamga shoshmaslikni, vaqti soati etgach o'zim ishora qilishimni bir amallab tushuntirdim.

Guvoh granatani shaxsan o'zi bolalar kiyimi va o'yinchoqlari turgan javondan topganini va boshqalarga ko'rsatganini faxr bilan o'ktam bir ovozda tantanali ravishda tan oldi.

Eshitib, onam  ho'ngrab yig'lab yubordi. Menga otilayotgan tuhmat toshlari uning yuragini qora qon qilgan edi. U ortiq chidolmadi. Bolasini sirtlon changalidan yulib olayotgan yarador arslon kabi hayqirib: – Sud bolam, ijozat bering, nevaram gapirsin! – dedi, yuzini yuvayotgan ko'z yoshlarini artarkan.

Sud raisi, gap nimadaligini anglashga tirishdi, anglay olmadi. Onamning yuragining tub-tubidan otilib chiqqan nolasidan ta'sirlandi shekilli, u ham ro'molchasini chiqarib, peshanasini va ko'zlarini artdi.

– So'z beramiz, albatta so'z beramiz, u ham ro'yxatda bor! – dedi so'ngra.

So'ngra, guvoh qolgan eridan so'zida davom etdi…

 «Oper»ning  o'n daqiqa oldingi shashti qolmagandi. U, tilini ari chaqqan kimsaday g'o'ldirar, qo'llari piyanistaning qo'li singari tinmay qaltirardi. Ustiga xalq kiygizib qo'ygan mundirda xalqning o'zini qopayotgan ko'pakning bu ayanchli holati zaldagi ko'pchilikning borho nafratini qo'zg'atdi.

Xafvsizlikning odamlar orasiga sizgan «laychalari» ham adolat oldida mag'lub bo'layotganlaridan qizarib-bo'zarib, o'zlarini bildirib qo'yayotgan edilar. Fitna uyushtirishga hozir bu mal'unbasharalarning oyoqlari qaltirab, rangi uchgandi.

Liq to'la zalga tashqaridagilar ham tiqilib kira boshladilar. Hech kimning tekin tomoshadan quruq qolgisi kelmasdi. Ichkariga kira olmaganlar, hatto tashqaridan derazalarga yopishib oldilar…

– Nimaga ajina chalgan jinnidek, g'o'ldiraysan? Odamga o'xshab, gapir! – deya prokuror baqirib, o'tirgan o'rnidan turib ketdi. Jangovor granatani qaerdan, qay holatda topding? Sodir etilgan jinoyatning asosiy guvohi bo'la turib ham, uni isbotlab berolmaysanmi?!

So'ngra, u sud raisiga o'rin qoldirmay, guvohdan granataning javonning qaeridan topilganini so'radi.

Guvoh maketni ko'rishi bilan o'zini yo'qotdi. Yuraman deya, depsinib, yuz tuban yiqilishiga bir bahya qoldi. U  javonga yaqinlashishi bilan tavakkal qilib o'rta bo'lmadagi birinchi tortmani ko'rsatdi.  So'ngra, «to'g'rimi» deyotgandek prokurorga iltijoli termuldi.

U ko'zlari bilan yolvorib, prokurordan o'zini to'g'ri yo'naltirishni so'rayotgan edi. Sirning fosh bo'layotganidan jahli chiqqan davlat qoralovchisi o'zini tutolmay tutoqib, ketdi. «Ovsar!» deya tishini qisib, aftini bujmaytirdi…

Va'dasiga amal qilgan sudya men yozgan talabnomani inobatga olib, qizim Madinaga ko'rganlarini so'zlab berishga ruxsat berdi.

Odam ko'pligidan zalda nafas olish qiyinlashib borardi. Erkin harakatlanishning sira iloji yo'q edi. Shu bois, odamlar Madinani qo'lma-qo'l uzatib, bir pasda minbarga chiqarib qo'ydilar.

Guvoh bilan qizim chamasi ikki metr masofada yuzma-yuz turardi. Zobit qizimga nafrat sachratayotgan ko'zlarini tikmasin, qizim unga e'tibor bermadi.

– Men ham qasam ichaymi? – dedi, u so'zga lab juftlarkan.

Eshitib, kutilmaganda ko'nglim buzildi.

Jimjiloqdek qizaloqning o'zini kattalarday tutishi sudyaga ham ta'sir qildi.

– Gapir, qizim, nima deysan?! – dedi u. – Men senga, ishonaman. Uylaringizdan granata topilgan kecha sen nimani ko'rding?

Qizim, melisaga qayrilib, boqdi:

– Men bu kimsani taniyman! U o'sha tunda, biznikiga kelgandi. Kechqurun uxlab yotganimda, yotoqxonamizga kirib, javonga bir nima tashladi. U narsa ”taq” etganda, juda qo'rqib ketdim…

Shunday deya qizim sho'rlik, yig'lab yubordi. Shunda, rafiqam Muqaddasxon uni ovutishga tushdi.

Melisa ham qaroqchilik qiladimi, yolg'on gapiradimi?! Mening dadam, yaxshi odam. Birovga yomonlik qilmaydi… deya, qizim bor ovozi bilan ho'ngrab-ho'ngrab, yig'lardi.

Ko'rib, melisa tipirchilashga tushdi. U qizimga bir nima demoqchi bo'lardi, ovozi chiqmasdi.

Zal esa, sukunatga cho'pgan. Damini ichiga yutgan odamlar, shu tobda go'yo portlab ketadiganday asabiy siyoqda zo'rg'a o'tirardilar.

Melisa ko'p urindi, og'zidan bir so'z chiqmadi.

Ikki daqiqalik jimlikdan so'ngra, butun zal bir qalqib, tushib, kutmaganda zalda soat qo'ng'iroq chalib yuborganday bir vaziyat paydo bo'ldi. Ayollar, o'tirgan erlarida, guvohni yozg'ira ketdilar. Birisi: «Ha, ko'zing oqib tushsin!» desa, ikkinchisi: «Ha-a, birovga chox qazigan qo'llaring, sinsin!» derdi. Uchinchisi: «Xudoni g'azabiga uchra!» deya qolgan joyidan oldirardi…

Yig'lab o'tirgan onam qo'qqisdan o'tirgan o'rnidan turib, qo'lida Qur'on minbarga qarab yurdi.

– Ona, bo'ldi, qo'ying! Ko'ksida zarra vijdoni bo'lsa, olgan sabog'i bir umrga etarli bo'ldi! – deya onamni bazo'r o'tirtirdim.

Sudya zalni tinchlantirish uchun to'qmog'i bilan stolni urardi. G'alag'ovur esa, borho ko'tarilib borardi. Axiri, shovqin-suron bosilavermagach u guvohni zaldan chiqarib yuborishga majbur bo'ldi.

Guvohlardan yana ekspert ayol va tuman IIB jinoyat qidiruv bo'limi boshlig'ining sudga kelishi kutilayotgan edi. Ammo, ular kelmadi. Shu bois, sud majlisi yana cho'ziladigan bo'ldi.

Sudning uchinchi kuni, shu tarzda kechdi.

Elkamdan tog' ag'darilganday bo'ldi. Kameraga kirishim bilan o'zimni karavotga otdim. Keyingi ikki oyda birinchi marta miriqib, uxladim. Uyg'onganimda, qushdek engil edim.

Birinchi guvoh “granatani javonning chap tomonidagi birinchi bo'lma, ikkinchi tokchasidan topildi” deb, aytdi. Ikkinchi guvoh esa, “chap tomondagi uchinchi bo'lma birinchi tokchasidagi quti ichidan topdik” deb aytdi. Uchinchi guvoh bo'lsa, umuman boshka joyni – javonning o'rta bo'lmasi birinchi tokchani ko'rsatdi. Uchta guvoh bir-biriga qarama-qarshi ko'rsatma beryapdi. Qizim esa, granatani tashlab qo'ygan odamni ko'rgan zahoti tanidi… Nazarimda, ishlar yurishayotganga o'xshardi…

Qarindosh-urug'lar ancha-muncha egulik olib kelgan ekan. Qorovullar eguliklarni ichkariga olib kirishimga monelik ko'rsatishmadi. Chamamda, ularning menga bo'lgan munosabatlari iliy boshlagan edi.

Kameradagilar bilan o'tirib, ovqatlandik.

Ularni ko'proq suddagi jarayonlar qiziqtirardi. Bugungi voqealarni boshdan-oyoq hikoya qildim. Eshitib, barchasi xursand bo'ldi.

To'rtinchi kun sud yig'ilishi odatdagidan kechroq boshlandi. Bu meni tashvishlantirmasdan qo'ymadi. Nazarimda, mening masalam bu erda hal bo'ladiganga o'xshamasdi.

O'zbekistonda sud va prokuraturaning mustaqilligi ta'minlanmaganligini qonunlardan ozroq xabari bor odam yaxshi anglaydi. Ayniqsa, siyosiy motivlar bilan turli bahonalar asosida ayblanganlar ishi yuqorining imo-ishorasi asosida ko'rilardi. Shu sabab, sudyaning ruhiy holati uning yuz-ko'zi va har bir harakatidan ufurib turadi. Mana shularni hisobga olib, hamma vaqt prokuror va sud raisining o'zini qanday tutishiga diqqat qaratar edim. Ular tanaffusdan tanaffusgacha bir necha marta o'zgarardilar. Tanaffusdan chiqqanlarida yuqoridan qanday topshiriq bo'lganligi ularning chehralarida aks etib turardi. Ya'ni, ularning aft-basharasiga qarab, Toshkentdagi «iqlim»ni anglash unchalik qiyin emasdi. Bundan tashqari, sud raisi va prokuror bir kunda ikki marta maxsus xizmatlarga hisobot beradi, barobarida yo'l-yo'riq oladi, deb ham eshitgan edim.

Bugun sud raisining ham, prokurorning ham avzoyi buzuq edi. Adashmasam, bu nishona yuqoridan qonunga zid topshiriq bo'lganini anglatardi.

Ekspert ayol sud yig'ilishi boshlanmasdan avval kirib, bir chekkada o'tirib olgan ekan. Sudya undan minbarga chiqishni so'radi. O'zbek tilini bilmasligi nazarga olinadigan bo'lsa, u koreys millatiga mansub edi.

Sudya undan ekspert sifatida «jangovor granata» borasidagi fikrini so'radi. U xulosani o'zi yozganligini, ammo granata qaerdan, qachon va kim tomonidan topilganligini bilmasligini aytdi.

Shunda, sudya:

– Vy uvereny, chto ta granata byla boevaya? Vid, u nee ne byla zapala? (Siz granata jangovor ekanligiga ishonasizmi? Axir uning uchqun chiqaradigan qismi, zapali yo'q ekan-ku?) – deb qoldi.

Sudyaning kutilmaganda bergan savolidan prokuror aqlini yo'qotayozdi. U jinoyat tarkibida jinoyat alomatlari yo'qligi ma'lum bo'lishini xohlamasdi. Fikri ojizimcha, mening ishimning hukumat istagandek yakun topishidan ham birinchi o'rinda u manfaatdor edi. Uning hukumatning jazo tayog'i ekanidan hech gumonim yo'q edi. Hukumatning g'azabiga uchraganlarning dodini O'zbekistonda prokuror berardi.

Tergov materiallari bilan tanishganimda birinchi navbatda ekspert xulosasiga qattiq e'tibor qaratgan edim. Xulosada, «topilgan» granataning zapali – uchqun chiqaradigan qismi yo'qligi haqida gap borardi. Tergov jarayonlarida meni himoya qilgan Ahad Eshonqulov «zapal» degan narsa haqida tushuntirish berib, uningsiz granata hech qachon jangovor hisoblanmasligini ta'kidlagandi. Shundan kelib chiqib, zapalsiz granataning portlamasligini yaxshi bilardim. Demak, o'sha la'nati granata mabodo meniki bo'lgandayam, u uchun meni javobgarlikka tortish qonunan imkonsiz edi. Tergovchi ushbu holatni bilib turib ham, tergovni to'xtatmagan edi. U to'xtatishni xohlaganda ham yuqorining istagiga qarshi borib, bu ishning uddasidan chiqa olmasdi. Bu xatoga urg'u bergan advokat Ahmad Eshonqulov ham uch kun o'tib, o'shanda ishni tashlab juftakni rostlagan edi.

– «Ya tak i napisala, chto net «zapal»a, ostal'noe delo sledovatelya. On doljen byl reshat etot vopros (Men granataning uchqun chiqaradigan qismi yuq, deb yozganman. Qolgani tergovchining ishi. U hal qilishi lozim.)» – deya ekspert sudyaning savoliga javob berdi.

Shunda, ekspertga savolim borligini aytib, sudyadan so'z so'radim.

– Vasha sovest' ne muchaet, chto pered Vami sudyat' sovershenno ne vinovnogo cheloveka? Vo pervyx na granate net moix otpechatkov pal'tsa, vo vtoryx Vy dali zaklyuchenie na neopredelennyy predmet? Otkuda ya znayu tot li predmet, kotorogo budto «nashli» u menya doma Vy obsledovali? – Vy vyglyadete kak poryadochnyy chelovek, no Vy okazyvaetsya – bessovestnaya! (Mutlaqo aybsiz odamni sud qilishayotganidan vijdoningiz qiynalmaydimi? Birinchidan, o'sha granatada mening barmoq izlarim yo'q. Ikkinchidan, siz aniqlanmagan bir narsaga – yaroqsiz buyumga qarab xulosa yozgansiz. Mening uyimdan topildi, deb da'vo qilinayotgan narsani aynan o'zini tekshirganingizni men qaerdan bilaman?! Siz ko'rinishidan tartibli, halol bir odamga o'xshaysiz-u, aslida vijdonsiz ekansiz!)

Ruschada bilganimcha, qo'shib-chatib so'zlaganlarim ekspertga qattiq ta'sir qildi.

– Mne skazali, chto etot predmet kakogo-to razboynika, terrorista. A ya viju, chto Vy poryadochnyy, gramotnyy chelovek. Poetomu  ya proshu suda, vernut'  etot predmet na dopol'nitel'nuyu obsledovaniyu, – dedi u. (Menga bu narsani qandaydir bir qarokchiniki, terroristniki deb aytishgandi. Ko'rib, turibman, siz tartibli, ziyoli bir odam ekansiz. Shu bois suddan men bu narsani qayta o'rganish uchun yuborishlarini so'rayman).

Ayolim, suhbat mazmunini yaxshi anglamadi, shekilli.

Menga qarab:

– «Nima dedi, u koreys xotin?» – deb qoldi.

U tabiatan juda ziyrak bo'lgani uchun har bir narsaning tagiga etishga tirishardi. Hozir ham bilib-bilmay gapirayotgan bo'lsada, shubha etishga unda haqi bor deb o'ylayman. Chunki, boshimizga tushgan adolatsizliklar tufayli u mendan ham ko'proq aziyat chekayotgandi. Tengsiz va omonsiz dushmanga qarshi kurashda, u mening ikki qanotim, ruhimning keskir shamshiri edi. Va, barobarida u oilamizning najot qal'asi, naslimiz davomining kafolati edi.

Hazillashib: – Jig'ildoni emas, vijdoni bor ekan! – dedim.

Eshitib, ekspert xotinim ikkovimizga qarab jilmayib qo'ydi. Ichimda, o'zbekchani bilarkan, demak o'zbekning qalbini ham anglaydi, deb o'yladim.

Ammo, prokurorga ekspertning gaplari yoqmayotgandi…

Tushdan so'ngra sud zaliga eng oxirgi guvoh – Vobkent tuman IIB jinoyat qidiruv guruhi sardori chaqirtirildi. Bu yigitni yaxshi tanirdim. U bilan birga ishlashga to'g'ri kelgan. Men Vobkent tuman ijroiya qo'mitasining arxitektura va qurilish bo'limida ishlaganimda,  u «ijrokom»ning  umumiy bo'limida ishlardi. So'ngra, u melisaga ishga o'tdi. Ko'p o'tmadi, men ham «Agroprom»ga mas'ul vazifaga tayinlandim. Sekin-asta, u hukumatning, men xalqning odamiga aylandim. Taqdir taqozosi bilan bugun sud zalida u bilan to'qnash kelib turibmiz. Aslida, men uni emas, u meni sud zaliga sudrab keldi. U endi amaldor, elkasida nishoni bor. Men esam, qo'llarimda kishan temir qafasdagi qora kursida o'tiribman…

O'sha mashhum tunda, u tintuv guruhiga rahbar edi. Yozuv-chizuvlarni ham mas'ul sifatida, uning o'zi amalga oshirgandi. Keyinroq, tergovchi ham uning yozganlariga asoslanib, dastlabki surishtiruv ishlarini olib bordi. Xullas, haligacha, u bo'ynimga solgan sirtmoq iskanjasidaman… Uning oilasini ham yaqindan tanirdim. U juda kambag'al oiladan chiqqan. O'ta tirishqoq bo'lsa ham, u uchun oq-qoraning farqi yo'q. Kuchli tomonning manfaatini qoyilmaqom qilib himoya qiladi…

Tintuv o'tkazilgan o'sha tunda, u juda jiddiy edi. O'zini men bilan hech qachon uchrashmagan odamdek tutdi. Peshonasini tirishtirib, qovog'ini osib oldi. Ikki lunjiga tosh solib olgandek, iyagi ko'ksiga tushdi…

Xullas, eng oxirgi guvoh minbarga chiqdi. U, go'yo o'zini o'zicha hukumat zahirada men uchun asrab qo'ygan o'lim keltiruvchi so'nggi o'q deb hisoblayotgandi. G'alabasidan shubhasi yo'qligi qiyofasidan bilinib turardi.

Menga to'nkalgan nimaiki noma'qulchilik bo'lsa, u «ayblov xulosasi»da yozilgandek qilib, nuqta-verguligacha bir-bir aytib o'tdi. U «ayblov xulosasi»ni yod olgan edi. U, na oldidagi bir dasta qog'ozlarga ko'z yugurtirar, na uning sufliyorga ehtiyoji bor edi. Shundan anglashildiki, zimmasiga yuqoridan Nasrullo Sayyidni jinoyatchiga aylantirish talabi yuklatilgan. Uning meni jinoyatchiga aylantirishni xizmat burchi sifatida qabul qilganidan ham gumonim yo'q. «Tintuv o'tkaz», deb amir berganlarida, u o'ta sovuqqonlik bilan tintuv o'tkazdi. Bugun unga «o'sha kundagi o'zing rejissyorlik qilgan spektalni hayotiy voqeaga aylantir» deya hukm qilishyapdi, u bu ish uchun ham qo'lidan kelganini qiladi. Mushfiq bir onaning yurak-bag'ri qonga to'lishi, besh polaponning chirqirashiyu, Xalqqa Hurlik va Vatanga taraqqiyot istagan otaning zulmdan olchoqlarning oyoqlari ostida cho'kkalashi, endi uni ortiq qiziqtirmaydi. Yuqoridagilarning «malades» degan bir og'iz so'zi uchun u onasini sotishga ham tayyor!

 Prokuror, undan granata javonning aynan qaeridan topilganini so'radi. Prokurorning birinchi bo'lib guvohni savolga tutishi, ularning oldindan til biriktirganini bildirardi. Ya'ni, prokuror ortiq tavakkal qilmoqchi emas edi.

Guvoh oldidagi bir dasta kog'ozni titkilab, granata topilgan joy haqidagi yozuvni qidirdi. Ovoz chiqazmasdan ko'zlari bilan o'qigach, borib, o'sha joyni maketdan ko'rsatdi…

Sudyadan so'z berishni so'radim. Ruxsat tekkach, guvohdan: «Ko'rsatmalaringizning rostligiga o'zingiz ishonasizmi?» deb so'radim.

U bir muddat o'ylanib, jim bo'lib qoldi. So'ngra: «Ha!» deb javob berdi. Ammo, ko'zimga tik qaramadi. Men fursatni boy bermay o'tirganlar orasidan ko'zlarim bilan onamni izladim. Hali men onamni topmasdan, meni kuzatib turgan onam Qur'onni bag'riga bosib, minbarga chiqa boshladi. Onamning vojahatini ko'rgan guvoh: «O'g'lingiz nima qilardi siyosatga aralashib, biz ham xizmatdagi odammiz. Buyurdilar, bajardik!» deb yuborganini o'zi ham sezmay qoldi.

Hammasi, men istagandek bo'ldi. Guvohning so'zsiz taslim bo'lganini ko'rgan onam, ortiga qaytib, joyiga borib o'tirdi.

Nimalar sodir bo'layotganini ilg'amay qolgan prokuror bilan sudyaning esi og'ay dedi.

Zalda esa, allaqachon g'alag'ovur boshlangan edi…

Sudya ro'yxatga kiritilgan barcha guvohlardan ko'rsatmalar olinganini aytib, oxirgi so'z menga berilajagini e'lon qildi.

«Oxirgi so'z» tayyor edi. Uni juda qisqa va lo'nda qilib yozgan edim.

Sudyaga qo'limdagi kishanni echishlarini, qo'llarimda kishan bilan oxirgi so'zimni aytishni istamasligimni aytdim. Sudya rozi bo'ldi. Qo'llarimdan kishanni echdilar. Ikki soqchi kelib, ikki yonimda turdi…

(davomi bor)

Manba: hayratuz.wordpress.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Muxojir ;

    Tarixiy xujjatli asar ekan. Raxmat! Davomini kutaman.

    12/08/2019 11:41
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube