O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Insoniylik fazilatlari…

Insoniylik fazilatlari…
12 Ağustos 2019 - 9:53 'da yuklandi va 761 marta o'qildi.

Avtobusdaman. Bir yo'lovchi ayol uzoq safardan kelayotgan bo'lsa kerak qo'lida jomadoni bilan avtobusga chiqdi. Yonimda bir ayol, to'g'rimda bir qiz o'tirgan edi. Yonimdagi ayolning to'g'risidagi o'rindiq esa bo'sh bo'lib jomadon ushlagan ayol o'sha erga o'tirdi. Oradan ko'p o'tmay qo'qqisdan, kutilmaganda jomadon ushlagan ayol qayt qilib yubordi. Qayt qilganda xam kuch bilan va ko'p miqdorda xuddi favvora kabi qayt qildi. Ro'parasidagi ayolning kiyimi, o'zining esa ro'mollariyu hijoblari bulg'andi. Ayol hamon qayt qilar, hijolatdan og'zini qo'li bilan berkitardi. Yonimdagi ayol birinchi kelgan bekatdayoq tushib qoldi. Mening esa oyoq ostilarim qusuq bo'lib ketdi. Eshitiboq jirkanib ketmadingizmi?

Menimcha aksarimizda shunday bo'ladi. Menda ham shunday bo'ldi. Oyoqlarimni, etagimni yig'ishtirib oldim. Soniyalar ichida ayolga bir tarafdan xo'l salfetka, bir tarafdan quruq salfetka yana bir tarafdan tselofan xalta, yana biri yalpizli saqich uzatar, yana biri erga otilib ketib qusuqqa bulg'angan telefonini olib qo'liga berardi. Ro'paramdagi qizning ham u er, bu eriga qusuq tegdi. Sumkasiga ham yaxshigina tekkandi. Sumkasi esa menga tegib turardi. Kiyimimni yana ham yig'ishtirib oldim. Sumkangga ham tegibdi qara dedim qizga. Qizga e'tibor berdim. Yuzida umuman xafalik, norozilik alomati yo'q. Qizning yoshi 20 -22 larda, kiyinishidan talabaga o'xshar edi. O'zi ham ko'hlikkina qiz ekan. Bechora qusgan ayol o'zi qolib haligi qizning usti boshini bir xo'l, bir quruq salfetkalar bilan arta ketdi.

-Siz menga qaramang. Hecham hijolat bo'lmang opa. O'zingizga qarang derdi qiz hijolat chekib. Ushbu holatlarni kuzatib o'zimdan o'zim ham uyalib ham jirkanib ketdim. Sen ham odammisan. Kibring qursin seni. O'zingni ichingda, ichaklaringda bundanda badbo'y narsalar bor. Nimangga kekkayasan. Nimaga jirkanasan. Bitta sen boshqacha toyifayu, boshqalar boshqa toyifami. Sen ham odamman deb yuribsanda dedim o'zimga. Talaba qiz kiyimini salfetka bilan tozalar edi. Kibrimni sindirish uchun salfetka olib uning sumkasini artishib yubordim. Hammadan ham qusgan ayol hijolat edi. Shartta mening qo'limdagi va qizning qo'lidagi salfetkani hijolat bilan olib xaltasiga soldi. Bechora ayol erga egilib erdagi qusuqlarni xam salfetkalarda artib tozalab xaltasiga solar edi. Atrofdagilarga e'tibor berdim. Hech kim undan jirkanmas, avval yordam qo'lini cho'zishgan bo'lsa endi hijolat bo'lmasin deb unga boshqa e'tibor berishmas edi.

Bu holatga ikkinchi bor duch kelishim. Bir kuni kemada edik. Jiyanim yo'lda qayt qilib yubordi. O'shanda ham odamlarning birisi paket tutqazgan, birisi salfetka uzatgan. Xatto ba'zi ayollar qusuqdan irganmay bolaning qusuqlarini artib qo'ygan edi. Turklar u, turklar bu deb ko'pincha bizdagilar yomonlashadi. Menga esa bulardagi insoniylik fazilatlari ko'rinaveradi…

Xon Buvi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube