O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Ajoyib imom

Ajoyib imom
13 Ağustos 2019 - 12:10 'da yuklandi va 670 marta o'qildi.

AJOYIB IMOM

“Toshturma”da melisalarimizning namozga munosabati, umuman, tutqunlikda namoz o'qish mashaqqatlari menga ikki kun burungi bir voqeani eslatdi.

Sentabirning 26-kuni Istanbuldan Toshkentga qaytishda uchoqqa minmasdan oldin xuftonni havolimon (aeroport) machitida o'qib olay dedim. Vaqt hali mo'l edi, uchishimizga ikki soatcha bor.

Tahoratlarni yangilab, o'g'lim ikkimiz machitga kirdik. Yangi jamoat namoz boshlab qo'ygan ekan, shosha-pisha poyafzallarni echib, ikkinchi safning chap tomoniga tez borib qo'shildim. Fayzulloxon o'ng tomonga ketdi.

Imom juda chiroyli qiroat qilayotgan edi. Ovozi shirali ekan. Tajvidlari ham joyida. Mashhur qorilarda kam eri yo'q! Orqasidan ergashib turibman-u, bu qadar shirali ovoz va mukammal tajvid egasini ko'rgim kelib ketdi! Birinchi rakatga ulgurgan ekanmiz, to'rt rakatni ham unga ergashib, to'liq o'qidik, alhamdulilloh! Ikki tomonga salom beramanu imomga qarayman deb turibman ichimda.

Olloh kechirsin, namozim kamchilikli bo'lgandir, ammo nima qilay: qiroati go'zal imomni ko'rishga qiziqish xayolimga o'rnashib qolgan edi.

Nihoyat, namoz tugadi. O'ngga va chapga salom berib, namozdan chiqdik.

Maroq ustun keldi. Duoni ham kutmasdan, shartta o'rnimdan tizzamga turdim. Nigohim bilan imomni izladim.

Ne ko'z bilan ko'ray, hozirgina bizga xufton namozini go'zal qilib o'qib bergan imom polis yigit edi! Boshdan-oxir xizmat kiyimida!

Ikki-uch odim oldga ikki to'pponchani tikkamachog'iga bir-biriga tirab, sutra qilib qo'yibdi!

Polis imom orqasida yana ikki polis sherigi turibdi. Saf davomini boshqa yo'lovchilar to'ldirgan.

Imomdan va sheriklaridan ko'zimni ololmay qoldim. Bir onda nima-nimalar kelmadi xayolimga. Lip etib olis vatanimni esladim. Bizda eski iqtidor davrida yo'llarda, ishxonayu oshxonalarda namoz o'qish qattiq yasaqlangan edi. Vatandosh namozini yo'llarda yashirib o'qir yoki umuman o'qimay qo'yaqolar edi. Melisaning namoz o'qishi esa xayolga ham kelmaydigan ish edi. Ne kunlarni boshimizdan kechirdik-a!

Yurtimdagi ishlardan alammi, havolimon machitida ko'rganim mana bu manzaradan quvonchmi, ko'zimdan sizilib yosh chiqishiga sabab bo'ldi. Birpas sunnatni boshlayolmay turib qoldim…

Uchoqqa o'tirayotganimda ham, uchoq ichida ham polis kiyimli xushovoz qori imom, unga ergashgan ikki polis sherigi hamda sutra o'rnida uchlari tepaga qaratib suyalgan ikki to'pponcha sira ko'z o'ngimdan ketmay qoldi.

Mana, hozir ham bu erda – “Toshturma”ning zax, eski, vahimali xonasida, birov sezib qolmasin, “boshliq”larga chaqmasin, xatadoshlarimga gap tegmasin, deb namozlarimni devorga qaragancha, yonboshlab yotib o'qirkanman, qachon bu erlarda ham odam o'zining birlamchi huquqlariga ega bo'larkin, qachon ibodatlarini emin-erkin ado etadigan bo'larkin deb ichimdan ezilib duolar qilar edim.

Nurulloh Muhammad Raufxon
(“Besh kun” asaridan.)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Muxojir ;

    Yo tavbaaaa!!! Taajjubda koldi ukib…

    13/08/2019 19:44
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube