O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Jajji guvoh

Jajji guvoh
13 Ağustos 2019 - 12:25 'da yuklandi va 693 marta o'qildi.

Nasrullo SAYYID

JAJJI GUVOH
(Hujjatli qissa)

(6-qism)

SO'NGI SO'Z

Shu mushfiq Vatanda xalq bilan et va tirnoq kabi o'sib, ulg'aydim. Millatimning nurli shuuridan va olmos ruhidan ma'nan bahra olib, voyaga etdim. Va, bir kun aqlimni tanidim. Aqlimni tanigach, Vatanimning ahvoli juda abgor ekani bilinib qoldi. Xalqimning o'z tuprog'ida, o'z uyida qul misoli qora mehnatga jalb etilgani meni hayratga soldi.

Uning qadoq qo'llariga ko'rinmas kishanlar urilgan, ko'zlari ko'rinmas durra bilan bog'langan edi. U tutqun va haq-huquqidan mosuvo qilingan bir bechora edi. Ammo qulligidan, huquqsizligidan u juda ham mamnun edi. Chunki, Hurlik nima, taraqqiyot va rivojlanish nima u barchasini unutgan, qadimda ota-bobolar yaratgan buyuk tamaddunlardan uzulganiga asrlar kechgandi. Uning baxtini tarannum etguvchi shirin cho'pchaklar qog'ozlarda edi.

Imkon tug'ilgach, yolg'onlarning asiri bo'lgan Vatanni ozod ko'rishni istaganlarning saflariga o'zimni urdim. Yurtni, Mustaqillik va demokratiya zolimlar zulmidan qutqaradi, deganlar bilan jipslashdim. Men bu yo'lni xato yo'l, deb hisoblamayman. Millatni va davlatni taraqqiyot va rivojlanishga olib boradigan siyosiy platformamdan o'lmasam, hech qachon voz kechmayman.

Millatimning haqiqiy Hurlikni qo'lga kiritishini istayman. Tuproqlarimni Ozod va Obod ko'rish – vijdonim amri, qalbim da'vati.

Bu ish muxoliflar o'rtasidagi siyosiy va iqtisodiy halol kurash bilan amalga oshadi. Qonun shohning ham gadoning ham rahnomosiga aylangan kun biz Ozod va Obod bo'lamiz!

Siyosatga lo'ttibozlik aralashsa, mamlakat inqirozga uchraydi, johillik va xudbinlik paydo qilgan qorong'ulikdan millat hech qachon qochib qutulmaydi.

Barchasini, tinchlik va hamjihatlik bilan amalga oshiradigan fursat etdi. Bu damlar bir mehmon – bu kun keldi, ertaga yo'lida davom etadi. Vaqtida otni qamchilamasak, ertaga afsus qilamiz, hech qanday foydasi bo'lmaydi.

Ammo, bu yo'lda qurbonlarsiz g'alabani ta'minlashning imkoni yo'qqa o'xshayapdi…

Harakatlarimda Konstitusiyaga zid biror bir holat yo'q. Menga qo'zg'atilgan jinoyat ishining soxta va yasamaligini el-olam ko'rib turibdi. Shunday ekan, nima uchun meni ta'qib qilayotganliklariga tushunmayman.

Uyimda noqonuniy tintuv uyushtirilib, «jangovor granata topildi», deya tuhmat qilinayotgani, bu nafaqat menga, butun O'zbekiston qonunlariga, demokratiyaga nisbatan hurmatsizlikdir, g'aflat uyqusidan uyg'onayotgan xalqqa xiyonatdir!

Shu yurtning teng huquqli fuqarosi sifatida, darhol qamoqdan ozod etilishimni va O'zbekiston qonunlarini oyoqosti qilganlar ustidan jinoyat ishi ochishlaringizni talab qilaman!

Oxirgi so'zni o'qib tugatdim. Zal bir muddat sukunat ichida qoldi. Kimdir yig'ladi, kimdir xomush tortdi. Xo'rligim kelib, kutmaganda yuragim sanchdi. Ko'zlarim oldi qorong'ulashib, hushumni yo'qota boshladim. Yiqilib tushmaslik uchun darrov kursiga o'tirdim. Soqchilar qo'limga kishan soldi. Kimdir kishanlangan qo'limdagi qog'ozni tortib olib, sudyaga uzatdi.

Sudyaning:

– Biz sizdan boshqacha nutq kutgandik! – deganinini tush deb o'yladim.

Ammo, qilmagan jinoyatim uchun men hech kimdan kechirib so'ramayman, degan xayol boshimda aylanayotgan bo'lsa ham, tilimga keltira olmadim. Butun vujudimdan mador qochgandi. Nazarimda, eru osmon boshimda charx urib aylanayotgandek edi…

O'zimga kelganimda, sudya o'rnida yo'q, prokuror kim bilandir telefonda gaplashayotgan edi. So'ngra, u ham zaldan chiqib ketdi. Butun alamlar chashma ko'zidagi og'ir tosh kabi bo'g'zimda qoldi…

Sud hay'atining maslahati juda ham cho'zilib ketdi.

Ustunlik to'la men tomonda bo'lsada, ko'nglim negadir bezovta edi. Asablari qaqshagan odamlar ham juda toliqqan edilar.

Axiri, meni  to'rt kun avval Jo'qi bilan o'tirgan «o'ra»ga olib borib qamadilar.

Soqchilar bilan o'tgan kunlar mobaynida o'rtamizda iliq munosabatlar paydo bo'lgandi. Jarayonlarni o'z ko'zlari bilan kuzatib, ularning fikrlari o'zgara boshladi. Fursatdan foydalanib, ulardan qaynotamni chaqirib berishlarini iltimos qildim. Mukofotiga «yarimta» va'da qilishni ham unutmadim.

 – Amaki, Sudya bilan prokurorning oyog'i kuygan tovuqdek tipirchilashiga qaraganda, nimadir bo'layapti. Agar meni ertaga turmadan olib kelishmasa, biling, ish chatoq. Ular, har holda sud qarorini bayon etish uchun odamlar tarqab ketishlarini kutadilar. Ular tarqamaydigan bo'lsa, “ishni qayta tergovga yuboramiz” deb, ularni chalg'itishlari ham mumkin. Yuqori ulardan meni og'ir jazoga tortishni talab qilgan bo'lishi kerak. Natijalar bunga monelik qiladi. Har holda, taxminicha shunga ularning boshi qotgan!

– Hukm o'qilmagunicha, biz hech qayoqqa ketmaymiz! – dedi qaynatam, terlab-pishib. – Nohaqlik bo'lsa, yoppasiga adolat istab hokimiyatga boramiz!

– Ehtimol.., siz hakdirsiz! – dedim, u kishiga. Chunki, boshqa aytadigan gapim yo'q edi. Bu ishning so'ngi nima bo'lishini o'ylab, boshim achib ketayotgandi.

Kun kech bo'lib qolgandi.

Hukm o'qilmasa, odamlarning sud zalini tashlab ketmasliklari ham tobora aniq bo'lib borardi. Bunga, ularning ham aqllari etdi shekilli, sudyaning kelayotganini e'lon qilishdi.

U tajang va asabiy bir holatda sud zaliga kirib keldi.

– O'rtoqlar, sudga bir muddat tanaffus e'lon qilinadi! – dedi, sudya joyiga o'tirar-o'tirmas. – Keyingi jarayonlar qachon davom etadi, xabarini beramiz!

Eshitib, zal junbushga keldi. Odamlar, haqli talablari bilan to's-to'polon ko'tara boshladilar.

– Ortiq, nimasi qoldi? Tugating, qo'yingda, hammasi aniq-ku! – dedi kimdir.

– Siz ham ularga sherik bo'lmoqchimisiz! Adolat bormi, o'zi? – deya qichqirdi, boshqa birov.

Kimdir, «Ishning boshida o'zlari turibdi. Shularning o'zlarini qamamasa, bu ish yopilmaydi!» deya baqirdi… Xullas, har kim xayoliga kelgan so'zni ayamay gapira boshladi.

Ularga ham shu kerak edi. «Janjal boshlanyapdi», degan bahona bilan darhol meni sud zalidan olib chiqib ketdilar.

«Toshbaqa»ga chiqayotganimda, quloqlarimga odamlarning: «Hokimiyatga boramiz, adolatning qaror topishi uchun namoyish qilamiz!» – degan qiyqiriqlari eshitildi.

Eshik yopilgach, mashina «Otbozor» tomon elday uchib ketdi!

Men ketgach, nimalar sodir bo'lganini ertasi kun eshitdim.

Sudyaning qaroridan norozi xalq katta ko'chani to'ldirib, Buxoro viloyat hokimligi tomon yura boshlagan. Yo'l yarmida, sud raisi bilan prokuror bir necha fuqarolik kiyimidagi kimsalar va melisalar hamrohligida namoyishchilarning oldini to'sganlar. Va, ertaga sudni davom ettirishga va'da berganlar. Agar sudya bilan prokuror va'dasida turmasa, odamlar ertaga albatta namoyishni davom ettirishlarini, ta'kidlab, bir muddatdan so'ngra tarqab ketganlar.

Sudning oxirgi kuni ko'p cho'zilmadi. Sud majlisi, ertalab o'nda o'z ishini boshladi.

Birinchi bo'lib, davlat qoralovchisi gapirdi. Ustunlik to'lig'icha men tomonda bo'lsa ham, u baribir meni «aybdor» deb topdi va uch yil qamoq jazosi so'radi.

So'ngra, sud hay'ati a'zolari maslahatga kirdi. Ular uzoq «maslahatlashdilar». Aslida, ular maslahatlashmayotgan edilar. Toshkentdan ko'rsatma kutayotgan edilar.

Nihoyat sudya hukmni e'lon qildi!

                                                                      Sud hukmidan parcha

…Nasrullo Sayidov… «aybdor» deb topilsin va unga nisbatan 1 yillik qamoq jazosi belgilansin. Uning birinchi marta jinoyatga qo'l urganligi va ko'plab fuqarolar va saylovchilari tomonidan qo'llab-quvvatlanganligi inobatga olinib…, JKning… moddalariga asosan jazosi engillashtirilib, majburiy mehnatga jalb qilish shaklidagi shartli jazoga almashtirilsin. Maxsus komendatura qoshidagi jazoni o'tash muassasasida belgilangan muddatini o'tasin va… sud zalidan ozod qilinsin…

                                                                                  Xotima

 Mening boshimga ish tushgan u yillarda, diktatura endi bosh ko'tarib kelayotgan edi. Men, uning changalidan oson qutuldim. Sudlov men va men kabilarning ishlaridan tajriba orttirdi. Bizdan keyingi tuhmatga uchragan muxoliflarga o'zini himoya qilish uchun hech qanaqa imkoniyat qoldirilmadi.  Mening ishim ham sal keyin ko'rilganda edi, uzoq muddatga qamoqxonalarda qolib ketishim mumkin edi. Balki, hozir tirik bo'lmagan bo'lardim.

Qonunlar mo''tadil ishlaydigan dunyo mamlakatlarida inson o'z aybsizligini isbotlab berishi shart emas. Gumon qilayotgan tomon aybni isbotlashi kerak.

Bizda, aybdor sanalayotgan tomonga hech qursa aybsizligini isbotlashga imkon yaratib berish lozim. Diktatura hukmbardorlik qilayotgan bir yurtda, shuning o'zi ham katta ish. Bu minglagan aybsiz aybdorlarning jazodan qutulib qolishiga imkon beradi.

Har qalay, bizning kunlardagi sudlov bilan solishtiradigan bo'lsam, menga omad kulib boqqan deb o'ylayman. Karimov boshqaruvi u kunlarda bu qadar yirtqichlashmagan edi. Xavfsizlik tashkilotlari xodimlari orasida yordam qo'lini cho'zadigan odamlarni topsa bo'lardi.

Keyinroq eshitishimcha, bizga melisa-guvohlarni sudga tortishga yordam bergan insonni ham o'sha kunlarda ishdan chetlashtirishgan. Bu degani, xavfsizlik tashkilotlari qadamba-qadam zulm mashinasiga aylantirilayotgan edi. O'zbekistonda joriy hukumat tomonidan puxta o'ylangan, aniq reja asosida ish olib borishga moslashtirilgan diktatura boshlangan edi…

Bu xotiralarni yozmasam, o'zimga ham millatimga ham xiyonat qilgan bo'lardim. Kelgusi avlodlar bizning kunlardagi qonunsizlikni va inson qadr-qimmatining bir chaqaga arzimasligini mening timsolimda tasavvur qilolmasdi.

Ikki-uch oy tergov izolyatorida o'tirish yoki bir yil komendatura soqchilari nazoratida qurilish maydonchasida hammollik qilish unchalik ham azob emas. O'zbekistonda o'n besh-o'n olti yildan oshiq qilmagan jinoyati uchun tergov izolyatorlarida yotib chiqqanlar bor. Kimlar esa, haligacha ham qilgan aybini bilmay qamalib yotibdi.

Men sudlov jarayonlaridagi nohaqsizliklar misolida, o'zbek jamiyatining ma'nan tubsiz bir jarlikka qulab borayotganini ochib berishga harakat qildim. Bunga qanchalik erishdim, bilmayman.

Buzuq bir tuzum kasofatidan ota-bobolar tiklagan ma'naviyat ustunlariga bilib-bilmay bolta uryapmiz. Odob va axloqsizlik tufayli, ma'naviyatsizlik – chirmovuqday ildiz otib boryapdi. Adolat quvg'unga uchrab, zulm quvvatga kiryapdi.

Karimovning «Yuksak ma'naviyat-engilmas kuch» degan kitobi haqida eshitganlarimning cho'pchakligini boshqalar ham yaxshi biladi. Mamlakatni cho'ktirgan, yuz minglagan odamlarning umriga zomin bo'lgan bir kimsaning ma'naviyat haqida yozishining o'zi, ma'naviyatsizlikdir!

                                                                                                                                     Kanada 2008 yil, may-iyun'.

Izohlar:

PMK –  Peredvijnáya mexanizírovannaya kolónna (rus), ko'chma mexanizatsiyalashgan kolonna (o'zb), qurilish tashkiloti.

SNB – Slujba natsional'noy bezorasnosti (rus), MXX –milliy xavfsizlik xizmati (o'zb), tashkilot. Ushbu tashkilotda ishlaydigan xodimlarni xalq umumlashtirib «SNB» deydi.

Melisa – militsiya (rus), mirshab (o'zb), ichki ishlarda ishlaydigan xodimlar.

(tugadi)

Manba: hayratuz.wordpress.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Muxojir ;

    Raxmat. Yana yozing xotiralaringizdan. Boshiz omon bulsin.

    13/08/2019 20:50
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube