O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Oxirzamona

Oxirzamona
13 Ağustos 2019 - 12:32 'da yuklandi va 604 marta o'qildi.

 

OXIRZAMONA

Ko'ngil aytar, do'stlar, aylayin bayon,
Bilmasman, yaqinmi oxirzamona?
Dunyo uchun shariatni tashlabon,
Bilmasman, yaqinmi oxirzamona?

Mullolar ilmiga etmadi amal,
Shariat ishiga aylamay jadal,
Fe'limiz buzilib, ko'paydi kasal,
Bilmasman, yaqinmi oxirzamona?

Muftilar mol olib, rivoyat berar,
Nohaqlik bir o'tdir, qalbni kuydirar,
El fe'li buzilib, fasod ko'payar,
Bilmasman, yaqinmi oxirzamona?

Hokim bo'lgan azal harom pul yig'ar,
To'g'riso'z boshiga dunyoni yiqar,
Shariat nomiga bir chetda qolar,
Bilmasman, yaqinmi oxirzamona?

Eshonlar bor riyo aylar namozin,
G'aflatda o'tirar qish bilan yozin,
Yolg'on so'zlab, eldan olar niyozin,
Bilmasman, yaqinmi oxirzamona?

So'pilar nafs uchun malla to'n kiyar,
Shubhali taomni halol deb, eyar,
Har chiqqan riyoni karomat deyar,
Bilmasman, yaqinmi oxirzamona?

Shayx bo'lganlar nazir uchun urishib,
Mol-dunyo deb farzand bilan so'kishib,
Mozorlar boshida qushdek cho'qishib,
Bilmasman, yaqinmi oxirzamona?

Xo'jalar faxr etar asl zotini,
Qiyom Isomiddin qo'yib otini,
Falon kas xo'ja deb qay avlodini,
Bilmasman, yaqinmi oxirzamona?

Elga bosh bo'lganlar to'g'ri so'zlamas,
Pora olar, lekin Allohdan qo'rqmas,
Nohaq guvoh bo'lar, da'vodan qaytmas,
Bilmasman, yaqinmi oxirzamona?

Boylarda qolmadi xayru saxovat,
Dunyo deb kezarlar topmay farog'at,
G'ariblar boylardan ko'rmas kifoyat,
Bilmasman, yaqinmi oxirzamona?

O'g'il xushro'y bo'lsa, ko'ngillari shod,
Go'yo davlatlari bo'larmish ziyod,
Kun-kundan jahonda ko'paydi fasod,
Bilmasman, yaqinmi oxirzamona?

Qiz, juvonda hayodan yo'qdir asar,
Yigitlar qiz bilan o'ynashib, kezar,
Kecha kundan bugun ahvollar battar,
Bilmasman, yaqinmi oxirzamona?

Yomon ishlar yurtda odat bo'libdir,
Jahon fisqu fasod ila to'libdir,
Fe'limiz buzilib, ranglar so'libdir,
Bilmasman, yaqinmi oxirzamona?

Boylar zakot bermay, bo'ldilar sudxo'r,
Millatga dard bo'ldi bor xusimatxo'r,
Umr o'tdi, g'aflatga bo'ldik mag'rur,
Bilmasman, yaqinmi oxirzamona?

Gunohlar ko'payib, ozaydi savob,
Qo'rqaman, bu jahon bo'lmagay xarob,
Kasb etib sotarlar og'uyu, sharob,
Bilmasman, yaqinmi oxirzamona?

Maxdumquli, qildi og'ir hikoyat,
Yaxshilarga shoyad bo'lgay kifoyat,
Dunyo ishlariga yo'qdir nihoyat,
Bilmasman, yaqinmi oxirzamona?

MAXDUMQULI
* * *
Turkmanchadan Islom Xolboy o'zbekchalashtirdi

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube