O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Amir Temurning yurishlarining asl sabablari nimada edi?

Amir Temurning yurishlarining asl sabablari nimada edi?
16 Ağustos 2019 - 10:39 'da yuklandi va 888 marta o'qildi.

AMIR TEMURNING YuRIShLARINING ASL SABABLARI NIMADA EDI?

AZIZ MUXLISLAR, KELINGLAR MUHOKAMA QILAMIZ!

Baxt Nabi degan muxlisimiz Amir Temurning yurishlarini ob'ektiv tahlil qilish talabi bilan chiqib, urushlarda o'z maqsadiga erishish uchun har qanday usuldan shafqatsizlarcha foydalanganini ta'kidlab qoldi.

Men o'z kommentimda imkon qadar javob berishga harakat qildim va ayni damda alohida post yozishni maqsad qildim.

Amir Temurni kalladan minoralar qurgan deb targ'ib qilayotgan va ularga jo'r bo'layotganlar balki uning yurishlarining aksariyatiga Amir Temurning dushmanlari sababchi ekanliklarini bilmaslar? O'ylab ko'rganmizmi nima uchun Amir Temur Xorazmga besh marta yurish qilgan? Nima uchun Oltin O'rdaga qarshi uch marta yurish qilgan? Anqara janggi nima uchun kelib chiqqan? Bularda Amir Temurning qanday aybi bor edi?

Ma'lumki, Xorazmda o'sha paytda So'fiylar sulolasi hukmronlik qilgan. Amir Temur shimoliy tomondan o'z xavfsizligini ta'minlash maqsadida ular bilan do'stona munosabat o'rnatishni niyat qilgandi. Hatto u quda-andachilik bilan qarindoshlik rishtalarini bog'lamoqchi bo'lgan. Sevinbekani to'ng'ich o'g'liga olib beradi.

Amir Temur yurishda bo'lgan paytda So'fiylar Amir Temur davlatining sarhadlariga kirib bosqinlar yasab ketavergan. Xorazmga yurishlarining birida Amir Temurga yangi chiqqan qovunni olib kelishadi. U “mening bu qovunni qudamdan avval eyishim joiz emas, avval qudamga olib boringlar” deb, yangi qarindoshining hurmat-izzatini joyiga qo'yib So'fiylarga yuboradi. Qovunni oltin tovoqqa solib olib boradilar. Lekin ular elchini o'ldirib, qovunni otib yuborib, oltin tovoqni darvozabonga berib yuboradi. Amir Temurning Xorazmga 5 marta yurish qilganining sababi, u har safar yurishni boshlaganda So'fiylaar elchi yuborib tavba-tazarru qilaveradi. Hatto bir safar Yusuf So'fiy ” Askarlarsiz jangga ikkalamiz yakkama-yakka chiqamiz, maydonga bir o'zing chiq” deydi. Amir Temurga a'yonlari chiqmaslikni qancha iltimos qilsalar ham Sohibqiron qilichini ko'tarib maydonga chiqadi. Shu erda raqibi maydonga chiqmay sharmanda bo'ladi. Tarixchilar bu voqealarni kula-kula yozganlar.So'fiylar Amir Temurni yo'q qilish uchun boshqa davlatlar bilan muntazam aloqlar o'rnatadilar va bundan Amir Temur xabar topadi. Oxiri beshinchi marta Xorazmga yurish qilib, uni o'z davlati tarkibiga qo'shib oladi. Endi u yana shimoliy hududlarni mustahkamlashi kerak edi. Shu maqsadda Oltin O'rda taxtiga To'xtamishxonni qo'yib o'zining maqsadiga etmoqchi edi. Lekin To'xtamishxon ham Amir Temurga qarshi ko'rnamaklik qiladi. Tabrizni va boshqa hududlarni Amir Temurdan olib qo'ymoqchi bo'ladi.U ham Sohibqironni yo'q qilish payiga tushadi. U ham Amir Temurning yurishdaligidan foydalanib, bu erga bosqin yasaydi. Natijada Amir Temur Oltin O'rdaga qarshi uch marta yurish qilib, uning poytaxti Saroy Berkaga o't qo'yib yuboradi. Shundan keyin Oltin O'rda qaytib o'ziga kela olmaydi.

Anqara jangidan oldin Amir Temur Yildirim Boyazidga bir necha bora xat yozib, “dushmanlarimga homiylik qilma, ular avboshlar, xalqni qiynagan, zulmkor, agar adolatli podshoh bo'lsang nima uchun zo'ravonlarni qo'llab-quvvatlaysan, ularni mamlakatingdan chiqarib yubor, yoki o'ldir. Sen Farang lashkariga qarshi yurish qilyapsan, bu masalada men senga yordam beraman, askar beraman, meni qarindoshlarimni zindonga tashlabsan ularni ozod qil” deb xat yozsa-da, qaysar Boyazid bunga quloq solmaydi. Boyazid va uning dushmanlari bu urushni kelib chiqishiga sababchi bo'lib qoladilar. Amir Temur haj yo'llarini talagan Qora Yusuf Turkman, zolim Iroq hokimi sulton Ahmad Jaloyirlarga qarshi yurish boshlagan mahalda Yildirim Boyazidning oldiga qochib borib, uni gij-gijlab o'tiradilar. Ibn Arashoh Iroq ahli Ahmad Jaloyirdan bezor bo'lib “bizni uning zulmidan qutqaring” deb xat yozganligi haqida ma'lumotlarni ham keltirgan. Sohibqiron tom ma'noda adolat va islom qalqoni edi. Chunki ana shular na haj yo'llari va na karvon yo'llarida odamlarga tinchlik bermagandi. Shu urushning kelib chiqishida To'xtamishxonning ham hissasi bor. “Agar Amir Temurga qarshi yurish qilsangiz 200 000 qo'shin beraman”, deb Boyazidni ishontirgan. Misr sultoni, qozi Burxoniddin to'rttasi bir bo'lib, Amir Temurga qarshi al'yansga birlashib uni yanchib tashlashga harakat qilganlar. Amir Temur Evroosiyo sultoni bo'lib, bu erda tinchlik va adolat o'rnatgan. Hindistonga ham u erdagi o'zaro urushlarni to'xtatish uchun kirib borgan. Qaysi birini tahlil qilaylik? Amir Temurga biz xolis baho bermasak, kim baho beradi? Kim xolis tarixdanu buyuk davlatchiligimizning yuzaga chiqishidan manfaatdor? Shuning uchun ham O'zbekistonning birinchchi Prezidenti Islom Karimov tarixchilarni yiqqanda “Nima uchun biz boshqalar yozib bergan tarixni o'rganishimiz kerak? Qani tarixchilarimizning adolatli va ob'ektiv tadqiqotlari?” deb masalani ko'ndalang qo'ygandi. Boshqalar yozib bergan tarix boshqaning mafkurasiga xizmat qiladi.

Urush bu hiyladir. Urushda har qanday hiyla nayranglar qilish mumkin, odam o'ldirishsiz ham urush bo'lganmi? Amir Temurning adolat, islom, o'z sha'ni va vijdoni yo'lida qilgan janglarini biz nima deb baholashimiz mumkin? Biz targ'ib qilmasak, uning shaxsidagi quyosh kabi yorqinlik kimga ham kerak? Shusiz ham ular Amir Temurning davlatini qaytadan tuzadi, deb ham bizga shubhayu gumonlar bilan qaraydiganlar bor va nimagadir Amir Temurni ular yomon ko'radi. Ey baraka topkurlar qaysi hukmdorga Evropada oltindan haykal qo'yilgan? Uning xizmatlari tufayli ne-ne davlatlar yo'q bo'lib, ne-ne yangilari paydo bo'lmaganmidi? Uning ta'siri Tinch okeanidan to Atlantika okeanigacha etib bormaganmidi? U dunyoning siyosiy xaritasiga nainki, xaritasiga balki ichki mohiyati va tashqi tuzilishiga, ma'naviyatiga ham katta o'zgarish kiritmaganmidi? Menga agar tarixda shunday podshoh yana er yuzida bo'lgan bo'lsa ko'rsatib yuboringlar…

Ertalabdan sizlarga POST!

Shohista O'ljaeva

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube