O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

“O'zbekiston tarixi” telekanali ishini tashkillashtirish bo'yicha ba'zi taklif va mulohazalarimiz

“O'zbekiston tarixi” telekanali ishini tashkillashtirish bo'yicha ba'zi taklif va mulohazalarimiz
16 Ağustos 2019 - 10:46 'da yuklandi va 511 marta o'qildi.

“O'ZBEKISTON TARIXI” TELEKANALI IShINI TAShKILLAShTIRISh BO'YIChA BA'ZI TAKLIF VA MULOHAZALARIMIZ

“O'zbekiston tarixi” kanaliga chiqadigan mutaxassislarni bir-ikki kishining tavsiyasi va rahbarligi ostida tanlash va yo'naltirish maqsadga muvofiq emas. Milliy tariximizni to'laqonli yoritish uchun o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlarida ishlaydigan malakali professor-o'qituvchilarni ham o'sha ko'rsatuvlarga jalb etish kerak. Buning uchun kanal ma'muriyati turli OTM, XTM vazirliklariga murojaat bilan chiqishlari yoki mutaxassislarning to'g'ridan-to'g'ri muloqotlarga chiqish imkoniyatlari ham yaratilishi kerak.

Ijtimoiy tarmoqlarda faol bo'lgan tarixsevarlar ham nazardan qolmasligi ijobiy natijalarni berishi mumkin..

O'zFA Tarix va Sharqshunoslik institutlaridan tashqari respublika turli universitetlarining tarix fakul'tetlari va nomutaxassis yo'nalishlari kafedralarida dars beradigan va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradigan malakali tarixchilar talaygina. Arxeologiya instituti bilan uzviy aloqa olib borish uzoq o'tmish tarixlarini to'laqonli ochib berishda muhim rol o'ynashi mumkin.

E'tiborni avvalo ularga qaratish kerak. Chunki pedagog – olim O'zbekiston tarixining hamma qirralari bo'yicha ma'lum bilimga ega bo'ladi. Masalan, nomutaxassislik yo'nalishlarida dars o'tayotgan professor-o'qituvchilar talabalarga O'zbekiston tarixini qadimdan to bugungi kunga qadar olib boradi, ularning ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlaridan farqli tomonlari ham shundadir. Har qalay ular turli mavzularga oid o'zlarining original fikrlarini bildirish va tizimli tahlil qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ularda boshqalarga nisbatan nutq madaniyati kuchli bo'ladi.

Shuningdek, tarix fani bilan bevosita aloqador bo'lgan siyosatshunoslik, falsafa, psixologiya, sotsiologiya, huquqshunoslik va boshqa gumanitar fanlar bilan shug'ullanadigan olimlar bilan ham uzviy aloqalarni o'rnatish yangi qiziqarli mavzularning ochib berilishiga sabab bo'lishi mumkin.

O'zbekistonda fan tarixi yaxshi o'rganilmagan. Shunday ekan, kimyo, fizika, matematika, handasa, tibbiyot, iqtisodiyot, me'morchilik, engil sanoat, qandolatchilik, qishloq xo'jaligi, irrigatsiya, astronomiya va boshqa sohalarning vakillari bilan ham tarixiy mavzularda loyihalar qilish kerak bo'ladi.

Shuningdek, milliy tarix mavzusini ochib berishda qaysidir shahar, qishloqlarda yashayotgan, tarixga qiziquvchan, o'z hududlari o'tmishi haqida yaxshi ma'lumot taqdim eta oladigan kishilarni ham topish kerak. Buning uchun onlayn muloqotlar olib borish, bu ko'rsatuv uchun alohida sayt ochish, u erda fuqarolar bilan bevosita onlayn-savol-javoblar va boshqa masalalarni hal qilish imkoniyati bo'lishi kerak. Masalan har bir ikkinchi jahon urushi qatnashchisining urush haqidagi hikoyalari yozib olinishi kerak. Eng yaxshi ko'rsatuvlar turli tillarda subtitr va tarjimalari bilan Yutubga joylashtirilgan bo'lishi lozim.

O'zbekiston tarixini o'rganish tegishli mutaxassislarningina emas, barchaning sevimli mashg'uloti bo'lib qolishidan umidvormiz.

Shohista O'ljaeva

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube