O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

«Ilon o'tdi» darasi yoki Amir Temur darvozasi

«Ilon o'tdi» darasi yoki Amir Temur darvozasi
17 Ağustos 2019 - 12:03 'da yuklandi va 649 marta o'qildi.

«ILON O'TDI» DARASI YoKI AMIR TEMUR DARVOZASI

Jizzax dovonidan pastlikdagi tog'ning qoq beli xuddi sariyog' kabi kesilib, keng va ravon yo'l solingan, Sangzor daryosi ham aynan shu erdan o'tgan. Avtomobil' va poezdlar qatnovi mamlakat shimolini Sharqqa bog'lab turadi.

Zomin va Nurota tog' tizmalarini mana shu fusunkor va maftunkor «Ilon o'tdi» darasi ajratib turadi. Daraning kunchiqar tomoni Zomin, kunbotarga qaragan tomoni esa Nurota tog' tizmalarining boshlanish qismi hisoblanadi. Negadir mahalliy aholi «Ilon o'tdi» darasini «Amir Temur g'ori», «Temur darvoza» degan nomlar bilan ham atashadi.

Shuning uchun el orasidagi ayrim gap-so'zlarga qaraganda, Sohibqiron Amir Temur bobomiz har gal zafar quchganidan keyin zamin sayqali Samarqandga faqatgina ana shu «darvoza» orqali kirib kelgan ekan. Bu joy qattiq qo'riqlangan bo'lib, strategik ahamiyatga ega manzil bo'lib kelgan.

Sangzor daryosi tog'larining bulutlarga qadar etgan baland cho'qqilaridan toshlarga urilib, dumalab, pishib oqib keladi. Daryo ikkita tog' tizmasining tabiiy chegarasi hisoblanar ekan.

«Ilon o'tdi» darasining tabiati, havosi ajoyib. Bu qadim manzilga yaqin go'shada umrguzaronlik qilayotgan tog'liklarning o'zi yashayotgan hududlari, tog' cho'qqilari-yu, soylari, daralari haqidagi bir-biridan qiziqarli hikoyatlari, kishini sehrlab qo'yadi, allaqanday tuyg'ularga chulg'aganday bo'ladi.

Shu mahal ulkan bir qora qush Temur darvozaning muz sumalakni eslatadigan qirrador cho'qqisiga kelib qo'ndi. Atrofni sinchkovlik bilan kuzatadi. Qoyadan sal naridagi kenglikda qo'ylar suruvi ko'zga tashlanadi. Nima uchundir, ushbu hududdan doimo shamol arimaydi. Dara atrofida yong'oq, archa, na'matak kabi dov-daraxtlar onda-sonda bo'lsa-da uchraydi. Ikki tomon esa qorayib ketgan qoyalar bilan o'ralgan. Bu o'lmas qoyalarni oralab, bir toshqin daryo oqadi. ­Daryoning shundoqqina yonida bir bujur, qirrador qoya o'sib chiqib, osmonu falakka sanchilib turganday go'yo. Mazkur qoyalar Amir Temur bobomizning qanchadan-qancha zafarli yurishlariga, masrur, quvonchli onlariga guvoh bo'lmagan deysiz. Shuning uchun ham, manguga zanjirlangan bu ikki tog' ajraladigan manzil tarixiy timsolga aylanib ulgurgan.

Ulug'bek JUMAEV

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube