O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

U kunlarning boshimizdan arigani rost bo'lsin

U kunlarning boshimizdan arigani rost bo'lsin
17 Ağustos 2019 - 12:32 'da yuklandi va 679 marta o'qildi.

…tergov berayotganimning ikkinchi kuni jumaga to'g'ri keldi. Vaqt yaqinlashganda, “jumaga borib kelay?” deb izn so'radim. Bu gapim shundoq ham g'azablari ichiga sig'may turgan tergovchilarning asabini o'ynatib yubordi.

– Nima?! – dedi yordamchi tergovchi. O'zi uncha emas, yordamchisi yomon edi.
– Jumaga borib kelay, – deb yana takrorladim. Ichimda qo'rquv, umid, tavakkul… hammasi aralash-quralash bo'lib yotibdi. Lekin, iloji boricha, o'zimni bosiq, sipo tutib turibman.
– Ochiqda yurganingizga shukur qiling-ey! Shu paytda jumada balo bormi?!
– Nima qipti? Demokratik davlatmiz. Juma o'qish jinoyatmas. Men ham jinoyatchimasman. To'g'ri, aybim bor, lekin, davlatga, siyosatga qarshi jinoyat qilgan joyim yo'q. Hademay, sizlar ham tushlikka chiqasizlar. Faqat bugun sal oldinroq chiqinglar.
– Yo'q, siz tushunmayapsiz. Siz ochiqda yurganingizga shukur qiling, deyapman. Qamalmay yurganingiz mingta hayitdan ham katta bayram sizga, aslida…

Yordamchi tergovchi shunday gaplar bilan menga tushuntirmoqchi bo'ldi. Aslida, o'zi menim namozga ruxsat so'rayotganimni hazm qilolmayotgan, aqliga sig'dira olmayotgan, hech qanaqasiga tushunmayotgan edi.

Bitta gapim ularga ta'sir qildi:
– Prezidentimizning ham ismi Islom-ku. Hammamiz musulmonmiz-ku!
Shu gapdan keyin bir-biriga qarab olishdi.
– Borib kelsinmi? – dedi bittasi ikkinchisiga.
– Mayli, borib kelsin.

Rahmat aytib, o'rnimdan turdim. Eshikka etganimda: “To'xtang”, dedi yordamchisi. Ortimga o'girildim.
– Bizni ham duo qilish esingizdan chiqmasin!
– Xo'p…

Bordim, juma namozini o'qidim. Jamoatga qo'shilib duo qildim. Alohida ham duo qildim. Haligi ikki tergovchining haqlariga ham duo qildim. Unaqa paytda odam Ollohga boshqacha yolvoradi…

Ular tushlikdan kechroq qaytishdi. Xonaga kirib o'tirishlari bilan birinchi so'raganlari bu bo'ldi:
– Bizni ham duo qildingizmi?!
– Ha, duo qildim.
– Nima deb duo qildingiz?
– Ey Ollohim, dedim, kim menga bitta yaxshilik qilsa, Sen unga mingta qilib qaytar, deb duo qildim, – dedim.
– Voy, bl…., – deb yuborishdi beixtiyor. – Siz juda katta diplomat ekansiz!

Ikki kundan beri siqib suvimni, yo'q, qonimni ichayotgan tergovchilar o'sha soniyadan boshlab o'zgarishdi. Ollohga qasamki, ular o'sha soniyadan menga boshqacha muomala qila boshlashdi. Endi tergovning u yog'i o'yin-kulgi, hazil-huzul bilan o'tdi. To'g'ri, menga ham boshqalar qatori jazo tayinlashdi, lekin qiynamasdan, so'kmasdan, yaxshi muomala bilan bo'ldi hammasi…

Musulmon elim katta qatag'onni boshidan o'tkazdi. U yaltiroq kunlarning hali ko'p misi chiqadi. Men-ku Ollohning marhamati bilan oson qutuldim. Ammo oson qutilmaganlar son mingta. Ollohim madad bersa, bir yigitning taqdirini yozmoqchiman. (Agar yozishga o'zimda kuch, bardosh topolsam, albatta.) Yaqin o'tmishimizdagi qatag'onga eng tipik misol bo'la oladigan taqdir!

Kim yaxshilik istasa, Olloh uni bizga yondoshtirsin. Kim yomonlik istasa, uni bizdan adashtirsin! U kunlarning boshimizdan arigani rost bo'lsin!

Ubdug'ofur Iskandar

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube