O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Bolalarning ko'zlari xuddi shishadan yasalgandek…

Bolalarning ko'zlari xuddi shishadan yasalgandek…
18 Ağustos 2019 - 12:24 'da yuklandi va 602 marta o'qildi.

Bugun Yoshlar Ittifoqi xodimlari bilan birga Sirdaryo viloyatidagi bolalar koloniyasi (Respublika o'g'il bolalar tarbiya muassasasi)ga bordik.

Yuragim ezilib ketdi.

Ko'zlari chaqnagan, qaddi-qomati raso, 14-16 yoshlardagi o'smirlar… Bular kim – “ma'naviy yuksalish va to'g'ri tarbiya yo'liga kirgan” kichik bezorilarmi, yoki bo'lajak… buyog'ini tasavvur qilishga yurak betlamaydi.

Eng ko'p takrorlangani – “sizlarga bu erda barcha sharoitlar muhayyo…” degan gap bo'ldi-yov. To'g'ri. Sport, duradgorlik, chilangar(svarka va hokazo), komp'yuter savodxonligi kabi to'garaklar mavjud. Yaxshigina kutubxona bor.

Lekin… bolalarning ko'zlari xuddi shishadan yasalgandek, mehr va iliqlik ko'rinmaydi. Buni ko'rib va his etib, a'zoi badaning titrab ketadi.

Suhbatdan so'ng: “endi hammamiz fikrni to'g'rilab, yaxshi inson bo'lamiz, to'g'rimi? Ota-onalarimiz bag'riga yorug' yuz bilan qaytamiz, to'g'rimi?” degan xitobga javoban bolajonlar jo'r bo'lib: “HAA-AA!” deb javob berishyapti.

Qaniydi! Shu topda farishtalar “Omin”, degan bo'lsin.

Muassasa rahbarining aytishicha, 99 foizining ota-onasi hayot, turmush sharoiti ham yomon emas. Dubayma-dubay, Turkiya-yu Tailand qilib yurarmish. Oylab-yillab xabar olmaydiganlari, hatto umuman qorasini ko'rsatmaydiganlari bor, deydi boshliq.

Bir bolani o'qituvchi hamrohligida uyiga – ota-onasini ko'rib kelishga yubordik. Bola bechora, uyiga etgunicha yuragi hapriqib, hayajondan titrab borayapti. Shahd bilan darvozani ochib kiruvdik hamki… uni ko'rib bir tuki ham o'zgarmagan otaning nafratli savoli: “nega kelding?” bo'ldi. Vaholanki ko'rishmaganiga ikki yilcha bo'lgandi. O'smirning shu topdagi ahvolini tasvirlashim juda mushkul… deydi ustozi.

Haliyam o'zimga kelolmayapman…

Baxtiyor Haydarov

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube