O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Bosh Prokuratura Gulnora Karimovaga nisbatan yangi jinoyat ishlarini qo'zg'agan

Bosh Prokuratura Gulnora Karimovaga nisbatan yangi jinoyat ishlarini qo'zg'agan
19 Ağustos 2019 - 18:46 'da yuklandi va 449 marta o'qildi.

Bi-Bi-Si adiosining xabar berishicha, Gulnora Karimovaga qarshi davlat mulkini talon-toroj qilish, O'zbekiston manfaatiga zid shartnomalar tuzish, birovning mulkini tovlamachilik bilan qo'lga kiritish bandlari bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Bosh Prokuratura 19 avgust kuni tarqatgan xabarga ko'ra, “jinoyat ishlari qo'zg'atilishiga “White and Case” xalqaro yuridik kompaniyasidan kelib tushgan ma'lumotlar va fuqarolarning arizalari asosida to'plangan tekshirish hujjatlari asos bo'lgan”.

“Aniqlanishicha, G.Karimova bir guruh shaxslar bilan til biriktirgan holda, “Quvasoytsement” va “Bekobodtsement” AJlarining davlatga tegishli bo'lgan aktsiyalarini arzonlashtirilgan narxlarda sotib olgan.

G.Karimova qayd etilgan aktsiyalarni chet el tadbirkorlariga sotgan hamda ularning noqonuniy faoliyatiga rahnamolik qilib, respublika manfaatlariga juda ko'p miqdorda zarar etkazgan.

Bundan tashqari, G.Karimova fuqarolar va turli kompaniya egalarini zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitib, ularning mulkini o'ziga tegishli bo'lgan kompaniyalarga rasmiylashtirib berishga majbur qilgan”, deyiladi Bosh Prokuratura xabarida.

O'zbekiston birinchi prezidenti marhum Islom Karimovning to'ng'ich qizi 48 yoshli Gulnora Karimova jazo muddatini o'tamoqda.

Uning 2015 yili 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgani haqida Bosh Prokuratura 2017 yili xabar tarqatgan.

2017 yil 18 dekabrida Gulnora Karimova 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgani xabar qilindi.

Gulnora Karimova soliq to'lashdan bosh tortishda ayblangani aytilgan.

O'tgan bir necha yil ichida AQSh, Gollandiya, Shvetsiya va Shveytsariya hukumatlari Gulnora Karimovaga nisbatan pul yuvish bilan bog'liq jinoyat ishlarini tergov qilgan.

Unga “jinoiy yo'llar bilan topilgan pul mablag'larini qaytarish va davlatga etkazilgan zararni undirish majburiyati” yuklangan.

O'zbekiston Bosh Prokuraturasi xorijdagi Gulnora Karimovaning mablag'larini O'zbekistonga qaytarishda shaffoflik ta'minlanishini aytgan.

Biroq Gulnora Karimovaning qizi Imon O'zbek rasmiylarini onasi bilan kelishuvni buzishda ayblab chiqdi.

Instagramda Imon Karimova nomidan 1 avgustda onasiga qarshi “yana bir noqonuniy jarayon tayyorlanayotgani” haqida xabar tarqalgan edi.

Gulnora Karimovaning shveytsariyalik advokati Greguar Manja iyun' oyidan buyon o'z mijozining qaerda saqlanayotganidan bexabar ekani haqida Tvitterda yozgan edi.

Shveytsariya sudi Karimova pullarini qaytarishni vaqtincha to'xtatgani xabarlari tarqaldi.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube