O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Muhammad Solihni o'qish jinoyat sanalgan yurtda…

Muhammad Solihni o'qish jinoyat sanalgan yurtda…
20 Ağustos 2019 - 11:46 'da yuklandi va 1155 marta o'qildi.

Yonidan Muhammad Solih kitoblari chiqqani uchun bosimga uchrayotgan shoir Mahmud Rajab tergovi respublikada o'tgan hafta kechgan quyidagi voqealar fonida davom etdi.

19 avgust kuni Toshkentda “A-lya Joxa!” rusumidagi “Lyubaya biznes xorosha” shirkati ro'yxatga olindi.

16 avgust kuni Shovot tumanida yashovchi tadbirkor Bunyod Sapaev Yangibozor tumani ichki ishlar bo'limida tergovchilar tomonidan ayovsiz kaltaklandi.

15 avgust kuni Olmazor tumani hokimi o'rinbosari Abdurasul Vahabov hokimlik binosi oldida tasvir olayotgan Kun.uz muxbiriga tashlanib, uning videouskunasini sindirib tashladi.

14 avgust kuni o'zi ishlayotgan korxona boshlig'ining otxonasini tozalashdan bosh tortgani uchun manzil koloniyasi mahkumi Tohirjon Komilov kaltaklandi.

13 avgust kuni IIB xodimlari Toshkent viloyatning Oqqo'rg'on tumani dehqon bozorida o'z savdo joylari tortib olinayotganidan norozi bozorchi ayollarga qarshi kuch ishlatdi.

“Eltuz” nashri 14 avgust kuni Xorazm viloyati IIB tergov boshqarmasi katta tergovchisi U.Yo'ldoshev ekspertiza xulosasining ko'zdan kechirish qismidan norozi bo'lgan Mahmud Rajabning iltimosnomasini rad qilgani haqida bildirgan edi.

Rassom Tuz o'xshash holatlarni o'z karikaturasida aks ettirdi va ayni voqealar asnosida IIV rahbari Po'lat Bobojonovga xat yozdi.

Rassom Tuzning IIV rahbariga maktubi

“Bu maktubni sizga ëzaëtgan paytimda xorazmlik adabiët ixlosmandlari viloyat IIB binosi oldida norozilik piketi o'tkazib turibdi.

Ularning talabi o'ta oddiy. Kitob o'qigani ëki sumkasidan badiiy kitob chiqqani uchun qilinaëtgan tazyiqlarga nuqta qo'yilishini istashadi.

Xorazm viloyatida kriminogen vaziyat ëmonlashgan bir paytda tergov boshqarmasi “kim Muhammad Solihning she'rini o'qidi”, degan “jinoyat” taftishi bilan oylab shug'ullanishi uyat, isnod va isrof.

Mashina o'g'rilari, kissavur va firibgarlik bilan bog'liq o'nlab jinoyatlar ochilmay ëtibdi.

Qotillik, nomusga tegish kabi jinoyatlar chandon urchigan bir paytda davlat pulini behuda sovurib, kim nima kitob o'qidi, deya tergovchilarni band qilishi kulgili emasmi, janob general.

“Siësiy politsiya” bo'lishning samarasizligini tushunasiz. Kitob o'qigan odamning bolasisiz. Shu yurt shoiri Mahmud Rajab shu millatning ulug' shoiri Muhammad Solihning badiiy asarini o'qigani jinoyat emasligini mendan ham yaxshi tushunasiz.

Kalendarga qarang, 2019 yil deb ëzilgan, 1937 emas.

Janob Po'lat Bobojonov, soliqdan kelgan pulni behudaga sovurmang.

Davlat pulini jinoyatchilikni kamaytirishga¸ qotil va kissavurlarni ushlashga sarflang.

Men sizni tushunadigan odam deb bilib erinmay bu satrlarni ëzdim.

Internet asrida “falonchi pistiën kitob” o'qibdi deb odamlar ta'qib qilinadigan mamlakat ochiq shaffof mamlakat emas.

Shoirlarni kitob o'qigani uchun tergov qiladigan davlat erkin emas.

Manba: Eltuz.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Axmad hoji Xorazmiy ;

    “Eltuz” degan sayt, hozirga kelib, mashhurlikda o'zbek tilida nashr qilinadigan barcha saytlardan o'tib ketdi, menimcha.
    Olg'a “Eltuz”, ko'z tegmasin senga, halq, balki Haq ham sen bilan!

    20/08/2019 15:34
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube