O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

SURAT VA SIYRAT

SURAT VA SIYRAT
27 Ağustos 2019 - 7:15 'da yuklandi va 906 marta o'qildi.

Bir kuni kichkina qizchamni etaklab bozorga tushdim. Uzum olmoqchi bo'ldik. Bir badjahl, qo'rs odam uzum sotyapti. Qovog'i menikidan ham battar osilib ketgan. Yaqinlashib narxini so'radim.

– Ko'rmayapsizmi, yozib qo'yibmiz-ku! – deb jerkib berdi u.

– Ha endi, bu bozor – xaridor degani savdolashadi, tortishadi.

– Siz bilan tortishib o'tirishga vaqtim yo'q! Olsangiz oling, bo'lmasa tovarni to'smang!

Baribir savdolasha boshladik. Men u dedim, u bu dedi, xullas, o'n so'mlik uzumni sakkiz yarim so'mga kelishdik.

Qarab turibman, haligi amaki torozining pallasini taraqlatib jahl bilan uzum tortyapti. Bir payt qizchamga ko'zi tushib, butunlay boshqa ohangda so'radi:

– Ie, bu yaxshi qizaloq ekan-ku! Isming nima? Ma, manovi senga… – deb salkam yarim kilo keladigan uzum boshini qizimga uzatdi. Hayron bo'laman, men bilan shuncha tortishgani nima-yu, shuncha uzumni tekinga berib yuborgani nima? Berishga berdi-yu, lekin ogohlantirib qo'yishniyam unutmadi: – Buni o'zing egin, xo'pmi? Dadangga berma, shundoq ham meni qaroqchiday qaqshatib ketyapti!..

Qarasam, boshqa sotuvchilar ham unga jilmayib qarab turishibdi. Ular bu odamning sirti qo'pol, lekin ichki dunyosi nechog'lik yorug'ligini bilishar, u savdo qilayotganida doim kuzatib turishar ekan. Uyga qaytayotib e'tibor qilsam, o'zim ham jilmayib ketayotgan ekanman…

Sharof Boshbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube