O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

“Kecha va Bugun” turkimidan

“Kecha va Bugun” turkimidan
02 Eylül 2019 - 20:41 'da yuklandi va 501 marta o'qildi.

Sabab va oqibatlar

“Kambag'alni tuyaning ustida ham it qopadi” deydi xalqimiz, xalqimizning bu maqoli hozir uning o'z hayoti misolida og'riqli bir shaklda o'z isbotini topmoqda. Ya'niy, xalqimiz bugun kambag'aldir va u mingan tuyalar itlarning qopishlaridan uni asray olmayapti. Kambag'alga nisbatan “it hurar, karvon o'tar” degan boshqa bir maqol ham amal qilmas ekan, it faqat huribgina qolmay, kambag'alni tishlashi ham mumkin ekan.

Muammo nimada, kambag'al mingan tuya pastmi yoki kambag'alga tish qayragan itlarning bo'yi uzunmi? Muammo ikkovida ham desa bo'ladi, aniqrog'i, asos muammo shundaki, kambag'al xalqimizning ruhiy-ma'naviy-zehniy saviyasi o'zi mingan tuyaning bo'yini past qilib, o'zini qopadigan itlarning bo'yini bir paxsa o'stiradigan ahvoldadir.

Masalan, xalqimiz mingan Inson Xaqlari bo'yicha butun davlatlar tomonidan imzolangan xalqaro qonunlar tuyasi ham uni, xalqimizni har xil ko'ppaklarning tishlaridan asray olmayapti. Aytaylik, Andijondagi yoki O'shdagi singari bir qatliom o'zbeklar yashamagan boshqa bir o'lkada amalga oshirilganida edi, biron bir o'zini yoki to'g'rirog'i, ushbu qatliom qilingan xalqni hurmat qiladigan hukumat yoki davlat O'zbekiston yoki Qirg'iziston kabi davlatlar bilan hozirgiday iliq aloqalar o'rnatish u yoqda tursin, uning rahbarlari bilan qo'l olib ko'rishishdan ham jirkangan bo'lardi.

O'tgan yili Shvetsiyada Obidxon qoriga qarshi qilingan suiqasd ishtirokchilarining Shvetsiya mahkamasi tomonidan ozodlikka qo'yib yuborilishi yoki Shveytsariya mahkamasining O'zbekiston prezidentining qizi G.Karimova bilan birga amalga oshirgan jinoiy ishlarda ayblanayotgan kishilarning katta pul evaziga qo'yib yuborilishi – bu odamlarning aybdorligi va yoki aybsizligi yoki ushbu davlatlar mahkamasining qonuniy va yoki noqonuniy qarorlar chiqargani haqdagi muloxazadan ko'ra ko'proq o'zbeklarning xalqaro mikyosda xalq o'laroq nufuzi naqadar pastligi haqdagi fikrni uyg'otadi.

Agar Rusiyada har yili taqirboshlar tarafidan o'ldirilayotgan va har xil quldorlar tarafidan qul qilib sotilayotgan o'n minglab odamlar o'zbek bo'lmaganida edi, allaqachon bunday jinoyatlar xalqaro janjalga aylanib, davlatlar o'rtasida bir-biriga qarshi turli sanktsiyalar e'lon qilish darajasigacha borilgan bo'lardi. Ya'niy, xalqimizdagi tuyaning bo'yini past qilib, itlarning bo'yini yuksaltirayotgan kambag'allik, eng avvalo, ruhiy-ma'naviy-zehniy kambag'allikdir, moddiy kambag'allik esa, ushbu qashshoqlikning oqibati, xolos.

Yukorida ko'rsatilgan sabablarga ko'ra, xalqimiz asotsial, ya'niy, jamiyatga yot, jamiyat tashqarisidagi individga aylangan. Xalkimizda “hatti-harakat tipi”(ruschada “tip povedeniya”) mavjud emas. Unda bugungi kunda na an'anaviy, na diniy bir poydevor bor. Rus istilosidan avval o'zbeklarda diniy zaminga qurilgan aniq-tiniq bir “hatti-harakat tipi” mavjud edi, bu qolip ichida yashagan o'zbek hamma narsaning chegarasini aniq bilar va bu chegara boshqalar yoki o'zi tarafidan buzilganida ham nima qilishini va nimalar bo'lishi mumkinligini aniq bilardi va bu ishonch va aminlik jamiyatdagi tartib-intizom va qonunchilikning asosi hisoblanar edi. Ateist kommunistlar inqilobidan so'ng jamiyat ostidagi diniy zamin er bilan yakson qilindi, uning o'rniga hech qanday ijtimioy-madaniy-diniy zaminga ega bo'lmagan, faqat “ishchi-dexkonlar”dan iborat bo'lgan sovetlar jamiyati barpo etildi va bu jamiyatdagi bosh qadriyat “haqiqiy ishchi-dehqon” bo'lishdangina iborat edi. O'zining diniy-ma'naviy poydevoridan mahrum bo'lib, uning o'rnini zamonaviy sekulyar jamiyat qarashlari bilan emas, balki utopik, xayoliy “ishchi-dehqon” hatti-xarakat tipi bilan to'ldirgan o'zbek jamiyati ma'naviy-ruhiy falajlikka yuz tutdi.

Albatta, o'zbeklardan boshqa Sovetlar hokimiyati ostidagi ko'plab o'zga xalqlar ham ana shunday madaniy-ma'naviy eksperiment zug'umi ostida qoldi, ammo hech bir xalqqa sovetlar hokimiyati o'zbeklarga qaratgani singari ko'p e'tibor (salbiy ma'noda) qaratmadi, bu e'tibor O'zbekiston hududida deyarli 30 yil davom etgan “bosmachilik” deb atalmish milliy ozodlik harakati miqyosiga ekvivalent, teng edi.

Bugun o'zbek xalqi izlanish jarayonini boshdan kechirmoqda, u bugun Rusiyaga va boshqa chet o'lkalarga faqat pul topish uchun emas, balki, o'zini, o'zligini topish uchun ham guros-guros bo'lib, yo'lga chiqmoqda va bu yo'lda ko'plab qurbonlar bermoqda. Bugun o'zbeklarni Avstraliya va Koreyadan tortib, Rusiyaning shahar va qishloqlarigacha; Pokiston va Afg'onistonda tortib, Checheniston va Suriyagacha; Ovrupo qit'asidan tortib, Amerika qit'asigacha bo'lgan kengliklarda ko'rish mumkin.

Bugun xalqimiz uchun tuya ustida it qopgan kambagal haqidagi maqol barobarida uning “musofir bo'lmaguncha musulmon bo'lmas” degan boshqa bir maqoli ham kun tartibida turibdi. Bu musofirlik xalqimizdagi uni erga uruvchi kibr va manmanlik o'rnini uni yuksaltiruvchi g'urur va iftixor bilan almashtirmagunicha, o'z millatini, yaqinlarini qadrlab, ular uchun jon fido etishga tayyor bo'lmagunicha davom etadi.

Bu maqolada O'zbekistondagi mustabid rejim haqida bir og'iz ham gapirmadim, chunki, bu rejim Sabab emas, Oqibatdir. Fikrimni sovetlar paytida yozilgan bir she'rim bilan yakunlayman:

TAROZI

Hayoti og'ir edi uning,
Elkasidagi paxta to'la qanor kabi og'ir,
Charchoqdan yumilib ketayotgan qovoqlari singari,
Va zil-zambil xayollari kabi og'ir edi hayoti…

Hayoti og'ir edi boyoqishning,
Xo'jayinining mushtlari undan ham og'ir,
Haqoratlari esa, yanada og'irroq…
O'zi esa, bularning barini
Ko'tarishga qodir og'ir odam edi…

Maqsud Bekjon

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube