O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

SOF SAN'AT HAQIDA BIR OG'IZ SO'Z

SOF SAN'AT HAQIDA BIR OG'IZ SO'Z
03 Eylül 2019 - 20:26 'da yuklandi va 709 marta o'qildi.

(4-6 sentyabrda Nursulton shahrida o'tadigan Osiyo yozuvchilari Forumida o'qiladigan nutq matni)

Ha, mening uzoq yillar avval yozgan bir she'rim bor edi. Unda Sharqning shoiri gul butog'iga bog'lab ko'yilgan devga qiyoslanardi. Bu Sharq klassik she'riyatining aksilijtimoiy tabiatiga ishora qiluvchi musbat(pozitiv)tashbih edi.

Bugun ham kamina bu fikrda sobitman. Sharq she'riyati o'zining eng yuksak cho'qqilarida asotsialdir, g'ayriijtimoiydir.

Balki bu xususiyat she'riyatning san'at o'laroq o'z sofligini muhofaza qilish (instinkti) refleksidir. (Albatta, bu hususiyat dolzarb masalalarni tasvirlashga moyil, sotsial yo'nalishdagi she'riyatning ahamiyatini kamsitadigan bir faktor sifatida ko'rilmasligi kerak).

Bizning zamonimizda “Sof san'at” va bu tushuncha tarafdorlari sotsialistik realizm adabiyotshunosligining tanqid ob'ekti edi.

Garchand 20 asr sovet adabiyotining ilg'or yosh naslining botiniy dohiylari aynan “sof san'at ” tushunchasi vakillari edilar. Ular sovet mafkurasi tarafidan targ'ib qilingan sovet yozuvchi shoirlari emas, balki ko'pincha ta'qiqlangan G'arb yozuvchi-shoirlari edilar.

Yosh sovet shoirlariga “G'arb she'ri taqlidchisi” tamg'asi urilib, ular milliy ildizlarini inkor etgan osiylar deya e'lon qilinardi.

Ammo bir oz vaqt o'tgandan keyin aynan bu “osiylar” yaratgan adabiyot “eng milliy ” adabiyot ekanligi o'rtaga chiqardi.

Haqiqatan ham, asl milliy bo'lgan san'at – milliylikusti san'atdir.

Chunki haqiqiy san'at sof aql bilan emas, ruh tarafidan yaratiladi. Shu bois ham haqiqiy san'at asari – asrorlidir, sirlidir.

Inson ruhi naqadar sirli borliq bo'lsa, sof san'at ham shu qadar sirlidir.

Shuning uchun ham, sof san'atni jiddiy tahlilga tobe tutish imkonsizdir. Va bu sohadagi eng teran tadqiqotlar ham hamisha yuzakidir.

Har qanday “She'riyat maktabi” – uydirmadir.

She'riyatda maktab yo'qdir. Buyuk so'z ustalari bor, ammo muallimlar yo'q. Taqlidchilar bor, ammo talabalar yo'q.

Adabiyot va san'at tarixida ustoz va talaba(murid) rolini o'ynagan insonlar ko'p. Ammo bu o'yinning qoidasidir, san'atniki emas.

Insonni she'r yozishga va yoki rasm chizishga o'rgatish mumkin emas, xuddi ovozi bo'lmagan kishini qo'shiq aytishga o'rgatib bo'lmaganiday.

Ovozi bo'lgan kishi esa aslo muallimga muhtoj bo'lmaydi. Shuning uchun ham, haqiqiy shoirlar (san'atkorlar) hamisha yolg'izdirlar.

Bu yolg'izlarni birlashtiradigan yagona faktor – yolg'izlikdir.

Bu san'atning butun dollariga maxsusdir, tegishlidir.Chunki san'atning butun turlari – birbutundir, yakporadir.

She'riyat, rasm, musiqa – birbutundir.

Biz ularni faqat ko'rinishda har xil ko'ramiz.

Rasm – bo'yoqlarda ifodalngan she'rdir yoki bo'yoqlarda tasvirlangan musiqadir.

Musiqa – kuyda ifodalangan rasm va yoki she'rdir.

She'riyat ham – so'zda ifodalangan rasm yoki so'zning musiqadagi ifodasidir.

Faqat she'riyatning bir xususiyati bor, bu uning til orqali, so'z orqali ifodalanganidir. Shu bois, she'riyat, rasm va musiqadan farqli o'laroq, insonlarni bir-biridan ayiradiganday ko'rinadi. Ammo ilk qarashda shunday ko'rinadi. Aslida, u ham – rasm va musiqa kabi – insonlarni birlashtirishga xizmat qiladi. Chunki she'r ham – yuqorida ta'kidlaganimizdek – inson ruhining mahsulidir. Til esa bu mahsulni bizning dunyomizga etkazishga mukallafdir xolos.

Birlashtiruvchi jarayon badiiy tarjimalar asosida yuz beradi. Ya'ni turli xalqlar she'riyatilarining o'zora ta'siri jarayon etadi.

70-yillarda men fransuz tilini bilmagan holda (rus tilidan) fransuz shoirlarining asarlarini o'zbekchaga tarjima etdim. Bugun bu tarjimalarning zamonaviy o'zbek adabiyotiga ta'sir qilganiga shubham yo'q. Aynan shu nuqtada she'riyatning, xar qanday san'at asarining millatusti hususiyati zohir bo'ladi.

Men Jak Preverning “Kuzgi yaproqlar” she'riga yozilgan qo'shiqni hoh Iv Montan ijrosida – fransuzcha, hoh Met Monro ijrosida inglizcha tinglayin, ayni go'zallik nafasini his etaman. Ruh mahsuli bo'lmish san'atning milliylikusti mohiyati til to'siklarini oshib o'tadi.

Ammo ba'zi mutafakkirlar, masalan, Edgar Po san'atning ruhiy tarafiga uncha ham ahamiyat bermaydilar. U, masalan, “Qarg'a” poemasining alliteratsion sistemasi matematik bir aniqlik bilan hisoblangan, deydi. Boshqa tarafdan, u aynan shu alliteratsiya, shu ratsional hisoblangan sas sistemasi poemadagi sirlilikni, irratsional ruhni kuchaytirganini tan oladi.

Albatta, ustalik bilan qo'llanilgan alliteratsion silsila o'quvchiga ruhiy ta'sir qilishning kuchli vositasiga aylanishi mumkin.

“Qarg'a” poemasini shoir xar satr oxirida “hechqachon” so'zini takrorlashdan boshlaydi. Bu takror sasda ifodalangan mudhish bir kuchga aylanadi. Ichki qofiyalar, alliteratsiya – “Qarg'a” poemasidagi asosiy jodudir. Bu jodu ipak matohga qo'rquv va zulmatni kashtalaydi.

Qarg'aning “Quoth the Raven “Nevermore” qichqirig'i dahshatli bir assonansdir.

Hatto buyuk tsinik Pol Gogen ham bir paytlar bu joduga asir tushgandi. Gogen odamlarni kuzatib o'tirgan qush rasmi ifodalangan bir rasmining so'l, ust burchagida “NEVERMORE”(“HEChQAChON”) yozib qo'ygan.

Mening qadrdon do'stim, Latviya xalq shoiri Uldis Berzinsh Qur'oni Karimni arabchadan latish tiliga tarjima qildi. U tarjima jarayonida Kitobdagi oyatlarning ichki qofiyalanish sistemasini buzmasdan latish tiliga o'tkazishga harakat qilganini sevinarak e'tirof etgandi.

Haqiqatan ham, qofiya – she'riy san'atning muhim atributlaridan biridir. Garchand biz qofiyaga u loyiq bo'lgan diqqatni ko'rsatmaslikka odatlanganmiz.

Butun olamlarni Yaratgan Zot tarafidan indirilgan Qur'oni Karim – shu ilohiy joziba bilan yo'g'rilgan tengsiz Kitobdir.

Qofiya, alliteratsiya naqadar ratsional hisoblansa hisoblansin, ijodkor Shaxs Ruhining ifodachisidir.
Boshqacha aytsak, qofiya ustaning qalbidan yuksalgan bir jazbadir. Uning daf'atanligi, oniyligi xar qanday hisobni ostin ustun qiladi.

Aytmoqchimanki, sof san'at hali ham mavjuddir. Biz uni yaratmasak ham yoki hech qachon yaratmagan bo'lsak ham.

Muhammad SOLIH
(O'zbekiston)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Sobir To’laganov ;

    Uzr, nazarimda, “She'riyat xam – suzda ifodalangan rasm eki suzning musikadagi ifodasidir“ jumla okka ko’chirilganda xatolik ketibdi, balki, “She'riyat xam – suzda ifodalangan rasm eki musikadir» yoinki “She'riyat xam – suzda ifodalangan rasm eki musikaning suzdagi ifodasidir» deyilgandir.

    04/09/2019 09:02
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube