O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

ASL ShOIR YoDGA KELGANDA…

ASL ShOIR YoDGA KELGANDA…
04 Eylül 2019 - 12:33 'da yuklandi va 655 marta o'qildi.

Muhammad Solih… Men uchun bu kishi siyosatchi yo biror dohiyning raqibi emas balki shoir sifatida juda qadrlidir. Istambulda bo'lganimda ko'rishgandik. Qariyb ikki soat suhbatlashgan bo'lsak faqat ijod, she'riyat, Vatan sog'inchi xaqida suhbatlashgandik. O'zbekistonni juda-juda sog'inishlari ko'zlaridan, so'zlaridan bilinardi. Menga she'riy kitoblarini sovg'a qilgandilar.

Afsuski Vatanga olib kelolmadim Istambulga tashlab keldim… O'lmasam qachondir shu kitoblarni o'z Vatanimda mazza qilib rohatlanib o'qish nasib qilishiga ishonaman… Bir eski kitoblari xam bor ekan. So'rasam yo'q bu menda o'zi bitta deb bermadilar. Men esa o'g'irlab oluvdim😃 Bunday buyuk shoir bilan ko'rishish xar qachon xam nasib etavermaydi axir.

Mendan ko'pincha nega Yozuvchilar Uyushmasiga bormaysan deb so'rashadi. Kimning oldiga boraman axir? Muhammad Solih-Istambulda, Xurshid Davron va Usmon Azimni uyushmadan topish amrimahol. Abdulla Oripov va Erkin Vohidov vafot etib ketishdi…

Menga alam qiladi Ustoz deb bilganlarimni bemalol tilga ola bilmaslik to'yib suhbatlasholmaslik… Muhammad Solih Vatanga yo xalqqa nima yomonlik qildi axir? Uning xam o'g'li, qizi, bor. Ikkisi jam bo'lib milliardlab pul o'mardimi, tadbirkorlarni qamatdimi nima qildi tushunmayman tushuna olmayman.

O'z vaqtida Nurulloh Muhammad Raufxon og'amni qachondir Vatanda yana ko'rish nasib qilishini Allohdan so'ragandim. Amalga oshdi. Chunki duo qilib yolborgan birgina men emasdim. Bu safar xam duoda bo'laman.

InshaAlloh, Muhammad og'ani xam Vatanda ko'rish nasib qiladi…

O'z vaqtida Soljenitsyn, Brodskiy xam o'z Vatani Rossiyani tashlab ketishga majbur bo'lishgan. O'z davrining xukumati ularni dushman deb e'lon qilgan.

Ammo keyinchalik bu ikki ijodkor rus adabiyotining faxriga aylandi. Qarangki ular xoin emas ekanlar… Tarix esa takrorlanib turadi. Men O'zbekistonda zulm ko'rganim yo'q. Yigirma sakkiz yilki shu Vatanda non eyapman.

E'tiqodimgada she'riyatimgada birov xaligacha daxl qilmagan. Shunga ko'ra mendan ko'ra shu Vatanda yayrab yashashga xaqqi ko'proq o'zbek shoirini xurmat qilishimga, ijodini sevishimga, mone'lik qilmaydilar deb umid qilaman. Zero chin ijodkorning ijodi sarhadlarni, to'siqu taqiqlarni, kerak bo'lsa oradan yillar o'tganinida pisand qilmaydi, o'lmasdan yashayveradi.

Zabardast Ustoz shoir, umringiz uzun va xayrli bo'lsin!

Vatanda tinchlik-omonlikda ko'rishaylik.

She'riyatingiz muhlisi

Abdurrohman Meshayan

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube