O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

O'zbekiston: Karimovsiz uch yil

O'zbekiston: Karimovsiz uch yil
04 Eylül 2019 - 18:51 'da yuklandi va 735 marta o'qildi.

2016 yil 2 sentyabrida O'zbekistonni 27 yil boshqargan Islom Karimovning 78 yoshida olamdan o'tgani xabar qilindi.

2003 yildan O'zbekiston Bosh vaziri lavozimini egallab kelgan Shavkat Mirziyoev muvaqqat prezident etib tayinlandi va mamlakat hayotiga oid muhim qarorlar Islom Karimovsiz qabul qilina boshladi.

Xo'sh, O'zbekistonning birinchi prezidentisiz o'tgan dastlabki uch yil mamlakat siyosiy-iqtisodiy hayoti, inson huquqlari vaziyati va siyosiy muxolifati uchun qanday bo'ldi?

Alisher Ilhomov, siyosiy tahlilchi: Karimov boshqaruvidan Mirziyoevga og'ir meros qoldi. Rasman juda chiroyli raqamlar e'lon qilinsa-da, O'zbekiston iqtisodiy inqiroz holatida edi. Vaholanki O'zbekiston ulkan tabiiy resurslarga ega mamlakat: tabiiy gaz, neft', ko'plab foydali qazilmalar bor. Dehqonchilik uchun qulay tabiiy iqlimga ega. Rivojlanish uchun omillar bor, ammo O'zbekiston rivojlanmadi. Mamlakat iqtisodiyoti turg'unlik holatiga kelib qolganining bir indikatori o'n ming, yuz ming sondagi, millionlab mehnat migrantlarining vujudga kelganidir. Bu Mirziyoevga Karimovdan qolgan og'ir meroslardan birinchisi. Keyingisi, jon boshiga to'g'ri keladigan xorijiy sarmoyalar hajmi. O'zbekiston kishi boshiga to'g'ri keladigan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy sarmoyalar bo'yicha butun sobiq Sho'ro respublikalari o'rtasida eng pastki o'ringa tushib qoldi. Buning sababi Karimov tanlagan haddan ziyod markazlashgan davlat boshqaruvida edi. Bu usulda barcha mulk davlat tasarrufida bo'lishi lozim, mamlakatning qanday rivojlanishi haqidagi qaror yuqoridan qabul qilinishi lozim, deb ko'rildi, tadbirkorlik, iqtisodiy erkinlik bo'g'ildi. Markaziy hokimiyatning avtoritetini ushlab turish uchun davlat har qanday tanqidni, har qanday erkin fikrni bo'g'di. Inson huquqlari himoyachilari ko'plab sonda qamoqxonalarga tashlandilar yoxud ularga nisbatan repressiv usullar qo'llandi. Har qanday o'zgacha fikr ta'qibga uchradi. Davlat miqyosidagi qarorlarni faqat bir inson qabul qilar, prezident Karimovga fil'trlangan ma'lumotni MXX va tor doiradagi amaldorlar olib kirishar edi. Bu esa O'zbekistonning xalqaro sahnada ham siyosiy va ham iqtisodiy jihatdan ixotalanib qolishiga, iqtisodiyotning ahvoli abgorlashishiga olib keldi. Aholining aksar qismi qashshoqlashdi. Men hamma narsani qora bo'yoqda tasvirlashni istamayman. Pozitiv jihatlar ham bor edi. Xususan, tashqi siyosat masalasida. Karimov Kremlning imperiyaparast kursidan O'zbekistonni ixotalashga, masofada ushlashga intildi. Shavkat Mirziyoev ko'pchilik kutganiga zid ravishda ochiqlik siyosatini boshladi. Prezident Mirziyoevning siyosati mamlakatning ichida ko'pchilikni ruhlantirdi, xorijdagilarni esa hayratlantirdi hamda quvontirdi. Uch yil davomida ko'plab ijobiy o'zgarishlarga qo'l urildi. O'zbekiston ancha ochildi. Ommaviy axborot vositalari ancha dadillashdi. Biznes ko'proq erkinlikni his qila boshladi. Qo'shnilar bilan munosabatlar yaxshilandi. Ammo Karimov davriga xos bo'lgan va hozirgi vaziyatning asosiy driving factorlaridan hisoblangan qator muammolar hamon hal etilmaganicha qolmoqda. Eng birinchisi – qonun ustuvorligi. Huquq, qonun ustuvorligi va sud mustaqilligini ta'minlash yo'nalishida hali O'zbekistonda ko'zga ko'rinarli oldinga siljish kuzatilgani yo'q. Bu yo'nalishda qator qadamlar qo'yildi. Ammo ularning natijasi hayotda sezilmayapti. Bu esa xaos vaziyatini yuzaga keltirmoqda. Nega? Chunki Karimov davrida boshqaruv Milliy Xavfsizlik xizmatiga tayangan repressiv apparat vositasida boshqarilardi. Mirziyoev xavfsizlik xizmatini siyosiy hayotdan biroz uzoqlashtirganidan keyin amaldorlar apparati muayyan erkinlikni his qila boshladi. Va bugun biz butun mamlakat bo'ylab o'zboshimchalik faktlarining guvohi bo'lmoqdamiz. Bu narsa, ayniqsa, qurilish, uylarni buzish holatlarida ko'proq ko'zga tashlanmoqda. Bu esa aholida norozilik kayfiyatini uyg'otmoqda. Chunki O'zbekistondagi eski repressiv nazorat tizimining o'rniga yangi nazorat va hisobdorlik tizimi barpo etilmadi. Bu yangi tizim huquq va adolatli sudga, mustaqil prokuraturaga tayanishi lozim. Bugungi kunda prokuratura va huquqni muhofaza qilish organlari esa ijroiya hokimiyatning qo'lidagi qamchi bo'lib qolmoqda. Biz bugun nimaning guvohi bo'layapmiz? Oldingi hokimiyatdan ko'p muammolarni meros qilib olib, bu muammolarni hal etmay turib, adliya tizimini mustahkamlamay turib, yangi hokimiyat o'zi uchun yangi muammolarni yaratayapti. Karimov davrida “qabriston sukunati” hukmron edi, har qanday norozilik shafqatsizlik bilan bostirilar edi. Hozir esa insonlar ozroq erkinlikni his qila boshlaganlar, ammo ular amaldorlarning o'zboshimchaligiga, adolatsizlikka duch kelmoqdalar. Ayniqsa, joylardagi hokimlar nazoratdan chiqib ketdilar, ular qonunlarni nazar-pisand qilmayaptilar. Buning oqibatida biz ommaviy namoyishlarning guvohi bo'ldik. Bu xavfli tendentsiya. Chunki o'zining mulkiy, turar-joy huquqlari toptalayotganini ko'rgan odamlar bu adolatsizlikka qonuniy organlar – prokuratura, sudga murojaat qilib, adolatli echim topolmasalar, hokim o'rinbosarini yoqib yuborishdek radikal qadam tashlashga majbur bo'ladilar. Bunday vaziyatda esa Prezident Mirziyoev Karimov davridek har qanday norozilikni bostirish uchun “gaykalarni qotirish”, huquq-tartibot organlariga cheklanmagan qudrat berishga majbur bo'ladi yoki qonun oldida hammaning tengligi ta'minlangan, qonun ijrosi qattiq talab qilinadigan tartib bilan, adolatli sud bilan muammoni hal etishi lozim bo'ladi.

Surat Ikromov, mustaqil inson huquqlari himoyachisi: Bizning tashkilotimiz(Mustaqil Inson huquqlari himoyachilari Tashabbus guruhi – tahr) O'zbekistondagi inson huquqlari vaziyatini 1999 yildan boshlab kuzatib keladi. Mana shu vaqt davomida inson huquqlari buzilgani to'g'risida ko'plab materiallar, faktlar berganmiz. Agar o'sha paytlarni ko'rsak, inson huquqlari buzilish hollari juda ko'paygan edi. Ko'plab monitoringlar o'tkazganmiz, o'zimiz sudda ishtirok qilib, kuzatib, hammasini yozma ravishda axborot berardik inson huquqlarining buzilishi haqida, odamlarning tergov paytida qiynoqqa solinishi, ayblovlarni soxtalashtirilishi haqida. Mana shu narsalarni ko'p ko'targanmiz. Inson huquqlari vaziyatini uch yil oldingi vaqtga solishtirsak, BMT komissarining Prezident Shavkat Mirziyoev bilan uchrashgani yoki diniy erkinliklar bo'yicha ma'ruzachisining O'zbekistonga kelgani va O'zbekistondagi dindorlar yoki diniy e'tiqodi uchun qamalganlarning o'zlari yoki yaqinlari bilan gaplashgani va keyin ma'ruzasini bergani, va O'zbekistondagi qilingan ishlar va kamchiliklarni gapirgan va ularni tez orada tuzatishni tavsiya etgani, oxirgi misol, “Jasliq” qamoqxonasining bekitilishi inson huquqlari borasida oldinga qo'yilgan qadamlardan biri deb bilaman. Ahvol keyingi uch yilda qanday bo'layapti? Ochig'ini aytish kerak, inson huquqlarining buzilish hollari hali ham bor. Lekin uch yil oldingi darajada emas. Misol uchun, o'sha paytdagi inson huquqlari toptalishini 100 foiz deb oladigan bo'lsak, hozir 20, balki 25 foizi hali ham mavjud. Masalan, qiynoqlar bugun ham bo'layotgan bo'lsa ham u darajada emas, qamoqxonalarda, koloniyalarda juda ham kamayib ketgan. Faqat tergov izolyatorida yoki kuchishlatar tizimlari qo'lga olish vaqtida kuzatilayapti. Ancha kamaygan, 75 foizga kamaygan desa bo'ladi. Jinoyat ishlarini soxtalashtirish masalasi, afsuski, hali ham mavjud. Lekin ular ham kamaygan. Diniy e'tiqod bo'yicha ayblov qo'yish yoki qo'lga olishlar deyarli yo'q bo'ldi, desa ham bo'ladi. Qiynoq, ayblovni soxtalashtirish va ba'zi hollarda, chet ellarda ancha yillar bo'lib qaytib kelganlar, ular orasida namozxonlar bor, o'sha vaqtlarda qidiruvga qo'yilgan namozxonlarning familiyalari hali ham qidiruvda bo'lgani uchun aeroportlarda, chegaradan o'tish paytida xavfsizlik xizmati yoki ichki ishlar xodimlari tomonidan tekshiruvlar bo'layapti. Farqini oladigan bo'lsak, o'sha paytdagi inson huquqlarini buzilish hollarining to'rtdan uchi kamaydi. To'rtdan biri qoldi.

Muhammad Solih, muxolifat lideri: Karimovning qanday odam ekanligi, qanday siyosatchi va 27 yil ichida nimalar qilgani haqida, u hokimiyatda ekan, u prezident ekan, men juda ko'p marta aytganman. Ya'ni, O'zbekistonga hech bir xayr va hech bir yaxshilik olib kelmagan bir siyosatchi sifatida tarixda qoldi. Lekin Karimovning qolgan merosi – siyosiy rejim o'zgaradi, deb kutdik biz uch yil davomida. Afsuski, rejim o'zgargani yo'q. Ba'zi retushlar bo'ldi, uni o'zgartirish uchun go'yo harakatlar qilingan bo'ldi. Va biz umid bilan mana uch yil kutdik. Ammo orqamizga qaraganimizda, o'zgargan hech bir narsa ko'rinmaydi, afsuski. Tabiiy, biroz yumshadi rejim. Biroz insonlarning go'yo dardiga quloq solinayotgandek ko'rindi. Lekin umumiyatla rejimni hali ham Karimov rejimi deb atasa bo'ladi. Bugungi Mirziyoevning boshqarayotgan uslubi, uning ijtimoiy hayotda, siyosatda va iqtisodda olib borayotgan siyosati Karimovning siyosatidan juda ko'p ham farq qilmaydi. Faqat tashqi ko'rinishi biroz o'zgargandek. Bu, albatta, Karimovning xarakteri bilan Mirziyoevning insoniy xarakteri o'rtasidagi farq. Inson sifatidagi farq rejimning faoliyatida ham aks etayotgan bo'lsa, o'sha farq ko'rinadi, xolos. Ya'ni, Karimovga qaraganda biroz yumshoqroq ko'rinadi Mirziyoev olib borayotgan siyosati. Ammo ma'no jihatidan, mazmun jihatidan hech qanday farqi yo'q. Karimovning chorak asrdan ko'proq olib borgan siyosati natijasida O'zbekiston 1991 yilda rasman mustaqil davlat e'lon qilinganidan keyingi davr ichida bo'lishi kerak bo'lgan joyda emas bugun. Chunki Sovetlar qulagan paytda O'zbekiston o'sha 15 ta Sovet jumhuriyatlarining ichida infrastrukturasi juda sog'lom, boy resursga ega, iqtisodiy jihatdan ham ancha oldinda bo'lgan jumhuriyatlardan bittasi edi. Va bu potentsial bilan, mustaqil bo'lganidan keyin bor resurslar millatning o'ziga qoldi. Biz o'sha paytda sevindik: “mana mustaqil bo'ldik, oltinlarimiz, boshqa boyliklarimiz Moskvaga ketmaydi, biz o'zimizda bo'ladi” deb. Lekin shuncha imkoniyat bo'lishiga qaramasdan, shuncha katta potentsialga ega bo'lgan bir o'lka bugun juda oldindagi o'lkalar qatorida bo'lishi kerak edi. O'sha paytda O'rta Osiyoda eng oldinda bo'lgan o'lka bugun eng orqada. Bu – Karimovning xizmati, agar xizmati deydigan bo'lsak. Men buni Karimovning falokati deyman. Afsuski, o'sha falokatini bugun ham yashayapmiz. Buning asoratidan qutulish uchun yana 10-15 yil kerak bo'ladi. Agar, tabiiyki, siyosat o'zgarsa. Lekin bugungiday Karimov rejimi davom etadigan bo'lsa, Karimovning asoratidan qutulish istiqbolda ko'rinayotgani yo'q bugun.

Manba: bbc.com/uzbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube