O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

MANTIQQA TAYaNIB FIKRLASh ShARTMAS

MANTIQQA TAYaNIB FIKRLASh ShARTMAS
04 Eylül 2019 - 19:10 'da yuklandi va 616 marta o'qildi.

Bizga azal-azaldan meros bo'lib kelayotgan bunday fikrlash shakli qullikdan ozod bo'lishimizga to'siq bo'layotgan eng katta omildir.

Qonunlarimizni oyoq osti qilib, boshimizga chiqib olgan amaldorlarning xalq haqqini eb, uni qanchalar xo'rlab, zulm o'tkazib, davlat boyliklarini talon-taroj qilib boylik orttirishini tabiiy xol deb qarovchi qullarcha sadoqatni qalbi va ongiga jo qilib olgan to'da vakillari o'zini aynan shu amaldorlarning jabr-zulmidan qutkarish uchun o'zi va yaqinlarining hayotini xavf ostiga qo'yib, xalq uchun, vatan ravnaqi uchun jon fido qilayotgan sanoqli QAHRAMONlarga qarata tosh otishadi, emishki XALQ DUShMANI. Xalq manfaati uchun jon kuydirib, xaromdan hazar qilmaydigan amaldorlarning kirdikorlarini fosh qilishni qanday qilib xalqqa dushmanlik deb baholash mumkin? Hatto eshak ham shu darajada mantiqsiz fikrlay olmasa kerak.

“MAMLAKAT STATUSINI XALQARO MAYDONDA TO'KYaPDI, XOINLAR”- Huquq himoyachilari, blogerlaru jurnalistlar mamlakat statusini tushirarmish. Davlat mulkini talon taroj qilayotgan, inson huquqlarini toptayotganlar emasmi mamlakat statusini, obrusini o'z manfaati yo'lida bir tiyinga ham ilmasdan faqatgina nafsi yo'lida fidokorlik qilayotgan muttahamlar.

Ko'zlaringizni kattaroq ochinglar, sizning huquqingizni himoya qilayotganlar, muammolaringizni ko'tarib chiqib, o'z hayotini xavf ostiga ko'yayotganlar asl DO'STLARdir.

Mamlakatimizda xalq manfaati oliy qadriyat hisoblangan bironta jabhani ko'rsata olasizmi? Xalqaro maydonda O'zbekistonda uysizlar soni yo'q degan yolg'on ma'lumot tarqatib, nogironlaru, beva-bechoralarni ko'chada qoldirayotganlar amaldorlar emasmi? Ishsizlik soni yuqori bo'lgan joyda uysizlar soniyam yuqori bo'ladi. Kuni kecha men va Davlatnazar Ro'zmetov Namangan shahridagi uysiz nogironlar ahvolini keng ommaga olib chiqdik, bizni mantiqsiz fikrlovchi ayrim Namangan ahli xalq dushmani deb atadi va davlat to'ntarishi qilishda ayblashdi. Nahotki, nogironlarning haqqini eb o'tirgan hokim xalqqa do'st bo'lsayu, uning kirdikorlarini ommaga e'lon qilayotgan jurnalist davlat to'ntarishi qilishda ayblansa, yoki HOKIMNI DAVLAT DEB HISOBLASh KERAKMI?

Ey, XALQ o'z dushmanlaringni tanib ol, do'stlaringni ham.

Xar qanday amaldorni ag'darish mumkin, bu davlat to'ntarishi hisoblanmaydi, bu adolat uchun kurash deb ataladi.

Amaldorlarning istalgan birini almashtirish mumkin, ammo xalqni almashtirib bo'lmaydi.

Bu amaldorlar: “siyosatimiz yoqmasa O'zbekistondan chiqib ket”- deb xalqqa bemalol ayta olyapdi, kim o'zi u, davlat uning shahsiy mulkimi? Aslida, xalqqa yoqqan amaldorgina amalda qolishi kerak.

Odamlarning uyini buzgan hokim, hech qanday qonunlarga rioya qilmadi buzishdan oldin, uni qonun buzganligi uchun hechkim jazoga ham tortmadi. Xalqqa ochiqchasiga qilinayotgan bunday dushmanlikni nega oshkor qilgan odam XALQ DUShMANI deb javobgarlikka tortilishi kerak? Qaering bilan fikrlaysan, ey, jonzot?

Shabnam Olloshukurova
Manba: facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube