O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Melisa “razbor” bilan shug'ullanishi uchun xizmat formasi kiyganmi?

Melisa “razbor” bilan shug'ullanishi uchun xizmat formasi kiyganmi?
04 Eylül 2019 - 23:27 'da yuklandi va 859 marta o'qildi.

IChKI IShLAR VAZIRI
PO'LAT RAZZAQOVICh BOBOJONOVga

Eshonqulova Malohat Xudjamovnadan
(Yashash manzili o'chirildi)

Tel: +99893 5104292

Sh I K O Ya T A R I Z A

(Chilonzor tuman IIBning o'zini Do'stmurodov Dilmurod deb tanishtirgan bir xodimi va o'zini Chilonzor tuman IIBning uchastka norzirlari boshlig'i deb tanishtirgan xodimini IIB safida qolish-qolmaslik masalasini ko'rib chiqishingizni, shuningdek, bir nafar milliy gvardiya xodimining shaxsini aniqlab, ularning o'z xizmat vakolatidan foydalanib “ko'cha razbori” o'tkazish maqsadida qizimni qo'rqitish maqsadida uyga kelib, shantaj bilan shug'ullanganligi va militsiya nomiga dog' tushurganligi sababli O'zbekiston Respublikasi jinoyat Kodeksining 205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish), 206-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atish talabi yuzasidan).

Muhtaram Po'lat Razzoqovich!

Aytingchi, nega siz rahbarlik qilayotgan IIB tizimi “ko'cha razbori”-yu, shantaj bilan shug'ullanmoqda?
Negaligini bilasizmi?
Negaki, siz o'z xizmat vakolatidan chetga chiqqan, o'z xizmat vazifasini suiiste'mol qilgan xodimingizni qonun qo'li bilan jazolash o'rniga, “gap tegmasin” qabilida aybini haspo'shlash bilan shug'ullanasiz chamasi. Buning natijasida, Ichki ishlar idoralari xodimlari o'rtasida boshboldoqlik bolalab ketgan!
Gap shundaki, 2019 yilning 26 avgust' kuni ish bilan yurganimda soat 20.00 larda qizim Alimbekova Zarnigor menga qo'ng'iroq qilib, “Oyi, men qo'rqayapman, zudlik bilan uyga etib keling. “Dom”imiz hovlisiga ikkita IIB mashinasi kelgan. Menga “Sizning ustingizdan “02” ga qo'ng'iroq bo'lgan, Alimbekovamisiz, pastga tushing, RUVD ga olib borishimiz kerak, sizga naryad chaqirtirilgan” deyapti” dedi….
Qizimning hali 3 yoshga to'lmagan bolasi bor, qolaversa, yaqinda jarrohlik amaliyotini boshidan o'tkazgan.
“Hozir boraman, eshikni ochma, pastga tushmay tur” deb tayinladim va oradan 40 daqiqalar o'tganda uyga etib keldim.
Ko'pqavatli uyimiz oldiga etib kelganimda, qizim aytganidek, ikkita emas, tomi chiroqlarini yoqib, o'chirib bitta militsiya mashinasi, (Ikkinchi IIB mashinasi to men kelgunimga qadar ketib bo'lgan ekan) ikkita IIB formasidagi va 1 nafar milliy gvardiya formasidagi kishilar 2 nafar ayol kishi bilan gaplashib turishardi.

Men ular bilan salomlashib, o'zimni tanishtirdim va “Alimbekovaning onasiman. Sizlar “Alimbekovaning ustidan “02” bo'lgan, zayavkaga asosan kelganmiz” debsizlar. Uyga kiringlar, yorug'da nima gap ekanligini gaplashamiz” deb IIB mashinasida kelganlarni uyga taklif qildim.
Shunda hujjatini ko'rsatib “Men Do'stmurodov Dilmurod bo'laman(soat 20 daqiqa kam 21.00 bo'layotganligi sababli men qorong'uda xodimning hujjatini o'qiy olmadim) deb tanishtirgan yigit, “Siz bilan gaplashmaymiz, Alimbekovaning ustidan “02” bo'lgan, qizingizga ayting, tushsin RUVDga olib ketamiz” dedi.
Xizmat mashinasida kelgan IIB xodimlaridan biri ism-sharifini aytmadi, faqat o'zini “Chilonzor tuman IIBning uchastka nozirlari boshlig'i bo'laman” deb tanishtirdi. Milliy gvardiya formasidagi yigit o'zini umuman tanishgtirgan emas.
IIB xodimi (agar ism sharifini rost aytgan bo'lsa) Do'stmurodov Dilmurod “Alimbekovani RUVDga olib ketishimiz kerak, “02” bo'lgan” deb turib olgach, men unga “02” bo'lgan bo'lsa, zayavka bilan chiqqan bo'lsang, u holda hujjatlarini ko'rsat va RUVDga olib ketish uchun chaqiruv qog'ozi keltir, keyin qizimni IIBga olib ketasan. Aslida, “02” bo'lmagan, sen tanish-bilishchilik ortidan o'zingcha fuqaroni qo'rqitib, razbor qilgani kelgansan, qonuniy kelgan bo'lganingda edi, uyga kirarding, qo'rqmasding, sen uyga kirmasdan, qizimni chaqirib, IIBga olib ketishni istayapsan, to'xtab tur, avval men “02” bo'lgan-bo'lmaganini aniqlay, agar qizimning ustidan “02” bo'lmagan bo'lsa, seni mazzangni qochiraman. “02” bo'lgan bo'lsa, menga zayavka orqali chiqayotganligingni isbotlovchi hujjatlarni ko'rsatasan, chaqiruv qog'ozi berasan” ” dedim…

Bir soatlar chamasi qizimni RUVDga olib ketaman deb qo'rqitib o'tirgan IIB xodimlari hujjat talab qilishim bilan xizmat mashinalariga o'tirishdi-yu, qochib qolishdi.
Men onaman. Har qanday insonda ettinchi sezgi bo'ladi.
Men “Qizimning ustidan hech qanaqangi “02” bo'lmagan” degan shubhada edimi. Bir soatlar davomida qizimni IIBga olib ketish istagida “dom”imiz oldida odamlarni to'plab g'avg'o qilib, dag'dag'a qilib turgan IIB xodimlari tegishli hujjatlarni so'raganimdan keyin xizmat mashinalariga o'tirib qochib qolganlaridan keyin, mendagi shubha yanada ortdi.
Shu sabab men uyga chiqib, asablarimni joyiga keltirib olgach, IIB xodimlari tomonidan sodir etilgan qonunbuzarlik xususida sizga, ya'ni Ichki ishlar vazirligining ishonch telefoniga 2019 yilning 26 avgust kunining o'zidayoq tunda qo'ng'iroq qilib, shikoyat qoldirdim. Murojaatimning tartib raqami: 31509/19.

Hurmatli Po'lat Razzaqovich!

Shu bugun aniqlik kiritilishicha, men gumon qilganimdek, 2019 yilning 26 avgust' kuni soat 20.00 ga qadar qizim Alimbekovaga nisbatan “02”ga hech qanday shikoyat qo'ng'iroqlari bo'lmagan ekan.
Men to'g'ri gumonda bo'lgan ekanman, o'sha kuni soat 20.00 larga yaqin o'zini Do'stmurodov Dilmurod deb tanishtirgan IIB xodimi, uchastka nozirlari boshlig'i va Milliy gvardiya formasidagi xodimlar “02” zayavka tushgani uchun emas, xizmat mashinasida, xizmat formasida, xizmat vakolatidan foydalanib, o'z tanish-bilishlarining hojatini ravon qilish maqsadida qizimni RUVDga olib ketish maqsadida “Dom”imizga kelib, tekin tomosha ko'rsatishgani bugungi kunda ma'lum bo'ldi. Men ulardan hujjat talab qilgach, qochib ketish onidayoq biz istiqomat qilayotgan daha atrofidan soat 21.05 da qayndaydir ayol kishi nomidan Alimbekovaga nisbatan qilingan “02” qo'ng'irog'i SR214071 – raqami bilan ro'yxatga olingani aniqlandi.

“02” qo'ng'irog'i bo'lmagan emas, bo'libdi. Faqat IIBning tahdididan so'ng – soat 21.05 da.

Hurmatli ichki ishlar vaziri!

Sizning boshgqaruvingizdagi IIB xodimlari Nostradamusmi? Xodimlaringizning bashoratchilik qobiliyati ham bormi?
Qarangga, qizim Alimbekovaning ustidan soat 21.05 da “02” ga shikoyat qo'ng'irog'i bo'layapti. Ammo sizning Do'stmurodov Dilmurod otlig' xodimingizning foliga Alimbekovaga qarshi “02” qo'ng'irog'i bo'lishi bir soat oldin ayon berib, 20.00 da, hali “02” bo'lmasdan turib, mening qizimning oldiga IIB va milliy gvardiya formasidagi hamtovoqlari bilan bir poda bo'lib “razbor” qilgani kelmoqda.
Hurmatli ichki ishlar vaziri!
Aytingchi, IIB xodimlari jamoat tartibini saqlovchi idorami? Yo ko'cha razbori bilan shug'ullanuvchi zo'ravonlarmi?
Bosar-tiusarini bilmay qolgan bu IIB forrmasidagi zo'ravonlarga odamlarni qo'rqitish va shantaj qilish vakolatini kim bergan?
Ikkita xotin “Bittasi bilan chiqisholmay qoldim, yur, ko'zini qo'rqitib qo'yaylik” deb etaklasa, indamay ergashib ketaveradigan bo'yniga bo'yinturuq solingan buzoqlar ishlaydimi IIB idorasida?!
Nega IIB xodimi mamlakat prezidentining kuyib-pishishlarini sariq chaqaga olmasdan, ichki ishlar vazirini mensimasdan o'z xizmat vazifalarini qo'rqmasdan suiiste'mol qilishmoqda?
Buning boisi nimada?
Ichki ishlar vaziri Po'lat Razzaqovich BOBOJONOVning o'z vazifasini uddalay olmayotganligidami?
IIB xodilmariga qonun qolipidan chiqishga kim izin bergan?
Talabim:”Razbor” bilan shug'ullanuvchi IIB formasini kiyib olgan zo'ravon xodimlaringizga nisbatan zudlik bilan chora ko'rishingizni talab qilaman.
O'zbekistonda qonun ustivor bo'lsa, xodimlaringiz jinoyatini haspushlamay, jazoga torting va mamlakatda qonun ustivorligini isbotlab qo'ying!
Xodimlarning “razbori” bilan bog'liq video va audio fayllarni xizmat tekshiruvi chog'ida taqdim etaman.
Ilova: 2019 yilning 26 avgust kun kech soat taxminan 21.30 larda ichki ishlar vazirligining “11-02” raqamli ishonch telefoniga qilgan telefon murojaatimning audiosi ilova qilinadi.

Hurmat bilan Malohat EShONQULOVA
31 avgust, 2019 yil

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube