O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Xavf xatar men bilan yonma-yon yuradi

Xavf xatar men bilan yonma-yon yuradi
04 Eylül 2019 - 23:30 'da yuklandi va 1131 marta o'qildi.

IChKI IShLAR VAZIRI
PO'LAT RAZZAQOVICh BOBOJONOVga

Eshonqulova Malohat Xudjamovnadan

Tel: +99893 5104292

Sh I K O Ya T A R I Z A

(Shu yilning 26 avgust' kuni soat 20.00 ga qadar garchi “02” ga qizim Alimbekovaga nisbatan hech qanday qo'ng'iroq bo'lmasa-da, qizimni qo'rqitib RUVDga olib ketish istagida xizmat mavqeidan foydalanib shantaj yo'liga o'tgan Chilonzor tuman IIBsining “razborchik” IIB xodimlari ustidan Prezidentning virtual qabulxonasiga, Bosh prokuraturaning ishonch telefoniga hamda Ichki ishlar vazirligining ishonch telefoniga murojaat yo'llaganim ortidan, Alimbekovaga nisbatan Chilonzor tuman IIB xodimlarining hamlalari boshlanib ketdi)

Muhtaram Po'lat Razzaqovich!
Bilman, shusiz ham xatar hamisha men bilan yonma-yon yuradi.
Siz buni tasavvur ham qilolmaysiz, biroq xatarning hamrohlik qilishi meni larzaga solmaydi, aksincha, men bundan lazzat olaman.

Haq gap mana-man deganlarning hiqildog'idan olishi va buning ortidan ming bir talvasaga tushgan amaldorlar meni ta'qib qilishlaridan zavqlanaman….

Bu mening hayotim!
Men hayotimni qanday hohlasam, shunday tasarruf etaman!

Bu mening taqdirim!
O'z ixtiyorim bilan shu xatarli yo'lni tanlaganman!
Haqiqatni aytish ortidan hayotimni xatarga qo'yishim – bu mening tanlovim!
Ammo, mening taqdirim bolalarimning hayotiga xatar solmasligi kerak!

Zotan mamlakat qonunlarida ham “Farzand ota-onaning harakati uchun javob bermaydi” degan mazmunda uqtirilgan.

IIB formasidagi bir to'da jinoiy guruh 26 avgust' kuni qizim Alimbekovaga nisbatan garchi “02” bo'lmasa-da soat 20.00 larda uyimga kelib, qizimni RUVDga olib ketish tahdidi bilan bir soat davomida qo'rqitishdi.
Men IIBning xizmat mashinasidagi bu jinoiy to'daning noqonuniy haraktalari xususida yuqori davlat idoralariga shikoyatlar yo'lladim, ishonch teleofnlariga sim qoqdim.

Bu yumushni men amalga oshirdim.

Bizning militsiya shu qadar yashin tezligida ishlar ekanki, biz bexabar ekanmiz.
Arizabozlikni men qildim. Biroq negadir, menga emas, qizim Alimbekova Zarnigorga nisbatan ta'qiblar zo'rayib ketdi, janob Vazir!
Gap shundaki, mening faoliyatim tufayli hamisha farzandlarimning hayoti ham xatarda bo'lganligi sababli, qizimning nomidan ishonch qog'ozi olib qo'yganman. Uning nomidan barcha idoralardagi ishlarni o'zim hal qilaman. Va hatto telefon so'zlashuvlariga ham o'zim javob beraman. Tengqurlaridan bo'lak barcha bilan o'zim gaplashaman.
Xullas, bundan ancha ilgari qizim horijiy pasportga ariza topshirib qo'ygandi.

O'rtada 26 avgust' kuni IIB tizimidagi muttahamlar bilan ko'ngilsiz mojorolar va yoz-chizlar bo'lib o'tdi…
Qizig'i, men IIBning zo'ravonlari xususidagi shikoyatlarimni jo'natganimdan uch kun o'tmay, 30 avgust kuni kech soat 17 dan 54 daqiqa o'tganida +99890 9635130 raqamidan qo'ng'iroq bo'lib qoldi: “Chilonzor pasport stolidan bezovta qilayapmiz. Alimbekovamisiz? Zudlik bilan 18.30 ga qadar pasport stoliga etib keling. Horij pasportingiz tayyor bo'ldi.” dedi go'shak ortidagi ovoz amirona ohangda.
– Uzr, men hohlasam ham bora olmayman, bayramni nishonlash uchun Samarqandda yuribman.
– U holda ertaga etib keling!
– Ertaga shanba kuni-ku? Qachondan beri pasport stoli shanba kuni ham ishlaydigan bo'lgan? Qolaversa, 31 avgust' bayram kuni deb e'lon qilingan. Sizlar bayram kuni ham ishlayverasizlarmi?
– Kelsangiz, keldingiz, ertaga kelmasangiz, aks holda horij pasportingizni annulirovat' qilib yuboramiz, keyin qaytadan pul to'lab ariza topshirasiz – deydi.
-Kechirasiz, kim bilan gaplashayapman?
-Jo'rabek Egamberdiev bo'laman…
-Egamberdiev, aytingchi, pasportingni bekor qildirib yuboraman degan tahdid bilan qaysi maqsadda meni ishdan keyin chaqirtirmoqdasiz, bayram kuni chaqirtirmoqdasiz? Bugun ish payti tugadi, ertaga shanba pasport stoliga ish kuni emas, qolaversa bayram?….
Go'shak qo'yib qo'yildi….
Yarim daqiqa o'tmasdan +99893 5270066 raqamidan qo'ng'iroq bo'ldi.
Yana o'sha gap:
– Alimbekova, pasport stolidan bezovta qilayapman. Horij pasportingiz tayyor, hoziroq etib keling!”
– Samarqanddaman, imkonim yo'q.
– Ertagayoq kelib, pasportingizni oling! Yo'lga chiqsangiz, 4 soatda etib kelasiz!
– Ertaga shanba, bayram, 31 avgust, sizlarga ish kuni emas.
-Pasport tayyor bo'lgach, uch kun ichida olishingiz shart. Uch kun ichida olmasangiz, pasportsiz qolasiz….

Bu pasport jonivorga 265 ming so'm to'langan axir!
Bu gapdan keyin joningiz hiqildog'ingizga kelmaydimi?
– Qanaqa uch kun haqida gap ketayapti? Hozir soat nechchi bo'ldi?
– Soat 18.00 dan o'tdi.
– Demak, ish payti tugagan bugun!. Ertaga bayram, rasman ish kuni emas, 1-, 2- sentyabr' kunlari ham bayram kuni deb e'lon qilingan. Demak, ish kuni emas. Demak, 3 kunlik muddat o'z-o'zidan o'tib ketmaydi. Men faqat 3- yoki 4- sentyabr' kuni Toshkentga borishim mumkin xolos. Nega aynan ish payti tugaganda chaqirtirmoqdasiz? Va nega aynan ish kuni bo'lmagan kunda chorlamoqdasiz? Kimsiz o'zi? Muddaongiz nima? Pasportim tayyor bo'lgan bo'lsa, olishim shuncha zarur bo'lsa, shuncha kundan beri nega qo'ng'iroq qilmadingiz? Nega pasportsiz qolasan deb menga tahdid qilmoqdasiz? Bu qandayin muomila bo'ldi? Muddaoga o'ting, meni nima maqsadda ish kunidan tashqari shoshilinch ravishda chaqirmoqdasiz?
– Bilganingizni qiling. Istagan paytingizda keling!
– Kim bilan gaplashayapman?
– To'laganov Abduhamid Abduvahobovich bo'laman!….
– To'laganov, pasportimni olish uchun 3 yo 4- sentyabr' kuni, ish kuni borsam, bo'ladimi?
– Istagan kuningizda kelishingiz mumkin….
Go'shak qo'yib qo'yildi….
Buningdek qo'ng'iroqlardan keyin garchi 31 avgust, shanba kuni ish kuni bo'lmasa-da, bayram bo'lsa-da, ertalab Chilonzor pasport stoliga bordim.
Rostanam pasport stoli ochiq, biroq ish kuni bo'lmaganligi sababli hech kim yo'q.
Avvaliga Jo'rabek Egamberdiev deganlari bilan gaplashdim, “Qizimga sim qoqib, chaqirtirdingiz. Pasportini bekor qilib yuborish bilan qo'rqtidingiz… Qizim Samarqandda….” dedim.
“Hech kim hech kimni qo'rqitgan emas. Biz xizmat burchimizni bajarib, hammaga sim qoqmoqdamiz. Siz kimsiz?”
“Men Alimbekovaning onasiman”
“Qizingiz pasportini olib ketishi kerak.”
“4-sentyabr' kuni kelsa bo'ladimi?”
“Bu haqda yozma berib, qayd etib keling, 4-sentyabrdan kech qolsa, bo'lmaydi….”
Keyin Abduhamid To'laganovga ro'paru bo'ldim, “Qizim Samarqandda, bayramdan keyin keladi…..”
“U holda qachon kelishini yozib keting.”
“4 sentyabr' kuni keladi” deb qaydnomaga yozdirib qo'ydim…
Qizig'i, hali uyga kelib ulgurmagandim, yana +99890 9635130 raqamidan ustma-ust qo'ng'iroq bo'ldi. Go'shakni ko'tardim, “Alimbekova, pasportingiz tayyor, zudlik bilan kelib, pasportingizni olib keting…..”
“Kechayam qo'ng'iroq qilgandingiz, Egamberdievman deb… Sizmisiz Egamberdiev? Axir 5 daqiqa oldin o'zim sizga uchrashib 4-sentyabr' kuni boraman dech qayd qilib qaytdimu” dedim….
“Yo'q, men Egamberdiev emasman. Boshqa bir xodimman” dedi go'shak ortidagi ovoz.
Bu holatdan so'ng +99893 5270066 raqamiga – kecha o'zini Abduhamid Abduvahobovich deb tanishtirgan pasport stoli xodimiga sim qoqdim: “Menga To'laganov kerak edilar….”
Shu payt go'shakni ko'targan kishi , “Yo'q, adashdingiz, boshqa joyga tushdingiz” desa bo'ladimi….
“Siz kimsiz? Pasport stoli xodimi emasmisiz?”
“Yo'q, men To'laganov emasman”….
Shundan bildimki, qizimni ish kunidan tashqari “Pasport stolidanmiz” deya ust-ustiga tinimsiz qo'ng'iroq qilib chaqirayotgan shaxslar pasport stoli xodimlari emas ekan…. Bolamni mutlaqo boshqa shaxslar qo'ng'iroq qilib chaqirishmoqda ekan.
Ikki kundirki qizimni aldov yo'li bilan pasport stoliga ish kunidan tashqari chaqirayotganlar kimlar bo'lishi mumkin deb o'yladim?

Ular 26 avgust' kuni soat 20.00 larda garchi qizim Alimbekovaga nisbatan “02” qo'ng'irog'i bo'lmagan bo'lsa-da, uyimiz hovlisiga naryad bilan kelib, “02” ga asosan zayavka bilan keldik, qizingizni RUVDga olib ketamiz” deya qizimni qo'rqitgan IIB xodimlari ham bo'lishi mumkinmi? Negaki, men ularning ustidan yuqori idoralarga shikoyat qilganman…..

Hurmatli ichki ishlar vaziri!

Bir fuqaroning tayyor bo'lgan pasportini olish masalasi shunchalar ham dolzarbmi? Bir telefon qilgandan ming bor sim qoqadimi xodimlar? Oldinroq qaerda edi ular? Bu bir tasodifmi?
Nega aynan ish kuni tugaganida va yo bayram kunlari Alimbekovaning pasport stoliga zudlik bilan etib borishini talab qilishmoqda?
Ish kunidan tashqari kunlarda fuqaroni idoraga chaqirishga pasport bo'limidagilarning nima haqqi bor?
Sizga shu kabi savollarni beray desam, bugun o'sha raqam egasi “Men To'laganov emasman” deb o'tiribdi.
Bu erda qandayin sinoat bor?

Bir paytlar men IIB xodimlarini sariq chaqaga ham olmasdim.
Negaki, birgina dalolatnoma tuzishda o'z ismini yozishda to'rtta xato qiladigan savodsiz IIB xodimlarini ko'o'o'p ko'rganman.
Shu sabab IIB xodimlarini mensimasdim….
Bugunga kelib IIB qanchalar makkor, zo'ravon, shantajchi va qonunbuzar kuch ekanligini, ular bilan o'ynashib bo'lmasligini juda yaxshi bilaman.
O'zbekitson militsiyasi 2019 yilning 11 yyun' kuni kech soat 17.00 lar atrofida Chilonzor tuman IIBsining chaqiruv qog'ozi bilan IIB terrorizimga qarshi kurash bo'limi xodimi Ijodbek Turg'unov qo'li bilan meni uydan olib chiqib, oq rangli raqamsiz mashinaga aldov yo'li bilan o'tkazib, Jizzaxga, Zominga deb o'g'irlab ketgan kunlarida O'zbekitson militsiyasi o'z olchoqligi bilan ko'z o'ngimda o'z obruini bir tiyin qilib bo'lgan. Mening O'zbekiston militsiyasiga nisbatan ishonchim o'lgan.
Bu borada meni o'g'irlab ketganlarga qarshi “odam o'g'irlash” moddasi bilan jinoyat ishi ochishlarini so'rab yuqori idoralarga murojaat qilgandim.
Ammo qonun idoralari pinagini ham buzgan emas.
Bundan ko'rinib turibdiki, “O'zbekistonda qonun faqatgina meni, Malohat Eshonqulovani va men kabi qora xalqni qo'rqitish, qo'rquvda ushlab turish uchungina qabul qilinganmi?” degan xatarli savol sarosimaga solmoqda meni.
Negaki, biz kabi oddiy qora xalq qattiqroq aksa urib qo'ysak ham, “Xalqning halovatini buzding” deya stat'ya qo'yib berishadi, jazolashadi-ku, Chilonzor tuman IIB terrorizim bo'limi xodimi Ijodbek Turg'unovning aldovi, chaqiruv qog'ozi bilan shu ylining 11 iyun' kuni kech bo'lganda meni raqamsiz mashinada Toshkent shahridan Jizzax viloyatiga, o'zga bir muzofotga o'g'irlab ketishmoqda! Ammo bunga hech kim javob bermaydi! Hatto prokuratura ham pinagini buzmaydi! Hech kim qonun oldida javob ham bermaydi, hech kim jazoga tortilmaydi ham!
Chunki bu odam o'g'irlash jinoyati militsiya xodimlari tomonidan sodir etilgan. Militsiyaga hamma narsa, qonun buzish, odam o'g'irlash – qonunlarni oyoq osti qilish mumkin bizning mamlakatda!
Haqiqatni aytib, amaldorlarning kirdikorlarini matbuotga olib chitqib, halovatini buzayotgan Eshonqulovaning huquqlarini himoya qilish O'zbekitson militsiyasi, prokuraturasi uchun emas.
Ayni damda militsiyaga nisbatan mening ko'nglimda nafrat qolgan xolos.
Men bu endi men, mening o'zimga qancha zarba berilsa, ko'naman, roziman. Ammo faqat bolalarimga emas.
Bu gal pasport stoli niqobi ostida ish kuni bo'lmagan kunda qizimni kim, nima maqsadda pasport stoliga chaqirdi? Yuqoridagi raqamlar aslida kimga tegishli edi?
Garchi ish kuni bo'lmasa-da, kimlar edi ular qizimga ming bir marta sim qoqib pasport stoliga chaqirtirganlar? Yana aldovmi? Yana tuzoqmi? Militsiya meni aldab o'g'irlashganlari kabi, endi IIB ustidan arz qliganligim sababli, ish kuni bo'lmasa-da aldab chaqirib, qizimning hayotiga xatar solish niyatidami?
Muddao nima?
Garchi noqonuniy chaqirtirilgan bo'lsa-da, o'zim pasport stoliga borib, uzr-ma'zurimni aytib, “Qizim 4- sentyabr' kuni keladi” deb yozdirib kelganimdan keyin ham, hali uyga etmasimdan yana qayta uch bor “Pasport stolidanmiz, Alimbekova, kelib pasportingizni olib keting” deyishlarining boisi, sinoati nimada axir?
Shaxsan mening militsiyaga ishonchim qolmagan.
Militsiyaning xalqqa do'stligini menga isbotlang!
Qizimga qo'ng'iroq qilgan raqamlarni, bu raqam egalari haqiqtadan ham pasport stolida ishlaydimi, yoki boshqa bo'limlardami, shunga aniqlik kiriting?
Nima sababdan pasport stoli xodimlari qizimni ish kunida, ish soatida emas, ish soatidan keyin, dam olish kunlarida pasport stoliga qonunga zid ravishda chaqirganliklarining sababiga aniqlik kiritib bering.
Bayram kunlari bizning tinchimizni buzganlarga qonuniy chora qo'llang.
Iltimosim, mening bolamga nisbatan ta'qiblar, bosimlar to'xtatilsin!
ILOVA: Xizmat tekshiruvi chog'ida “Pasport stolidanmiz” deya yuqoridagi raqamlardan bo'lgan bir-nechta telefon qo'ng'iroqlarining so'zlashuvini taqdim etaman.

Hurmta bilan Eshonqulova Malohat
1 sentyabr', 2019 yil

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube