O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Prezident virtual qabulxonasi ohori to'kilmagan “obru” otliq libosidan mosuvo bo'lib qolishi hech gap emas!

Prezident virtual qabulxonasi ohori to'kilmagan “obru” otliq libosidan mosuvo bo'lib qolishi hech gap emas!
05 Eylül 2019 - 16:31 'da yuklandi va 915 marta o'qildi.

Muhtaram Prezident, hurmtali bosh prokuror!

Bittagina dalolatnomani soxtalashtirishlari sizga arzimas, juda mayda narsa bo'lib ko'rinishi mumkin. Aslida juda chiroyli, ko'rkam va qimmatbaho libosimizni ham ko'zga ko'rinmas oddiygina mita yaroqsiz ahvolga tushirib qo'yadi! Ilma-teshiq qilib tashlaydi.

Qalbaki hujjat tayyorlayotganlar ham misoli mitalar, janob Prezident, hurmatli prokuror!

Bu shaxslar dalvatchiligimizning, jamiyatimizning, mamlakatimizning kelajagiga, Prezident virtual qabulxonasining obrusiga tushgan mitalar!

Bugun ularning tanobi tortib qo'ylimas ekan, ertaga Prezident virtual qabulxonasi ohori to'kilmagan “obru” otliq libosidan mosuvo bo'lib qolishi hech gap emas!

* * *

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI
ShAVKAT MIRZIYoEVga

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURORI
NIG'MATILLA YO'LDOShEVga

EShONQULOVA MALOHATdan
Toshkent shahar, Chilonzor tumani,
Bo'rijar mahallasi,
D20 “A” – daha, 8-uy, 128-xonadon.
Tel: +99893 5104292

Sh I K O Ya T A R I Z A

(O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga qilingan murojaatimni yopish maqsadida soxta hujjatlar tayyorlab, Prezidentning virtual qabulxonasini masxaralab, virtual qabulxonani omma o'rtasida obrusizlantirishga uringanligi sababli “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” aktsiyadorlik jamiyati texnik direktori D. I. Saydullaevga hamda, 23.07.2019 yil kungi soxta dalolatnomani tuzib imzolaganligi uchun “Bo'rijar” MFY raisi M. Bahromova, H. Sharofiddinxo'jaev, soxta dalolatnomada keltirilgan familiyasi “Yu” bilan boshlanadigan (tushunib bo'lmaydi yozuvini) mas'ul mansabdor shaxslarga nisbatan 205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish), 206-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atish xususida)

Muhtaram Prezident!
Hurmatli Bosh prokuror!
Keyingi paytlarda mas'ul mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga, qonun buzilish holatlarga jazo muqarrar emasligi ortidan amaldorlar hatto O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasini ham ot o'yiniga aylantirib yuborishdi.
Fuqaro ne umidlar bilan Prezidentning virtual qabulxonasiga murojaat qilmoqda.
Joylardagi mas'ul mansabdor shaxslar esa mavjud muammolarni bartaraf etish choralarini ko'rish o'rniga, qanday qilib bo'lsayam virtual qabulxonaga qilingan murojaatni yopish ilinjida aldam-qaldamga, soxtakorlikk yo'l qo'yishmoqda.
Joylardagi mas'ul mansabdor shaxslar o'zlari o'tirgan amal kursisini asrab qolish ilinjida xizmta soxtakorligiga yo'l qo'yib, keng xalq o'rtasida, jamoatchili oldida O'zbekiston Respublikasi virtual qabulxonasining obrusizlanishiga zamin yaratmoqdalar.

Faktlarga murojaat etaman: Men yuqorida ko'rsatilgan manzilda 9-qavatda istiqomat qilaman. Yoz bo'yi kunda, kun ora elektr uzilishlari sodir bo'ldi. Buning ortidan liftimiz ishlamadi. Eng yomoni saratonning chillasida elektr yo'qligi sababli muzlatgichlar ishlamadi, oqbiatda ichidagi mahsulotlarning buzilishiga olib keldi, fuqarolar moliyaviy zarar ko'ra boshladi. Elektr asboblari kuydi.
Elektr uzilishlari lift ishlamasligiga olib keldi va buning ortidan bolali ayollar va keksalar qo'lidagi go'dagi va yo bozorlik yuklari bilan tepa qavatlarga piyoda ko'tarilishga majbur bo'lishdi.
“Dom”imizdagi elektr taqchilligining, buning ortidan lift ishlamay qolishining, liftni harakatlantirish uchun elektr etishmovchiligining sababi bor albatta: birinchidan, “dom”imizning birinchi qavatida 2 ta xususiy do'kon, bitta somsaxona, 5 ta ayollar sartorashxonasi, bitta o'quv markazi, bitta tikuvchilik tsexi, bitta chiqindilar shaxobchasi o'rin olgan va mazkur xususiy obe'ktlar bizning “dom”imizning elektr ta'minotiga ulanib olishgan.
Bitta do'konda yozning issig'ida yaxna ichimliklar va muzqaymoqlarni saqlab turishi uchun kamida 4 tadan katta muzlatgichlari, sovutgichlari bor. Ayollar sartoroshxonasining har birida kamida 3 tadan sartarosh ishlaydi. Bu ham elektr sarfi bilan bog'liq.
Kamiga, yoz boshlandi deguncha “dom”imiz tagiga tarvuz-qovunchilar kelib, savdo shaxobchasi ochib olishadi. Elektrni bizning “dom”ni ShITidan ulab olishadi.
Shundan keyin 8-uyda elektr etishmovchiligi bo'lmay, qaerda bo'lsin?
ShITlarning ahvolini ko'rsangiz, kalamushlar kemirib ketgan?
Buning ortidan liftni harakatlantirishga elektr quvvati etmaydi.
Har kuni elektrda uzilishlar yuzaga keladi. Poytaxtning qoq kindigida muzlatgichlarimizdagi mahsulotlarimiz kunning issig'ida sifati buzilib, nafasimiz qaytib, issiqda elektrsiz o'tirishga majbur bo'lamiz.
“Behruz omad servis” uy joy mulkdorlar shirkati rahbariga, tuman elektr idorasiga “Mana bu xususiy korxonalarning elektrini uzinglar, o'shalarning hisobiga elektr etishmovchiligi yuzaga kelmoqda. Bu xususiy korxonalar “dom”dan ulab olishmasin, transformatirdan qonuniy ulab olishsin” deb talab qilsangiz, quloq solishmaydi.
Elektr uzilishi muammosini “Behruz omad servis” XUJMSh rahbari “Elektr tarmoqlari korxonasi”ga yuklaydi, elektr idorasi “Bu xususiy uy, o'zlaring xo'jayinsanlar, buni bizga aloqasi yo'q, noqonuniy elektr ulab olganlarni uzlaring uzlaring” deya yana “Behruz omad servis”ga koptok qiladi.
Ularga odamlarning elektrsiz o'tirishi, liftsiz 9-qavatga ko'tarilishi ortidan yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarini bartaraf etish muhim emas-ov, har bir xususiy ob'ekt noqonuniy tortib olgan elektri uchun naqdgina qilib soqqasini berib qo'ygani muhim shekilli-da degan gumondan xunob bo'lib ketasan kishi gohida.
Elektr tarmoqlari idorasi bu kabi boshboldoqliklarga barham berish choralarini ko'rsa, tekin daromad kelish ariqchalari berkilib qoladigandek, amaliy ish ko'rish o'rniga portalga qilingan murojaatlarni soxta dalolatnomalar asosida yopishga zo'r berib yotganiga qanday baho berasiz?

Xullas, men elektr uzilishlari xususida, iyun, iyul oylari davomida O'zbekiston Respublikasining virtual qabulxonasiga 10 marotabalar murojaat yo'llaganman.
2019 yilning 18 iyuldagi Prezidentning virtual qabulxonasida 282877/ 19- raqmi bilan ro'yxatga olingan mening murojaatimga “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” hissadorlik jamiyatining texnik direktori imzosi bilan 25.07.2019 yilda imzolangan №42 raqamli javob xati oldim.
Eng qizig'i, mazkur xatiga ilova qilingan 23.07.2019 yilda tuzilganligi aytilayotgan “Murojaatni joyga chiqib urganish” to'g'risidagi dalolatnoma mutlaqo yolg'on va soxta tuzilganligiga guvoh bo'ldim.
Nima emish, guyo elektr tarmoqlari korxonasi xodimi voqea joyiga chiqib urganganmush, menga tushuntirish ishlari olib borganmush, keyin dalolatnoma tuzishga jazm etganmush, men dalolatnomaga imzo chekishdan bosh tortganmushman. Shundan keyin ular bu haqda “Bo'rijar” MFY raisi M. Bahramova xonimning imzosi bilan tasdiqlatib olganmush.
Men ushbu dalolatnomani o'qirkanman Elektr tarmoqlari korxonasi mutasaddilarining ham, “Bo'rijar” mahalla raisining ham riyokorligiga hayratda qoldim.
Negaki, birinchidan, men 2019 ylining 23 iyul' kuni uyda emasdim. Andijon viloyatida, safrada edim. Bu haqda etarlicha dalilllarim bor. Ikkinchidan, mening yonimga tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida hech kim kelgan, uchrashgan emas. Hech kim dalolatnoma tuzamiz ham degan emas, hech qanday dalolatnoma tuzilganini ham bilmayman, shaxsan men birorta bir dalolatnomaga imzo chekishdan bosh ham tortgan emasman.
Bu bo'lmagan jarayon.
Shu sabab men MFY raisi Bahromova xonimni qidirib topdim va dalolatnomani ko'rsatib, “Bu qanaqangi soxtakorlik? Qachon mening ishtirokimda dalolatnoma tuzildi? Qachon men imzo qo'yishdan bosh tortgan edim?” degan savolni berganimda Bahromova xonim, “Voy, svolochi! Oni menya obmanuli. Bu imzo meniki emas. Dalolatnomaga mening o'rnimga kotibam imzo qo'yib bergan ” deyishdan nariga o'ta olmadi. (Suhbatimiz audiosini tergov jarayonlarida taqdim etaman).
Bu so'zlar “Bo'rijar” MFY raisini javobgarlikdan asrab qololadimi?
Buni qarangki, Prezidentning virtual qabulxonasiga qilgan murojaatimni yopish maqsadida Toshkent shahar elektr tarmoqlari idorasi mas'ul mansabdor shaxslari “Bo'rijar” MFY raisi Bahromova xonim bilan birgalikda soxta xujjat – dalolatnoma tayyorlab, imzolashga jur'at etishmoqda.
Nima, Mirziyoevning virtual qabulxonasi Toshkent shahar eletkr tarmoqlari korxonasi-yu “Bo'rijar” MFY raisi Bahromova xonim uchun pista po'choq, istagancha masxaralab, oyoq uchida ko'rsatadigan, istaganlaricha laqillata oladigan qarorgoh bo'lib qoldimi?
Qachondan beri?
Eng qizig'i, yuqoridagi jinoiy to'da, o'z jinoiy qilmishlarini izchil davom ettirgan holda 25.07.2019 yilda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” mas'uliyati cheklangan jamiyat texnik direktori D. I Saydullaevning imzosi bilan menga yana № 42 raqamli takroriy javob xati yubormoqda. Xatning kuniga va raqamiga e'tibor qarating, aynan bir kunda, bitta raqam ostida ikkita xat yuborilmoqda. Biroq, bu safar Saydullaev janoblari mening 2019 yilning 20 iyul' kundagi Prezidentning virtual qabulxonasida 286803/ 19- raqami bilan ro'yxatga olingan murojaatimga jimjimador imzolari bilan javob xati yubormoqda va mazkur javob xatiga yana 23.07.2019 yil tuzilganligi aytilayotgan o'sha “Murojaatni voqea joyiga chiqib urganish” borasidagi qalbaki dalolatnomasini ilova qilmoqda.
Bu degani qalbaki tuzilgan bir dona dalolatnoma “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” hissadorlik jamiyatining mas'ul mansabdor shaxslariga mening O'zbekitson Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga qilgan ikki murojaatimni yopishda qurol sifatida qo'l kelmoqda.
Hurmatli Shavkat miromonovich!
Hurmtali Bosh prokuror!
Prokurorlar qonun ijrosining nazorati bilan shug'ullanishadi.
Balki o'zingiz ham yaxshi bilarsiz, keynigi paytlarda Prezidentning virtual qabulxonasi, xalq qabulxonasi obrusi aholi o'rtasida kun sayin tushib bormoqda.
“Virtualing nima qilib berdi?”, “Qo'lidan hech ish kelmaydi!”, “Shikoyatimizni yana qaytarib o'zimiz arz qilgan odamlarning qo'liga yuborishadi!”, “Amaldorlar virtualkani istaganlaricha yopib yotishibdi” degan mazmundagi noroziliklar keyingi paytlarda bot-bot quloqqa chalinadigan bo'lib qolgan.
Buningdek vaziyatda qonun ijrosini nazorat qiluvchi prokuratura xodimlarining vazifasi xalq orasida shuningdek kabi noroziliklarni keltirib chiqarishga sabab bo'luvchi omillarning ildizini topish va qirqib tashlashdan iborat emasmi?
Yuqoridagi kabi mas'ul mansabdor shaxslarning Prezident virtual qabulxonasiga qilingan fuqarolarning murojaatlarini turli yo'llar, har xil nayranglar, turfa qalbaki dalolatnoma-yu ma'lumotnomalar ortidan yopishga urinishi aholining Prezidentning virtual qabulxonasiga bo'lgan hafsalasini pir qilmayaptimikin?
Buningdek salbiy holatlarga barham berish uchun hujjatlarni qo'rqmasdan qalbakilashtirishga jur'at etayotgan mas'ul mansabdor shaxslarga “har qanday jinoyat uchun bu mamlakatda, davlatchiligimizda jazo muqarrar ekanligini eslatib qo'yish” joiz emasmikin?
Muhtaram Prezident, hurmtali bosh prokuror!
Bittagina dalolatnomani soxtalashtirishlari sizga arzimas, juda mayda narsa bo'lib ko'rinishi mumkin. Aslida juda chiroyli, ko'rkam va qimmatbaho libosimizni ham ko'zga ko'rinmas oddiygina mita yaroqsiz ahvolga tushirib qo'yadi! Ilma-teshiq qilib tashlaydi.
Qalbaki hujjat tayyorlayotganlar ham misoli mitalar, janob Prezident, hurmatli prokuror!
Bu shaxslar dalvatchiligimizning, jamiyatimizning, mamlakatimizning kelajagiga, Prezident virtual qabulxonasining obrusiga tushgan mitalar!
Bugun ularning tanobi tortib qo'ylimas ekan, ertaga Prezident virtual qabulxonasi ohori to'kilmagan “obru” otliq libosidan mosuvo bo'lib qolishi hech gap emas!
Talabim: O'zlari o'tirgan amal kursilarini asrab qolish ilinjida Prezident virtual qabulxonasiga fuqarolardan tushgan murojaatlarni yumaloq-yostiq qilib yopish ilinjida soxta dalolatnomalaru soxta javob xatini imzolagan, tayyorlagan mas'ul mansabdor shaxslarga – bu jinoyatlari ortidan kimsan O'zbekiston Prezidentining virtual qabulxonasini obrusizlantirishga uringan “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” aktsiyadorlik jamiyati texnik direktori D. I. Saydullaev hamda, 23.07.2019 yil kungi soxta dalolatnomani tuzib imzolaganligi uchun “Bo'rijar” MFY raisi M. Bahromova, H. Sharofiddinxo'jaev, soxta dalolatnomada keltirilgan familiyasi “Yu” bilan boshlanadigan (yozuv tushunarsiz, o'qib bo'lmayapti) mas'ul mansabdor shaxslarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi jinoyat Kodeksining 205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish), 206-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atishingizni so'rayman.
Toki, joylardagi o'zga mas'ul mansabdor shaxslar Prezident virtual qabulxonasiga qilingan murojaatlarni soxta hujjatlar ortidan yopishning oqibati nima bilan tugashini bilib qo'yishsin.
Qonunning kuchini oddiy xalqqa emas, amaldorlarga ko'rsatib qo'ying.
Ilova: Javob xatlari va qalbaki dalolatnoma nusxasi – jami 3 varoqda.

Hurmat bilan Malohat Eshonqulova
1 sentyabr', 2019 yil

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube