O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Qoraxoniylar

Qoraxoniylar
05 Eylül 2019 - 16:38 'da yuklandi va 666 marta o'qildi.

10-asr oxirida Ettisuv va Sharqiy Turkiston hududlarida “podshoh yag'ma” yoki “elikxon” boshchiligidagi qoraxoniylar davlati tashkil topadi. Bu davlat tarkibiga turli turkiy millatlar – qorluqlar, chig'illar, arg'ular, yag'malar va boshqa xalqlar kirgan bo'lib, ular 960-yilga qadar islom dinini qabul qilganlar. 992-yili elikxon Bug'ra boshchiligidagi qoraxoniylar qo'shini Movarounnahr hududiga bostirib kiradi. Qoraxoniylar g'alabasiga Bug'raxon bilan Xurosonning somoniy hokimi Abuali Simjur o'rtasida tuzilgan hufyona ittifoq hamda lashkarboshi Foiqning sotqinligi sabab bo'lgan. Natijada qoraxoniylar Buxoroni jangsiz ishg'ol etadilar, amir Nuh esa Chorjo'yga qochishga majbur bo'ladi. Ammo Bug'raxon kasallanib, o'z vatani Koshg'arga ketayotganda vafot etadi. Qoraxoniylar Buxorodan katta o'lja bilan qaytadilar. Qoraxoniylarning yangi yo'lboshchisi bo'lgan elikxon Nasr Buxoroga qayta hujum uyushtiradi. 995-996-yillarda Nuh IISabuqTegin madadi bilan qoraxoniylar hujumini daf etadi. 999-yili qoraxoniylar yana Buxoroni ishg'ol etib, amir Abdul Malik II va podshoh oilasini asirga oladilar. Bu hol Movarounnahrda hokimiyat qoraxoniylar foydasiga uzil-kesil hal bo'lishiga olib keladi. Qoraxoniylar davlati Koshg'ardan Amudaryogacha cho'zilgan Sharqiy Turkiston, Ettisuv, Shosh, Farg'ona va qadimgi So'g'd erlarini o'z ichiga olgan. 1005 yilgacha somoniylarning so'nggi vakili al-Muntasir qoraxoniylar bilan muvaffaqiyatli kurashgan, biroq raqibning ko'p sonli qo'shini pirovard g'alabani ta'minlagan. Bog'dod halifi fatvosi bilan elikxon Nasr ibn Ali Movarounnahrda o'z hukmronligini o'rnatdi. Movarounnahrni zabt etgach qoraxoniylar dehqonlar tabaqasini yakson etdilar va ularning erlari va suvlarini davlat tasarrufiga topshirganlar. Elikxon Nasr 1012 yili vafot etgach, uning davlatiga ukasi Ali Tegin vorislik qiladi. Qoraxoniylar Amudaryo vodiysi erlari uchun g'aznaviylar davlatiga qarshi muntazam urushlar olib borishadi, 11-asr oxirida esa saljuqlarning kuchaygan davlatiga tobe bo'lib qolishadi. Elikxon poytaxti dastlab Uzgenda joylashgan, so'ngra Samarqandga ko'chirilgan. Buxoro ham Samarqandga tobe bo'lgan. Qoraxoniylar Samarqandda, Buxoroda, Binkentda ko'plab binokorlik ishlarini amalga oshirishgan, saroylar, masjidlar va madrasalar bunyod etishgan, musulmon dini nufuzini saqlash va mustahkamlashga hissa qo'shishgan.

Qoraxoniylar davlati, xoniylar yoxud Xoqoniylar davlati — Sharqiy Turkiston, Ettisuv va Tyanshanning janubiy yon bag'rida tashkil topgan davlat. Qoraxoniylar sulolasi boshqargan. Qoraxoniylar davlatining barpo etilishida qarluq, chig'il va yag'mo qabilalari etakchi rol o'ynagan.

Qoraxoniylar davlatining saltanat darajasidagi rivoji va taraqqiyoti 10-asrning 2-yar-miga to'g'ri keladi. Abdulkarim Sotuq Bug'roxon hokimiyatni egallab, o'zini “Qoraxon” deb e'lon qiladi. Bug'roxondan keyingi barcha xonlar ham ushbu unvon bilan ulug'langan.

Mazkur davlat chegarasida islom dini keng yoyilgan. Qoraxoniylar o'z davlat chegarasini somoniylar sulolasiga tegishli hududlar hisobiga kengaytirish siyosatini olib borishgan. Somoniylar hokimiyati bu vaqtga kelib, chuqur siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy inqirozga yuz tutib zaiflashib qolgan edi. Ana shunday vaziyatda qoraxoniylar somoniylar poytaxti Buxoroni deyarli qar-shiliksiz ishg'ol etishadi. Biroq, Hasan Bug'roxon betobligi tufayli Buxoroda uzoq turmay, Qashqarga qaytishda yo'lda vafot etadi. 996 yil qoraxoniylar yana Movarounnahr sari yurish boshlaydi. G'aznaviylar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida o'rtada shar-tnoma tuzilib, unga ko'ra, Sirdaryo hav-zasi qoraxoniylar qo'liga o'tadi. Amudaryoning jan.dagi erlarda va Xuroson hududida Sabukteginsh hukmronligi o'rnatiladi. Somoniylar ixtiyorida esa Movarounnahrning markaziy qis-migina qoladi. Somoniylar hokimiyati tugatilgach, 10-asr oxirlariga kelib, Qoraxoniylar davlati Amudaryoning yuqori va o'rta oqimlaridan to Ettisuv, sharqda esa Torim daryosigacha bo'lgan katta hududga egalik qiladi. Amudaryo Qoraxoniylar va G'aznaviylar davlati o'rtasida chegara bo'lib qoladi. Lekin ushbu 2 turkiy davlat o'rtasida ham Xuroson hududi uchun o'zaro urushlar bo'lib o'tadi. 1006 va 1008 yillarda qoraxoniylar Xurosonga qo'shin tortib, Balx, Tus va Nishopur shahrini zabt etadi. Lekin Sulton Mahmud G'aznaviy qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni o'z qo'lida saqlab qoladi. G'aznaviylar keyinchalik dastlab o'zlari er berib, homiylik qilgan saljuqiylar bilan zid-diyatga kirishib, o'rtada katta harbiy to'qnashuvlar yuz beradi. 1040 yilda esa Dandanakon jangiaa g'aznaviylar saljuqiylar tomonidan qaqshat-qich zarbaga uchrab o'zlarini qaytib o'nglay olmaydi. G'aznaviylar davla-tini bu inqirozidan, qoraxoniylarning mahalliy hukmdori Ibrohim Bo'ritegin foydalanib qoladi. U dastlab Xuttalon, Vaxsh va Chag'oniyonni g'aznaviylardan tortib oladi. Keyinchalik butun Movarounnahrni va Farg'onani o'ziga bo'ysundi-rib mustaqil siyosat olib boradi. Oqibatda Qoraxoniylar davlati 1041 yilga kelib 2 mus-taqil davlatga: sharqiy va g'arbiy qismga bo'linib ketadi. Sharqiy qis-miga Ettisuv, Qashqar, Taroz, isfijob, Shosh va Sharqiy Farg'ona kirgan. Poytaxti Bolasog'un, madaniy markazi Qashqar bo'lgan. G'arbiy qism Movarounnahrdan to farg'ona vodiysining g'arbiy chegarasigacha bo'lgan erlarni o'z ichiga oladi. Markazi Samarqand hisoblangan.

Yagona Qoraxoniylar davlati bu tarzda ikkiga bo'linishi va ular o'rtasida sulolaviy kurashlarning davom etishi, erdan foydalanishga iqto tartibotining keng yoyilishi va mahalliy hokimlarning kuchayishi markaziy hokimiyatni zaiflashtirib qo'yadi. Natijada Qoraxoniylar davlati 1130 yil saljuqiylar hukmdori Sulton Sanjarga tobe bo'lib qoladi. 12-asrning 30-yillari oxirida Qoraxoniylar davlati sharqdan kelgan yangi istilochilar — ko'chmanchi qoraxitoylar hujumiga duchor bo'lib, parchalanib ketdi. Lekin Qoraxoniylar davlati, garchi tarqoq holda bo'lsa-da, 13-asr boshiga qadar mavjud bo'lgan. 1212 yilda qoraxoniylarning so'nggi vakili Usmon ibn Ibrohimning Aloud-din Muhammad Xorazmshoh tomonidan qatl etilishi qoraxoniylarni sulola sifatida rasman barham topishiga olib keldi.

Qoraxoniylar davlati vujudga kelgan dastlabki vaqtda, uning etnik asosi va aholisining tarkibini Ettisuv, Isfijob, Shosh, Sharqiy Turkistonning g'arbiy qismi, Farg'onaning shim.-sharqiy hududlarida yashovchi qarluq, chig'il, xalach, to'xsi va arg'un kabi ko'plab qabilalar tashkil etgan. Qoraxoniylar keyinchalik Movarounnahr uzra o'z hukmronligini o'rnatgach, o'lkalarda qadimdan yashab kelayotgan o'troq va ko'chmanchi aholini, mazkur yagona davlatning umumiy chegaralarida o'zaro bir-biriga yaqinlashish va aralashib borish jarayoni tezlashdi. Ularning iqtisodiy, madaniy hayoti, bir-biri bilan aloqa-dorlikda rivojlana bordi. Tub erli aholi ta'sirida yarim ko'chmanchi va yarim o'troqlikda yashab kelgan etnik guruhlar o'troqlashib dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug'ullanadilar.

Bu ob'ektiv voqea-hodisalar natijasida o'zbek xalqining etnik, hududiy va madaniy jihatdan belgilarida umumiylik hosil bo'lib, bu davrda o'zbek xalqining xalq sifatida shakllanish jarayonining muhim bosqichi yuz berdi.

Ma'muriy-boshqaruv tizimi . Qoraxoniylar davlatchilik tizimi o'zidan oldin o'tgan Turk xoqonligi, Turkesh davlati kabi turkiy davlatlarning davlatchilik tajribasi va an'analariga asoslangan. Qoraxoniylar sulolasi davlat boshqaruvida bu tajribalardan unumli foydalanib, o'z navbatida, uni rivojlantirib, yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan. Qoraxoniylar davlati dastlab tashkil topgan vaqtda (9-asr o'rtasi) ma'muriy-boshqaruv tizimi, qabilalarning o'zaro ittifoqi negiziga asoslangan edi. Bunda davlat boshlig'i “yabg'u” deb nomlangan. O'lkadagi barcha qabilalar yabg'uga bo'ysungan, ayni vaqtda yabg'u o'zi hukmronlik qilayotgan hududdagi barcha qabilalarni tashqi hujumlardan himoya qilgan. Joylarda har bir qabilani o'z sardorlari boshqargan. Qabila sardorlari ayni vaqtda, shu qabilani harbiy sarkardasi bo'lib, xoqon noibi hisoblangan. Harbiy hara-katlar vaqtida ular yabg'uning buyrug'iga binoan o'z harbiy bo'linmalari bilan urushda qatnashishgan.

Vaqt o'tishi bilan qoraxoniylarning bu ma'muriy boshqaruv usuli rivojlanib, takomillashib borgan. 10-asrning o'rtalariga kelib, Qoraxoniylar davlati o'z tarkibiga qo'shni qabilalarni ham qo'shib olib, hududiy jihatdan kengayib, katta siyosiy kuchga aylangach, ularning davlat boshqaruvida ham ma'lum islohotlar yuz berdi. Davlat tepasida odatda “qoraxon” unvoni bilan ulug'langan “buyuk xon” o'tirgan. Xonlik taxtiga og'a-inichilik udumi asosida sulolaning eng yoshi ulug' kishisi o'tirgan. Xonlar “qoraxon” unvoni bilan birga tabg'achxon, arslonxon, bug'roxon kabi faxriy unvonlar bilan ham ulug'langan.

Qoraxoniylar davlat boshqaruvi yuqoridan quyiga qarab shakllantirilgan bo'lib, davlat viloyatlarga bo'lib idora qilingan. El-yurt hokimlari eloqxon deb nomlanib, bu unvon egalari “elning oq xoni”, ya'ni “buyuk xon” qoraxondan nufuz va darajasiga ko'ra keyingi o'rinda turuvchi “kichik xon” hisoblangan. Elokxonlar xoqon noibi bo'lishsa-da, o'lkada o'z nomlari bilan tanga-chaqalar zarb etib, ichki va tashqi siyosatda mustaqillikka intilishgan. Eloqxonlar orasida, Movaro-unnahr eloqxoni katta obro'ga ega bo'lib, u, odatda, Samarqandda turgan. Bu davrda viloyatlarni “takin” unvonidagi kishilar boshqargan. “Takin” atamasi dastlab qadim turkiylarda xoqon vorisi, valiahdiga nisbatan qo'llanilib, keyinchalik harbiy lashkarboshilar unvoni sifatida ham ishlatilgan. somoniylar va qoraxoniylar davriga kelib “takin” unvonidagi harbiy lashkarboshilar ayni vaqtda biron-bir viloyat noibligini ham boshqargan. Qoraxoniylar davrida takinlarning nufuzi oshgan. Chunki harbiy yurishlar vaqtida ular davlat hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Shaharlar boshqaruvi esa shahar hokimi, rais va muhtasiblar qo'lida bo'lgan. Ular shaharning ichki hayoti va ijtimoiy-iqtisodiy ravnaqi uchun mas'ul hisoblangan. Diniy hayotda islom dini davlat mafkurasi darajasiga ko'tarilgan. Davlatning mustahkamligi va goyaviy birligi uchun qoraxoniylar ruhoniylar bilan yaqin va do'stona munosabatda bo'lishga intilishgan. Bu davrda imomlar, saidlar, shayxlar va sadrlarga e'tibor kuchayib, ularning ob-ro'si nihoyatda baland bo'lgan. Bu esa davlatning siyosiy hayotida ular ta'sirining kuchayishi va vaqf erlarining kengayishiga olib kelgan.

Madaniyati. Qoraxoniylardavrida turli o'lkalarning birlashishi fan va madaniyat rivojiga ham imkon berdi. Bu davrda Buxoro, Samarqand, Bolasog'un, Qashqar, O'zgan kabi shaharlar ham ma'muriy, ham madaniy markaz sifatida ahamiyati oshib, yanada kengayib, rivojlanib borgan. Qoraxoniylar fan va madaniyatning o'lka hayotidagi muhim o'rnini anglab unga homiylik qilishgan. Buyuk ipak yo'li asosidagi hududlararo savdo-sotiq yanada ravnaq topdi.

Shu davrda bunyod etilib, hozirgacha saqlangan Raboti Malik, Masjidi kalon, Minorai kalon, Vobkent minorasi, Jarqo'rg'on minorasi, Mag'oki attori masjidi hamda ko'plab saroy, masjid, madrasa, minora, xonaqoh, maqbara, tim va karvonsaroy kabi inshootlar qoraxoniylar davrida hashamatli binolar qurish san'-ati yuksak darajada taraqqiy etganliginy ko'rsatadi.

Amaliy bezak san'ati — naqshinkorlik, ganchkorlik va kulolchilik yo'nalishlari rivojlangan. Adabiyot yuksalgan. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg'u bilig”, Mahmud Qoshg'ariynit “Devonu lug'otit turk” kabi asarlari shu davrda yaratilgan.

Adabiyot
Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1991;Koraev O., Istoriya Karaxanidskogo kaganata X — nachalo XIII vv., Frunze, 1983; Muhammadjonov A.R., O'zbekiston tarixi, T., 1994; Shoniyozov Q., Qarluq davlati va qarluqlar, T., 1999.

Manba: facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube