O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

MIRZIYoEV, SIZGA SAVOLIM BOR?

MIRZIYoEV, SIZGA SAVOLIM BOR?
05 Eylül 2019 - 16:41 'da yuklandi va 1290 marta o'qildi.

Hurmatli prezident, xafa bo'lmangu, sizning barcha so'zlaringiz rostga o'xshamayapti.

Aks holda Zomin tuman hokimi Alisher Abdug'aniev sobiq hokim Bahriddin Safarovning jinoyatini davom ettirib, 10 yillik qamoqda yotgan siyosiy mahbus Nishonboy aka Xudoyberdievning Dashtobod shahridagi zamonaviy bozor biqinidagi 40 yillik uyining kadastrini bir qismini haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi hokimiyat nomidan sudga kiritgan da'vo arizasi ijrosini oxiriga etkazib qo'ymagan bo'lardi…

Oqibatda nima bo'ldi?

Nishonboy akaning 40 yildirki soliq to'lab o'tirgan, kasastiri bor uyi xonavayron etildi.

Nega?

Xaridorgir joy!

To'rt nafar choyxonachi va shashlikchiga in'om etish uchun bir sho'rlikni qaqshatishdi!

Bozor biqinidagi xaridorgir joyda joylashib qolgan kambag'alning uyini yarmini buzib, to'rtta boyga berish uchun hokimlik qayta qaror chiqarib berdi!

Bo'lgani shu!

Sizning hokimlardan uzr so'ratish amaliyotingiz rost bo'lganida, haqiqiy bo'lganida edi, kechirim so'rash o'yinini Zomindan – o'z tug'ilib o'sgan zaminingizdan boshlamasmidingiz?

Zomin tuman hokimligi fuqaro Nishonboy Xudoyberdievga nihoyatda katta haqsizlik qildi va hamon haqsizlikni davom ettirmoqda!

Bu daxshatning o'zginasi!

Agarda kechirim so'rash joiz bo'lsa, eng avvalo, Zominning sobiq hokimi Bahriddin Safarov (ayni damda sizning sharofatingiz bilan Jizzax viloyat IIBsiga boshliq o'rinbosari sifatida ko'tarilgan odam), va yana Zomin tumanining bugungi erkatoy hokimi Alisher Abdug'aniev janoblari Nishonboy Xudoyberdievdan kechirim so'rashi va shashlikchilarga tortiq qilgan hokimlik qarorini bekor qilib, fuqaroning noqonuniy buzib tashlangan hovlisini tiklab bergan bo'lardi!

Janob Prezident!

Nega shunday bo'lmadi?

Nega adolatni oyoqqa qo'yishni o'z tumaningiz misolida boshlamadingiz?

Bilaman, siz Bahriddin Safarov, Alisher Abdug'anievlar bilan birga ishlagan, bir dasturxonda o'tirgan bo'lishingiz mumkin.

Biroq bu degani ularning qonun qolipidan chetga chiqishi mumkin degani emas!

Prezident!

Bugun Zomin tuman hokimiyatining haqsizligini, Nishonboy akaning haq ekanligini olamu odam biladi!

Biroq sudlariyam, prokurorlariyam, jurnalistlariyam tuyaqush kabi kallalarini qumga tiqib olgan: churq etmaydi, etolmaydi.
Buning boisi bitta: Mirziyoevning Zomindan ekanligi!

Shavkat Miromonovich, Nishonboy Xudoyberdiev masalasida adolatni oyoqqa qo'yish uchun toki o'zingiz tashabbus ko'rsatmas ekansiz, jamiki huquq idoralari gapirishga cho'chib, og'izlariga talqon solib, gung bo'lib o'tiraverishadi!

Janob Prezident!

Odamlarining uyini nohaq buzgan hokimlaringiz garchi soxta bo'lsa ham xalq oldida uzurini so'radi!

Bu amaliyot Zomin tuman hokimi Alisher Abdug'anievga tegishli emasmi?

Alisher Abdug'aniev qachon Nishonboy akadan uzr so'raydi?

Hech qachon!

Ul hokim Zominlik bo'lganligi sababli ham ularga hamisha “yashil chiroq” berilgan. Boisi, mamlakat prezidentining “zemlyagi”, shundaymi?

Shu sabab ham Zomin hokimi garchi haqqoniy tanqid tig'iga olgan bo'lsa-da jurnalistga – menga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atishga muvaffaq bo'lgan.

Xatosi uchun kechirimini so'rash o'rniga hamon jinoyat ishi orqali tahdid qilib turibdi.

Biz o'zbeklarda “Ham g'arlik, ham peshgirlik” deyishadi buning otani!

Vaholanki, qonunchilikda tuhmat, haqorat moddalari bilan fuqaro ilgari kamida 2, 3 marotaba ma'muriy javobgarlikka tortilmagan bo'lsa, tuhmat va haqorat moddalari bilan birdaniga jinoyat ishi ochilmasligi lozim. Mening emas, deputatlar qabul qilgan qonun talabi bu.

Birgina menga qolganida, sizning erkatoyingiz Alisher Abdug'aniev janoblari istaganida, qonun ham qo'g'irchoq bo'lib qolaveradimi?

Men ilgari biror marotaba tuhmat va haqorat moddalari bilan ma'muriy javobgarlikka tortilmaganman!

Ammo bugungi kunga kelib Alisher Abdug'anievning istak hohishi bilan ularning arizasiga ko'ra tuhmat va haqorat qilishga oid jinoyat ishida tergov bermoqdaman.

Prezident!

Shaxsan menda sizning, prezident Shavkat Mirziyoev so'zlarining chinligiga shubham bor!

Minbarlardagi kuyib-yonishlaringiz rost bo'lganida edi, mamlakatda qonun shohga ham, gadoga ham barobar bo'lmog'i lozim edi.

Men adolat axtarib charchadim.

Shoir Shukur Qurbon:

Zamona zo'rniki dedilar menga,
Tomosha ko'rniki dedilar menga,

deya zorlanganida naqadar haq ekanligiga amin bo'ldim.
Prezidentning tumandoshi Abdug'anievning yana qanday hunarlari bor, bunisi menga qorong'u….
Qo'lingizda osmon bo'lsa, boshimga tashlab yuboring, roziman!

Men “qo'rquv” so'zini lug'atimdan chiqarib tashladim!

Mirziyoevning olib borayotgan islohatlari davrida aynan prezidentning tumandoshi – Zomin tuman hokimi Alisher Abdug'aniev tomonidan bosimlar ostida qolgan Malohat.

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube