O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

KUTUBXONA VA GENERAL

KUTUBXONA VA GENERAL
05 Eylül 2019 - 17:21 'da yuklandi va 708 marta o'qildi.

(birinchi maqola)

Bir balosi bo'lmasa, shudgorda quyruq na qilur?

Hodisa

Miloddan oldingi ko'hna davrlardagi Turon davlatining so'nggi ulug' xoqoni Alp Er Tunga (Afrasiyob) yo mashhur jahongir Iskandar Maqdunliga uning hech aloqasi yo'q. Kushonu eftallar, Turk xoqonligi zamoni yo arablarning O'kuz ortiga uyushtirgan bosqiniga ham taalluqli emas. Na somonli, na g'aznali Mahmud, na qoraxonli saltanati, na Sulton Sanjar va Gurxonning Qatavandizadagi qonli to'qnashuvida ham u hali sodir bo'lmagandi. Balki shu tobda birdan Chingizxonning etgan joyini ulkan alangadek kunpayakun qilib, kulga aylantiruvchi engilmas qo'shini ko'z oldingizga kelgandir. Ammo o'sha olovli qo'shin bu hodisa dunyoga kelmasdan ancha ilgari so'nib, o'zi olis o'tmishning cheksiz kengliklariga sochilib ketgan kulga aylangandi.

Bu voqea bizga Turon kutubxonalari haqida xabar beradi. O'nlab asrlarga cho'zilib ketgan ularning sonini hozircha hech kim bilmaydi. Bir zamonlar Misr kohinlari qadimgi grek muarrixlari oqsoqoli Salanga: «Eh, siz yunonlar xuddi yosh bolaga o'xshaysiz, dunyodan bexabarsizlar», deb aytgan chog'larda muqaddas O'kuz va Yaksart daryolari atrofida yashovchi Tur millati anchagina keksaygan qavm edi. Ha, bu hikoyada butun insoniyatga o'zligini topish uchun ko'maklashuvchi, uning bugunini yog'duga to'ldiruvchi va istiqboli sari to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi qutlug' dargoh – kutubxonalar to'g'risidagi so'zlar xizmat qiladi.

Tomchilar

Turkiston qadimdan er yuzidagi kutubxonalarga eng boy mamlakatlardan biri edi. XIX asrning ikkinchi yarmi o'rtalaridagina o'lkada kitoblar chop qilinadigan ilk bosmaxonalar, nashriyotlar paydo bo'ladi va bu soha sanoatlashadi. Ungacha kitobat ishlari to'liq qo'lda bajarilgan. Uni tayyorlash jarayonida muallif, xattot (kotib), qog'ozchi, muqovachi, naqqosh, musavvir, bo'yoqchi, yozuv qurollari ustalari ishtirok etgan. Ish qo'lda bajarilganiga qaramay, yurtda ming-minglab kitoblar jamlangan bir necha yuzlab kutubxonalar bor edi.

Sho'rolar davri va hatto, bugungi kunda ham gurunglar mazkur mavzuga taqalganda albatta, so'z avval Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasidan boshlanadi. Keling, biz ham gurungni xuddi shu uslubda boshlaymiz va davom ettiramiz. Kutubxonalar ortida shu paytgacha pinhon turgan tarix, voqealarga nazar tashlashga harakat qilamiz.

Mutaxassis yozadi: «O'zbekiston hududida miloddan avvalgi 1-ming yillikning so'nggi asrlarida dastlabki kutubxonalar paydo bo'lgan. Dastlabki kutubxonalar hukmdorlar saroylarida va ibodatxonalarda tashkil etila boshlangan. Turon xalqlari Misr, Eron, Yunon va ularga qo'shni bo'lgan xalqlar bilan yaqin aloqalar o'rnatgan, o'sha davrlardagi mavjud qo'lyozmalar bilan ham tanish bo'lgan. O'zbekiston xalqlarining qadimgi yozma yodgorliklari saqlanmagan. Beruniyning xabar berishicha, kitob xazinalari va ularni saqlovchilar turli istilolar davrida (VII – IX) yo'q qilib yuborilgan. IX – X aslarda O'rta Osiyoda fan va madaniyat rivojlandi. Buxoro, Samarqand, Marv, Urganch va boshqa yirik shaharlar hukmdorlari saroylarida kutubxonalar barpo etildi».

* * *

Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasi – mamlakatimizdagi eng yirik kutubxona. Kutubxonashunoslik va bibliografiya bo'yicha O'zbekiston Respublikasining ilmiy-uslubiy markazi. Respublikaning ma'naviy-madaniy markazi sifatida jamiyatning ma'naviy va axborot ehtiyojlarini qondirish, fan, maorif, milliy madaniyatni boyitishga xizmat qiladi. Mamlakatdagi barcha kutubxonalar uchun kutubxonachilik, bibliografiya, metodika va axborot ishlarini amalga oshiradi. O'zbekiston milliy kutubxonasi Xalqaro kutubxonalar assotsiatsiyasiga a'zo.

Toshkent shahrida 1870 yilda «Toshkent ommaviy kutubxonasi» nomi bilan asos solingan. 1886 yildan «Turkiston ommaviy kutubxonasi», 1919 yildan «Turkiston xalq kutubxonasi» deb atalgan. 1925 yildan «O'zbekiston davlat kutubxonasi», 1929 yildan «O'rta Osiyo davlat ommaviy kutubxonasi», 1934 yildan «O'zbek davlat ommaviy kutubxonasi». 2002 yildan hozirgi nomda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufida.

* * *

Bu axborotlar og'ir xasta labiga tomizilayotgan tomchilardir…

Kutubxonachi

General fon Kaufman 1867 yil Turkiston general gubernatorligi lavozimiga tayinlangach, Peterburgdan jo'namasdan burun Turkiston ommaviy kutubxonasini tashkil qilishga kirishib ketgandi. U Imperator fanlar akademiyasi, Imperator rus jug'roflari jamiyati, Xalq ta'limi vazirligi qoshidagi olimlar ishlari bo'yicha Departamentga xat bilan murojaat qiladi. Maktubida Turkistonning bosh shahri Toshkentning ma'muriy boshqaruv, savdo-sanoat va ma'rifiy hayotda muhim o'rin tutishi, bu erga keluvchilar va xizmat qiluvchilarning aqliy ehtiyojini qondirish uchun ommaviy kutubxona tashkil etish zarurligini tushuntiradi. Ushbu tashkilotlar kutubxonalaridan kitob ajratishlarini so'raydi. Konstantin Petrovich iltimosi qondiriladi, 1867 yil oxirida poytaxt va boshqa shaharlar universitetlari kutubxonalaridan rus va xorijiy tillarda yozilgan kitoblar Toshkentga jo'natila boshlaydi. Bu kitoblar bo'lajak Toshkent ommaviy kutubxonasi o'zagini shakllantirishga xizmat qilishi kerak edi.

Tashabbuskor generalning o'zi ham oliy mavqeidan foydalanib, turli nashriyotlar va olimlar jamiyatlaridan to'plagan kitoblarini ushbu kutubxonaga topshiradi. Bu harakatga boshqa shaxslar ham qo'shiladi. U ixtiyoridagi barcha imkoniyatlarini ishga solib, olimlar va mutaxassislarni Turkiston tabiati, unda yashovchi qavmlar, urf-odatlar, tarix kabi hayotning barcha sohalarini tadqiq etishga rag'batlantiradi. Mahalliy aholi orasidan bu ishga bosh qo'shganlarni ham e'tibordan chetda qoldirmaydi. «Turkiston to'plami»ni shakllantirishni o'z ishining ustasi mashhur bibliograf V. Mejov zimmasiga yuklaydi. 1868 yili boshlangan ushbu sa'y-harakat natijasida Turkiston haqida XVIII – XIX asrlarda rus, ingliz, nemis, frantsuz, ispan, ital va lotin tillarida yozilgan 4 600 nomdagi kitob, risola, jurnal va gazetalarda chop qilingan maqolalar 416 jildga to'planadi. Yig'ilgan axborotlar siyosiy va harbiy tarix (ular bog'langan sohalar bilan birgalikda), jismoniy tarbiya, matematika va siyosiy jug'rofiya, qavmshunoslik (etnografiya), huquqshunoslik ilmlari, siyosiy iqtisod, tarixiy aniq fanlar, tibbiyot, matematika, statistika (axborotnoma), qishloq xo'jaligi, ishlab chiqarish usullari (texnologiya), tilshunoslik, slovesnost', san'at va bibliografiya bo'limlariga ajratiladi.

Turkiston kutubxonasi ayni shakllanib, faoliyati yo'lga qo'yilgan paytda 1882 yili 4 may kuni general fon Kaufman Toshkentda vafot etadi. Muarrixlardan birining yozishicha, uning o'rniga general-leytenant N. Chernyaev Turkiston gubernatori etib tayinlanadi. U faoliyatining dastlabki kunlaridanoq, general fon Kaufman shakllantirgan ma'muriy boshqaruv tizimiga keskin o'zgartirishlar kiritishni boshlab yuboradi. Uning bu xatti-harakatlari barchaga o'zini ko'rsatib qo'yishga urinishdan boshqa narsa emasdi. Nihoyat, ko'p vaqt o'tmay, u Toshkentdagi Turkiston ommaviy kutubxonasiga ham e'tibor qaratadi. Biroq bu «e'tibor» kutubxona uchun halokatli bo'ladi.

Shudgordagi quyruq

Rossiya va Turkiston qo'shinlari o'rtasida qariyb 23 yil davom etgan qonli urush (Oq machit 1853 yil 28 iyul' – Qo'qon 1876 yil 19 fevral') bosqinchilar g'alabasi bilan yakunlandi. Davralarda Turkiston xalqi mutlaqo savodsiz va madaniyatsiz bo'lgani, bu o'lkaga Rossiya madaniyat, ma'rifat olib kelgani to'g'risida hozir ham qizg'in bahs-munozaralar bo'lib turadi. Ammo: «Ha, ular ma'rifat va madaniyat olib keldi» yoki «Yo'q, aslo bunday emas», deya bildirilgan keskin xulosalarning ikkisi ham bugungi o'quvchini sira qoniqtirmaydi. Bunday bahslar biz tariximizni hozir ham deyarli bilmasligimiz oqibatidir.

Janob fon Kaufman Toshkentda barpo qilgan Turkiston ommaviy kutubxonasini tashkil etayotganda mahalliy aholiga ma'rifat ulashishni maqsad qilmagan edi. Aksincha, uni mukammal qullik zanjiri bilan chirmab, abadiy tutqunlikda ushlab turishni o'ylab, bu ishni amalga oshirgan edi. Tadqiqotchi mavzu ichkarisiga kirib borgani sari bu kutubxona – shudgorda yotgan quyruqning aynan o'zginasi ekanini aniq ko'ra boshlaydi. Quyruq qaerdan va nega shudgorda paydo bo'lib qolgan? Uning ortida qanday ovchi turibdi? Keyingi satrlarda bu manzara aniq-tiniq ko'rina boshlaydi.

Holi «voy»

Kutubxona hikoyasini shunday davom ettiramiz… XVIII asr boshlarida Turkiston bir necha xonliklarga parchalanib ketdi. Dunyo taraqqiyot yo'lida shiddat bilan odimlay boshlaganda turkistonliklar «kuf-suf»lar girdobiga g'arq bo'layotgan edi. Er kurrasida ma'rifat va jaholat bir necha asr mobaynida makon almashdi. Ko'p zamonlar Ovrupo tomonlarda nosarolar olamida hukm surgan inkvizitsiya Sharqqa – islom dunyosiga ko'chdi. Bu hududda VII – XV asrlarda mustahkam qo'nim topgan ma'rifat (ilm-fan) Ovrupoga ko'chdi.

Hamisha ilm va ma'rifatdan ajrab qolgan millatning holi «voy» bo'lgan.

Abdusattor JUMANAZAR,
O'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube