O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

O'zbek jurnalisti prezident Mirziyoevga qarshi jinoiy ish ochishni talab qildi

O'zbek jurnalisti prezident Mirziyoevga qarshi jinoiy ish ochishni talab qildi
05 Eylül 2019 - 23:58 'da yuklandi va 1640 marta o'qildi.

O'ZBEK JURNALISTI PREZIDENT MIRZIYoEVGA QARShI JINOIY ISh OChIShNI TALAB QILDI

5 sentyabr' kuni AQShning Toshkentdagi elchixonasi oldida o'tkazilgan piketda mustaqil o'zbek jurnalisti va huquqboni Malohat Eshonqulova prezident Shavkat Mirziyoevga qarshi jinoiy ish ochishni va unga mamlakatdan chiqishga ta'qiq qo'yishni talab qildi.

Malohat Eshonqulova ko'tarib chiqqan plakatda: «ZA KRITIKU XOKIMA I SUD'I ZAAMINSKOGO RAYONA VLASTI VOZBUDILI UG.DELO I ZAPRETILI MNE VYEZD IZ STRANY. TREBUYu VOZBUDIT' TAKOE JE UG.DELO PROTIV PREZIDENTA MIRZIYoEVA I ZAPRETIT' EMU VYEZD IZ STRANY, TAK KAK ON TOJE KRITIKOVAL XOKIMOV I SUDEY! PO KONSTITUTsII UZBEKISTANA PRAVO KRITIKI DANO VSEM I VSE RAVNY PERED ZAKONOM!» (“Zomin tumani hokimi va sud'yasini tanqid qilganim uchun hukumat menga qarshi jinoiy ish ochdi va menga mamlakatdan chiqishga ta'qiq qo'ydi. Prezident Mirziyoevga qarshi huddi shunday jinoiy ish ochishni va unga ham mamlakatdan chiqishga ta'qiq qo'yishni talab qilaman! O'zbekiston Konstitutsiyasiga ko'ra, tanqid huquqi hammaga berilgan va qonun oldida hamma barobardir!”), – deb yozilgan edi.

10-12 kishidan iborat piket ishtirokchilari oldiga AQSh elchixonasi vakillari chiqishganida Malohat Eshonqulova norozilik tadbiriga chiqish sabablari haqida gapirib berdi. “Kecha, 2019 yil 4 sentyabr' kuni, Toshkent shahar Mirzo-Ulug'bek tumani IIB bo'limi tergovchisi Furqat Lutfuddinov ustimdan O'zbekiston Jinoyat Kodeksining 139-moddasi 2 qismi A bandi (tuhmat) va 140-moddasi 2 qismi (haqorat) bo'yicha jinoyat ishi ochilganini, shu sababdan hukumat menga mamlakatdan tashqariga chiqishga ta'qiq qo'yganini aytdi. Ushbu jinoyat ishi Jizzax viloyati Zomin tumani hokimi Alisher Abdug'anievning arizasiga ko'ra ochilgan. Shu yilning bahorida men ushbu hokim haqida “Karimov hukumati muxolifat faolining joniga qasd qilgan edi. Zomin tumani hokimi Alisher Abdug'aniev uning moliga qasd qildimi?” – degan videomaterial tayyorlab, unda Alisher Abdug'aniev hamda undan oldingi hokim Bahriddin Safarovlarni noqonuniy uybuzarlik uchun tanqid qilgan edim. Tanqidiy videomaterialimda Abdug'aniev va Safarovlar sobiq siyosiy mahkum, muxolifatdagi “Erk” demokratik partiyasi faoli Nishonboy Xudoyberdievning uyi va hovlisini mutlaqo asossiz va noqonuniy ravishda buzib tashlagani haqida xabar bergan edim. Videomaterialni Facebook va Youtube tarmoqlaridagi sahifalarimda e'lon qildim. Zomin tumani hokimi Alisher Abdug'aniev ushbu materialim yuzasidan 2019 yil 3 iyun' kuni tuman ichki ishlar bo'limiga ariza bilan murojaat qilgan. Mening iltimosimga ko'ra, jinoiy ish Toshkent shahar Mirzo-Ulug'bek tumani ichki ishlar bo'limiga o'tkazilgan edi” – dedi Malohat Eshonqulova.

Uning fikriga ko'ra, mazkur jinoiy ish mutlaqo asossiz va noqonuniy ravishda ochilgan. Chunki “tuhmat” va “haqorat” moddalari bo'yicha JINOIY ish ochilishi uchun javobgar ilgari aynan shu moddalar bo'yicha MA'MURIY javobgarlikka tortilgan bo'lishi kerak.

“Men esa ilgari bu moddalar bo'yicha ma'muriy javobgarlikka tortilmaganman. Boshqacha aytganda, Zomin tumani mutasaddilari hech bir asossiz ushbu ishga darrov JINOIY MAQOM berishgan” – dedi Malohat Eshonqulova.

Bundan tashqari, Malohat Eshonqulova shu yilning 16-27 sentyabr' kunlari Varshava shahrida tashkillashtirilgan inson huquqlari sammitiga rasman taklif qilinganligini, endilikda esa hukumatning noqonuniy ta'qiqi tufayli tadbirga bora olmasligi haqida ham gapirdi. “U erda men O'zbekistonda “propiska” degan eskilik sarqiti amal qilishi tufayli fuqarolarning erkin harakatlanish huquqlari poymol bo'layotgani haqida ma'ruza qilishim kerak edi” – dedi o'zbekistonlik mustaqil jurnalist va huquqbon.

AQShning Toshkentdagi elchixonasi oldida o'tkazilgan piketga ko'tarib chiqqan talablari mavzusiga qaytar ekan Malohat Eshonqulova: “Prezident Mirziyoev nima qilgan bo'lsa, men ham shuni qilganman: hokim va sud'yalarni tanqid qilganman. Shu ish uchun meni jinoiy javobgarlikka tortishdi, uni esa – yo'q! Shu ish uchun menga mamlakatdan chiqishga ta'qiq qo'yishdi, unga esa – yo'q! Mirziyoev ham hokim va sud'yalarni tanqid va hattoki haqorat qilgani uchun javob bersin!” – dedi.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube