O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Ekaterina II saroyidagi Buxoro elchisi

Ekaterina II saroyidagi Buxoro elchisi
06 Eylül 2019 - 20:25 'da yuklandi va 950 marta o'qildi.

Buxoroning markaziy ko'chalaridan birida, ulkan Ko'kaldosh madrasasi va Shohsanam masjidi oldida ko'rimsizgina, lekin, me'moriy echimi bilan o'ziga xos bo'lgan Ernazar Elchi madrasasi mavjud. Ikki qavatli bu inshoot oq marmardan qurilgan va sharqona bezaklar bilan jilolangan. Ichki hovlisi keng bo'lib, mudarrislar va talabalar uchun xonalar va hujralar bor. Vaqf mablag'lari hisobiga o'z davrida bu erda shogirdlar bepul ta'lim olish barobarida nafaqa ham olib turganlar.

Mazkur madrasaning qurilish tarixi haqida esa turfa xabarlar og'izdan og'izga ko'chib yuradi. Ulardan birinchisi va eng ommalashgani Rossiya podshoh xonimi Ekaterina II tomonidan ajratilgan mablag' evaziga Ernazarbiy tomonidan tiklangani haqidagi xabardir.

Buxoro hukmdori Shoh Murodxonning buyrug'i bilan Mulla Ernazarbiy boshchiligidagi delegatsiya Peterburgga boradi va Ekaterina II bilan muzokaralar olib boradi. Ayni muzokaralarning muvaffaqiyatli yakunida katta miqdordagi xayriya mablag'i ajratiladi.

Mashhur sharqshunos N. V. Xanikov mazkur madrasa Ekaterina tomonidan barpo etilganini ta'kidlasa, G. Poslavskiy o'z qaydlarida madrasa Ekaterina tomonidan ajratilgan 40 000 rublga Ernazar Elchi tomonidan qurilgani yoziladi. 1883 yilda Buxoroda bo'lgan V. V. Krestovskiy “Buxoro amiri huzurida mehmonda” kitobida bu xususda to'xtalib o'tadi. Uning aytishicha, Ernazar eshon kambag'al oiladan chiqqan va umrini ilm olishga sarflagan. Uning orzusi esa madrasa qurib yoshlarga ta'lim berish bo'lgan. Xattotlik va mudarrislik qilib topgan pullari evaziga Ernazar eshon Labi Hovuz yonida madrasa qurishga kirishadi. Biroq, etarlicha mablag' topilmay qurilish bir muddat to'xtab qoladi. Ekaterina II huzuriga tashrifdan so'ng bu qurilish ishlari yakuniga etadi.

Yana bir manbada yozilishicha, tarixda “Amiri mas'um” deb nom qoldirgan Buxoro amiri Shoh Murodxon hijriy 1199 yil sha'bon oyida (1784 yilning yanvarida) Forsga qarshi Rossiyaning ittifoqchiligidan umidvor bo'lib Ernazarbiyni Peterburgga elchi qilib jo'natadi. (tarj. Aslida bu paytda Doniyolbiy otaliq Buxoro taxtida bo'ladi va uning o'g'li Shoh Murodxon ancha keyin taxtga chiqadi. Rus manbalarida Doniyolbiyning hukmronlik davrida Abulg'oziy xon nomidan Ernazarbiyning elchi bo'lib borgani keltirilgan. Abulg'oziyxon Doniyolbiy amirlik paytida qo'g'irchoq xonlardan bo'lgan va davlat ishlari uning rasman uning nomidan yuritilgan. Shu sababli Rossiyadagi hujjatlarda Abulg'oziyning nomi qolgan bo'lishi mumkin. Bu Xiva xoni Abulg'oziy Bahodirxon bilan bir shaxs emas!)

Imperator Ekaterina esa O'rta Osiyoga savdo yo'lini ochish va mintaqani o'rganish uchun himmat ko'rsatgan holda madrasa qurilishiga deb xayriya ajratadi. Bu esa musulmon hukmdoriga yoqishi tabiiy. G. Krestovskiy o'z mulohazalari yakunida bu ma'lumotlarning hech biri aniq manbaga asoslanmaganini aytgan holda Ernazar Elchi madrasasining qurilishida Ekaterina II ning ishtirokiga shubha qilmaydi.

Rossiya tashqi ishlar kollegiyasining arxivlarida 1776 va1786 yillarda Mulla Ernazarbiy va uning o'g'li Muhammad Sharif Buxoro davlati elchisi sifatida Ekaterina huzurida bo'lgani haqida ma'lumotlar saqlanmoqda.

Buxoro tarixida XVIII asr iqtisodiy va siyosiy inqirozlar davri sifatida tilga olinadi. Ashtarxoniylarning qariyb ikki yuz yillik boshqaruvidan so'ng mintaqadagi ahvol achinarli holga tushib qoldi. Xiva va Qo'qon xonliklari bilan muntazam ziddiyatlar, Fors shohlarining tahdidi siyosiy tomondan mamlakatni zaiflashtirgan bo'lsa, davlat boshqaruvidagi no'noqlik dunyodagi eng qudratli va boy Temuriylar davlatidan meros qolgan tizimning yo'q bo'lishiga olib keldi. Zarafshon va Sirdaryodagi irrigatsiya tizimi o'z holiga tashlab qo'yilishi oqibatida gullab-yashnagan vodiylar sahrolarga aylandi. Odamlar o'z yashab turgan joylarini tark etdilar.

Saroylardagi fitnalar, hokimiyat uchun kurash nafaqat Buxoro, balki, Xiva va Qo'qon xonliklarining ildiziga bolta urdi. Mamlakat zaiflashdi, xalqqa qo'shimcha soliqlar solindi. Evropa va Sharqiy Osiyoni bog'lab turuvchi savdo yo'lining karvonlardan dunyo okeanidagi kemalarga o'tishi esa hududdagi aloqalarning uzilishiga, mintaqaning turg'unlikda qolib ketishiga olib keldi. Savdo-sotiqdan tushadigan daromad ham keskin kamaydi. Bu esa ichki ishlab chiqarish, sanoatning o'sishini to'xtatib qo'ydi.

Ashtarxoniylar hukmronligi barham topib mang'itlar hokimiyat tepasiga kelgach Buxoro amirlik deb nomlandi. 1773 yilda Buxorodan Rossiya tomon yo'l olgan katta karvon Orenburg yaqinida Pugachyov shaykasi va qozoqlar tomonidan talonchilikka uchraydi. Omon qolgan karvon kishilari esa Buxoro amiriga voqeani bayon qiladi. Mamlakat katta talofat ko'rgan edi. Rus podshohi huzuriga yangi karvon yuborishda Hindiston, Fors va Rusiyada bir necha bor karvon bilan bo'lgan tadbirkor Mulla Ernazarbiy Maqsud o'g'li g'ayrat ko'rsatdi va amir unga yorliq topshirdi. 1974 yil avvalida u Buxoro elchisi sifatida quyidagi tarkib bilan
Ekaterina II saroyiga yo'l oldi:
Mulla Ernazarbiy Madsud o'g'li, elchi,
Elchining o'g'li Muhammad Sharif, ponsotboshi,
Oxun Mulla Arab,
Imom Mulla Halil,
Mulla Bobosharif, maslahatchi va mirza,
Muhammad Sharif, xazinador (g'aznasi),
Ayozberdi, yuzboshi (kapitan).

Bundan tashqari, elchixona tarkibida buxorolik shifokor, oshpazlar, novvoylar, xizmatkorlar, 9 mashshoq hamda podshoh Ekaterina, shahzoda Pavel va boshqalarga mo'ljallangan otlarga qarash uchun 10 otboqar, jami – 53 kishi bor edi.

Elchi Buxoro xoni Abulg'oziyning ishonch yorlig'idan tashqari qimmatbaho sovg'a-salomlarni ham Ekaterinaga olib borish mas'uliyatini zimmasiga olgandi.

Podshoh uchun 7 ta arab arg'umog'i (oti), 18 ta zardo'zi hind parchasi (ayollar libosi), 127 pud lojuvard, 84 pud ravoch; 5 pud shovul, podshohning o'g'liga 3 ta arab arg'umog'i, qiziga 10 ta hind parchasi, Osterman, Panin, aka-uka Orlovlar va Olsuf'evlarga ham arabi otlar, qimmatbaho egar-jabduqlari bilan sovg'a sifatida olindi.

Bundan tashqari Ernazar elchi qullikda bo'lgan va Buxoro hukumati tomonidan sotib olinib O'ris podshohiga sovg'a sifatida yuborilayotgan yigirmata rossiyalik asirni ham olib bordi. (Ma'lumotlarga ko'ra, o'sha paytlarda Buxorodagi o'ris qullari soni 4000 taga etgan. Ulardan ayrimlari Buxoro armiyasida yuzboshilik darajasiga ko'tarilgan ham.)

Vaziyatdan foydalangan elchi va uning xodimlari diplomatik maqomi tufayli sotish uchun Rossiyaga olib borgan Buxoro tovarlarini ham boj-to'lovlarisiz chegaradan o'tkazadi.

Elchixona 1774 yil yanvarida Buxorodan chiqib Xiva orqali fevralda Orenburgga etib keldi. Bu erda Pugachyov isyoni tufayli yarim yilcha qolib ketganidan so'ng Mang'ishloq bilan 1774 yilning sentyabrida Astraxanga bordi. Astraxan' gubernatori, general-mayor Krechetnikov esa Peterburgdan ruxsat bo'lmaguncha ularni mamlakat ichkarisiga o'tkazib yubormadi. Bu orada Krechetnikov turli byurokratik to'siqlar bilan karvonning harakatlanishini to'xtatib turdi va turgan har bir kuni uchun katta miqdorda boj oldi. Ernazarbiyning kantsler graf Ostermanga maktubidan so'ng vaziyat yumshadi. 1975 yilning 9 fevral' kuni kapitan Egor Pavlov boshchiligidagi batal'on hamrohligida elchixonaning 42 xodimi ikki eshelonga bo'lingan holda Moskva sari yo'l oldi.

Diplomatik missiya 14 mart kuni Moskva daryosi bo'yidagi Tashqi ishlar kollegiyasiga tegishli uyga joylashdi. Biroq, ular bu erda ko'p qolishmadi va xususiy uyga ijaraga chiqdilar.

27 mart kuni kantsler betobligi tufayli elchixona to'liq tarkibi bilan vitse-kantsler graf Panin tomonidan qabul qilindi. Elchi Ernazarbiy Buxoro amirining ishonch yorlig'ini Ekaterinaga etkazish uchun unga topshirib o'z hukmdorining salomini etkazdi. Shundan so'ng u vitse-kantslerning o'ng tarafiga o'tirdi. Panin Buxoro davlati vakillari bilan do'stona suhbat qurdi.

5 aprel' kuni elchixona Podshoh tomonidan qabul qilindi. Elchi Ekaterina bilan uchrashdi va o'z hukmdorining do'stona takliflarini etkazdi. Shundan so'ng buxoroliklar Shahzoda Pavel tomonidan qabul qilindi.

Rossiya poytaxtidagi keyingi bir yil davomida elchixona savdo-sotiq ishlari bilan shug'ullandi. O'zlari olib kelgan mahsulotlarni sotish va Buxoro uchun Moskva fabrikalaridan kerakli mahsulotlarni sotib olishga e'tibor qaratdi.

1776 yilning 15 yanvar' kuni elchi graf Panin huzurida yana bir bor qabul qilindi va so'ng Buxoroga qaytib ketdi. Moskvadan qaytishi oldidan Ernazar elchiga Rossiya imperatorining Buxoro amiriga do'stona ruhda bitilgan javob yorlig'i topshirildi.

Kantslerdan esa karvonning talangani uchun tovon to'lash haqidagi elchixonaning so'rovi Rus hukumati tomoni rad etilgani haqidagi maktub olindi. Shu bilan birga kantsler Podshoh xonim nomidan Buxoro amiriga javob tarzida sovg'a-salomlar berdi. Ular orasida ilgariroq Qrim xoni Sag'in Girey uchun tayyorlangan, usti olmoslar bilan bezatilgan qimmatbaho shashka, shuningdek, shahzodaning nomidan qiymati 2000 rubl' atrofida turadigan olmos shodalari bor edi.
Ekaterinaning farmoniga ko'ra ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun Elchi Ernazarbiy qimmatbaho sovg'alar bilan mukofotlandi. Ernazarning shaxsan o'zi uchun quyidagilar taqdim etildi:
– Rus hududlari bilan savdo qilishi uchun Kaspiy dengizida kema sovg'a qilindi;
– Yiliga 9000 rubl' to'lagan holda Rus hududlari bilan besh yil mobaynida bojsiz savdo qilish huquqi berildi;
– 2000 rubl' mukofot ajratildi va 1000 rubl' yo'l xarajatlari uchun berildi;
– Astraxanda elchi tomonidan sotish uchun olib qo'yilgan tovarlar hisobiga xazinadan 2000 rubl' qaytarib berildi;
– Suvsar terisidan po'stin sovg'a qilindi;
– Moskvadan Astraxangacha yo'l xarajatlari uchun 1630 rubl berildi;

Yurtiga qaytar ekan, buxoroliklar Rossiyadagi qabullardan xursand bo'lgani aniq. Biroq, diplomatik missiyaning asosiysi bajarilmagan bo'lsada, Ernazarbiy o'zi uchun juda katta shaxsiy boylik orttirib oldi. Shu sababli yurtiga qaytishi bilanoq u yana Rossiya safari tadorigini ko'ra boshladi. Bunga quyidagi holat sabab bo'lgandi.

1775 yilda Buxoro elchixonasi bilan birga Moskvada Usmonli sultonligining ham elchilari joylashgandi. Ikki musulmon turk davlati elchilari o'zaro savdo aloqalarini mustahkamlash, O'rta Osiyodagi ziyoratchilarning Xiva va Astraxan' orqali Rossiya janubidagi erlar bilan Konstantinopol' va Anatoliyaga dengiz orqali chiqishi hamda Makkaga borishlarini ta'minlash bo'yicha muzokaralar olib borishdi. O'z yurtlariga qaytgan elchilar bu haqda hukmdorlariga ma'lum qilishdi. Birinchi bo'lib Konstantinopoldan Buxoroga elchilar jo'natildi. 1799 yilda bunga javoban Buxoro hukmdori ham Ernazarbiy va uning o'g'li etakchiligidagi elchilarni Usmonli davlatiga yubordi. Yo'l-yo'lakay ular Moskvaga borib Ekaterina bilan uchrashishi, Astraxanda talangan karvon uchun tovon puli talab qilishi hamda Buxoro hukumati uchun 3000 pud mis so'rashi kerak edi. 28 kishidan iborat elchixona xodimi bu safar ham avvalgisi singari sovg'a-salomlar bilan yo'lga otlandi. Elchixona 1799 yil bahorida Buxorodan chiqib 10 avgust kuni Orenburgga kirib bordi va dekabrgacha shu erda qolib ketdi. (Buxorodan Rossiyaga o'sha davrlarda 4 ta asosiy yo'l bo'lgan: 1) Buxoro-Xiva-Astraxan' — 30 kunlik yo'l; 2) Buxoro-Xiva-Orenburg — 60 kunlik; 3) Buxoro-Troitsk, Orol dengizining sharqiy sohillar bo'ylab — 80 kunlik; 4) Buxoro-Toshkent-Petropavlovsk — 90 kunlik yo'l.)

31 dekabr' kuni Buxoro elchilari Moskvaga Orenburg batal'oni hamrohligida etib keldi. 4 yanvar' kuni ular Peterburgga borib Vasil'evsk orolidagi Tashqi ishlar kollegiyasiga tegishli davlat xazina qarorgohiga joylashdilar. Bu safar elchixona uchun davlat tomonidan oyiga 360 rubl' ajratildi; elchining harakatlanishi uchun 800 rublga kareta sotib olindi; yordamchilarining yurishlari uchun ikki ekipaj izvosh yollandi.

Avvalgidan farqli o'laroq, bu gal Ekaterina Buxoro elchisiga juda katta iltifot ko'rsatdi. 2 fevral' kungi qabul marosimida Ernazarbiy Rus podshohi bilan qo'l berib ko'rishdi, shirin so'zlar aytdi, biroq, Ekaterina elchining sovg'alarini shaxsan olishga rozi bo'lmadi. Buxoro elchixonasining ishlari bilan shug'ullanish vazifasi Tashqi ishlar kollegiyasi xodimi Muratovga topshirildi.

Peterburgdalik chog'ida Ernazar elchi davlat tashqi ishlar kollegiyasiga Buxoro hukumati va shaxsan o'z nomidan talabnoma kiritdi. Unda qisqacha mana shular bayon qilingandi:
– Buxoro hukumatiga 1773 yildagi karvoni talon-taroj qilingani uchun buxorolik savdogarlarga tovon puli sifatida 471.830 rubl' berish;
– Troitsk zavodidan 3000 pud mis plastinalari berish;
– 1775 yilda elchixona tomonidan qaytarilgan rus asirlari uchun mukofot berish;
– Elchi va uning o'g'li hamda xodimlarini rus hududlari orqali Usmonli davlatiga o'tishi va qaytishiga ruxsat berish;
– Ernazarbiy va uning o'g'liga Rus saroyidagi turk, fors va boshqa elchilarga berilgani kabi podshohlik oilasi nomidan shohona pocha po'stin sovg'a qilish.

Bu talablarning barchasi diplomatik missiyaning ikkinchi darajali maqsadlari sirasiga kirardi. Asosiysi esa, yuqorida ta'kidlanganidek, rus-turk erlari orqali Makkaga yo'l ochish bo'lgan.

Natijada Rossiya hukumati tomonidan bu talabnoma o'rganib chiqilib Ekaterinaning rezolyutsiyasiga ko'ra 1780 yil 9 may sanasida tashqi ishlar kollegiyasining qarori qabul qilindi.

Unda Buxoro elchixonasini Kiev yoki Xerson orqali Konstantinopolga o'tkazib yuborish va yo'lda chegaraga qadar ularga har tomonlama yordam berish ko'rsatilgan. Shuningdek, chegaragacha 2600 rubl' va yo'l xarajatlari uchun 1200 rubl' ajratish, elchiga yo'l karetasi sotib olib sovg'a qilish uchun 1300 rubl', Ernazarbiy va uning o'g'liga podshohlik oilasi nomidan shohona pocha po'stin sovg'a qilish va 2000 rubl' ajratish, Buxoro amiriga esa Troitsk zavodidan 3000 pud mis plastinalari berish va bu haqda Konstantinopoldagi elchixonaga chopar orqali xabar etkazish ko'rsatib o'tilgandi.

Ernazarbiyning boshqa talablari esa rad etildi. Buxoro elchilari 10 oktyabrda Peterburgdan chiqib 9 kundan so'ng Xersonga etib borishdi. Bu erda Xerson gubernatori general-poruchik Gannibal tomonidan kutib olinib ikki yunon kemasiga joylashtirildi. Biriga elchi va yaqin a'yonlar, ikkinchisiga esa yuklar joylandi.

Konstantinopoldagi Rus elchixonasining ma'lumotlariga ko'ra Ernazarbiy boshchiligidagi Buxoro elchilari 1780 yilning 27 oktyabr' kuni Usmonli davlatiga etib kelishdi va 9 noyabr' kuni mamlakat Sadri A'zami (bosh vaziri) bilan uchrashdi. Siyosiy muzokaralardan so'ng Ernazarbiy Makkaga tomon yo'lga otlandi. 1781 yilning sentyabr' oyida Buxoro davlati diplomati Kichik Osiyoda tarqalgan o'latga chalinib Ko'niyada vafot etdi.

Bu bilan Ernazar elchining nomayu a'moli yopildi. Lekin, uning ishlarini o'g'li Muhammad Sharif davom ettirdi. U Konstantinopoldan qaytishda 1783 yil va keyinchalik 1785 yilda alohida karvon bilan Ekaterina huzurida bo'ldi. Garchi, otasi singari u ham Rus podshohining iltifotiga loyiq ko'rilgan bo'lsada, otasi boshlagan asosiy g'oya – Markaziy Osiyodan Rus erlari orqali G'arbiy Evropaga savdo yo'llarini ochish masalasini hal eta olmadi.

Ernazar elchining o'limidan so'ng bu g'oya uzoq muddat yoddan ko'tarildi. Ruslar Turkiya va Shvetsiya bilan kelishmovchiliklar, Pol'sha, Qrim va Gruziyadagi notinch vaziyat bilan andarmon bo'lib Turkiston haqidagi g'oyalarni ortga surishdi. Buxoroda esa boshqa Ernazarlar topilmadi. Bu bilan Chor istilosi qariyb bir asr kechikdi. To'g'ri, bu orada Rossiya tomonidan bir qancha razvedka ekspeditsiyalari uyushtirildi. Ularning ayrimlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Mulla Ernazarbiyga keladigan bo'lsak, u dunyo ko'rgan mutaraqqiy kishi sifatida mamlakatining naqadar qoloq ahvolda qolganini his qildi va uni rivojlantirish uchun G'arb mamlakatlari va Usmonli sultonligi bilan savdo aloqalarini mustahkamlash zarurligini Buxoro hukmdorlariga tushuntira oldi. Uning elchilik maqomidagi yurishlari garchi muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topgan bo'lsada, tadbirkorlik bilan to'plagan mablag'lari evaziga Buxoro markazida o'zi orzu qilgan madrasa qurildi. Aftidan, qurilish ishlarini o'g'li Muhammad Sharif oxiriga etkazdi.

Yuqorida aytib o'tilganidek, Ernazar elchi madrasasi Ekaterinaning xayriya pullariga emas, balki, Ernazarbiyning halol ishlab topgan mablag'iga qurildi.
Ernazarbiy elchi o'z davrining eng qudratli davlati podshohi bilan muvaffaqiyatli muzokara olib borgan mohir diplomat, mazlum xalqi uchun ta'lim muassasasi qurishdek ezgu g'oyasi uchun o'z jonini garovga tikkan ma'rifatparvar sifatida tarixda nom qoldirdi.

(“Buxarskie posol'stva pri dvore Ekateriny II // Istoricheskiy vestnik, № 2. 1897” nashridagi maqoladan erkin tarjima)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube