O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Mahbus S.Abdulaziz Yusupov: «DXX Mirziyoev va uning kuyovini yo'q qilmoqchi»

Mahbus S.Abdulaziz Yusupov: «DXX Mirziyoev va uning kuyovini yo'q qilmoqchi»
09 Eylül 2019 - 21:25 'da yuklandi va 2842 marta o'qildi.

MAHBUS SAID ABDULAZIZ YuSUPOV: «DXX MIRZIYoEV VA UNING KUYoVINI YO'Q QILMOQChI»

Bugun, 2019 yil 9 sentyabr kuni men Bakaeva Jamila kelinim Yusupova Dilfuza bilan birga mashinamizni ochganimizda, uning o'rindig'ida orqa oldi to'ldirilgan 2 varaq maktubni kurdik. Kelinim bilan birgalikda maktubni zudlik bilan ochib o'qidik. Maktubni o'g'lim Said Abdulaziz Yusupov yozgani nafaqat imzosidan, balki, xusnixatidan ham ma'lum edi. O'g'lim xatni kim orqali chiqargani bizga qorong'u. Xatni olib kelgan odam mashinamizning ozgina ochib qoldirilgan lyuki orqali tashlab ketgan bo'lishi kerak.

Maktubda o'glim o'z oilasi, biz ota-onasidan tashkari, O'zbekistondagi jamoatchilik uchun ham muhim bo'lgan ma'lumotlarni etkazishga harakat qilgan. Xususan, o'ziga qaratilgan dahshatli qiynoqlardan tashqari uni DXX kontr.razvedka xodimlari ham tergab, qiynaganlari to'g'risida yozgan. O'g'limning yozishicha, DXX kontr.razvedka xodimlari – «Oybek», «Abdulaziz», «Timur», «Berdak (asl ism sharifi A.G. Kim)»  va kontr.razvedka boshqarmasi boshligi E.Tixonovlar muttasil ravishda «Prezidenting 2 yil qanotimizni qirkmoqchi bo'ldi, 2 yil ichida qanotimiz avvalgidan ham katta bo'ldi, yaqinda sevimli Prezidentingni ham, uning sevimli kuyovi Otabekni ham, uning GSBP (Prezident xavfsizlik xizmati) sini ham sindiramiz» deb aytishgan ekan.

Quyida Said Abdulaziz Yusupovdan kelgan maktub matnini to'liv e'lon qilamiz.

***

SAID ABDULAZIZ YuSUPOVDAN MAKTUB

Aziz va muxtaram Dadajonim, Ayajonim, Jannatim va bolalarim!!!

Bugun maxbuslikning 113 kuni – 30 avgust 2019 yil. Ushbu maktubni Sizlarga Allohning mo''jizasi bilan etib borar degan umidda, GUVDning zax, sovuq, xira yorug' erto'lasidagi 6-kameradan yozmoqdaman.

Avvalo sizni bilishlaringizni istardimki, har birlaringni alohida va hammalaringni birgalikda shunday qattiq sog'inganmanki, uylab eslasam, ko'z yoshsiz turolmayman, yuragim og'riydi. Shunda o'zimni shirin orzular girdobiga tashlab, sal taskin topganday bo'laman.

Bu maktubni yozib, sizlarni istirobga solish niyatim yo'q edi. Ammo, so'nggi paytda yuragim tez-tez bezovta qilib, xuddiki bir narsa tilib o'tganday bo'lish holati avvallari 2 yilda 1 bo'lgan bo'lsa, hozir kunda ikki marta bo'layotganini, tishim yiringlab, yuzim va boshimgacha og'riq berayotgani, bu haqda bu erdagi mas'ullarga aytsam, hech qanday chora ko'rmayotganligi, ertalab va kechki payt paydo bo'lib, yo'q bo'lib qoladigan «hamshira» analgin va valeriankadan boshqa dori bermasligi, yashashim uchun zarur bo'lgan, o'zim olib kelgan dorilarni o'z vaqtida berilmasligi, qisqasi, go'yoki bu erdagi sharoit asta sekin meni o'ldirib yuborish uchun mo'ljallanganga o'xshashi, nafasim qisishiga qaramay, havo yo'q kamera oldida kraska ishlatilishi, bularning barchasi, Xudo ko'rsatmasin, menga bir gap bo'lsa, bor haqiqat va vasiyatimni Sizlarga etkazish uchun yozishimga sabab bo'ldi.

To'g'risini aytganda, go'yoki bu maktubni 1938 yil NKVD mahbusi o'laroq yozayotganga o'xshayman.

Sababini tushintiraman hozir. 10 may 2019 yil o'sha Prezident haqida yozgan kitobimning signal nusxasi Turkiyadan kelgan kuni tush payti uydan chiqib, ishga ketishimda, mahallada yana o'sha bir oydirki meni kuzatib yurgan mashinalarni kurib, etikdo'zning oldidan o'tib, er osti garajining oldiga qayrilishini aytdim Axrorga. Maqsadim, ular bilan ochiqcha gaplashib, kimliklari va maqsadlarini bilmoqchi edim. To'xtashimiz bilan ikki tarafdan ikki sportsmen qo'llarimni qayirib, meni neksiya avtomobiliga, orqaga o'rtaga o'tirgizishdi. Oldinga o'zini DXX xodimi «Temur» deb tanishtirgan, yoshi 30-35 lar atrofidagi iyak osti chap tarafida jarrohlik amaliyotidan qolgan 6-7 sm lik shrami bor yigit o'tirdi. Telefonda kimgadur qo'ng'iroq qilib, bo'ldi oldik, kiraveringlar dedi. Tushundimki, ishxona va uyimga tintuvga kirishadi. Demak, mening GSBP bilan hamkorlik qilishimga, ishxonam, bevosita rejim ob'ekti sanalishiga qaramay, tintuv o'tkazilishi, GSBP bilan ham, Prezident Devoni mas'ullari bilan ham, Akmal Saidov bilan ham, «soglosovanie» qilinganini angladim.

Albatta, kutganimdek, meni DXX tergov boshqarmasiga olib borishdi. U erda tergovchi Yaxyoev Otabek adliya podpolkovnigi menga go'yoki meni olib kelingan emas, o'z hoxishim bilan kelganimni aytib, chaqiruv qog'oziga imzo qo'ydirdi. Shundan so'ng, menga firibgarlik ayblovi e'lon qilinganini aytdi. Men ular tayyorlab ko'ygan «jabrlanuvchilar» bilan ko'rishishdan avval, bu «jabrlanuvchilar» aslida, Qoraqalpog'iston Respublikasidagi separatistik guruh a'zolari bo'lib, 2012-2013 yillar davomida chet eldan kirib kelgan katta pul mablag'i evaziga turli mansablarni sotib olish uchun pora sifatida berilganini, bularning bari o'sha davrdagi MXXning maxsus operatsiyasi doirasida podpolkovnik (keyinchalik polkovnik) Adilov Hayot aka (2014 yilda, noma'lum sabablarga ko'ra, uyida o'lik holda topilgan) boshchiligida tashkillashtirilib, «vyyavlenie i iz'yatie» qilinganini, ular bergan poralar audio va video fiksatsiya qilinib, zapislar va pullar MXXga, shaxsan Xayot Adilovga topshirilganini, «jabrlanuvchi» arizachilardan tashkari, o'sha paytdagi QR Vazirlar Kengashi raisi Bahodir Yangiboev, xalq ta'limi vaziri bo'lishi uchun pora bergan Jonjayxon, Nukus shahar sudyasi bo'lish uchun pora bergan Mexsetlar haqida (Mexset hozirda ma'muriy sudya) o'zim gapirib berib, «Z»(«Z») boshqarmasi podpolkovnigi o'limidan keyin mening qo'ulimda hech qanday dalil qolmagani, u tirikligida esa «hozircha operativ razrabotkada» bular deb, ularni jinoiy javobgarlikka tortishni cho'zib kelganini, mendan kamera yoki pulni qaytarishimni talab qilayotgan ularni avrab turishim lozimligini aytib kelganligini, u o'lgach esa, men bor gapni keyingi kuratorim Bahodir Tolipovga aytganimda, u menga Hayot Adilov meni aldaganini, bunday amaliyot bo'lmaganini aytganini, men, SBga borib aytaman deganimda, ular yordam bermaydi, o'zing qamalishing mumkin deb aytganini, pora berganlar hech narsa qilolmaydi, o'zlari javobgarlikka tortiladi bo'lmasa, deb aytganini aytib berdim.

Eng alamlisi, ana shundan so'ng boshlandi. To'g'rirog'i, o'sha kuni «jabrdiyda»lar bilan yuzlashtirish o'tkazildi, menga avval sudya bo'lib ishlagan Ashrapova degan advokat «ta'minlashdi» (ularning odami), ertasiga meni DXX gospitaliga olib borib kechasi bilan davolab, yaxshi holatda qilib 12 kuni Yunusobod sudiga oborib, qamoqqa olishga sanktsiya olgandan so'ng (aytgancha, o'sha sudda Abat Davkaraevni ham qamoqqa olishga sanktsiya berilgan, ammo ishda ayblanuvchi sifatida o'tayotgan Abat Davkaraev keyinchalik guvohga aylanib, ishda g'oyib bo'ldi, chunki u QR Jukorgi Kengesi raisining qudasida).

Eng ayanchli kunlarim boshlandi. U holatlar ya'ni firibgarlikda, pora berishda ayblovlar hammasi meni tiqish uchun bahona ekan. 13 may 2019 yildan boshlab meni qo'lga olgan go'yoki «Temur» ismli o'sha shaxs – aslida kontr.razvedka boshqarmasi tezkor xodimi, uning hamkasbi ayni boshqarmadan o'zini «Oybek» deb tanishtirgan (oq sariqdan kelgan «Temur» «Oybek»ni sansirab gapirishiga qaraganda rutbasi teng yoki kichik, yoshi ham, yuzida cho'tiri bor, kipriklari sariq, ko'zi och malla, «Temur» shevasiga ko'ra Navoiydan – eski shahar yoki vokzaldan, «Oybek»- Qiziltepa yoki G'ijduvonlik) shaxs, o'zini Berdak deb tanishtirgan shaxs – men boshdan uning qozoq emas, koreys ekanligini anglagandim, keyinchalik uning aslida DXX tergov boshqarmasi alohida muhim ishlar bo'yicha tergovchi – A.G.KIM ekanligini bilib qoldim. Qizigi, bu uchalasi o'zini kontr.razvedka emas, Razvedka xodimlari deb nega tanishtirganini haligacha tushunolmadim.

Ular meni 25 maygacha har kuni 10-12 soatlab «so'roq» qilishdi. Mendan turk maxsus xizmatlariga xizmat qilishim haqida majburlab ko'rsatma oilshmoqchi bo'lishdi. Aybim ochiqchasiga Islom universitetida hijob kiyilishini himoya qilganim, Turkiya haqida kitob yozganim, Kastamonu davlat universiteti magistratura va doktaranturaga bepul o'qishni tashkil qilganim ekan. 25-may 2019 yili Kontr.razvedka boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari E.Tixonov kelib, men bilan «gaplashib» meni GUVDga jo'natib yuborishdi. U erda «Temur», «Oybek», «Berdak»lar 6,5 sutka davomida menga nisbatan jismoniy, ruhiy, psixologik ta'ziyq o'tkazishdi. Meni hatto zo'rlamoqchi bo'lishdi. Ya'ni dubinka bilan nomusimga tajovuz qilmoqchi bo'lishdi. Meni sindirgan narsa – ayajonim va ayolimni qamash, xo'rlash, keyin esa bola chaqamu otamgacha qanday qilib o'ldirib yuborishlarini aytib ishontrishgani bo'ldi.

Albatta, kimdur axir shunchaki qo'rqitishganku, der. Ammo, 21 asrda, demokratik davlatda, shahar GUVDsida jinsiy zo'rlanishga bir bahya qolgan, urilgan, qo'rqitilgan, xo'rlangan inson bu gaplar shunchaki tahdid emasligini tushunib etadi. Men axiyri oilamga tegmasliklari evaziga bu tuhmatni bo'ynimga olishga majbur bo'ldim. Ayniqsa, Turkiyada o'qib yurgan ukamni imo orqali ularni odami to'g'ridan to'g'ri universitetda yurganini onlayn ko'rsatgandan so'ng, uni o'ldirish ularni qo'lidan kelishini bildim.

«Temur» o'tirib, qog'ozlarga sxemalar chizar, men esa, u aytgan sxemalarni so'zga tushirib, o'z nomimdan tushuntirish xati yozdim. Yo'q aybni bo'ynimga oldim. Shu tariqa 1- iyun' kuni kechga meni DXX tergov hibsxonasiga qaytarib olib borishdi. U erda 17 iyungacha o'zimga qarshi tuhmat ko'rsatmalar yozdirishdi. Bularning barchasiga tergovchi Yaxyaev indamay, sharoit yaratib berdi. Eng alam qilarlisi men GUVDda ekan (25.05.2019-01.06.2019) «Oybek» degan qo'rqmasdan «Prezidenting 2 yil avval qanotimizni qirqmoqchi bo'ldi, 2 yilda qanotimiz avvalgidan ham kattaroq bo'ldi. Hali san xizmat qilgan GSBP ni ham sindiramiz» degan gapni aytar, DXXga kelgach «Temur» «Otabek akajoningiz» (Prezidentning kichik kuyovi, GSBP o'rinbosari) deya pisanda qilishdan, u kishini masxaralab gapirishdan hayiqmadi. Tushundimki, bular o'z qudratiga ishonmasa bunchalikka bormas edi. Aslida GUVDda Prezident nomiga, DXX raisi A.Azizov nomiga yozgan ko'pgina murojaatnomalarni ko'zimni oldida «Berdak» yirtib tashlab, buni ketingga tiq deb qo'rqmasdan gapirishi ham bejiz emas edi. Ammo, 16 yoki 17 iyun kuni «Temur», «Oybek», «Berdok» va ularning rahbari – rus kishisi, bo'yi 2 metr atrofida, yoshi 55 larda, tahminim bo'yicha, Kontr.razvedka boshqarmasi boshlig'i E.Tixonovlar mendan endi Preziden maslaxatchisi Rustam Qosimov, administratsiya sektor mudiri Abdulaziz Abdullaev, inson huquqlari milliy markazi rahbari Akmal Xolmatovich Saidov, NIMFOGO rahbari Rustam Kamilov, Islom akademiyasi eski rektori Ne'matullo Ibraximov, DXX xodimi podpolkovnik Baxodir Komilovlarga qarshi tuhmat ko'rsatma berishni talab qila boshlashdi.

Undan avval ular GSBPdagi xodimlar haqida Ixtiyor Abdullaevni tergovi, men ekspert guruhi rahbari bo'lgan tergov ekspertiza guruhi a'zolari – qisqasi, o'ta mahfiy ish bo'yicha ularga aloqasi bo'lmagan ma'lumotlarni so'ray boshlashgandi. Men bu savollarga umuman javob bermagandim. Endi esa, Prezidentning eng sodiq odamlariga qarshi ko'rsatma berishni, tuhmat qilishni talab qilishlari ularning asl maqsadi – Prezident komandasiga zarba berish orqali Prezidentni kuchsizlantirish ekanligini anglab etdim.

Menga bir kecha vaqt berishlarini so'radim. Kechasi bilan Qur'on o'qib (shukrki, DXX hibsxonasida o'qishga Qur'on berisharkan) yig'lab Ollohdan yo'l ko'rsatishni so'radim. Tushimga oppoqdadam rahmatli kirib tuhmat qilmaslikni qattiq aytib, oilamni o'ldirishsachi degan savolimga g'oyibdan Yosinning «va ular jufti halollari bilan so'rilarda o'tirishadi. Robbilari ularga salom aytadi», degan oyatlari eshittirib ko'rsatildi. Turib Yosinni ochsam, haqiqatda, adashmasam 57-58 (yoki 58-59) oyatlari shunday ekan.

Tushundimki, Prezident, mamlakat taqdiridan o'z oilam jonini ustun qo'yish noto'g'ri ekan. Mayli, bular bizni oilaviy o'ldirib yuborgan taqdirda ham, Olloh bizni o'z jannatida abadiy birga qiladi. Shu qaror bilan ertalabdan Prezident, DXX raisi, GSBP, inson huquqlari markaziga 4 ta shikoyat ariza yozib, bor haqiqatni ochib tashladim. Bu shikoyatlarda o'zimga qarshi yozilgan tuhmat pushaymonlik xatlarini ham, videoga yozdirilib olingan pushaymonlik murojaatim ham zo'rlab olinganini, ayniqsa, video murojaatda (video so'roqda) o'z advokatim Arslon Shoymardonov qolib, yana o'zlarining Ashrapova degan advokati ishtirokida ko'rsatma olishganini, lekin men balki tushunib qolishar degan umidda o'ng qo'l ko'rsatkich barmog'im bilan 3 ta uzun, 3 ta kalta (SOS) signali berib meni majburlashmoqda, yordam qiling signali berib turganimni yozdim.

«Temur»lar oldiga chiqqanimda endi o'zimni ham, oilamni ham o'limidan qo'rqmasligimni, Prezidentga pand berishga yo'l qo'ymasligimni, avvalgi majburlab olingan ko'rsatmalarimni ham rad etishimni aytdim. Yana haqorat, tahdidlar… Ammo so'zimdan qaytmadim.

18 iyun 2019 yilda meni yana so'roqqa chaqirishdi. Chiqsam alamidan gezarib ketgan rus kishisi (tahminan E.Tixonov) ikki yonida «Berdak» (A.G.Kim) va «Oybek» bilan juda qattiq haqorat qildi, qo'rqitdi. Meni oyoqsiz qilib, baribir qamatishini aytdi. Eng alam qiladigani xov o'sha 1938 yillar rus NKVD xodimlari oldida yaltoqlanib asosiy jallodlik vazifasini o'tagan o'zbek NKVD xodimlari kabi – «Oybek» kimga ishonyapsan o'zi deb so'raganida «Ollohga» desam, E.Tixonovga «sadoqatini» ko'rsatish uchun « Ollohing osmondan tushib senga yordam berarmidi?» deb aytdi. Astag'firulloh deng, deb aytdim. O'sha kecha ertalabgacha uning bu kufri kasri bolalariga urmasligi uchun duo qilib chiqdim.

Shundan so'ng bor yo'g'i 2-3 marta Yaxyaev firibgarlik aybi bo'yicha chaqirdi. Iyulning o'rtalarida «Temur» va yangi «Abdulaziz» degan odam paydo bo'ldi. Endi bular faqat o'z «aybim» ya'ni «shpionaj»da iqror bo'lsam bo'ldi, meni bo'ynimga qo'yilayotgan zarar summasi tahminan 500 million so'mni ham to'lab berilishini, suddan ozod bo'lishimni va'da bera boshlashdi.

Men ularga «men aslo xoin emasman, sizlarga haqiqat kerak bo'lsa, bor haqiqatni aytdim, hech qanday yordam bermasalaring ham davlatim uchun bor gapni aytaman», dedim. Ularga esa haqiqat emas, kimlarnidur tepada ishontirish, yo'q haqni bor qilib, «tezkor, samarali» «faoliyati»ni kursatish uchun yolg'on haqiqatlar kerak edi. Men esa yolg'onga rozi bo'lmadim.

Yaxyaev Otabek aslida meni hozirgi ishim bo'yicha, ya'ni «firibgarlik» aybi bo'yicha bor yo'g'i 10-12 martagina chaqirgan, so'roq qilgan. Ishni negadir tez yakunlab 27 iyul kuni 2019 yil ishni sudga chiqardi.

Ayblov 167, 168, 211 moddalar bo'yicha. Ammo bo'ldi mendan xoin yasamoqchi bo'lganlar meni tinch qo'ydi, deb erta xursand bo'lgan ekanman. 8 avgust 2019 kechqurun meni GUVD ga olib kelishdi. Kechkurun 21.45 da. Bir o'zimni bitta kameraga qo'yishdi. 20 avgustgacha ming marta talab qilishimga qaramasdan, kim, nega bu erga olib kelganini hech kim aytmadi. 20 avgust kechki 17.50 larda meni so'roq xonasiga olib kirishdi. U erdagi kamera o'chirib qo'yilgan. Kirsam, u erda «Abdulaziz» degan xodim bilan «G'ayrat» degan DXX xodimlari («Temur»lar komandasidan) o'tirishgan ekan. Tushundimki, meni GUVDga olib kelinishim ma'rifati bularga oid ekan.

Yana eski gaplar, tuhmatlar, tahdidlar. Talab bitta: o'zimni xoin deb e'lon qilishim, ya'ni tan olishim ekan. Agar rozi bo'lmasam, sud ishimni ko'rib bo'lgach, yangi holatlar, yangi jinoiy ishlar ochilishi, eng asosiysi men tergov davrida qayta va qayta aynan ana shu VSH (vaqtincha saqlash hibsxonasi – ruscha «IVS») da kamida ikki yil yotishim, bu srok asosiy hukm qilingan srokka qo'shilmasligini aytishdi.

Tushuntirishlaricha, men bu erga menga 2 yil avval tuhmat qilgan koreys Lining, o'z isbotini topmagan davosi endi «haqiqat» deya tan olinib yangi jinoiy ish ochilgani uchun olib kelingan ekanman. Bunday tuhmatlarni 3-4 sini uyushtirish ular uchun muammo emas ekan. Qisqasi, men bandasini emas, Ollohni aytgani bo'lishini, agar qismatimda shu erda o'lim yozilgan bo'lsa, hech kim qutqara olmasligini, tirik chiqish yozilgan bo'lsa, hech kim o'ldirolmasligini aytib, o'zimni xoin deb tan olishdan, o'zimga tuhmat qilishdan bosh tortdim.

24.08.2019 da olib kelinganimdan 16 kun so'ng meni birinchi marta so'roq qilishdi. Ayblov albatta kurakda turmaydi. Ammo bu tergovchida ham ayb yo'q – «aka»lari aytgandan keyin bajarishga majburda.

Ko'ramiz, inshoOlloh balki bir yaxshilik bo'lar. Zulmning umri qisqa deyishadiku…

Aytmokchi bo'lganim, birinchisi, agar men biror bir pushaymonlik video yoki yozuv yozib, o'zimni xoin e'lon qilsam, bilingki, inson irodasi dosh berolmaydigan bir zulm ostida yozgan bo'laman.

Ikkinchisi, bolalarim! – bilib qo'yingki totalitarizm asosi – zulmdir. Prezidentimiz qanchalik harakat qilmasinlar, totalitar tafakkurli odamlar boshkarayotgan tuzumlar Prezident istagan Demokratiyani vujudga keltirishga yo'l qo'ymaydi. Chunki ular zulm bilan ishlash, zulm vositasida yashashga, zulm bilan muammoni hal qilishga o'rganganlar. Ular boshqacha yashay olmaydilar. Shuning uchun zulm emas, huquq ustun mamlakatda yashashingizni, Evropaga ketishingizni o'sha erda ham O'zbekiston uchun yaxshi ishlar qilishingizni istayman. Ammo mendek ham xizmat, ham tuhmatga qolishingizni istamayman. Keyingisi, vrach bo'ling, arxitektor bo'ling, advokat bo'ling, imom bo'ling, injener bo'ling, ammo siyosatchi bo'lmang, maxsus xizmatda ishlamang, tergovchi bo'lmang, zulm qilmang. Dadajonimga, ayajonimga, oyijoningizga, ayajoningizga men qilolmagan xizmatni qiling, mehr va toatda bo'ling. Bir-biringizni seving, asrang, ardoqlang. Esingizda bo'lsin, bir-biringizdan yaqinroq va mehribonroq Allohdan va o'zingizdan boshqa hech kim yo'q.

Men albatta umid va harakat bilan yashayman. Umid qilamanki, Prezident va DXX raisining bu gaplardan xabari yo'q. Yo'qsa Prezident o'ziga sodiq bo'lgan, Payg'ambar avlodini xo'rlatib qo'ymas edi…

Bu 113 kun 113 yildek o'tmoqda …………….. Sizlar yashaganingiz, meni eslaganingiz muddatcha men tirikman bollarim. Ayajonimga berolmagan mehr va oqibatni sizlar bering iltimos. Dadajonimni asrang. Ukamga aytinglar, bular uni ham qamashmoqchi, kelmasin. Men uni juda yaxshi ko'raman, shuni unutmasin.

………………. Alloh uchun boshingizni baland tuting! Sizlarni juda yaxshi ko'raman Olloh uchun. Boshingizni baland tuting! Dadangiz vataniga sodiq bo'lgan hamisha! Sizlarni sevaman, Ollohga omonatsizlar!!!

Olloxdan yaxshilik umidi bilan Said Abdulaziz Yusupov.

https://www.facebook.com/groups/379512812906251?view=permalink&id=453931988797666

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube