O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

O'zbekiston, Said-Abdulaziz Yusupov: Hech bo'lmasa, bolamning ovozini eshitib qoldim

O'zbekiston, Said-Abdulaziz Yusupov: Hech bo'lmasa, bolamning ovozini eshitib qoldim
13 Eylül 2019 - 14:40 'da yuklandi va 1068 marta o'qildi.

Joriy yilning 10 mayida qo'lga olingan taniqli jurnalist Said-Abdulaziz Yusupov ishi yuzasidan 9 sentyabr' kuni yopiq sud jarayoni boshlangan. Mahkamaga jurnalistning oila a'zolari kiritilmagan. Ayni vaqtda, uning qo'li bilan yozilganiga ishonilayotgan xat hibsxonadan tashqariga chiqarilgan.

O'zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondiga rahbarlik qilgan jurnalist Jinoyat kodeksining 167 (o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish), 168 (firibgarlik) va 28, 211-moddalarida (pora berish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Bi-bi-si O'zbek Xizmati jurnalistning onasi Jamila Bakaeva bilan suhbatlashdi.

Said-Abdulaziz Yusupovning onasi farzandining ishi nega yopiq tarzda ko'rib chiqilayotganini tushunmayotganini aytadi.

«Agar bolam firibgar bo'lsa, xalqning oldiga olib chiqib ochiq e'lon qilsin firibgar ekanini. Biz bolamning shunga yarasha jazo olishiga rozimiz», so'zlaydi u.

Jamila Bakaeva o'g'li hibsga olingandan buyon uni ko'rishga na o'zi, na oilaning boshqa a'zolariga imkon berilganini ma'lum qiladi.

«Tergov tugagandan keyin ko'rishasizlar, dedi. Tergov tugagandan keyin ham ko'rsatishmadi. Hozir advokatga sud'yadan so'rang, bir bolamni ko'raylik, deb iltimos qilyapman. Ruxsat berishadimi yo yo'q – bilmayman».

Yusupovning onasi sud boshlanishi arafasida oilaga tegishli avtomashinada bir xat paydo bo'lib qolgani va undagi yozuvlar o'g'liga tegishli ekaniga ishonchi komil ekanini ta'kidlaydi.

«Xatni aynan o'g'lim yozganini uning imzosidan, husnixatidan va faqat oilamizgagina tegishli bo'lgan gaplarni tilga olganidan bildim».

«Bu xat bizning oilamiz uchun yozilgan. Bolam xatni o'sha erdan tirik chiqishiga ishonmaganidan vasiyatdek yozgan. Ota-onamning, bolalarimning oldida yuzim qora bo'lmasin, men hech qanday davlat xoini emasman, deb yozgan xatda» , ko'ziga yosh oladi ona.

Shuningdek, Jamila Bakaevaga ko'ra, o'g'lining salomatligi yaxshi emas. Unga kundalik ichadigan “qonni suyultiruvchi” dorisi ham vaqtida berilmayapti ekan.

Rasmiylar nima deydi?

O'zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati Said Abdulaziz Yusupovning sudi nima sababdan yopiq bo'layotgani haqida ‘erta indin’ saytda ma'lumot berishini bildirdi.

O'zbekiston Bosh prokuraturasi Yusupov nima sababdan tergov tugagan bo'lsa ham yaqinlariga ko'rsatilmayotgani va unga dorilari berilmayotgani haqidagi da'volarga javob berolmasligini ma'lum qildi.

‘Tergovni DXX organlari amalga oshirgan’, degan javob berdi matbuot xizmati.

Said Abdulaziz Yusupovning sog'ligi borasida shov-shuvlar ko'tarilishi ortidan, DXX hibsxonasida saqlanayotgan jurnalist 8 iyun kuni Bosh prokuratura nazorati ostida tibbiy ko'rikdan o'tgazilgan edi.

Bu vaqt oralig'ida O'zbekiston Bosh prokurori o'zgardi.

Ona 9 sentyabr' kuni farzandining sudiga borgani, ammo uni sud binosiga yaqinlashtirmaganliklarini ma'lum qiladi.

“Advokatdan o'g'limni ko'rsam bo'ladimi, deb so'radim. U mashina kelganda, teshikchadan ko'rishingiz mumkin, dedi. Keyin mashina keldi, lekin unga yaqinlashtirishmadi. Dod, deb kelinim bilan qichqirdik. Shunda mashinaning ichidan o'g'limni ovozi eshitildi: «Ayajon, unaqa qilmanglar, hammasi yaxshi, men yaxshiman,» deb qichqirib qoldi. Hech bo'lmasa, bolamning ovozini eshitdim,” hikoya qiladi jurnalistning onasi.

Jamila Bakaeva o'g'lining boshiga tushayotgan bu ishlar faqat uning jurnalistlik faoliyati bilan bog'liq ekani va uning ozod etilishi faqatgina prezidentning qo'lidaligini ta'kidlaydi.

«Men ishonaman – prezidentimiz bu ishlardan bexabarlar. Agar bu gaplar ularga etib borsa, adolat qilishlaridan umidvorman,» ishonch bildiradi u.

Jurnalist Said-Abdulaziz Yusupov qo'lga olinishidan ikki kun o'tib, uning bir necha oy oldin tasvirga olingan prezident Shavkat Mirziyoevga videomurojaati e'lon qilingan.

2018 yilning 25 sentyabrida Turkiyada suratga olingan murojaatda jurnalist “agar bu ko'rsatuv internet tarmog'iga qo'yilgan bo'lsa, muhtamalan, siz ko'rayotgan onlarda men yo hibsda, yo Vatandan tashqarida, yoki Xudo ko'rsatmasin, baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan bo'laman”, deydi.

1982 yilda tug'ilgan Said-Abdulaziz Yusupov Turkiyada Prezident Shavkat Mirziyoev haqida «Yangi O'zbekiston: Rivojlanish strategiyasi va liberallashuv» nomli rus tilida kitob chop ettirgan.

Uning oilasining bildirishicha, jurnalist 10 may kuni kitobning nusxalarini qabul qilib, uni yuqori lavozimli amaldorlardan biriga ko'rsatish uchun olib ketayotganda, yo'lda hibsga olingan.

O'zbekiston rasmiylari hozirga qadar Said-Abdulaziz Yusupovning videomurojaatidagi da'volar va uning kitobi bo'yicha izoh bermagan.

Manba: bbc.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube