O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

O'zbekiston: Mirziyoev boshqaruvining uch yili – nima o'zgardi?

O'zbekiston: Mirziyoev boshqaruvining uch yili – nima o'zgardi?
16 Eylül 2019 - 21:36 'da yuklandi va 1013 marta o'qildi.

Shavkat Mirziyoev hokimiyatga kelganidan uch yil o'tib, uning salafi Islom Karimov qoldirgan meros va mamlakatda boshlangan islohotlar borasida o'zbek jamiyati qutblashganicha qolmoqda.

2016 yilning 8 sentyabrida O'zbekiston parlamenti bosh vazir Shavkat Mirziyoevni muvaqqat prezident etib tayinlagandi.

Islom Karimov vafotidan bir hafta o'tib yuz bergan tayinlov Konstitutsiyaga muvofiq emasdi.

Konstitutsiyaga binoan parlament yuqori palatasi – Senat raisi vaqtincha prezident vazifasini o'z zimmasiga olishi kerak edi.

Ammo Senatning o'sha vaqtdagi raisi va joriy Bosh prokuror Nig'matilla Yo'ldoshev vaqtincha prezident vazifasini bajarishga layoqatli emasligini aytib, bu lavozimga Shavkat Mirziyoev nomzodini taklif etdi.

Hokimiyatning bosh vazir qo'liga o'tishi uning qanchalik qonuniyligi borasida savollarni paydo qildi.

Oradan bir kun o'tib, unga izoh bergan huquqshunos va deputat Akmal Saidov parlament qarori qonuniy ekanini aytdi.

Kutilmagan islohotlar

Hokimiyat o'zgarishidagi ushbu muhim epizodni bugun O'zbekiston ichkarisi va tashqarisida eslayotganlar uncha ko'p emas.

Bunga Mirziyoevning kutilmagan islohotlari bois.

O'n uch yil mobaynida mamlakatning ikkinchi odami bo'lishiga qaramay, Islom Karimov soyasida qolib kelgan va qattiqqo'lligi bilan nom chiqargan 59 yoshli Mirziyoevning kutilmaganda mavjud tartibni yumshatishga qaratilgan choralarga qo'l urishi O'zbekiston ichkarisi va tashqarisida ehtiyotkorlik bilan olqishlandi.

Tashqi siyosatda O'zbekiston yaqin va uzoqdagi hamkorlariga shartsiz do'stlik qo'lini cho'zdi-qo'shni davlatlar bilan munosabatlardagi muzlar eriy boshladi.

O'sha yilning 4 dekabridagi prezident saylovlari ortidan Mirziyoev ichki siyosatda ham jiddiy islohotlar kun tartibini e'lon qildi.

O'nlab siyosiy mahbuslar qamoqdan ozod qilindi, dindorlarning “qora ro'yxat”lari tugatildi.

Jurnalistlar va matbuotga nisbiy, ammo Karimov davrida misli ko'rilmagan erkinlik berildi.

Prezident O'zbekistondagi siyosiy boshqaruvning asosiy tayanchi bo'lgan kuch tizimlarini birin-ketin keskin tanqidga tutdi.

Ichki ishlar va prokuratura idoralari ortidan qudratli xavfsizlik xizmatlarida jiddiy tarkibiy va kadrlar o'zgarishi e'lon qilindi.

Bu o'zgarishlar jarayonida vaqti-vaqti bilan ichki kurashlarga doir farazlar eshitilib turgan bo'lsa ham, qudrat talashishlar ochiqcha tashqariga sizmadi.

Uzoqqa cho'zilgan o'tish jarayoni

Ayni paytda uch yil oldin boshlangan hokimiyat o'tish jarayoni o'zining mantiqiy nihoyasiga etdimi, yo'qmi, hanuz qorong'u.

Mirziyoev o'z chiqishlarida Karimovdan meros qolgan boshqaruv uslubini keskin tanqid qilgan bo'lsa-da, omma ko'zida Karimov siyosatining davomchisi sifatida qolmoqda.

Yangi hokimiyat hanuzgacha Karimov davriga siyosiy baho berishdan o'zini tiyib keladi.

Davlat boshqaruvidagi islohotlar esa, asosan kadrlar rotatsiyasi bilan cheklanib qolmoqda.

Shu yil dekabrida o'tadigan parlament saylovlari Karimov davridagi saylovlaridan farqli bo'lishiga doir jiddiy ishoralar yo'q.

Muxolifatdagi “Erk” demokratik partiyasi rahbari Muhammad Solih o'tgan uch yilda O'zbekistonda o'tkazilishi kerak bo'lgan siyosiy islohotlarning birontasi ham o'tkazilmadi, deb hisoblaydi.

“So'z erkinligi ta'minlanmadi. Davlat va nodavlat mediasi ayni saviyada hukumatga maddohlikda davom etmoqda. Muxolifat nashrlari hali ham taqiqlangan. Maddohlar 37-yillarda qatag'on qilingan ziyolilar haqida og'iz ko'pirtirishadi, ammo bugungi taqiqlangan yozuvchilar, jumladan, Muhammad Solih haqida sas chiqarmaydilar”, – deydi muhojirotdagi shoir va siyosatchi.

Uning so'zlariga ko'ra, Karimov davrida repressiya qilingan muxolifat “hanuz qatag'on ostida”.

“Akrom Malik, Rustam Abdumannopov va Andrey Kubatinga o'xshaganlar hanuz qamoqda. Muxolifat bilan muloqotga chaqirgan Said-Abdulaziz Yusupov ustidan yopiq mahkama kechmoqda. Islohot, deb hayqirayotgan Mirziyoev parlament saylovlarida muxolifatning ishtirokini ta'minlash haqida bir og'iz so'z aytmadi. Yana Karimov davridagi qo'g'irchoq partiyalar bilan soxta saylov o'tkazib, xalqni aldashga urinish xalqqa katta haqoratdir”, – deydi Muhammad Solih.
“Biz O'zbekiston haqida shakllangan “zolim, avtoritar, totalitar davlat” degan tasavvurni o'chirib, boshqa yangi bir davlat ekanini ko'rsatishimiz kerak”, deydi sobiq deputat va jurnalist Karim Bahriev.

Uning fikricha, O'zbekiston Karimov davrida qaror topgan tuzum mohiyatini saqlab qolgan holda dunyoni haqiqiy islohotlarga ishontirolmaydi.

“Avvalo haqiqiy islohotlar o'tkazilishi, haqiqiy iqtisodiy va siyosiy islohotlar samara berishi kerak”, – deydi Karim Bahriev Bi-bi-si bilan suhbatda.

Qo'rquv o'rnini egallagan umid

Siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimovning fikricha, hozirda Mirziyoev ma'muriyati oldida turgan eng qiyin vazifalardan biri – u e'lon qilingan islohotlarga ishongan odamlarning umidlarini boshqarishdir.

“Insonlar Mirziyoev davrida yaxshiroq (va erkinroq) yashashni boshladilar. So'nggi uch yil ichida ommaviy ongdagi qo'rquv umid bilan almashdi. Jamiyatda asta-sekin, ammo dadil ijtimoiy faollik kuzatilmoqda, ijtimoiy tarmoqlar ijtimoiy fikr markaziga aylandi, blogerlar va jurnalistlar ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni ko'tarishga kirishdilar. Muammolarning ochiq muhokama qilinishi shuni ko'rsatadiki, odamlar Mirziyoevning siyosatiga ishonishdi va ularni hokimiyat eshitayotganiga umid paydo bo'ldi. Insonlardagi bunday kayfiyat Islom Karimov davriga, ayniqsa, uning boshqaruvining so'nggi davriga xos emas edi. Odamlar ishonchini sindirmaslik hozirda ma'muriy islohotlarga bog'liq bo'lib turibdi. O'zbekistonda ma'muriy islohotlar o'tkazish uchun zamin tayyor. Bu sohadagi islohotlarning o'tkazilmasiligi keyingi o'zgarishlarga g'ov bo'ladi”, deb yozdi tahlilchi o'zining Feysbuk sahifasida.

O'zbekiston matbuoti Mirziyoev boshqaruvining uch yilligini eslamadi, ammo togri.uz nashri Kamoliddin Rabbimovning ayni fikrlariga o'rin berdi.

Avval iqtisod…

Tadbirkor va moliyachi Abdulla Abduqodirovning fikricha, ijtimoiy-iqtisodiy sohada Mirziyoev islohotlari allaqachon samara berishni boshlagan.

“Mirziyoev boshlagan islohotlar natijasi o'laroq, Markaziy Bankning iqtisodiy jarayonlarni boshqarishdagi roli oshdi; Iqtisodiyotni jadallashtirish uchun qurilishga katta e'tibor berildi; Eksport salohiyati ancha oshib, rang-barangligi ko'paydi; Oxirgi 2 oy davomida imtiyozli kreditlar yo'q qilindi. Turizm sohasidagi ko'p to'siqlar yo'q bo'ldi”, – deydi tahlilchi Bi-bi-si bilan suhbatda.

Ayni paytda uning nazarida byudjet defitsitining oshib borayotgani, inflyatsiya darajasining yuqoriligi, tashqi savdodagi salbiy balans va so'mning qadrsizlanishi jiddiy muammo bo'lib qolmoqda.

“Samarasiz ishlaydigan va yuqori narxli mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga alohida sharoit yaratib berish amaliyoti tugatilmadi”, – deya qayd etadi Abdulla Abduqodirov.

Tahlilchilar va tanqidchilar ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlarni e'tirof etarkan, siyosiy sohadagi o'zgarishlar sur'ati ulardan ortda qolayotganiga e'tibor qaratishadi.

Muxolif siyosatchi Namoz Normo'minning fikricha, Karimovning vafoti tufayli to'satdan hokimiyatga kelishiga qaramasdan, Shavkat Mirziyoev siyosiy tashabbusni hamda mamlakat uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga ola bildi.

U davlat hokimiyatida o'zaro ixtilofga yo'l qo'yilmagani va xalqda o'zgarishlarga umid uyg'otganini Mirziyoev boshqaruvining yutuqlaridan deb hisoblaydi.

“Ammo keyinchalik Sh. Mirziyoevning Karimovdan meros sifatida chuqur inqiroz ichida bo'lgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarning islohoti bo'yicha aniq dasturi yo'qligi ma'lum bo'ldi. Shu tufayli Prezident islohotlar masalasida qat'iyat ko'rsata olmadi. Masalan, iqtisodiy erkinliklar (liberalizatsiya) siyosatini yo'lga qo'ya olmadi. Davlat iqtisodda xo'jayin bo'lib qolaverdi. Har qanday islohotlarga qarshi bo'lgan karimovchi kadrlar Mirziyoev siyosatidagi bu noaniqlikdan foydalandilar. Ular tashviqot markazi bo'lgan O'zbekiston TVni (davlat telekanali) o'z qo'llarida tutib qoldilar, haqiqiy islohotlar o'rniga esa “siti”lar qurilishi kabi yuzaki islohotlarni olg'a surdilar”, deya fikrini davom etiradi Namoz Normo'min.

Uning fikricha, Mirziyoev siyosiy islohotlarda hozircha qat'iyat ko'rsata olgani yo'q.

“2019 dekabrida o'tkaziladigan Oliy Majlis saylovlarining Karimovcha usul, ya'ni qo'g'irchoq partiyalar ishtirokida o'tishiga mone'lik qila olmadi”, – deydi u.

Namoz Normo'minning fikricha “hozirda uch yillik chala islohotlarning eng salbiy natijasi o'laroq xalqning Sh. Mirziyoevga bo'lgan ishonchining tushib ketishiga guvoh bo'lyapmiz”.

“Bu Xorazmda bo'lgani kabi stixiyali ommaviy norozilik shaklida bo'y ko'rsatmoqda. Xalqning bunday noroziligi oshib borayotgan va tobora og'irlashayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy vaziyatda Mirziyoev hukumati eski rejimning fuqarolarga tazyiq va zulm siyosatiga qaytishi eng katta xato bo'ladi”, deydi Turkiyada muhojirotda yashayotgan siyosiy faol.

Manba: bbc.com/uzbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube