O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

PO'LAT RAZZOQOVICh BOBOJONOV, XODIMLARINGIZ BU QADAR SAVODSIZMI?

PO'LAT RAZZOQOVICh BOBOJONOV, XODIMLARINGIZ BU QADAR SAVODSIZMI?
17 Eylül 2019 - 10:40 'da yuklandi va 1092 marta o'qildi.

Janob vazir!

Mana, menga nisbatan qo'zg'atilgan “Jinoyat ishi”ga tikilgan ikkita eng asosiy hujjatdan olingan nusxani e'tiboringizga havola etmoqdaman.

Men Jizzax viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tergovchisi Bobomurod Erkinov tomonidan Zomin tuman hokimi Alisher Abdug'anievning arizasiga asosan O'zResJKning 139-, 140- moddalar bilan menga nisbatan ochilgan “Jinoyat ishi”ga tikilgan eng asosiy hujjatlardan 2 tasiga diqqat qilishingizni so'rayman.

Vazir janoblari!

Sizni o'z ishining ustasi, juda qilni qirq yoradigan ziyrak, sergak shaxs deb eshitganman.

Shu sababli sizga bir topishmoq aytmoqchiman: shu ikki hujjatni bir-biri bilan taqqoslab qo'ringchi? Nuqsonini toparmikansiz?

Bo'lsa nimada?

…..

Boshqotirma qilishga fursatingiz kamyobmi?

U holda o'zim sizga ko'mak bera qolay:

Mana bu birinchisi Jizzax viloyati, Zomin tuman hokimi Alisher Abdug'anievning menga va boshqalarga nisbatan organ idoralariga yozgan murojaati.

Hokim Abdug'anievning aynan mana shu arizasi menga nisbatan tuhmat va haqorat moddasi bilan jinoyat ishi ochishlariga asos bo'lmoqda.

Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasi tergovchisi B. Erkinov Alisher Abdug'anievning mana shu arizasiga ko'ra 3 iyun' kuni menga nisbatan jinoyat ishi ochmoqda.

“Xo'sh, nima bo'pti?” deysizmi?

Sizga bu nusxalar mazmunidagi bir-biriga zidlik, qarama-qarshilik, biri ikkinchisini to'ldirish o'rniga inkor etishligi sezilmayaptimi, g'alati tuyulmayaptimi?

U holda, keling, birgalikda “Jinoyat ishini ko'zg'atish va ish yurituviga olish to'g'risida”gi qarorning mazmun-mohiyatini tahlil qilib ko'raylik:

Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasining katta tergovchisi Bobomurod Erkinov QARORning “aniqladim” qismida shunday bayon etadi: “Zomni tuman hokimi A. Abdug'aniev 06.05.2019 yilda Zomin tumani IIB boshlig'i va Zomin tuman prokurori nomiga murojaat qilib….”

Yuqoridagi jumlalarga sizning ham ko'zingiz tushdimi?

Endi Zomin tuman hokimi janob Alisher Abdug'anievning Zomin tuman prokurori va Zomin tuman IIB boshlig'i nomiga rasmiy blankada yozgan XATIga e'tibor qaratib ko'ringchi?
Hokim janoblarining xati qachon yozilgan?

Katta tergovchi Bobomurod Erkinov “aniqlaganlaridek” 06.05.2019 yilda yozilgan ekanmi? Yoki…

Nega u holda janob hokim Abdug'anievning rasmiy xatlarida “01.05.2019 yil” “01-628-son” deya qayd etilgan?
Bu katta tergovchi B. Erkinov tomonidan yo'l qo'yilgan shunchaki yangilishmovchilikmi?
Mayli, bunisini ham qo'ya turing.

Hokim Alisher Abdug'anievning Zomin tuman prokurori va Zomin tuman IIB boshlig'i nomiga qilgan “murojaatlari”ning tepa qismida “E. Ahmedov, A. Rohatov, F. Yunusov N. Haydarov – Qonuniy qaror qabul qiling. (imzo) 01 (06 ham bo'lishi mumkin tushunarsiz) 04. 19” degan rahbarning xodimlarga topshiriq dastxati ham o'rin olgan.

Hokim Abdug'aniev organga qilgan murojaatini 01.05.2019 yilda yozgan bo'lsa, huquq-tartibod idorasi rahbari qanday qilib hokimning murojaatini 01 (yoki 06).04. 19. da xodimlariga yo'naldirgan bo'lishi mumkin?

Bu yanglishmovchiliklar xodimlaringizning shunchaki savodsizligi oqibatida kelib chiqqan deb o'ylasangiz adashasiz.
Xalqimiz behudaga “Qing'ir ishning qiyig'i 40 yildan keyin ham chiqadi” deb aytishmagan…

Bugungi kunda qing'ir ishning qilig'i 40 kunga qolmay chiqib turibdi….

Nega bu qadar sanalarda chalkashliklar mavjud?

“Mazkur arizabozliklar ulfat amaldorlarning mastligida amalga oshirilganmikin yo?” degan o'z o'yidan hurkib ketadi gohida kishi….

Yoinki qonunchilar uchun “Jinoyat ishi”da sanalar asosiy “rolni ijro” etmaydimi?
Bu narsalar ju'ziy kamchilik hisoblanadimi tergovchilar uchun?

Janob vazir!
Mazkur holatni ko'rgach, ko'z o'ngimga MXX ishini “sindirib”, sharmanda qilgan Bobomurod Abdullaevning uydirma “jinoyat ishi” keldi…

MXX savdsizligi ortidan tarixda qoldi.

Endi uquvsizligini namoyish etish gali militsiyamizga etdimi?
Xom-xatala uydirma ish baribir sudda “sinib” ketadi… Sinmagan taqdirda ham, zo'rma-zo'raki “o'tkazilgan” taqdirda ham uydirma ekanligi tillarda daston bo'ladi…

Uydirmani o'xshata olishmasa, boshlarini og'irtmaganlari ma'qul emasmikin?

Malohat Eshanqulova

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube