O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

O'zbekiston: “TATUda trollar fabrikasi mavjud emas” (mi?) – Video

O'zbekiston: “TATUda trollar fabrikasi mavjud emas” (mi?) – Video
18 Eylül 2019 - 11:30 'da yuklandi va 484 marta o'qildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti (TATU)da trollar fabrikasi ish boshlagan bo'lishi mumkin. Bu haqida o'zbekistonlik talaba va jurnalist Dilbar Ismatullaeva o'zi guvoh bo'lgan holatga asoslanib, 16 sentyabr kuni ma'lum qildi. Bi-bi-si O'zbek Xizmati shu mavzu munosabati bilan jurnalist va universitet mas'ullarini suhbatga tortdi.

16 sentyabr kuni jurnalist Dilbar Ismatullaeva va bloger Nurbek Alimov TATU rahbariyati tomonidan tashkil etilganiga ishonilgan ehtimoliy “trollar fabrikasi” yuzasidan surishtiruv natijasini e'lon qildilar.

Ismatullaevaning bildirishicha, avgust oyi oxirlarida universitet mas'ullari u bilan bog'lanib, yosh jurnalistni “ijtimoiy tarmoqlarda prezident va bosh vazir sha'niga bildirilayotgan g'alamis fikrlarga qarshi” izoh qoldirish bilan shug'ullanadigan bo'lajak guruhga taklif etganlar.

Jurnalist Bi-bi-si O'zbek xizmatiga loyiha tashkilotchilari va a'zolari bilan bir qancha suhbatlardan so'ng uni Telegram’da ochilgan maxsus guruhga qo'shishganini ma'lum qiladi.

U Telegram guruhda TATU o'quv ishlari bo'yicha prorektori Fayzulla Agzamov loyiha ishtirokchilariga ko'rsatmalar berganiga ko'zi tushganini aytadi.

Jurnalistning guruhdan olgan skrinshotlarida quyidagi ko'rsatmani o'qish mumkin:

“Assalomu alaykum 4-guruh a'zolari. Shu ssilkalar bo'yicha bo'layotgan g'alamis kommentlarga nisbatan tegishli javob qaytarish kerak! Ayniqsa, xalq tomonidan ovoz berib tayinlangan Prezident nomiga bo'layotgan yomon gaplarga va Prezident tomonidan tayinlangan Bosh vazir sha'niga bo'layotgan g'alamis gaplarga…”

Shuningdek, Telegram guruhi a'zolaridan o'zlari ijtimoiy tarmoqda qoldirgan har bir izohni skrinshot qilish ham so'ralgan.

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan suhbatlashgan prorektor Fayzulla Agzamov Telegram’da shunday guruhning mavjud bo'lganini inkor qilmasada, Ismatullaevaning “trollar fabrikasi”ga doir taxminlari hech qanday asosga ega emasligini ta'kidlaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda o'zi ham faol ekanini bildirgan Agzamov jurnalist Ismatullaeva tilga olgan guruh faqatgina kelajakda tijoriy maqsadlarni ko'zlagan media loyihalarga yosh va iqtidorli talabalarni jalb etish uchun mo'ljallanganini aytadi.

“Endi topshiriq berilgan – vatanga sodiq, pulga sotilmaydigan, pulga o'ch bo'lmagan yaxshi talabalarning SMM-rassilkalar bilan shug'ullanishi va kelgusida bu faoliyatni tijoratlashtirish maqsadida ochilgan bu guruh”, dedi u Bi-bi-si O'zbek xizmatiga.

Uning ta'kidiga ko'ra, TATUda “hech qanday trollar fabrikasi mavjud emas”.

“Guruh a'zolariga ijtimoiy tarmoqlarda prezident va Bosh vazir obro'sini himoya qilish topshirig'ini berganmisiz?”? degan savolga u “yo'q”, deb javob qaytardi.

“Yana bir marta aytaman, rektorimiz yoki men tomonimdan hech qanday oqlash topshirig'i berilmagan, shunchaki fikr bildirish aytilgan. Misol uchun, mening o'zim Facebook’dan ko'p foydalanaman. Nohaq fikrlarni ko'rsam chidab turolmayman. Nohaqlikka chidolmasligimni talabalarimiz ham yaxshi biladilar”, deydi prorektor.

Dilbar Ismatullaeva loyihada ishtirok etish evaziga TATU vakillari unga ma'lum miqdorda haq taklif qilganini ham aytadi. Biroq prorektor Agzamov loyihaga “pulga o'ch bo'lmagan” yoshlar zarur bo'lganidan o'z qo'l ostidagilar jurnalistni pul bilan “sinab ko'rgan bo'lishi mumkinligi”ni taxmin qiladi.

Bundan tashqari Ismatullaeva tarqatgan guruh skrinshotida universitet matbuot kotibi G'ulom Nazarov ishtirokchilarni ijtimoiy tarmoqda “yanada ko'proq akkaunt ochish” va “akkauntlar ichini to'ldirib borish”ga undaganiga ham guvoh bo'lish mumkin.

“Do'stlar, akkauntlar ko'proq bo'lsin. Ichida nimadirlar to'ldirib boringlar, xuddiki, aktiv profildek bo'lsin. Trolligimiz sezilmasin”, deb yozgan guruh a'zolariga G'ulom Nazarov.

Fayzulla Agzamov co'zlariga ko'ra, bu ishi bilan Nazarov “yoshlik qilgan”.

G'ulom Nazarovning o'zi esa Bi-bi-si O'zbek xizmatiga mazkur so'zlarida Facebook’da taniqli Troll.uz sahifasiga taqlidan yaratilajak loyihalarni nazarda tutganini bildirdi.

“O'zimizda borku blogerlar, Troll.uz kabi, men o'sha ma'noda talqin qilganman. Bitta sahifa qilsak, faol bo'lsak, odamlar kelsa, keyin biz o'zimizning SMM xizmatini jalb qilsak, degan ma'noda”, dedi G'ulom Nazarov.

Nazarovning ham so'zlariga ko'ra, Telegram’dagi guruh kelajakda tijoriy maqsadlarni ko'zlagan loyihalarga yoshlarni jalb etish uchun ochilgan.

Shuningdek, TATU mas'ullari ushbu loyihaning siyosatga umuman daxldor emasligini bildirsa ham, tarqalgan Telegram guruh skrinshotida A.Khodjaev nomli foydalanuvchi tomonidan Facebook’dagi, asosan, muxolif kayfiyatdagi sahifalarga havolalar va bu sahifalar to'g'risidagi ma'lumotlar e'lon qilingani hamda ro'yxatda keltirilgan sahifalardagi “g'alamis fikrlar”ga qarshi kurashish ko'rsatmasi berilganini ko'rish mumkin.

Ayrim blogerlar taxminicha, A.Khodjaev O'zbekistondagi axborot xavfsizligi sohasida faoliyat yuritadigan yuqori lavozimli amaldorlardan biri va TATUda tashkil etilgan ehtimoliy “trollar fabrikasi” yuqori siyosiy doira dastagiga ega bo'lishi mumkin.

Xususan, Telegram’dagi mashhur Davletov.uz kanali bu borada shunday yozadi:

“O'zbekistonga yangi avlod aytishniklarini etishtirib berishi kerak bo'lgan TATUda haqiqatanam ham trollar fabrikasi bormi? Uning tepasida kim turibdi? Pulni kim to'layapti? Bu trollar kimni kimdan himoya qilayapti? A. Xodjaevning ismi bu surishtiruvda nega chiqib qoldi?”

Biroq prorektor Agzamov blogerlar taxminini rad etib, A.Khodjaev universitet talabalaridan biri ekanini aytadi.

Shu tariqa, universitet mas'ullari Dilbar Ismatullaeva olib borgan surishtiruvda keltirilgan dalillarga jo'yali izoh bera olmadilar va, hozircha, haqiqatan ham TATUda “trollar fabrikasi” tashkil etilganmi, degan savol ochiqligicha qolmoqda.

Manba: bbc.com/uzbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube