O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Nazorat yana qaroqchilarda

Nazorat yana qaroqchilarda
19 Eylül 2019 - 14:33 'da yuklandi va 835 marta o'qildi.

“Ozodlik” radiosining xabar berishicha, Bojxona qo'mitasi Navoiy aeroportiga kelaëtgan xalqaro kur'erlik jo'natmalari – shaxsiy foydalanish uchun yuboriladigan va bojga tortilmaydigan yuklarni rasmiylashtirishni Toshkentga ko'chirdi.

Oqibatda¸ asosan xorijdagi mehnat muhojirlari O'zbekistondagi oilasiga yuboraëtgan yuzlab tonna yuk qariyb uch haftadan beri Toshkentdagi xususiy MJCh omborxonasidan chiqarilmaëtir¸ kur'erlik operatorlari esa¸ xorijdagilar yukini qabul qilishni to'xtatishga majbur qoldi.

Bu esa¸ Ozodlik gaplashgan rasmiylar va tadbirkorlar ta'kidicha¸ prezident Mirziëevning o'tgan yil 19 iyuldagi 3873-sonli qaroriga ziddir.

Navoiy xalqaro aeroportining Ozodlik gaplashgan mutasaddilari Bojxona qo'mitasi hozirgacha bunday qarorini izohlovchi biror hujjat taqdim qilmaganini bildirdi.

Turkiyadan O'zbekistonga pochta jo'natmalari yuborish bilan shug'ullanib kelgan shirkat egalari Ozodlikka bunday o'zgarishdan maqsad xorijdan tijoriy va shaxsiy jo'natmalar yuborish sohasini monopoliyaga aylantirish ekanini ta'kidladi.

Ozodlik bilan suhbatda tadbirkorlar¸ xususan¸ kargo sohasi mutasaddilari¸ o'tgan yilga qadar avvalgi prezident oilasiga qarashli bo'lib kelgan bu biznesning yana “O'zbekiston 1-oilasiga aloqador shaxslar nazoratiga o'taëtganini” iddao qildi.

Ozodlikning bu o'zgarishga izoh so'rab qilgan murojaatiga Bojxona qo'mitasi matbuot xizmati “bu masala bo'yicha shug'ullanayapmiz, saytimizda ham yoritmoqchimiz albatta”¸ degan javob yo'lladi.

Ozodlik so'rovi ortidan qo'mita saytida paydo bo'lgan baënotda¸ bu o'zgarishning “qo'shimcha qulayliklar yaratish maqsadida” vaqtincha Toshkentga ko'chirilgani aytildi.

Prezident qarori bitta buyruq bilan to'xtatildi…

Keyingi bir hafta davomida Navoiy xalqaro aeroportidagi xalqaro kur'erlik jo'natmalarini bojxona nazoratidan o'tkazish va rasmiylashtirish hududi bo'shab qoldi.

Navoiy xalqaro aeroporti bojxona omborxonasining bundan bir oy oldingi va hozirgi ko'rinishi.

Turkiyadan xalqaro kur'erlik jo'natmalari yuborish bilan shug'ullanib kelgan tadbirkorlarning Ozodlikka yuborgan bu xabarini Navoiy xalqaro aeroporti direktsiyasi tasdiqladi.

Toshkentdagi “qudratli shaxslarga ëqmaydigan ma'lumotni” ochiqlash oqibatlaridan cho'chib shaxsi sir qolishini so'ragan aeroport rasmiysiga ko'ra¸ O'zbekiston Bojxona qo'mitasining og'zaki buyrug'i bilan Navoiy aeroportiga kelaëtgan bunday jo'natmalarni rasmiylashtirish 450 km nariga – Toshkentga ko'chirilgan.

“Bizga birorta qonun¸ qaror ëki hujjat berishmadi. Bojxona qo'mitasi bitta telefon bilan xalqaro kur'erlik jo'natmalarini rasmiylashtirish Toshkentga ko'chadi¸ dedi¸ tamom-vassalom. Og'zaki aytilgan bahonaga ko'ra¸ go'ë bizda qishki sezon uchun isitish tizimi yo'q emish. Isitish tizimini qilinglar desa¸ uch kunda qilamiz. Lekin maqsad bu emasda”¸ dedi Ozodlik gaplashgan Navoiy xalqaro aeroporti mutasaddilaridan biri.

Prezident Mirziëevning o'tgan yil 19 iyulda imzolagan 3873-sonli qarorida¸ “kirib kelayotgan xalqaro kur'erlik jo'natmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi havo transporti orqali etkazishda — xalqaro aeroportlar yoki unga yaqin hududlarda joylashgan bojxona postlarida amalga oshiriladi”¸ deb ëzib qo'yilgan.

Ayni qaror asosida¸ 2018 yildan boshlab Navoiy xalqaro aeroportiga Janubiy Koreya¸ Xitoy¸ Turkiya¸ BAA¸ AQSh va Evropa davlatlaridan kelayotgan xalqaro kur'erlik jo'natmalari ushbu aeroport hududida rasmiylashtirilgan.

“Buning uchun hamma texnik vositalarimiz, ishchi kuchimiz etarli. Hozirgacha tez va samarali ishlab kelaëtgan edik. Kelaëtgan jo'natmalar ob'ëmi ko'payganidan keyin shu yil avgustidan yuklarni ochib¸ qayta o'rash uchun kilosiga 420 so'mdan haq kiritdik¸ ungacha bepul edi. Jo'natmalar oqimining ko'paygani¸ Toshkentdagi qudratli odamlarning rashkini qo'zidi shekilli¸ buni o'zlariga olishayapti”¸ dedi Navoiy aeroporti mutasaddilaridan biri.

Bojxona qo'mitasi jo'natmalarini rasmiylashtirish uchun xususiy shirkat hududini tanladi

Ozodlikka taqdim etilgan hujjatlardan anglashilishicha¸ Navoiy xalqaro aeroportiga xorijdan kelaëtgan minglab tonna kur'erlik jo'natmalarini nazoratdan o'tkazib¸ rasmiylashtirish uchun Toshkentdagi SPT Pochta deb nomlangan MChJ ombori tanlangan.

SPT Pochta MChJsi rahbari “buyrug'i”ning Ozodlikka yuborilgan nusxasi.

Mazkur MChJ direktori A.Nam 3 sentyabr' sanasi bilan imzolagan 3-sonli buyruqqa ko'ra¸ bu o'zgarish Vazirlar Mahkamasi va Davlat Bojxona qo'mitasi farmoyishlari asosida amalga oshiriladi.

Bunday o'zgarish esa¸ go'ëki “Navoiy aeroportida zamonaviy ixtisoslashgan bojxona ombori” qurilgunga qadar amalda bo'ladi.

Buyruqda Nam¸ kur'erlik tashkilotlari bilan har bir kilo yukni qayta ishlash va saqlash uchun belgilangan yangi narxlar bo'yicha shartnoma imzolashni buyuradi.

Mazkur buyruqqa izoh bergan Navoiy xalqaro aeroporti mutasaddilaridan biri¸ bu aeroportda “zamonaviy ixtisoslashgan bojxona ombori” qurilishi haqida hech qanday gap-so'z yo'qligi¸ bunday omborning bir yildan beri ishlab kelganini ta'kidladi.

Ozodlik gaplashgan ayrim kur'erlik tashkiloti rahbarlari esa¸ bunday o'zgarish har bir kilo yukni bojxona nazoratidan o'tkazish narxining ikki baravarga qimmatlashini anglatishini bildirdi.

Bu tadbirkorlar iddaosicha¸ bunday eksklyuziv xizmat vakolati berilgan xususiy MChJ butun sohani nazoratga olaëtgan hukumatdagi shaxslarga yaqindir.

“Bojxona qo'mitasi Toshkent shahar boshqarmasining “Bosh pochtamt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti rahbari Sherzod Bakiev. SPT Pochta MChJsi bilan arenda kelishuvini shu odam qilgan¸ bilishimizcha. Yuklarni rasmiylashtirish nega Navoiydan Toshkentga ko'chdi¸ desak¸ ochiqchasiga¸ “qoplarda yuk jo'natish …… akangga ëqmayapti¸ savolingni uning o'ziga ber”¸ dedi. O'zbekistonga kelaëtgan jo'natmalarni rasmiylashtirish bita ana shu Bakievning qo'liga topshirildi. Sababi¸ monopolistlar o'z manfaatini himoya qilishni shu odamga ishonib topshirgan”¸ dedi Ozodlik gaplashgan tadbirkorlar.

Ozodlik hozircha bu iddaolarga Sherzod Bakievdan munosabat ola olmadi – kun davomida bu bojxona rasmiysi qo'ng'iroqlarga javob bermadi.

Tadbirkorlar farëdi

Navoiyga yuborilgan xalqaro kur'erlik jo'natmalarini rasmiylashtirishning bu erdan Toshkentga ko'chirtilgani haqida Ozodlikka xabar yuborgan tadbirkorlar bu biznesning monopoliyaga aylanaëtganini qayta-qayta ta'kidladi.

Ularga ko'ra¸ hozirda birgina Istanbulning o'zida O'zbekistonga xalqaro kur'erlik jo'natmalari yuborish bilan shug'ullanuvchi 75 ta shirkat bor.

“Turk havo yo'llari kargosi haftasiga uch marta Navoiyga uchadi. Hozir Turkiyada taxminan yuz minglab o'zbekistonlik mehnat muhojiri ishlab yuripti. Ularning hammasi uyiga pochta orqali kiyim-kechak¸ ro'zg'or buyumlari yuboradi. Haftasiga Navoiyga 60 tonna yuk ketayapti. Bu millionlab dollarlik biznes. Tijoriy kargo bunga kirmaydi. Ana shu yuk oqimini faqat bitta qo'lga olishmoqchi”¸ deydi xalqaro kur'erlik jo'natmalari yuboruvchi shirkat egalaridan biri.

Ozodlik suhbatlashgan tadbirkorlar bir-biridan mustaqil ravishda xalqaro kur'erlik jo'natmalari oqimining “joriy birinchi oila a'zolari nazoratiga o'taëtganini” iddao qildi. Ozodlik hozircha bu iddaolarni tasdiqlash imkoniga ega emas.

Yana oddiy xalqqa qiyin bo'ladi

Xorij¸ xususan¸ Turkiyadagi mehnat muhojirlari o'z oilalariga yuboraëtgan kur'erlik jo'natmalarini bojxona tekshiruvidan o'tkazish qoidalarining o'zgargani¸ tadbirkorlarga ko'ra¸ bu xizmatni 2-3 baravarga qimmatlashtiradi.

Istanbuldagi o'nlab kur'erlik shirkatlari o'zbekistonlik muhojirlar uyiga jo'nataëtgan yuklarni yubora olmay¸ ushlab turganini aytadi.

“Hamma kur'er faqat bitta shirkat orqali yuk yuborishga ko'nmaguncha¸ ular yuborgan posilkalar bojxonadan chiqarilmaydi. 17 kun oldin yuborilgan jo'natmalarni haliyam ololmadik. Bu tijoriy yuk¸ deb korobkasiga 3¸5-4 million so'm rastamojka chiqarib berayapti. Bizga ochiq signal berishdi – ë biz aytgan bitta shirkat orqali yuborasan¸ ëki o'yindan chiqasan. Yukni o'zim yuborsam¸ kilosiga 2 dollar to'layman¸ monopolist shirkat esa¸ ayni shu marshrut uchun kilosiga 5 dollar so'rayapti. Buning ustiga¸ Toshkentdagi xususiy MChJ hududida bojxona nazoratidan o'tkazish ham ikki baravarga oshdi. Hozir muhojirlar bizga topshirgan yuklarni O'zbekistonga jo'natmay turibmiz”¸ deydi Istanbuldagi kur'erlik shirkati rahbari.

Ozodlik Navoiy xalqaro aeroportiga xorijdan kelaëtgan xalqaro kur'erlik jo'natmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini Toshkentga ko'chirilgani izoh so'rab Bojxona qo'mitasi matbuot xizmatiga murojaat qildi.

Bu so'rovga hozircha “bu masala bo'yicha shug'ullanayapmiz, saytimizda ham yoritmoqchimiz¸ albatta” degan javob keldi.

Ozodlik so'rovidan so'ng Bojxona qo'mitas rasmiy saytida “Kur'erlik jo'natmalariga doir”deb nomlangan baënot e'lon qilindi.

Unda aytilishicha¸ “Navoiy xalqaro aeroporti binosida bojxona nazoratini amalga oshirish uchun etarli sharoitlar yaratilmaganligi sababli, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga ko'plab noqulayliklarni keltirib chiqargan”.

Shu bois¸ “Navoiy” xalqaro aeroporti orqali xalqaro kur'erlik jo'natmalarini qabul qilayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning aksariyati Toshkent shahrida faoliyat yuritishini inobatga olgan holda ularga qo'shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Navoiy xalqaro aeroportiga kelib tushayotgan xalqaro kur'erlik jo'natmalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi vaqtincha Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Bosh pochtamp” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida amalga oshirish”ga o'tilgan.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube