O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Jurnalist Bobomurod Abdullaev yana nazoratga olindi

Jurnalist Bobomurod Abdullaev yana nazoratga olindi
19 Eylül 2019 - 15:11 'da yuklandi va 1118 marta o'qildi.

Usmon Haqnazarov taxallusi bilan tanilgan jurnalist Bobomurod Abdullaev sud tomonidan belgilangan jazo muddatini o'tagan bo'lsa ham xorijga chiqish pasportini ololmayapti. IIB xodimlari jurnalistga uning ustidan nazorat o'rnatilganini ma'lum qilishgan.

Bobomurod Abdullaevning Bi-bi-siga aytishicha, unga belgilangan jazo muddati tugagach u 20 avgust kuni Yakkasaroy tumaniga pasport olish uchun ariza topshirgan va suratga tushgan.

Belgilangan tartib bo'yicha uning pasporti 10 ish kunida chiqishi kerak edi.

Biroq oradan qariyb bir oy o'tayotgan bo'lsa-da, uning xorijga chiqish pasporti berilmayapti.

“O'tgan bir yil davomida men uzoq va yaqindagi hamkasblarimdan turli jurnalistik forumlarda qatnashish, u erda ma'ruzalar o'qish, o'z tajribamni gapirib berish to'g'risida juda ko'p takliflar oldim. Lekin men bu takliflarnii rad qildim. Chunki men sud tomonidan belgilangan jazoni o'tayotgan edim”, deydi u.

Shu yilning 28 iyul kuni jazo muddati tugagan.

Yakkasaroy tuman IIB tomonidan berilgan rasmiy xatda jurnalistning jazo muddatini o'tab bo'lgani haqida aytilgan.

“Pasport idorasidagilarning aytishicha, mening arizam o'rganilayotgan ekan. Kim o'rganayapti, desam. Biz emas, o'zingiz bilasiz-ku, deydi. Men taxmin qildim, pasportimni berilishini paysalga solayotgan idora – DXX. Menimcha, DXXda o'rganilyapti, paysalga solinyapti”.

Bobomurod Abdullaevning ta'kidlashicha, pasportini ololmayotgani sabab jurnalist sifatida to'liq faoliyat yurita olmayapti.

Shuningdek, chet elga chiqib sog'ligini tiklashga to'sqinlik bo'lmoqda.

Uning aytishicha, uning sog'lig'iga DXX erto'lasida qiynoqlardan qolgan asoratlar hamon ta'sir o'tkazmoqda.

Jurnalist kelayotgan oktyabr oyida Germaniyaga borib sog'lig'ini tiklash va jurnalist sifatida 3 oy mahoratini oshirish bo'yicha taklif olgan.

Bi-bi-si Personifikatsiya va identifikatsiya davlat markazining Toshkent shahar boshqarmasiga (sobiq pasport stol) qo'ng'iroq qildi.

U erdagi manba Bobomurod Abdullaevning pasport olish masalasini bilan u nomini ayta olmaydigan idora ko'rib chiqayotganini bildirdi.

Bobomurod Abdullaevning aytishicha, yashab turgan joyidagi uchastka noziri uni idoraga kelib ketishni, chunki ustidan nazorat (nadzor) qayta tiklanganini aytgan.

“Qanday nazorat? Men jazo muddatini o'tab bo'lganimga 2 yil bo'lyapti. 2017 yilning noyabr oyida Mirziyoev chiqargan qarorga ko'ra, jazo muddatini o'tab bo'lgan sobiq mahbuslarga yoki sudlangan kishilarga ularni keyinchalik nazoratga olish. Ulardan turli tumani hisobotlar talab qilish taqiqlangan-ku. Yoki bu militsiya va DXX idorasi Mirziyoev chiqargan qaror va farmonlarni bir tiyinga olmaydimi?” deydi Bobomurod Abdullaev.

Bi-bi-si izoh olish uchun Toshkent shahar IIBB matbuot kotibi Irina Sayfutdinovaga bog'landi.

Sayfutdinova avvaliga murojaatni pochta orqali yuborishni so'radi.

Keyinchalik u murojaatni elektron pochta orqali qabul qilishga rozi bo'ldi va qonunchilikdagi belgilanganidek, 10 ish kunida javob berishini ma'lum qildi.

‘Usmon Haqnazarov’

O'zbekistonda mustaqil jurnalist va sport sharhlovchisi sifatida tanilgan Bobomurod Abdullaevning internetda “Usmon Haqnazarov” taxallusi ostida marhum Islom Karimov rejimini fosh qiluvchi maqolalar chop etib kelgan anonim muallif ekani haqida birinchi marta muxolifatdagi O'zbekiston Xalq Harakati rahbari Muhammad Solih 2017 yil 3 oktyabrida bayonot bergan edi.

Solih o'z bayonotini jurnalist taqdiridan xavotirda ekani bilan izohlagan.

6 oktyabr' kuni MXX Bobomurod Abdullaevni aynan “Usmon Haqnazarov” sifatida ayblayotgani o'rtaga chiqqan.

1 oktyabr' kuni Yunusobod tuman mahkamasi chiqargan ajrimda Bobomurod Abdullaev “Usmon Haqnazarov” taxallusi ostida davlat va uning rahbariyatiga qarshi maqolalar yozish va hokimiyatni bosib olishga qaratilgan “Jatva” (“O'rim”) rejasini ishlab chiqishda ayblangan.

MXX ikki oygacha Bobomurod Abdullaevning yaqinlari va advokatlari bilan ko'rishishga ruxsat bermagan.

Yaqinlari ikki marta mustaqil advokatdan voz kechishga majburlangani xabar qilingan.

Toshkent shahar sudida mart oyining boshida boshlangan mahkamada Bobomurod Abdullaev tergov jarayonida o'ziga nisbatan muntazam qiynoqlar qo'llanganini aytib, tergovdagi ko'rsatmalaridan voz kechgan.

U Usmon haqnazarov taxallusi ostida 2003 yildan boshlab maqolalar chop etib kelganini tan olgan, ammo ayni nom ostida e'lon qilingan barcha maqolalar ham uning qalamiga mansub emasligini aytgan.

Jurnalist qiynoqlar ostida sobiq Bosh prokuror va hozirda Davlat Xavfsizlik Xizmati rahbari Ixtiyor Abdullaev va Ichki ishlar vaziri Po'lat Bobojonovlar, shuningdek, bir qator mustaqil jurnalist va fuqaro jamiyati faollariga qarshi ko'rsatma berishga majburlanganini aytgan.

Mahkama Usmon Haqnazarov maqolalari yuzasidan ikki marta ekspertiza o'tkazgan va 142 maqoladan 66 tasini Bobomurod Abdullaev Muhammad Solih bilan hammualliflikda yozgani haqidagi xulosani taqdim etgan.

Ekspertlar ayrim materiallarda hokimiyatni kuch bilan ag'darishga oid chaqiriqlar mavjudligi, ammo diniy va irqiy nizo qo'zg'ash yo'qlini aytganlar.

Bobomurod Abdullaev internetdagi maqolalari uchun hech kimdan pul olmagani, ularni o'z e'tiqodi va kasbiy etikasidan kelib chiqib yozganini ta'kidlagan.

Hakam advokat Mayorovning Turkiyada muhojirotda yashayotgan muxolifatdagi Erk partiyasi va O'zbekiston Xalq Harakati rahbari Muhammad Solihdan ko'rsatma olish haqidagi so'rovini qondirmagan.

Muhammad Solihning o'zi Islom Karimov davrida hokimiyatni kuch ishlatish yo'li bilan bosib olish va rangli inqilob qilishga uringani haqidagi ayblarni rad etgan.

Ochiq mahkama

Bobomurod Abdullaev ustidan mahkama O'zbekiston jinoiy sudlov tarixida misli ko'rilmagan ochiqlikni namoyish etgan.

Sud birinchi marta tergovdagi qiynoqlar yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlagan.

Ammo ekspertiza “Bobomurod Abdullaev qiynoqqa solinmagan”, degan xulosani bergan.

Xalqaro inson haqlari tashkilotlari jurnalistga qo'yilgan ayblar siyosiy ekanini aytib, uni darhol va shartsiz ozodlikka chiqarishga chaqirib kelganlar.

Hyuman Rayts Uotch tashkiloti Bobomurod Abdullaev ishi Prezident Mirziyoev uchun muhim sinov ekanini aytgan.

2018 yilning 7 may kuni Jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar sudi jurnalist Bobomurod Abdullaev va yana uch kishini sud zalidan ozod etgan.

Konstitutsiyaviy tuzumga tajovuzda ayblangan Bobomurod Abdullaevga ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 3 yil ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangandi.

Bobomurod Abdullaevga prokuror tomonidan qo'yilgan ayb sud'ya Zafar Nurmatov tomonidan Jinoyat Kodeksining 159 moddasi, 3 qism B bandiga qayta malakalangan.

Hakam shuningdek, mahkamada yangragan qiynoq iddaolari yuzasidan ichki tekshiruv o'tkazish haqida ajrim chiqargan.

Manba: bbc.com/uzbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube