O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Qirg'iziston, CPJ: Azimjon Asqarov hozirgi qaltis tinchlik yo'lida qurbon qilindi

Qirg'iziston, CPJ: Azimjon Asqarov hozirgi qaltis tinchlik yo'lida qurbon qilindi
22 Eylül 2019 - 16:28 'da yuklandi va 367 marta o'qildi.

Qarorgohi N'yu Yorkda joylashgan Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi (CPJ) qirg'izistonlik jurnalist va inson haqlari faoli Azimjon Asqarovning ozod qilinishini talab qilmoqda. Tashkilot mas'uli Gulnoza Said Asqarovni borib ko'rgan va u hozirgi qaltis tinchlik yo'lida qurbon bo'layotganini aytmoqda.

Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasining Evropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha rahbari Gulnoza Said bir umrga qamoq jazosiga hukm qilingan inson huquqlari himoyachisi Azimjon Asqarovni borib ko'rdi.

“Afsuski, bu tashrifdan so'ng Azimjon Asqarovga oid tashvishlarimiz yana-da kuchaydi. Chunki ahvoli ham jismoniy ham ruhiy holati yaxshi emas”, deydi u.

Asqarov Gulnoza Saidning oldida o'zini yaxshi tutishga harakat qilgan. Fikrlari teran bo'lgan, aniq-tiniq va baland ovozda gapirgan. O'zining va boshqa mahkumlarning huquqlari toptalayotgani haqida aytgan.

“Lekin shunga qaramasdan ko'rinishini qamalishidan oldingi rasmlari bilan qiyoslasangiz, 9 yillik qamoq jazosi bu odam uchun og'ir kechganini tushunasiz. Bu muloqot men uchun oson bo'lmadi. Chunki u kishini bunday ahvolda ko'rish oson emasdi”, deydi u.

CPJ vakili ketganidan so'ng Azimjon Asqarovning sog'lig'i yomonlashgan. Uni davolash uchun boshqa qamoqxonaga olib ketishgan.

Bu haqda Asqarovning yaqinlariga yuborilgan maktubda aytilgan.

Shifokorlar huquq himoyachisiga yurak, bo'yrak va boshqa qator surunkali xastaliklar tashxisini qo'ygan.

Shundan so'ng yana Bishkek yaqinidagi 19-son koloniyaga qaytarildi.

“Aynan mana shu xavotirlar bizni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga ochiq maktub yuborishga undadi. Unga Azimjon Asqarov ishi haqida gapirdik va xavotirlarimizni bildirdik. Shuningdek, Guterrishdan biz bilan uchrashib mana shu ishni muhokama qilishni so'radik. Eng muhimi, Qirg'iziston rahbariyatiga bosim ko'rsatib, bundan bir necha yil oldin BMT tomonidan berilgan ko'rsatmani bajarishga chaqirdik”, deydi Gulnoza Said.

BMT 2016 yilning aprel oyida Qirg'iziston hukumatiga Azimov borasida tavsiya bergan.

BMTning inson huquqlari bo'yicha Oliy komissarligi Asqarov ishini obdon o'rgangan va uning qamalishidan tortib barcha bosqichda huquqlari toptalgan deya xulosa qilgan.

Tashkilot Qirg'izison hukumatidan Asqarovni hech qanday shartlarsiz darhol ozod qilishni so'ragan.

2017 yil so'ngida Qirg'izistonda Asqarov ishi qayta ko'rib chiqildi, biroq unga belgilangan bir umrlik qamoq jazosi o'z kuchida qoldirilgan.

Qirg'iziston Respublikasining jinoiy kodeksiga o'zgartirishlar kiritilishi ortidan 2019 yilning 30 iyulida Asqarovning ishida yana bir bor ko'rib chiqildi.

Biroq unga belgilangan jazo o'zgartirilmadi.

“Azimjon Asqarovning begunohligiga ishonmasam, bunday harakatlarni qilmasdim. Bizning tashkilot ham bunday tashabbus bilan chiqmasdi. Azimov 2010 yil iyun oyida qamalganidan boshlab, bu ishga xalqaro hamjamiyat e'tiborini qaratishga harakat qilib kelamiz”, – deydi Gulnoza Said.

Uning aytishicha, Qirg'iziston hukumati Asqarovning jinoyatlarda aybdorligini isbotlovchi hech qanday dalillar keltirmadi.

“Aksincha, uni jinoyat sodir bo'lgan joyda ko'rmaganman, degan odamlar do'q-po'pisa qilinib, hatto sudga yaqinlashtirilmadi. Ular sudga oz qolganda o'z ko'rsatmalarini o'zgartirdi. Buning hammasi sud va tergov jarayoni adolatli o'tmaganidan darak beradi”, deydi u.

Gulnoza Said Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi bu ishni msutaqil ravishda o'rganganini aytdi.

Tashkilot xodimlari guvohlar, advokat va Asqarovning yaqinlari bilan gaplashib uning begunohligiga amin bo'lgan.

Qirg'iziston konstitutsiyasini o'zgartirishga sababchi bo'lgan shaxs

Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi (CPJ)ning Evropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha rahbari Gulnoza Saidning aytishicha Azimjon Asqarov ishi Qirg'izistonda bosh qomusni o'zgartirishga sabab bo'lgan.

“Azimjon Asqarovni konstitutsiyani o'zgartirgan odam deb aytish mumkin. U qamalganidan keyin uning ishini BMT ko'rib chiqdi. Bu Qirg'iziston tarixida birinchi bor shunday misol bo'ldi. Undan keyin Qirg'izistondagi ayrim rasmiylar hatto mamlakat konstitutsiyasini o'zgartirdi. Ya'ni ilgarigi konstitutsiyaga ko'ra Qirg'iziston fuqarolari agar ularning huquqlari paypol qilinsa va mamlakatdagi sud tizimidan adolat topmasa BMTga shikoyat qilishga haqli edi. Azimjon Asqarov ishidan keyin Qirg'izistondagi ayrim rasmiylar konstitutsiyani o'zgartirishimiz kerak deb, o'gartirishlar kiritildi. Hozirgi konstitutsiya bo'yicha fuqarolarning bunday huquqi yo'q”.

Gulnoza Said Azimjon Asqarovning ozod qilinmayotganiga bir necha sabab borligini aytadi.

Unga ko'ra, 2010 yilgi to'qnashuvda Azimjon Asqarovning qamalishidan manfaatdor kishilar bor edi.

“Asqarov to'qnashuvlar 10 yil oldin ham Qirg'iziston janubidagi inson huquqlarining buzilishini qayd qilib borgan. Ular haqida jurnalist va inson huquqlari himoyachisi sifatida yozgan. Albatta, Qirg'iziston janubi bo'lgani uchun ularning orasida o'zbeklar ko'proq bo'lgan”, deydi Gulnoza Said.

Uning aytishicha, Asqarov huquq-tartibot organi xodimlari va militsiya xodimlarini juda ham ko'p tanqid qilgan.

“Ya'ni uning qamalishi va ovozi o'chirilishidan manfaatdor bo'lgan militsiya xodimlari ham bo'lgan. Ular hamma uchun noqulay bo'gan odamni qamoqqa tiqishga uringan”.

Gulnoza Said agar sud Azimovni ozod qilsa va militsiya xodimini o'ldirmagan, desa haqiqiy qotilni topish kerak bo'ladi.

“Menimcha rasmiylardan bunga hech kimning qo'l urgisi kelmayapti. Qirg'izistonda hozir qandaydir o'ziga xos siyosiy muvozanat bor. Mana shu muvozanatni hech kim buzgisi kelmayapti. Afsuski, ayrim o'zbeklar ham buzgisi kelmaydi, buni. Ya'ni Azimjon Asqarov va shunga o'xshash ko'plab odamlar hozirgi qaltis tinchlik yo'lida qurbon keltirildi”.

Manba: bbc.com/uzbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube