O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Shavkat Miromonovich, qachon sizda so'z va ish birligi bo'ladi?

Shavkat Miromonovich, qachon sizda so'z va ish birligi bo'ladi?
22 Eylül 2019 - 16:39 'da yuklandi va 803 marta o'qildi.

Shavkat Miromonovich, siz “Kimning qo'li qonga botmagan bo'lsa Vatanga qayting” degandingiz. Sizga ishonganlarning peshonasini silashga va'da bergan edingiz. Navoiy viloyati, Nurota tumanida yashovchi 5 nafar norasida go'daklarning otasi Komiljon Ergashev sizga ishonib, sizga inonib ne-ne umidlarda sog'inch bilan ona vataniga qaytgan edi. Siz boshliq huquq-tartibot idoralari nima qildi? Aeroportning o'zidanoq sho'rlik yigitni xibisga oldilar. Tergovchi Otabek Mehmonov o'g'lining ozodligi uchun beva onasidan 10 000 dollar so'radi. Beva ayol zo'rg'a 7 ming dollar topib, tergovchiga bermoqchi edi. Biroq Mirziyoevga ishongan sodda qishloq bolasi, “Ona, pora bermang, men aybsizman. Xudo hohlasa, prezidentimizning sharofatlari bilan qamoqdan chiqaman” dedi. Pora berishlariga unamadi.

Sudda o'zim ishtirok etdim. Barcha guvohlar noinsoniy qiynoqqa solinganliklarini, shuning oqibatida Komiljon Ergashevga tuhmat qilishga majbur etilganliklarini aytib ko'zlariga yosh olishdi. Hatto guvohlardan biri sud'yaning “Nega tergovda boshqa, sudda boshqacha, bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi ko'rsatma bermoqdasiz?” degan savoliga guvoh “U erda men ko'rgan qiynoqlarni ko'rganingizda tirik qolish uchun siz hatto o'z otangizga ham qarshi ko'rsatma berardingiz” deya javob qildi. Biroq ne ajabki, sud'ya sud tergovi bayonnomasiga guvohlarning ko'rsatmalarini aks mazmunini qayt etgandi… Natijada gunohsiz bir yigitga 18 yillik qamoq jazosi berishdi. Otasiz o'sgan kambag'al yigitning 5 go'dagi qolib ketdi… Men bularni barchasini videoreportaj qilib yoritdim…

Guvohlardan haqiqat borasida interv'yular oldim… Bir inson taqdiri, 5 nafar norasidalarning ayanchli qismati sizga chivin chaqqanchalik ham ta'sir etgan emas… Sud-huquq tizimida korruptsiya shu qadar avj olganki… Haq tilab ta'qiblar ostida qolib ketdim…. Zomin tuman hokimi Alisher Abdug'anievni sobiq siyosiy mahkum Nishonboy Xudoyberdievning 40 yillik uyi – hovlisiga chang solgani uchun tanqid qilib chiqqandim. Oqibatda o'zimga nisbatan jinoyat ishi ochishdi. Tug'ilganlarimga pushaymonlar qilishdi… Zomin tumanining sobiq hokimi, ayni damda Jizzax viloyat Ichki Ishlar Boshqarmasi boshliq o'rinbosari Bahriddin Safarovning buyrug'i bilan meni o'g'irlashdi… Shunday qilishmoqdaki, “Yo Vatanni tark etasan, yo qamalasan, yo ketingni qisib yurasan” deyishmoqda….

Prezident! Hali siz meni, korruptsiyaga qarshi kurashish ortidan Sizni qo'llamoqchi bo'lib, qashqirlarga qarshi kurashayotgan birgina jurnalist ayolni himoya qilolmasdan ko'ppaklaringizga emish qilib qo'ymoqdasizu, horijdan qaytganlarni ne qilmoqchisiz? Tergovchilarga pora topib bera olmasa, sho'rlik Komiljon Ergashev kabi qamatmoqchimisiz? Shumi Siz olib borayotgan islohot? Niyatingiz ezgu bo'lsa, nega atrofingizga fidoiylarni emas, nuqul o'g'ri- muttahamlarni to'plagansiz? Qachon sizda so'z va ish birligi bo'ladi? Sizga ishonganlarning biri menmi? Adolatsiz boshqaruvingiz ortidan nabira suyub o'tirishim kerak bo'lgan yoshimda darbadar qildingiz-ku meni? Hatto Frantsiya sudi diktator deb topgan Karimov hukumati ham menga uydirma jinoyat ishi ochishdan tiyilgan edi!

Maloxat Eshankulova

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube