O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Davlat Havfsizlik Xizmatining mahkum podpolkovnigi Bahrom Suvanovning Xalqaro hamjamiyatga murojaati

Davlat Havfsizlik Xizmatining mahkum podpolkovnigi Bahrom Suvanovning Xalqaro hamjamiyatga murojaati
22 Eylül 2019 - 19:21 'da yuklandi va 886 marta o'qildi.

Dunyo jamoatchiligi
Xalqaro inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlari va vakillari
Xalqaro yuristlar Assosatsiyasi
Amerika yuristlar Assosatsiyasi
Evropa yuristlar Assosatsiyasi
Xalqaro jurnalistlar uyushmasi a'zolari

Men Suvanov Bahromjon Xursandovich 1976 yilda Surxondaryo viloyatida tug'ilganman , oilaliman , 4 nafar voyaga etmagan farzandim bor, 1 nafari nogiron , shaxsiy uy joyim yoki dala hovlim yo'qligi uchun DHX ( Davlat Havfsizlik Xizmati ) ning xizmat xonadonida yashab kelganman.

Men 2003 – 2016 yillarda O'zbekiston Respublikasining MXX ( Milliy Havfsizlik Xizmati ) 2016 -2017 yillarda DBQ da ( Davlat Bojxona Qo'mitasi ) turli operativ lavozimlarda “ Narkotrafikka va kontrabandaga qarshi kurash yo'nalishlarida ” xizmat qilganman.

Harbiy unvonim “ podpolkovnik ” bo'lgan. Men 2010 yilda “ Jasorat ” medali va 2016 yilda “ Mardlik ” ordeni Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganman.

Harbiy xizmatim davomida biror marotaba ham intizomiy jazoga tortilmaganman.

MXX idorasida yoki boshqa tashkilotlardagi guruhbozlik hamda poraxo'rlik illatlariga qo'shilmaganman.
Men 2016 yilning III – choragida O'zbekiston Respublikasining “ Tezkor – qidiruvi faoliyati to'g'risidagi ” Qonuni va MXX normativ hujjatlari asosida “ Informator ” dan operativ ma'lumot olib , MXX raisi Rustam Inoyatovning ruxsatiga ko'ra MXX va DBQ ning 40 nafar rahbar va operativ xodimlari bilan hamkorlikda “ narkotrafikka qarshi kurash ” yo'nalishi bo'yicha faol tadbir o'tkazdim.

Tadbirni o'tkazishga polkovnik O'ktam Suvonov , podpolkovnik Haydar Shodiev , general Xasan Gulyamovlar rahbarlik qilishgan.

Tadbir natijasida Surxondaryo viloyatining Termiz chegara rayonida Afg'oniston Islom Respublikasidan ( AIR ) O'zbekiston Respublikasi orqali Rossiya Federatsiyasi va Evropa davlatlariga chiqib ketayotgan 405 kg 291 gr “ opiy ” va 644,61 gr “ gashish ” narkotik moddasi daliliy ashyo sifatida qo'lga olindi va protsessual tartibda rasmiylashtirilib , MXX Surxondaryo viloyati Boshqarmasining “ Maxsus omboriga ” topshirildi.
Tadbirning yakuniy bosqichida operativ zaruriyat yuzasidan polkovnik O'.Suvonov 2017 yilning 18 – mart kuni MXX raisi R.Inoyatovdan 405 kg 291 gr “ opiy ” va 644,61 gr “ gashish ” narkotik moddalarini “ operativ ” tarzda yo'q qilishga ruxsat olgan va ijrosini ta'minlash uchun MXX Surxondaryo viloyati Boshqarmasining sobiq boshlig'i polkovnik Nodir Ibragimovga xizmat xatini yuborgan.
N.Ibragimov ijroni ta'minlash uchun podpolkovnik Sunnat Axmedov va podpolkovnik Abdurayim Ensepbaevga topshirgan.

A.Ensepbaev esa nom'lum sabablar bilan 2017 yilning 18-mart kunidan 5- may kuniga qadar ijroni bajarmagan.

MXX reglamenti bo'yicha xizmat xatlari 10 ishchi kunida bajarilishi shart .

Xuddi shu vaqtda qariyib chorak asr davomida MXX idoralarida jinoiy uyushma tuzib faoliyat olib borayotgan “ G'ulomovchilar ” orasida yangi hukumat rahbariyati oldida jon saqlab qolishlari uchun o'zaro nizo boshlagan.

Ushbu jinoiy uyushmaning faol a'zolari DHX ning sobiq xodimlari shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi boshlig'i polkovnik Rustam Nazarov , Tergov Boshqarmasi bo'lim boshlig'i Nodir To'raqulov , polkovnik Yakubov Farhod va boshqalar rahnomalari bo'lmish MXX raisining 1- o'rinbosari general Shuhrat G'ulomov qamalayotgan vaqtda zudlik bilan uni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Koddeksining ( JK ) MXX vakolatiga tegishli moddalari bilan ayblab tergovni ularni o'zlari MXX Tergov Boshqarmasida yopiq holda olib borishini rejalashtirganlar.

Bundan maqsad o'zlarini Sh.G'ulomovning rahbarligi ostida sodir etgan poraxo'rlik , bosqinchilik , talonchilik , qotillik , firibgarlik , narkotik moddalar va qurol – yarog'lar kontrabandasi va boshqa og'ir va o'ta og'ir jinoyatlarini prokuratura hamda boshqa organlarga ochilib qolmasligini ta'minlash bilan birga korruptsiyadan orttirgan million – million dollarlari , noqonuniy bizneslarini hamda mansablarini saqlab qolish va eng muhimi jinoiy jazodan qutilib qolish bo'lgan.

Shu maqsadda R.Nazarov , N.To'raqulov , F.Yakubov gumashtalari Jo'raev Majid , Muhammedov Qobil va boshqalar bilan birga O'zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevni “ aldash ” fitnasini ishlab chiqishgan.

Shundan so'ng , men tomonimdan o'tkazilgan qonuniy tadbirni soxtaga chiqarishib , tadbirga “ siyosiy tus ” berishib , Prezidentga Xizmat raisi R..Inoyatov , sobiq Bosh prokuror I..Abdullaev , sobiq Davlat maslahatchisi O. Murodovdan foydalanishib “ yolg'on axborotni ” kiritishib, o'zlaridan chalg'itishgan.
Ular shu sababdan A.Ensepbaevning aybi bilan MXX “ Maxsus omborida ” saqlanib turgan yuqorida qayd etilgan narkotik moddalari uchun unga emas , balki menga nisbatan 2017 yilning iyun' oyida asossiz ravishda jinoyat ishi qo'zg'atishdi.

So'ngra tadbirga aloqasi bo'lmagan xodimlar podpolkovnik Sanjarboy Qo'ziev , polkovnik Nodir Qurbonov va polkovnik Nodir Ibragimovlar orqali general Sh.G'ulomovga bog'lashdi.

N.To'raqulov , R.Nazarov va boshqalar menga nisbatan noqonuniy harakatlari bilan to'xtatmasdan podpolkovnik S.Qo'zievni ham 101kg “ opiy” moddasi bilan bog'liq tadbirini qonuniy bo'lishiga qaramasdan uni ham soxtaga chiqarishib , unga ham jinoyat ishi qo'zg'atishdi.

Shunday qilib , N.To'raqulov , R.Nazarov , F.Yakubov va boshqalar N.Qurbonov , N.Ibragimov hamda Sh.G'ulomovni JK ning MXX vakolatiga tegishli moddalari bilan ayblash uchun meni va S.Qo'zievni “ Siyosiy jertva ” qilishib , JK ning 246-moddasi 2-qismi ( narkotik moddalar kontrabandasi) , 276-modda 2-qismi “ a” bandi ( narkotik moddalarini saqlash ), 209-modda 2-qismi ( mansab soxtakorligi) , 301-modda 1-qismi ( mansab vakolatidan chetga chiqish) va 2411-modda 1-qismi ( jinoyatni qasddan yashirish ) bilan o'zlari o'ylab topgan uydirmalar bilan ayblashdi.

Xususan , ular faol tadbirni soxtaga chiqarish uchun tadbirni o'tkazishga asos bo'lgan hujjatlarni yo'q qilishdi. Shu bilan birga , mendan va S.Qo'zievdan o'zlari hohlaganday soxta va yolg'on ko'rsatmalarni olish uchun 8 – 9 oy davomida MXX gaupvaxtasi va Tergov hibsxonasida vahshiylarcha jismoniy va ruhiy qiynoqqa solishdi.

N.To'raqulov , F.Yakubov , R.Nazarov MXX Tergov Boshqarmasi tergovchilari Ahmad Zufarov , Rustam Siddiqov , Veselov Aleksandr , Razzoqberdiev Marat ( MXX ning soxta va “ zakaz ” delolari ushbu “ G'ulomovchilar ” tomonidan yuritiladi ) va boshqalar bilan til biriktirib jinoyat ishimga qasddan yolg'on va o'zlari o'ylab topgan uydirmalarni kiritishib, tadbirga aloqador bo'lgan asosiy guvohlarni tergovdan yashirishgan.

Jumladan , meni 2016 yilning 20- iyul' kunidan 27- sentyabr' kuniga qadar MXX idorasidan 14000 ( o'n to'rt ming ) AQSh dollari va 120.000.000 ( bir yuz yigirma million ) so'm pulni operativ manbalarga rag'batlantirish puli sifatida olib berib , aslida o'sha pullarga MXX dagi shaxsiy statistikasini sun'iy oshirish uchun 405 kg 291 gr “ opiy ” narkotik moddalarini sotib olib , MXX idorasiga topshirib , tashkilotning “ Maxsus ombori ” da maqsadsiz saqlagan deb qalbaki ma'lumotni ko'r-ko'rona savodsizlarcha kiritishgan va jinoyat ishimizni mahfiylashtirishgan.

Men bu vaqtda DBQ da xizmat qilgan bo'lsam , MXX da meni qanday shaxsiy statistikam bo'lishi mumkin.
Dastlabki tergov va harbiy sudning 1- instantsiya sudida ( 2017 y ) men va S.Qo'ziev 20 – 30 nafar guvohlar orqali tadbirlarimizni qonuniyligini va MXX tergov organining bizga qo'ygan ayblovlarini nomaqbul dalillar ekanligini isbotlab bergan bo'lsakda , ammo Respublika harbiy sudi sud'yasi Akmal Jonqobilov nomlari qayd etilgan xodimlarning nazorati ostida yuqorida ko'rsatilgan moddalar bilan 2017 yilning 8-noyabr' kunida 20 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.

O'z o'rnida , sudning 1- instantsiya sudida va 2019 yilning aprel' oyidagi kassatsiya sudida asosiy va haqiqiy guvohlar Haydar Shodiev , Sunnat Ahmedov , Sanjar Saidov , O'ktam Suvonov , Sobir Xolboev , Elbek Xo'jakeldiev , Abdurayim Ensepbaev , shuningdek “ informator ” ( Arizachi ) va boshqalar mazkur narkotik moddalari statistika uchun sotib olinmaganligi , tadbirning haqiqiyligi va qonuniyligini guvohlik ko'rsatmalari bilan isbotlab berishdi. Shu bilan birga , yuqorida qayd etilgan rag'batlantirish pullari men tomonimdan 2015 yilning yanvar' oyidan 2017 yilning 19 may kuniga qadar operativ manbalarga MXX raisi R.Inoyatov ning ruxsatiga ko'ra “ tilxat ” bilan berilganligi bu davrda 405 kg “ opiy ” emas, balki meni 1 t. 200 kg “ opiy ” , 2 dona jangavor qurol , 585 dona patron , 1 dona F-1 granatasi , 7 kg 795 gr quyma oltin ( qiymati 1 milliard so'm ) , 1ta avtomashina , 1500 AQSh dollari , 3 ta terroristik va ekstremistik ruhdagi videoroliklar noqonuniy aylanmadan ushlab qolganligim hamda davlatga qarshi qaratilgan 5 ta qo'poruvchilik harakatlarini oldini olganligim bo'yicha ko'rsatmalar berishdi. Shuningdek , guvohlarni barchasi jinoyat ishi materiallarini qalbaki ekanligini isbotlab berishdi.

Shu qatorda , qora bozorda 1 kg “ opiy ” narkotik moddasi 3000 – 5000 AQSh dollari narxida sotilishi bo'yicha holislar ko'rsatma berishib, qayd etilgan pullarga hech qachon yuqorida ko'rsatilgan miqdordagi narkotik moddalarini sotib olishni imkoni yo'qligini isbotlab berishdi.

Bundan tashqri , guvohlar meni hech qachon “ G'ulomovchilar ” jinoiy uyushmasiga a'zo bo'lmaganligim , aksincha N.To'raqulov , R.Nazarov , F.Yakubov , M.Jo'raev , Q.Muhammedov va boshqalarning jinoyatlariga qarshi kurashganim bo'yicha ko'rsatmalar berishdi. Shu bilan birga , R.Nazarov , N.To'raqulov va boshqalarni Prezident Sh.Mirziyoevni “ razrabotkaga ” olishganlariga qarshi kurashganim , hukumat rahbariga nisbatan qilgan suiqasdlarini bilib qolib mustaqil ravishda uni oldini olib qolganligim ; Prezidentlik saylovi ( 2016 y ) davrida qo'poruvchilik harakatini amalga oshirishga kirishgan vaqtlarida uni ham bartaraf etib ularning harakatlariga to'sqinlik qilgan holatlarimni ham isbotlab berishdi.
Shu sababdan, N.To'raqulov , R.Nazarov , F.Yakubov va boshqalar o'zlarining ushbu mudhish jinoyatlarini ochib yuborishimdan qo'rqishib , kelgusida meni hech kim eshitmasligini ta'minlash uchun qasddan tadbirni soxtaga chiqarishib , unga “ siyosiy tus” berishib Sh.G'ulomovga bog'lashdi.

Hozirda asl “ G'ulomovchilarni ” ni o'zlari ya'ni N.To'raqulov , R.Nazarov , F.Yakubov va boshqalar 2018 – 2019 yillarda jazoga tortilib, Sh.G'ulomov bilan bog'liq jinoyatlarini tan olishgan.

Agarda men ham bu jinoiy uyushmaga a'zo bo'lganimda , ular bilan qaerdadir , qandaydir yoki qaysidir jinoyatda bog'langan bo'lar edim! Axir bnday holatni o'zi yo'q!

Xususan, men va S.Qo'ziev 2018 yilning mart oyidan 2018 yilning avgust oyiga qadar harbiy prokuraturada R.Nazarov , N.To'raqulov va boshqalarning jinoyat ishlari bo'yicha guvoh sifatida qatnashib, ularning mudhish jinoyatlarini ochib berdik. Biroq Harbiy Prokuratura va boshqa organlarning xodimlari ularga chora ko'rmasdan bizning ko'rsatmalarimzdan foydalanishib “ poraxo'rlik ” bilan ularni jinoyatlarini berkitib kelishdi.

Shunday bo'lsada 2018 yilning mart – iyul' oylarida men va S.Qo'ziev birinchi marotaba kassatsiya shikoyatini yozgan edik. Shunda harbiy prokuror 20 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosidan 4 yilini olib tashlash bo'yicha taklif kiritgan edi. Shunda bizlar shikoyatimizni xolisona ko'rib chiqilmagani uchun kassatsiya shikoyatimizni qaytib olishga majbur bo'ldik.

Ikkinchi marotaba esa 2019 yilning mart oyida Harbiy sudnig kassatsiya instantsiyasiga shikoyatimizni topshirgan edik. Kassatsiyaning yopiq sudi shu yilning 16 – 30 –aprel kunlarida bo'lib o'tdi. Sud – tergovida men va S.Qo'ziev aybsizligimizni to'liq isbotlab bergan bo'lsakda , biroq Harbiy prokuror Vahobov Shohruh sudning 1- instantsiyasining adolatsiz hukmini o'z kuchida qoldirishni so'radi.

Shundan so'ng, bizlar advokatlarimiz orqali kassatsiya shikoyat arizamizni qaytarib olishga majbur bo'ldik.

O'z navbatida men dastlabki tergov organining qalbaki ayblovi va Harbiy sudning adolatsiz qarorlaridan norozi bo'lib 2017 yilning yoz oylaridan to hozirgi kunga qadar O'zbekiston huquq-tartibot idoralari , jumladan Oliy Sud , Bosh prokuratura , DHX hamda Oliy Majlis Senatiga , qonunchilik palatasiga , Ombudsmaniga , Prezident devoniga 100 dan ortiq ariza va shikoyatlar bilan adolat qaror topishini so'rab murojaatlar qildim.

Afsuski , qayd etilgan tashkilotlarning hech biri vajlarimni tekshirmasdan ariza va shikoyatlarimni e'tibordan chetda qoldirdi.

Yuqorida ko'rsatib o'tilgan holatlardan kelib chiqib bir savol tug'iladi. Jumladan , 405 kg 291gr “ opiy ” va 644,61 gr “ gashish ” narkotik moddalaridan 100.000 ( yuz minglab ) insonlar jabr ko'rishi mumkin edi.
Men noqonuniy aylanmadan qayd etilgan narkotik moddalarini operativ ma'lumotga ko'ra qonuniy tartibda qo'lga oldim va rasman MXX organiga protsssual tartibda topshirdim.

Shunday ekan jinoyatni oldini olish shuningdek insonlarni va davlatni xavfsizligini ta'minlash jinoyatmi?

Men o'z xizmatlarimni maqtanib yoki o'zimni oqlash uchun Sizlarga murojaat etayotganim yo'q . Aksincha , o'zingizga bir savol bilan , ya'ni butun er yuzida qancha insonlar kimningdir otasi yoki onasi , kimningdir farzandi o'g'li yoki qizi , qolaversa yaqinlari ushbu narkotik moddasidan aziyat chekish bilan bir vaqtda oilalarni buzilib ketgani , yosh farzandlarni vafot etgani bu haqiqat emasmi ?

Axir “ Tezkor-qidiruvi faoliyati” ni amalga oshiruvchi organning vazifasi xalqni , davlatni , butun insoniyatni xavfsizligini ta'minlash emasmi?

Shuningdek , narkojinoyatni oldini olish , bartaraf etish va unga chek qo'yish Davlat organining hamda vakolatli xodimning vazifasi emasmi?

Shuni alohida ko'rsatib o'tish joizki hech qaysi davlatda , jamiyatda hattoki sovet tuzimi davrida ham kimnidir qamash uchun ushbu shaxsga aloqasi bo'lmagan odamni uydirma va yolg'onlar bilan xalq manfaati yo'lidagi qonuniy tadbirini soxtaga chiqarib o'zlarini o'rniga “ siyosiy jertva ” qilib qamatib yubormagan.
Bunga tarix guvoh.

Xo'sh N.To'raqulov , R.Nazarov , F.Yakubov , M.Jo'raev , Q.Muhammedov va boshqalarning “ fitnalariga ” Xizmat Raisi R.Inoyatov nega ishongan. Qolaversa nega meni va S.Qo'zievni “ Siyosiy jertva ” qilinishimizga rozilik bergan. Yoki ushbu rahbarning “G'ulomovchilar ” uyushmasi a'zolarini kimlar tashkil qilganidan xabari bo'lmaganmi? Men qo'lga olgan va MXX idorasiga topshirgan narkotik moddasi qanaqasiga noqonuniy bo'lishi mumkin. U holda mazkur tadbirni o'tkazishga nega Xizmat raisi R. Inoyatov ruxsat bergan.

Agarda tadbir noqonuniy bo'lsa , nega tadbirni o'tkazishga rahbarlik qilgan podpolkovnik X.Shodiev , polkovnik O'.Suvonov , general X.Gulyamov va ruxsat bergan R.Inoyatovni o'zi javobgarlikka tortilmadi?
Qonun hamma uchun barobar emasmi? Nega tadbirga aloqasi bo'lmagan S.Qo'ziev , N.Ibragimov , N.Qurbonov va Sh.G'ulomov men bilan bog'landi ?

Qani haqiqat , qani adolat ?

Axir butun dunyo davlatlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining ( BMT ) “ Narkotik moddalar va psixotrop moddalarga qarshi kurash ” to'g'risidagi 1961-, 1971- va 1988 yillardagi rezalyutsiyalari va konventsiyalari asosida “ Narkotrafikka va uning kontrabandasiga qarshi kurash ” to'g'risidagi qonunchiligini shakllantirgan. Men ham O'zbekiston qonunchiligi asosida tadbir natijasida 405 kg 291 gr “ opiy ” va 644,61 gr “ gashish ” narkotik moddasini MXX va DBQ ning 40 nafar xodimi ishtirokida rasmiylashtirib, davlat organiga MXX ga topshirdim.

Bu jinoyatmi?

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, men adolat va haqiqat qaror topishini so'rab O'zbekiston Prezidenti nomiga ham 10 lab ariza va shikoyatlar yozdim. Bundan tashqari, o'z huquq va erkinliklarimdan foydalanib Internet tarmoqlari orqali ham murojaatlar qildim.

Agarda ushbu murojaatlarim Prezident Sh.Mirziyoevga etib borganida adolat qaror topgan bo'lar edi.
Afsuski , bu murojaatlarim to'siqlar bo'layotganligi sababli hali – hanuz o'z manziliga etib bormadi.
Hurmatli dunyo jamoatchiligi , xalqaro inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlari va vakillari , xalqaro yuristlar Assosatsiyasi , Amerika yuristlar Assosatsiyasi , Evropa yuristlar Assosatsiyasi , xalqaro jurnalistlar uyushmasi a'zolari Sizlardan

-Ushbu holatga qimmatli fikrlaringizni bildirishingizni , huquqiy baho berishingizni ;
– Ishonchli vakillaringiz men bilan shaxsan uchrashuv o'tkazishiga ;
– Haqiqiy holatni O'zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoevga etkazishda ;
– Shuningdek O'zbekiston huquq – tartibot idoralari orqali adolat qaror topishida amaliy yordam berishlaringizni iltimos qilaman.

Mahkum Suvanov .B.X
UYa – 22 ( JIEM ).

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 2 Yorum )

  • omi ;

    kupaklar uzlaridan birini ebdida A

    23/09/2019 17:42
  • alim ;

    itlar uz sheriklarini ebdida A

    23/09/2019 17:11
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube