O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Qamoqda qolaëtgan shoir Mahmud Rajab she'rlari

Qamoqda qolaëtgan shoir Mahmud Rajab she'rlari
28 Eylül 2019 - 18:28 'da yuklandi va 833 marta o'qildi.

Botirlar faqat ertaklarda bo'lmaydi. Botirlar olis qishloqda yashab bir kun kelib sizu biz ayta olmagan gapni aytishi¸ sizu biz qila olmagan ishni qilishi mumkin. Mirziëev iqtidorga keltirilganidan keyin rasmiy kontsertlarda artistlar qatori shoirlarga ham navbat berildi.
Karimovning “shtatli” maddoxlari bir yumalab “yangi poshsho” oldida ta'sirli she'r aytadigan shoumenlarga aylanishdi.

Ammo ular orasida Mahmud Rajab yo'q edi. U asosan ijod qildi. Vaqti qolsa sholi ekdi. Undan ham vaqti ortganida eski temir tersaklardan qo'lbola traktor yasab koriga yaratdi.

Maxmud Rajab ikki shoirni o'ziga ustoz deb biladi. Biri marhum Matnazar Abdulhakim. Ikkinchisi ulug' shoir Muhammad Solih.

Mahmud Rajab ilk imkon bo'lishi bilan ustozi Muhammad Solix bilan uchrashib uning kitoblarini O'zbekistonga olib keldi.

Ammo O'zbekiston prezidenti tarafidan haqli ravishda “o'g'ri va poraxo'r” deya tamg'alangan qorinboy bojgirlar kitob olib kelaëtgan shoirni “jinoyatchi” deb malakaladlar.

O'zbekiston huquq tartibot tizimida bu masqaromuz xolatni to'xtatadigan birorta esi joyida mulozim topilmadi. Birorta. Ular lavozimga tayinlanishi bilan o'g'irlik qilib pora olib ketma ket qamalaverdi. Ammo yangi kelganlari ham “Kitob o'qigan shoirni” jinoyatchi deb asli axmoq qiëfasini jiddiy qilib turaverdii. Bundayin uyatli manzaraga o'zini shoirman deb bilganlar ham jim rozilik bildirdilar.

Mamlakat xuddi “1984” asaridagi kabi razil paradoks kasb qilgan edi…

Shoir haqida ikki og'iz

Mahmud Rajab 1963 yil Xorazm viloyat Gurlan tumanidagi Eshimjiron qishloq kengashiga qarashli Cholish ovulida tug'ilgan. 1980 yilda Shang'i qishlog'idagi A. Qodiriy nomli o'rta maktabni tugallab, 1980-84 yillarda Buxoro davlat pedagogika oliygohining musiqa kulliyotida tahsil oldi. Oliygohni tamomlab, o'zi o'qigan maktabda muallimlik qildi. “Xorazm” nashriyotida “Dard mavsumi”(1993), “Ko'zlardagi ko'zgu”(1999), “Oykokil”(2010), rus tilida “Zastenchivyy mesyats”(2010) she'riy kitoblari, “Shang'i” (2005) risolasi, “Saragul” (2014) hikoyalar to'plami bosilib chiqqan. She'r va hikoyalari respublika matbuotida e'lon qilingan. Hozirda “Ma’rifat” va “Uchitel' Uzbekistana” gazetalarining Xorazm viloyat muxbiri bo'lib ishlamoqda.

BEQARORLIK

O'zgarmas qarorim beqarorlikdir,
Bir shoxada tura olmayman doim.
O'tirib olganim shox quriyotsa,
Gullagan shoxlarga o'zgarar joyim.

Yanada beqaror bo'lurman battar,
Tarozi ustiga chiqmoqchi chog'im.
Nisbiy bo'lsa agar adolat, o'lchov,
Ikki palladadir ikki oyog'im.

AGARDA

Eh, naqadar zerikarlidir,
Faqat haqiqatga ishonmoq.
Sevaman deb aldagin meni.
So'ngra esa,
Quchog'ingda tutib qolmasang,
Yorilib o'laman sevinchdan.
Og'ushingdan joy so'rarmidim
Bu dunyoga sig'olganimda.

ILLYuZIYa

Terak tepasida o'tirgan oyni,
Yashirib qo'ymoqqa topdilar imkon.
Oy-ku etak bilan yopilmas, lekin,
Ko'zni etak bilan yopmoq mumkindir.
Shamol kelayotir darg'azab, chunki
Shamolga to'nkadi
Terakni
Qimirlatib ketgan kimsalar.

TINChLIK SUVRATI

Miltiq ko'tarilib
hurkitar birdan
Qanoti bor hamma narsani.
Qushlar talvasada uchar,
foydasiz,
O'q baribir quvib etadi.
Shunda birdan qaydandir kelib
Miltiqning uchiga qo'nar ninachi.

VAHIMALI TUN

Zorlanib-zorlanib ma'raydi buzoq,
Go'dak chirqiraydi beshikda.
Itlar uvillaydi qayg'uli, uzoq,
Tovushlar lashkari eshikda.

Quvonch g'oyib bo'lgan bildirmay sekin,
Uzoqlarga qochib ketgandir uyqu.
Eshik tambalangan mustahkam, lekin
Bostirib kiradi xonaga qo'rquv.

1989

GUL FALSAFASI

Men oddiy gul, menda chiroy yo'q,
Sizda esa teran ko'zlar bor.
Xushbo'y emas mening hidlarim,
Sizda bordir sezgir dimoqlar.
Etib bogunimcha idrokingizga
Go'zallashtirarlar ming chandon,
Mubolag'a qilib sezgilaringiz,
Asli o'zim bir oddiy gulman.

BENASIB

Intiq borayapman ko'zimni yumib,
Lablaringga – quyoshga tomon.
Zo'rayar tobora olovli nafas,
Es-hushim yo'qolib bormoqda.

Hali shuncha uzoq, men yo'l-yo'lakay,
Erib yo'q bo'laman haroratingdan.

DIYDOR KO'RIShAMIZ XAYoLDA

Lablar olis, nafaslar olis,
Nigoh olis, vujud yiroqda,
Ammo biz emasmiz firoqda.

Hech kimning ko'ziga ko'rinmay,
Diydor ko'rishamiz xayolda,
Entikamiz baxt – visolda.

Eng xilvat makon bu – xayoldir,
Xohlasam sen tomon uchaman.
Men seni hech kimga ko'rsatmay,
Hohlagan paytimda quchaman.

MENING SOYaM VA OTAMNING ChIROG'I

Vaqt qaychisi kindigin kesar
Har kunim – ertaning doyasi.
Kelajagim yuzini to'sar
O'tmishimning uzun soyasi.

Hosilin o'n besh kun o'rdi-yu, qochdi
Zulmatga bekindi oyning o'rog'i.
Yuzimni yoritib turibdi hanuz
Otamning tokchada qolgan chirog'i.

ShAVKAT RAHMONNI O'QIB
1

Tog'lar tosh kiyimin echmagay
Unutmas hech qachon do'stini.
Axir tog'lar Shavkat Rahmonning
Echib tashlab ketgan po'stini.

2

Tog'lar ayrildilar yaqin do'stidan,
Tog'larning ko'ksida qoldi dog' bo'lib.
Mazmun kengayarkan siqilsa odam
Kichik bir tosh bo'ldi katta tog' bo'lib.

Kichik tosh
kaftimga joylandi qulay,
Yoradi boshini mudhish osmonning.
Qani olib ko'r-chi, hey ajal, kel-ey,
Mening changalimdan Shavkat Rahmonni.

JALOLIDDIN

Bu gaplar tarixda qolib ketganmas,
U damga borgan payt yuz beraverar.
Faqat biz ko'rishga chidam topsak bas,
O'g'lini qaytadan cho'ktiraverar.

Bir go'dak qilichga bo'ynin tik tutar,
Hayratdan lol qotar jumlai jahon.
Bir ota ming yilki kunda qon yutar,
Suv yutib o'ladi kunda bir o'g'lon.

ODAMNING FE'LI

Havas-la qorilgan asli zuvola,
Ko'nglini qo'liga qilsang havola,
Erda o'yinchoqqa ko'msang, ovunmas,
Elkangga mindirsang tinchiydi bola.

ETIM ERTAK

Men ertakni yurdim etaklab
Va yig'latib qoldirib ketdim
O'smirligim ostonasida
Uka, endi uni sen ovut.
Buvim sendan chaqqonroq ekan
Chayir ekan nozik bellari.
Ketdi uni opichib olib
Ketaverdi moziyga tomon…
Etim edi, buvimday qilib
Ko'tarmadi ertakni zamon.
Har bolaga ergashib kelib
Ostonadan qaytar beomon.

O'ZIMGA

O'zim yomon yigit emasman,
Bo'lgim kelar yanada xo'broq.
Birovlarga o'xshay demasman,
Men o'zimga o'xshayin ko'proq.

Suvratimda o'zimmas edim,
Menga qaraganning ko'ziman.
Yolg'iz boqib oynaga, dedim:
Men o'zimning xuddi o'ziman.

HAQ

Kulging keldi, jilmayib qo'yding –
Bu mukofot yuksak baxtimdan.
Bu gunohing shu qadar og'ir –
Urib qolding mening haqqimdan.

ChAYoN

Hech kimni chaqmadi anchadan buyon,
Sig'magan zaharin sarf etar qayon,
G'ijinib o'zini uradi har yon,
Hech kimni chaqmasa o'lishi ayon.

2014, Saraton

TO'RTLIK

Dard chekdingu ohing chiqmadi,
Yo'lingdan o'z chohing chiqmadi,
Baxt qushini boshingga bog'lab
Shoh bo'ldingu shohing chiqmadi.
(Iskandarning shohi yo'q)

ISM

1

Ism – bizga umrlik libos,
Hamma undan tanib qaraydi.
Kim oyoqqa qilar paytava,
Kimdir esa boshga o'raydi.

2

Odam – buyum, ismi – tutqichi,
Har kimga mos – bilib qo'yarlar.
Undan ushlab tortar o'ziga,
Yo nariroq surib qo'yarlar.

JAHLDOR QISh

1
Qish tish qayrab yugurib keldi,
Uni qayrab yubordi kimdir.
Izg'ib yurdi ko'chama-ko'cha,
Kirib chiqdi uylarga bir-bir.

Badanimni sovutdi puflab,
Yamlab ko'rdi, issiq yutmadi.
Suyagimni g'ajidi ezib,
Yuragimga tishi o'tmadi.

2
Kesakpechman sovuqqa qarshi,
Qahring ortsa isir quchog'im.
Puflaganda alanga olar
Yuragimdir qishning o'chog'i.

* * *

Tasbeh donasiday o'tardi yillar…
Ulkan ayvondagi yolg'iz o'raday –
Otamning so'zlarin shimardi dillar
Madinada nozil bo'lgan suraday.

Otam borgan joylar tabarruk, faxr,
Qutlug' poyqadami etdi oxirga.
Men nega qo'rqayin o'limdan, axir,
Otam aylantirdi uni faxrga.

Tasbeh donasiday o'tmoqda yillar,
Tasbeh donasiday tugab borar tez…

ZIYoRAT

Pahlavon Mahmudga kirmay o'tolmas,
Xivaga qadami etgan har sayyoh.
Toki yo'liqarkan odimda nodon,
Toki uchrar ekan har qadamda choh.

Qiyomatga qadar bani odamning,
Bundan uzilmagay toki oyog'i.
Hammaga etadi Polvon otamning
Osmonu falakdan ortgan bo'yog'i.

Dorda yurgan kabi kelar yoniga,
Haybati bossa ham qarar botinib.
Kaftida limmo-lim yurak qoniga,
Har kimsa qalbini olar botirib.

Javonmard tog'ining g'orida uxlab,
Har tong uyg'onaman o'ng yonim bilan.
Osmonim bo'yayman nodon ochsa lab,
Ziyoratdan olgan dil qonim bilan.

* * *

Chiroyi ko'ngilni o'ziga tortar,
Boshi sa-al egilsa lolaning.
Shirinligi yanada ortar,
Do'ppisi qiyshaysa bolaning.

QO'ZIQORIN

Bir necha soatda keksayib qolgan
Tong chog'i tug'ilgan oppoq boladir.
Faqat yomg'irdan so'ng bir necha soat,
Musaffo hayotda yashay oladir.

TONG VASLI

Men har kuni bir bor kechib o'taman,
Tun deya atalmish qora daryoni.
Kaftimda ko'tarib echib o'taman,
Bo'ynimga osilgan yurak – to'rvoni.

Suv meni har oqshom tubiga tortar,
Timma- tik tong degan qirg'og'i roshning.
Og'irligi esa kun sayin ortar,
Elkamda bosh degan kerakli toshning.

Gohida er bilan bitta bo'laman,
Goho yumalaydi kaftimda dunyo.
Goh tun ko'lmagida cho'kib qolaman,
Goh to'piqqa chiqmas toshsa-da daryo.

Ba'zan tun zulmati sarhadsiz ummon,
Ba'zan tun jilg'asin hatlab o'taman.
Har safar sohilga chiqaman omon,
Har gal tong vasliga qayta etaman.

HIKMAT

To'qson yoshli ota yonida
Shu dunyoda qolgisi kelar.
Etmishidan o'tgan holida
Erkalanib olgisi kelar.

Orasidan qochmadi hech gap,
Sezilmadi og'zi olalik.
Etmish yilki uni etaklab,
Ulg'aytmadi “baxtli bolalik”.

Nafasidan olovlar sachrab,
Ko'zlaridan cho'q otmaganlar.
Bola bo'lar, ota bo'lolmas,
Otasini yo'qotmaganlar.

RUH QUShLARI

Ertaga ruh qushlari bir-bir uchadi,
Biz qolamiz chunki tovuqmiz hammamiz.
Pahlavon Mahmud

Suv ham kerak, don ham kerak tovuqqa,
Qushga nima kerak bulardan bo'lak.
Qo'shiq kerak unga, daraxtlar kerak,
Parvoz kerak, qanotlar kerak.
Qanot ham bor unda, qanoat ham bor!
Qushga eng keragi – Osmon! Ozodlik!

ShOIR TABIATI

Ishga sho'ng'ib ketab ketib borlig'i bilan
Ignasin yo'qotar eng zo'r tikuvchi.
Quloqqa qistirgan qalamin topmay
Rosa xunob bo'lar eng zo'r duradgor.
Ilhom parilari es-hushin olsa
Mavzusin yo'qotib qo'yadi shoir.
Shoir yo'qotadi hamma narsasin
Yo'qotar hattoki o'zini, biroq
Qalamin yo'qotmas hech qachon shoir.

DUDAHAN
Dudahan – xorazm talaffuzida “dudan”, forscha ikki og'izli degani. Baliq ovlash uchun daraxt chiviqlaridan to'qib yasaladigan asbob. Bir og'zi non-xo'rak qo'yish uchun, ikkinchisi esa baliq kirishi uchundir. Dudanning og'zi doim ochiq tursa ham, unga kirgan baliq qaytib chiqolmaydi.

Yotishing o'xshaydi cho'kkan kemaga,
Pisib suv ostini aylading vatan.
Ikki quloq bergan Tangri hammaga,
Nega sening og'zing ikki, dudahan.

Makring puxta sening, toqating sobit,
Hiylang ham xiyla ham chala bo'lmagan.
Qorningda qancha non bo'lgandir nobud,
Ikki og'zing hech vaqt ola bo'lmagan.

Baliqlar og'zi bor, tili yo'q faqir,
Nafsga ergashgani bo'ldilar qurbon.
Sening yaratuvching xudomas axir,
Seni chig'irtoldan yasagan inson.

PAYVANDShE'R

Maydalashar odamlar.
Otabek Odil

1
Alloh qilib mushkuling oson,
Bosganingda shaxdam qadamlar.
Kirib kelar pinjingga chandon,
Himoyasiz mayda odamlar.

Ular bilan hisoblashmoq shart,
Mayda deya bo'lma nopisand.
Tuproq o'zi garchi mayda gard,
Bossang chiqar boshingdan baland.

Do'konlarda mayda o'lchovlar,
Mayda gapga xaridor tayin.
Maydalashib boradi devlar,
Qarash nuqtang kengaygan sayin.

Garchi, Dovud suyangan aso –
Asrlarni qulatar, yiqar,
Tasavvurga sig'magan dunyo,
Termitlarning og'ziga sig'ar.

2
Chinorlari yuksak tog'lardan,
Xazonlari bolta chiritar.
Xavf yo'q yo'g'on sasli zog'lardan,
Mayda o'tlar bog'ni quritar.

…Xayol Odam Atoday kezar,
Giyoh ungan barcha yurtlarni.
Ixlosimning alangalari
Qovjiratar mayda o'tlarni.

QIYoS

“Sen kir, sen chiq” degan o'yin bor,
Kim qo'l, kim bosh – yoqa bilan eng.
Diyonatning eshiklari tor,
Xiyonatning ko'chalari keng.

Nafs podasin bo'sh qo'yib boqsang,
O'z ko'nglinga o'zing bersang erk.
La'nat tavqin bo'yninga taqsang,
Diyonatning eshiklari berk.

So'nggi yo'lga otlansang magar,
Ne istasang bari topilar.
Inson qaytib kelmasa agar,
Nega eshik sekin yopilar?

Har kim o'zin bog'lab keltirgan,
Toshqin ko'cha-kuylar ko'rinar.
Diyonatning eshiklari lang,
Eshigi yo'q uylar ko'rinar.

16 may 2016 yil

* * *

Belbog'i bo'sh boylangan
Ul*dan shoir chiqmagay.
Tili kesilmay qolgan
“Til”dan shoir chiqmagay.

Ko'ngli dard tug'maydigan
Tuldan shoir chiqmagan.
Shohdan shoir chiqaru
Quldan shoir chiqmagay.

Bir-birini elagan
Eldan shoir chiqmagay.
Bir bor kirsa yurakka
Dildan shoir chiqmagay.

Ul*- o'g'il

DIYDORLAShUV

She'riyatning shohko'chasiga
Osiladi faqat shohbaytlar.
Chorlasa ham shohona saroy
Yo'l topolmas unga loqaydlar.

Shohsatrlar shohsupasida
O'qiladi eng oliy farmon.
Mangulikka yo'llanma olmoq
Shoirlarga umrlik armon.

Kelar olis chekka joylardan
Bugun, oqshom, ming yildan nari.
Otlanarkan ulug' safarga
Shohbekatda uchrashar bari.

MEHMONNING O'LIMI

Makon tutgan tanamni og'riq,
Haydash bilan ketmas bu mehmon.
Faqat uning emishi sog'liq,
Ketadi eb tugatgan zamon.

Har kun uning rizqini terib,
Uyga darhol chopib kelaman.
O'zimni eb bitirmasidan
Unga emish topib kelaman.

Bo'lsam hamki garchi izmida,
Bo'sh kelmayman men undan sira.
Unga o'lmas oshini berib,
To'playapman ulkan zahira.

Goh ajdarday qornin to'yg'izsam,
Biroz mizg'ib oladi faqat.
Kasallik ham kasallanarkan
Esa ovqat ustiga ovqat.

Uni ochdan o'ldirib bo'lmas,
Ochlik bilan kuldirish mumkin.
Bunday nafsi yomon mehmonni
Faqat to'yda o'ldirish mumkin.

ILHOM PARISI

Seni ta'riflasam, yulduzlar erib,
Oyning yuzi, kunning ichi kuygani.
Seni ta'riflasam, o'ziga zeb berib,
Ilhom parilari kelar suykanib.

“ASSALOMU ALAYKUM”
“Assalomu alaykum” – yovvoyi o't nomi bo'lib, bugun chopib tashlansa ertaga yana o'sib chiqavergani sababli dehqonlar uni shu nom bilan atashadi
.
Salom berish vojib deb bilgan
Er ostida yotar odamlar.
Nonushtada salomin egan
O'tar qator-qator odamlar.

Yo'qligiga odobning boshi
Son-sonoqsiz odamlar ko'ndi.
Kuch berdimi yotganlar loshi
Salom berib maysalar undi.

O't degan so'z shundandir balki,
Dehqon jonin o'tlarga yoqib,
Urug'ini quritsa hamki
Kelaverar ariqdan oqib.

Necha yilki mana odamzod,
Bosh kesmoqni kanda qilmaydi.
Maysalarday avj olar hayot,
Banda bandaligin qilmaydi.

Munaqqidning ketmonida zang,
Qotar manglayda sovuq terlar.
Qilayotir boshlarni garang
“Assalomu alaykum” she'rlar.

Harflarday rizqini terib,
Har kim ichsin halol oshini.
O'z joyiga qo'ying keltirib,
Odobning kesilgan boshini.

ZERIKKAN BOG'

Gilos bo'lib yukidan xalos,
Qo'llarini yozdi kerishib –
O'tiribdi endi zerikib.

Suvga olma otib o'ynagan
Kunlarini eslaydi olma –
Suv bo'yida esnaydi olma.

Qish uyqusi hali uzoqda
Mudroq yozga qiyin ko'nikish –
Boshlanadi umumzerikish.

Kelar edi darmoni qurib,
Charchagan yil asta cho'zilar
Soya-salqin bog'larga kirib.

TILAK

Senda iymon doim bus-butun,
G'oliblik – choh, mag'lublik – sharaf.
Bo'lmasang ham dunyoga ustun,
Senga qibla erur to'rt taraf.

Haq tomonsan, emas kuch tomon,
Nur yo'lini ko'zyosh tiqmasin.
Senga sadqa bo'lsin uch tomon,
Kunbotardan quyosh chiqmasin.

SO'Z QUDRATI

So'z yoqimli bayotdan ko'ra,
Mehrga to'q ota ko'zlari.
Shirin edi hayotdan ko'ra,
“Yasha o'g'lim” degan so'zlari.

Qiymalaydi boqsa dilingni,
Kampiringning qiyiq ko'zlari.
Totli qilib qo'ydi o'limni
“O'ling-e!” deb aytgan so'zlari.

YaNGI KUN

Tandir kabi qizigan havo,
Yuzlari qizargan non kabi…
Garmsel – onamning nafasi,
Onam – quyosh qizi erdagi.

Shimol sari ketgan sovuqning
Bolalari uxlar tog'larda.
Uyg'onadi sarrin shamollar –
Adashadi ulkan bog'larda.

O'ta olmay qalin shoxlardan
Yalanglikdan yuradi asta
Shabadalar – mitti bolalar.

Xudoning kuni ko'p bo'lsa-da
Bir-biriga kun bermas kunlar
Bir-birini bosar, itarar.

Tug'averar quyosh va ona
Yana yangi kunni jilmayib.

MAVSUM OXIRIDA

O'zi ham paxtaga aylandi dehqon,
G'o'zalari bilan yurar gaplashib.
Bular g'o'za emas, odam-ku axir,
Ana paykallarda turar saflashib.
G'o'zaning joni bor – og'riydi gohi,
Chanoqda paxtamas ko'zining oqi.

— Bilagingda kuch bor, dilingda g'ayrat,
Terimchim, ishingni qoyil qilasan.
Burgut o'ljasiga chang solganiday
Paxtani chanoqdan yulib olasan.
Avaylab ushlagin qo'lingga toki,
Bular paxta emas ko'zimning oqi.

Tong chog'i siyraklab qolgandek yulduz,
Bu erlar dalamas osmonning toqi.
So'nggi chanoqlarda ko'rinar yilt-yilt
Bular paxtalarmas ko'zlarning oqi.
So'nggi xulosaga kelasan boqib,
Bular paxta emas ko'zlarning oqi.

TARADDUD

Onang ketayapti sigir soqqani,
Yig'lab ostonada turmay uyga kir!
Kelar u o'choqqa olov yoqqani,
O'g'lim, ayriliqqa tayyorlanib tur!

Ortimdan termulma shaharga ketsam.
Xomsiqib* qolmagin, chop, o'yna, yugur!
Ajabmas uch kun yo haftalab kutsang,
O'g'lim, ayriliqqa tayyorlanib tur!

Buving otlanarkan olis safarga,
Uning quchog'idek yo'q endi huzur.
Yig'lab uyg'onarsan har tong saharda,
O'g'lim, ayriliqqa tayyorlanib tur!

Yoningda bo'lishin istading tun-kun,
Uzoq kutganlaring qaytdilar, shukur.
Bir zumga ketib ham qaytmaslik mumkin,
O'g'lim, ayriliqqa tayyorlanib tur!

O'tmoqda haftalar, oylar va yillar,
Turnadek aylanar tegrangda bir qur.
Bir zot bor uzilgan iplarni ular,
O'g'lim, diydorga ham tayyorlanib tur!

* Xomsiqib — xomushlanib

SAMIMIYaT

“Ovqat pishdi, choy ham qaynadi”
Ovoz berar eriga ayol.
O'ylamaysan har buyum nomi
Kelmasligin o'ziga malol.

So'zlar uchar dasturxon uzra,
Haydamaydi hech kim chivinday.
Joy yo'q dilda qo'nmoqqa hadik,
Xavotir yo'q yurakda jinday.

O'zgartmagan uy libosini
Olomonning ichida hatto.
Gaplashadi er bilan xotin
O'sha ovoz, o'sha holatda.

Muhrlanar har bir harakat,
Har bitta so'z qoladi yodda.
Go'yo Chexov asari kabi
Qahramonlar samimiy, sodda.

Voqealar kechar o'zidan,
Tahrir qilmas matnni hech kim.
Men o'qishda davom etaman,
Bu asardan kelmaydi kechgim…

AROSAT

Men o'zimni sevaman qattiq,
Men o'zimni yomon ko'raman.
To'fon bosgan dunyoni,
yolg'iz
Men o'zimni omon ko'raman.

Qizig'i yo'q menga hayotning,
Men hayotdan hayratlanaman.
Dafn bo'lib har kuni yuz bor,
Tug'ilaman yuz bor yana man.

Qaydaligim, kimligim bilmam,
Mo'ysafidu norasidaman.
O'lim-hayot chegarasida –
O't bilan suv orasidaman.

AYTILMAGAN AYoL IZHORI

Gumon olib qochar meni,
Olib qochar xayollar.
Bermay menga zarra imkon
Va bermasdan savollar.

Uyqu qopga solar har tun,
Otga bosar xayollar.
Jur'atsiz er qo'llarida
Ishq bo'ladi uvollar.

Men armonning qo'lida band
Qutilolmam xayoldan.
Siz so'raysiz nega izn
Ixtiyorsiz ayoldan.

HISOBOT

Men ushbu yil osmonga
O'n ikkita oy berdim.
O'n birinchi oyni men
She'r yozmasdan boy berdim.

Chiqib somon yo'liga
Otlar suron soldilar,
Kelajagim qo'liga
Gijinglagan toy berdim.

G'irotning tuyog'idan
Tushgan kumush taqa – oy,
Hasan bilan Husanga
Kamalakdan yoy berdim.

Qirq yil qirg'indan omon
Chiqqanda och ruhimga,
Asal to'la ariq, ham
Sutga to'la soy berdim.

Osmon to'la, er to'la
So'zlarga yo'q hech o'rin,
Etim qolgan dardimga
Daftarimdan joy berdim.

Ellik to'rt yil osmonga
Quyosh berdim, oy berdim,
Mangulik taqvimiga
Men umrimdan joy berdim.

* * *

Kesib o'tmaydi u yo'limni, to'sar
Dev kabi bahaybat qora mushuk – tun.
Sichqonday bolalab lahzada o'sar,
Ko'krak qafasimda tashvishlar tutqun.

Bizning g'amimizni eb tugatolmas,
Kun-tun – ola mushuk oramizdagi.
Yuzingda xol emas
Ichimda yotgan
Qirq devning rizqidir bir mayizdagi.

BIR SO'Z BILAN

Bir o'q bilan, bir ko'z bilan
Urar eding
Ikki quyonni.

Bir do'q bilan, bir so'z bilan
Tarqatarding
Ikki quloq
Yig'gan gumonni.

Bir so'z bilan bir umrga
Taltaytirding
Bolangni.
Bir so'z bilan bir lahzada
Qartaytirding
Otangni.

TARIQAT

G'ildirak rel'sga yopishar qattiq,
Ular bir-birini tushunar so'zsiz.
Umrimiz aslida kimgadir tortiq,
Ismoil bosh egib, cho'kkaniday tiz.

Azob dilni ishqqa bog'laydi ko'proq,
Ibrohim tushgan o't – jannatiy bog'lar.
Tog'larga do'nadi yonganda tuproq.
Temirga aylanar erisa tog'lar.

G'ildirak rel'sni sevadi qattiq,
Muhabbat izmida – rohatda yurak.
Umrimiz kimgadir sir to'la tortiq,
Bu sirni bandasi bilmasa kerak.

BELI BOG'LI

Dunyo matohlarin sovurib falak,
Pushti kamarimiz saqlab qo'yibdi.
Bog'lab qo'ygan emas bizni dunyoga,
Dunyoni bizlarga bog'lab qo'yibdi.

Imon to'sib turar to'fon yo'lini,
Nuh duo yo'llamas ellarimizga.
Dunyo ulkan kema, uning ipini
Bog'lab qo'ygan ekan bellarimizga.

* * *

Kelgan har bir fursatni
Yillar bo'yi poyladim.
Lahzalarning ichiga
Cho'ng yillarni joyladim.

Imkon iskanjasida
Dolni alif ayladim.
Qoziq qilib qaddimni
Vaqt ipini boyladim.

O, naqadar ojiz men,
Yo, Egamning qudrati!
Ketar ipin uzib ot,
Yo qozig'in sudratib.

“QIZILQUMDA BIR KUN”
(Shavkat Rahmonni o'qib)

Bu ulkan sahroda
Qancha qum zarralari bo'lsa
Shuncha dona jimlik hukmron.

Shu sahroda nechta jonivor bo'lsa
Sharoitga qarab moslashar
Soxtalik qobig'i ostida
Xavotir ichida
Yashaydi bari.

Mitti zarralarning bahaybat jimligi
Domiga tortadi
Bunga qadam bosgan kimsani.

Qimirlagan tirik jon bor-ki
Soxtalikdan xoli bo'lolmas.
Shu sabab azaga kelganlar bir-bir
Qo'shiladi umumjimlikka.
Son-sanoqsiz tarqoq zarralar
Yagona jimlikka birlashar.

* * *

Ketishga chog'landing ortingga boqmay,
Ming yilga cho'zildi taraddud.
Birdan ketib qolding kiprik ham qoqmay,
Nogaxon uzildi taraddud.

Ming yil botmay turgan quyosh ham botdi,
Boshini ololmas sening poyingdan.
Tong zulmat ortida muz bo'lib qotdi,
Kun chiqa olmaydi botgan joyidan.

TANISh TUYG'ULAR
Hayot Shodmonga yondoshib

1
Kayfiyat –
Ko'ngil darchasidan kirgan shabada,
Tetiklashtiradi xasta ruhimni.
Haydab solar xilvatxonadan
Nomahramni – bor Anduhimni.

O'z-o'ziga hukm chiqarar
O'z uyida yotgan mahbus – Sir.
Sog'inch kelar uzoq yo'l bosib,
Kira olmay qaytar baribir.

2
Orzuning makoni judayam olis,
Umid Ta'ma bilan siboshiq* qo'ngshi.
Orzu kirib bo'lmas qasrda yashar.
Ilinj ijarada yurar o'ngishib.

Yuribman uyma-uy, eshikma-eshik,
Choldirish** – ko'ngilning ko'cha-kuylari.
Uchrar har qadamda chirog'i o'chgan
Armonning buzilib ketgan uylari.

*Siboshiq qo'ngshi (qo'shni) – tutash hovli.
**Choldirish – chalkash.

YoMON NIYaT

Cholvarini o'zi kiyolgan,
Uyalishni boshlagan bola
Birga o'ynar qo'shni qiz bilan –
Bir qo'shiqni qilishar nola.
“Oqqoy, boqqoy
Qaraganning ko'zi sitilib oqqoy!”

Vaqt oqadi, Baxt boqadi –
Qo'shiqlar kundan-kun yoqadi.
Ko'payar elning so'zlari,
Kattayar osmon ko'zlari.
Hamon dilda birinchi qo'shiq:
“Oqqoy, boqqoy
Qaraganning ko'zi sitilib oqqoy!”

Qiz yuzidan necha oqshomlar
Hayo pardasini olmadi.
Va niyati bo'ldi ijobat
Qiz tilagi qisir qolmadi.
Birov qarab turganday go'yo
Lovulladi, qizardi yuzi.
Tuynugidan qaragan zahot
Oqib tushdi osmonning ko'zi.

GURLAN OHANGLARIDA

QISINChOQ

Sango tomoq qirib qomoq,
Juysiz erga bolta somoq.
Igarraka ketavirsang,
Sensiz turg'on erim qomoq.

Axir ko'zing dim qop-qoro,
Axir tishing sening dim oq.
Sen moqtonib yurgan xoling
Mongloyingo tushgan yamoq.

Bir amallab qoriyg'oysong,
Yomon qiyin ko'zdi omoq.
Choyg'o solib yutqim kelar,
Yuz qilqinib bo'ldim tomoq.
O'romoling uchin tuyding,
Nichcha chechib-kiydim timoq.

QIYShIQ JIYDA

Shu qiyshiq jiydaning qoshinda
mango qiyshaymading deb,
Shu sori gullarding tiyinda sorg'aydim.
Jiydaning yuzina qon yugurganda,
Mening bari erima jon yugurganda,
Qo'rqasan kunduzi kelishdan,
Jiydaday qizarib yurishdan.
Kunning qizilini ketirib
Qoppo-qorong'ida
Sarmalab tovishmadiq.
Ekavmiz bir-biravga
Shappikday yovushmadiq.
Jiydamiz qurib qoldi,
Men sennan quri qoldim.

OYKAKIL
(Otom zomondog'i qo'shiq)

Ko'ring anov uzikdi,
Toppay mennan tuzikdi,
Hamma erda ko'zini
Suzavirib ko'zikdi.

Ko'ring minov qizziqdi,
Mongo chizib chizziqdi,
Qariyvirib oynag'a
O'z-o'zina qizziqdi.

Ko'ring minov qizziqdi,
Moyg'a tushkan jizziqdi,
Sovchi borsa uyina
Shirasini qiz ziqdi.

Ko'ring minov bir qizdi,
Sochin yuvib sirqizdi,
Bosirniqdim, tushimda
Oykakilday qo'rqizdi.

Ko'ring minov tirsiqdi,
Solma bo'yda kir siqdi,
Sig'ishviydim, qo'limdi
Kirga qo'shib bir siqdi.

TANDIR

Beting issi, yimshoq, tandirdan
Hozir chiqqan nong'a o'xshiydi.
Hech oyomoy tikach bosilib,
Suvom yolotqong'a o'xshiydi.

Zuvolongdi etganda: “Tandir –
Qizdimo” deb so'rab qo'ydilar.
Shamollarda qoyzatmasin deb,
O'romolg'a o'rab qo'ydilar.

Ko'rpachani ustinga yovub,
Suprasining chongin qoqdilar.
Seni mennan yoshirib qo'yib,
Ichima ko'p o'tlar yoqdilar.

Tishlarimdi tikachday bosib,
So'ng yuzingdi suvlob turomon.
Quchog'imnan chig'ib ketsangam,
Cho'g'im o'chmay lovlob turomon.

ANJIR MUROBBO

Vox, meni qo'yovir, anjirlar seni
Ko'rganda ovzinnon bollor tomodi.
Anjirga suyandim seni sog'inib,
Oyoq-qo'llarimda hollor qomodi.

Murobboliq anjir pishdi miltirob,
Seni ko'rgim keldi miltirob ko'zim.
So'zing shakarina bilg'oding meni
Biram mozolimon o'zima o'zim.

Qo'limdi sen yoqqo uzotjoq bo'som,
Anjir shoxosinday boylonib qolor.
Shakar lablaringa etganda anjir
O'zi murobbog'a oylonib qolor.

TO'RTLIK

Meni ko'rganingda cho'rchi-ib tushding-a,
Osmon uzildima, erga tushdima?
“Uf-f!” – deding barmog'ing labinga bosib,
Birgana o'pganda ovzing pishdima.

TUYuQ

Tuyuq deb yozg'onim tuyuq bo'miydi,
Suv-to'rpog'im ongsot uyuq bo'miydi,
Kavnim paxsa iydi cho'kdi, yorildi,
Ming yomob iloy surt u yuq bo'miydi.

Shuhrat Bobojon

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube