O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Xazinaning «o'g'irlangan qismi» yoki Jadid Mansurov va uning safdoshlari

Xazinaning «o'g'irlangan qismi» yoki Jadid Mansurov va uning safdoshlari
04 Ekim 2019 - 6:05 'da yuklandi va 401 marta o'qildi.

SSSRning O'rta Osiyodagi GPUsida to'plangan «Tovar» va Praviteli» deb nomlangan maxfiy hujatlar majmuidan kitobxonimiz xabardor. «Praviteli»dagi ma'lumotlar asosan amirlik xazinasining Buxoro sovet hukumati va kommunistik partiyasi rahbarlari tomonidan «o'g'irlangani» va «o'zlashtirilgani»ga oid. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, GPUning bu xufyachilar tomonidan tayyorlangan ma'lumotlarida hech shubha uyg'otmaydigan asosli haqiqatlar bilan bir qatorda taxmin va gumonlar ham mavjud. Bizningcha, ularning qaysi biri haqiqat, qaysi biri tuhmat ekanligini to'la aniqlashning iloji yo'q. Shuning uchun ham biz ularni ruschadan o'zbekchaga ag'darib, qanday mazmunda bo'lsa shundayligicha, biroz qisqartirib va umumlashtirgan holda aynan bayon etishni maqsadga muvofiq deb bildik. Chunki kitobxonimiz ularning mazmun va mohiyatini o'zi anglab oladi, degan umiddamiz.

GPU hujjatlarida amirdan qolgan xazinani topib, uni o'zlashtirib olgan deb ko'rsatilganlaridan eng ko'zga ko'rinarlisi Mirzo Muhiddin Mansurov va uning o'g'illari Mirza Isom, Mirza Mansur, Mirza Abdulqodir, Mirza Xayrullo Muhiddinovlardir. Hujjatlarda ularning xazina bilan bog'liq bir qator xatti-harakatlari bayon etilgan. Lekin ularning birortasining ham «kirdikori» fosh etilib javobgarlikka tortolmagan. Ammo gap shundaki, bu ma'lumotlar kishini bevosita o'ziga tortadi va befarq qoldirmaydi.

O'shalardan biri «Buxoro amiriga tegishli boyliklar va uning BXSR tashkil topishi oldidagi hlati haqida ma'lumotnoma» deb nomlangan bo'lib, u Yudin degan xodim tomonidan tayyorlangan. 1920 yil 20 iyunda esa ma'lumotnoma O'zbekiston SSR Davlat Siyosiy boshqarmasi raisi o'rinbosari Gofetskiy tomonidan maxsus yo'llanma xat bilan SSSRning O'rta Osiyodagi Maxsus Davlat Siyosiy boshqarmasining vakolatli vakili Bel'skiyga yuborilgan. Unda shunday deyilgan: «Buxoro inqilobi paytida Mirza Muhiddin Mansurov amirdan qolgan xazinani hisobga oluvi Markaziy komissiya raisi bo'lgan. U o'sha paytda amirning qamoqqa olingan mirzalariga hukumat nomidan agar amirning xazinasi qaerda saqlanib qolganligini ko'rsatsanglar ozod qilib yuboramiz, deb va'da berish bilan birga, ularga tazyiq o'tkazadi. Bunga ishongan mahbuslar (Mirza Umar va Mulla Mirza — S.X.) esa, 17 sandiq oltin va brilliantlar ko'milgan joyni oshkor qiladilar. Bu 17 sandiq boylikni, u Mirza Umar bilan Mulla Mirzalarning yordamida topib, o'ziniki qilib oladi. Biroq xazina topilgan kechasiyoq Mansurovning buyrug'i bilan Mirza Umar otib tashlanadi. Mulla Mirza esa Buxoro shahridan noma'lum bir tomonga olib chiqib ketiladi. Mana shunday yo'l bilan Buxoro amirining xazinasi va unga juda yaqin bo'lgan qozikalonning taxminan 30 million so'mlik boyligi Mansurovning mulki bo'lib qoladi». Shuni ham qo'shimcha qilish kerakki, «Ma'lumotnomada amirning qimmatbaho toji ham Mansurovning qo'lida bo'lgan degan fikr bor.

Mirza Muhiddin Mansurov Buxorodagi jadidchilik harakati asoschilaridan. U Buxoro tarixiga oid hujjat va kitoblarda qayd etilishicha, dastlab birinchilar qatorida o'z uyida jadid maktabi ochgan. 1910-1917 yillarda maxfiy faoliyat yuritgan jadidlarning «Tarbiyai atfol» («Bolalar tarbiyasi») nomli ma'rifiy tashkiloti hamda oshkora chop etilgan tojikcha «Buxoroi Sharif » (1912-1913) yillar gazetasiga homiylik qilgan. Jadidchilikni moddiy mablag' bilan ta'minlab turgan savdogar boylar qatorida turib, xalq manfaati, maorif va ma'rifat yo'lida kattagina ishlarni amalga oshirgan.

U Yosh buxoroliklar partiyasi tashkil topishi va faoliyat yuritishida eng faol tashkilotchilardan hisoblangan. Shuning bilan birga M.Mansurov boshqalar qatori amirning 1917 yil 7 aprelda islohot o'tkazish haqidagi «Manifest»ni imzolashiga ham katta hissa qo'shadi. Jadidlarning 8 apreldagi ko'cha namoyishi fojia bilan yakun topib, 30 kishi qamoqqa olinganidan keyin Yosh buxoroliklar partiyasi Markaziy Qo'mitasi raisi etib saylanadi. Shundan so'ng o'z faoliyatini Moskvada davom ettiradi. 1919 yil noyabrida Sharq xalqlari kommunistik tashkilotlari Markaziy byurosi qoshida Buxoro bo'limi tashkil etilishida faollik ko'rsatib, Moskvada «inqilobiy tajriba» ortttiradi, tarbiyalanadi.

Fayzulla Xo'jaevning guvohlik berishicha, M.Mansurov amirning 1917 yil apreldagi islohot haqidagi manifesti bilan bog'liq holda yuz bergan qatag'onlik sababli Kogon shahriga qochib o'tib, Yosh buxoroliklar safiga uch o'g'li bilan kelib qo'shilgan. Bundan oldin esa u amirning savdo sohasidagi eng ishonchli kiishisi, mashhur karvonboshi Azizov bilan shaxsiy raqobatda bo'lib, bu keyinchalik siyosiy muxolifatga aylanib ketishi sababli amirdan cho'chigan holda Buxorodan ketadi.

Umuman olganda, M.Mansurov amirlikda ko'zga ko'ringan yirik savdogar boy, millat ma'rifati va taraqqiyoti fidoyisi, amirga qarshi bo'lgan jadidlardan biri. Shuning uchung ham u Buxoroda kommunistik bosqinchilar yordamida Yosh buxoroliklar davlat to'ntarishi yasab, amirni mamlakatdan badarg'a etgach, Buxoro sovet hukumati tarkibiga kiradi va o'ta muhim lavozimlarni egallaydi.

1923 yilga kelib, M.Mansurov 63 yoshga to'lishi munosabati bilan qarilik bahonasida hukumat tarkibidan chiqib, qorako'l, jun va boshqalar savdosi bilan mashg'ul bo'ladi.

«Tovar»dagi Mansurovga tegishli ma'lumotlardan yana biri 1928 yil 17 martdan to 1 aprelgacha Buxoroga Moskvadan maxsus topshiriq bilan kelgan, nomi ko'rsatilmagan vokalotli bir xodimning hisobotidir. Bu hisobot kattagina hajmda bo'lib, quyidagi mavzularga bo'lingan: 1) «Muhiddinning boyligi»; 2) «Mirza Muhiddinning boyligini boshqa guvohlar qanday aniqlangani»; 3) «Qozikalonning xazinasi aniq va asta-sekinlik bilan Muhiddinovning qo'liga o'tgani»; 4) «Mirza Muhiddinning qozikalonning boyligi haqida aytganlari»; 5) «Muhiddinovlar oilasi haqida ba'zi bir mulohazalar»; 6) «Buxoro amirining boyligi va u saqlanadigan joyni to'la-to'kis biladigan shaxslar».

Quyida bu hisobotning o'zbekchaga ag'darilgan qisqacha matnini keltiramiz: «Muhiddinning boyligi masalasi keyingi paytlarda bir necha bor ko'tarilmoqda. Bu masala bilan nafaqat Buxoro, Toshkent, Samarqand, shuningdek, Moskva ham qiziqmoqda. Moskvaninng siyosiy arxivida Fayzulla Xo'jaevning o'rt. Rudzutakka, agar hukumat Mirza Muhiddin Mansurov va uning qarindoshlarini qamoqqa olishga rozilik bersa, SSSR omboriga o'ttiz million so'mlik mahsulot va boylik qaytarilishi haqida aytganlari saqlanmoqda. Mirza Muhiddin M ansurov esa, F.Xo'jaevning bu bayonotini shunchaki hazil deb aytmoqda.

Mirza Muhiddin keyingi yillarda o'z kapital mablag'i va boyligini chet elga o'tkazib yuborish uchun jiddiy mashg'ul bo'lmoqda. Dastlab u xorijga haj safari bahonasida ketmoqchi bo'ldi. Lekin buning iloji bo'lmadi. 1923 yilda uning o'g'li Mirza Xayrullo qorako'l teri savdosi bilan xorijga chiqadi. Bundan foydalanib, Muhiddin Mansurov savdodan tushgan etti yuz ming naqd pulni va maxfiy ravishda chetga olib o'tilgan brilliantlar hisobidagi ikki yarim millionlik oltin pulni Germaniyaga o'tkazishga muvaffaq bo'ladi.

Mirza Xayrullo bu pullarni o'z nomidan Germaniyadagi banklardan biriga qo'yadi. Biroq, uning bu o'zboshimcha harakatidan chol (otasi — S.X.) norozi bo'ladi. U kapitalni o'zining nomiga qo'yilishini xohlagan edi-da! Hozirgacha ham Mirza Muhiddin M ansurov buni esidan chiqar olganicha yo'q.

Mansurov bundan boshqa o'z boyligini xorijga o'tkazishning iloji bo'lmaganligi sababli, shundan so'ng savdo agentlari orqali sarmoyasini Moskva, Boku, Toshkent, Samarqand, Dushanbega o'tkazadi. U qorako'lchilikka katta mablag' sarflaydi. Buxoro atrofidan, Qo'rg'ontepadan va boshqa joylardan qorako'l qo'ylarni qo'rasi bilan sotib oladi. Shuningdek, u paxtachilikka ham pul sarflaydi…

Mansurovning shu usulda o'z kapitalini ma'lum joylarga sarflashdan maqsadi, SSSRda qoladigan oila a'zolarini pul bilan ta'minlash bo'lgan edi. O'zi esa qanday qilib bo'lmasin xorijga o'tib ketishning payida bo'ldi. Mana shunday maqsadi umidida amalga oshirgan xatti-harakatlaridan biri, u o'zining tanishi, sinashli jo'rasi A.A.Gellikninng xotini Zinaida Grigor'evna Gellikka soxta nikoh bilan Moskvada uylanishi bo'ldi. Buning evaziga o'z xotinini qo'yib, uning Mansurovga turmushga chiqishiga «rozi» bo'lganligi uchun A.A.Gellik o'z «do'sti»dan 100 ming so'm olgan. Bunga Mansurovning o'g'li va nevaralari guvoh.
3. G.Gellik M.Mansurovga o'z maqsadini amalga oshirish, ya'ni chet elga qochishga va boyliklarini xorijga o'tkazishi ham da boshqa muhim ishlarini amalga oshirishi uchun kerak edi».

Ma'lumotnomada yozilishicha, M.Mansurov Z.G.Gellikka uylanishdan tashqari o'z maqsadi yo'lida yana boshqa hiyla-nayranglarni ham sun'iy ravishda uyushtiradi. Masalan, u jamoatchilikni chalg'itish uchun o'g'li Mirza Abduqodirning uyidagi boyliklarni o'g'rilar o'g'irlashini yolg'ondakam uyushtiradi. Shuningdek, u hamma o'g'il-qizu kelinlarini yig'ib, juda katta qarzdor bo'lib qolganligini aytib, agar ayollar jami tilla taqinchoqlarini bermasa, o'zini qo'lida ushlab turgan stakandagi yodni ichib o'ldirishini aytadi., Ayollar esa bunga rozi bo'lib, uni «o'limdan» saqlab qoladi.

Ma'lum bo'lishicha, Mirza Muhiddin Mansurov o'zini nochor qiilbi ko'rsatgan va uyidagi boyligini esa farzandlari talashib-tortishib olib ketgan ma'noda bildirish uchun yana bir aql bovar qilmaydigan tadbirni o'ylab, buni ham rosmana jamoatchilikka oshkor qiladi. Bu gal endi, u o'z uyida kelini Zahrooy (o'g'li Xayrulloning xotini) bilan bir karavotda yotgan bo'ladi. Buni ko'rgan Xayrullo esa kechasi soat o'n birlarda katta akasi Isom, unnig oila a'zolari va onasini chaqirib kelib, to's-to'polon ko'taradi. Kampir esa eri Muhiddinni kalish bilan uradi, haqoratlaydi.

Shundan so'ng uning uyidagi ro'zg'or anjomlari «dili siyoh bo'lgan» farzandlar tomonidan bo'li olinadi. Shu bahonada M.Mansurovning oldindan ogoh bo'lib shay turgan odamlari ham kelib, amirdan qolgan xazina boyliklarini ham olib ketib, ishonchli joylarga yashiradilar. Qariya esa ship-shiydon bo'lgan, vayrona ko'rinishdagi uyda bir o'zi qoladi. «Uyat»dan masjidu namozlarga borolmay, ko'cha-ko'ylarga chiqolmay qoladi. Ammo zimdan o'z odamlari orqali vaziyatni o'zi boshqarib boradi.

Qo'limizdagi o'sha «Ma'lumotnoma»ning oxirrog'ida yana quyidagilar yozilgan: «Shu narsa ma'lumki, Muhiddinovning oila a'zolari chetga qochib ketishga tayyor. Uning o'g'li Mirza Isom xorij pasportini olgan. Mirza Xayrullo esa hozir ba'zi bir kishilar orqali Afg'oniston pasportini olishga harakat qilyapti. Mirza Nizom allaqachonoq xorij pasportini qo'lga kiritgan. Mirza Muhiddin /Mansurov/ ham Zinaida Grigor'evna orqali o'arbiy Germaniyaga chiqib ketish uchun xorij pasportini oladi.

Qolgan boyliklarni esa xorijga Mirza Xayrullo olib ketishi kerak. Bu to'g'rida u Afg'on vakili bilan Buxoroda gaplashib olgan. Shuningndek, bu masala Toshkentdagi Afg'on bosh konsuli bilan ham bir necha bor kelishib olingani ma'lum».

«Ma'lumotnoma»ning asosiy mazmun va xulosasi shuki: M.Mansurov juda aqlli va uddaburon, tadbirkor odam. U amirdan qolgan xazinani hamda mamlakatda amirdan keyingi ikkinchi katta boy — qozi-kalonning ham boyliklarini o'ziniki qilib olgan. Buning ma'lum qismini xorij (Germaniya)ga chiqarib ulgurgan. Qolganlarini esa endi olib chiqib ketishga qattiq kirishgan holda faoliyat yuritmoqda. Bu taxminan 1917-1927 yillar oralig'idagi katta tarix ichidagi «kichik tarix» bo'lib, hujjjatlarning mazmunidan ko'rinib turibdiki, qoqea tugallanmagan. Aniqroq qilib aytsak, M.Mansurovning shundan keyingi faoliyati va taqdiri bizga noma'lum. Buni aniqlash bundan keyingi vazifa bo'lib turibdi. Chunki, bu millat uchun zarur bo'lgan ko'pgina tarixiy voqeliklarning ro'yobga chiqishiga yordam beradi.

GPU xodimlari tomonidan to'plangan maxfiy hujjat va xufyanomalar majmui, ya'ni 243 — «Tovar» nomli maxsus maxfiy davlat ahamiyatiga molik kuzatuv «ish»i («delo»si) 1922-1928 yillarga oid bo'lib, shundan so'ng harakatdan to'xtatilib, arxivga topshirilgan. Undagi M.Mansurovning faoliyatiga qaratilgan masala oxiriga etkazilmagan. Agar mana shunga suyanib fikr yuritsak, «qilni qirq yorgan» GPU bu gal «ish»ni oxirigacha etkaza olmagan. Bu esa, Mansurov tomonidan amir va qozikalondan qolgan oltin boyliklar o'zlashtirilganligi isbotlanmaganligidan dalolatdir yoki isbotini topa olmagan haqiqatdir. Lekin bir narsa ma'lumki, M.Mansurov katta boy, savdogar va ishbilarmon bo'lgan. Pul topib boylik orttirishni yaxshi bilgan. Shu ma'noda uning o'z boyligini asrash va xorijga chiqib ketish uchun qilgan xatti-harakatini ijobiy baholamoq kerak. Uning «qarzdor bo'lib» ayollarning tilla taqinchoqlarini yig'ib olishi, Z.G.Gellikka «uylanishi» kabi soxta, xo'jako'rsin uchun qilingan va boshqa harakatlarini o'sha kommunistik va adolatsizlik zulmining qusuri deb tushunmoq kerak.

Tarixdan ma'lum bo'lishicha, M.Mansurovning o'g'illari ham jadidchilik harakati va undan keyingi tarixda faoliyat ko'rsatganlardan. Ularning xizmati tarixda o'z o'rni va bahosiga ega. Ayniqsa, bu o'rinda Mirza Abdulqodir Muhiddinovning xizmati alohida tahsinga sazovordir. U ham Buxorodagi aprel fojiasidan keyn jabrlanib, muhojirlikda, Buxorodan chetda «inqilobiy faoliyat» bilan band bo'ldi. Buxoro kommunistik partiyasi tashkil topishiga katta hissa qo'shdi. U 1920 yil 16 avgustda Chorjo'yda chaqirilgan partiyaning IV qurultoyida delegat sifatida qatnashdi. Xuddi mana shu qurultoyda sovetlar Rossiyasi armiyasining Buxoroga bostirib borib amirlikni tugatishi haqida qaror qabul qilinadi.

Buxoro kommunistik bosqinchi armiya tomonidan bosib olinib, Yosh buxoroliklar hokimiyatni egallagach, M.A.Muhiddinov partiya va hukumat lavozimlarida ishlaydi. 1920 yil 14 sentyabrda esa, u Butun Buxoro Inqilobiy Qo'mtasi raisi etib tayinlanadi. Unda ham boshqa jadidlar qatori kommunistik mustamlakachilikka nisbatan norozilik kuchayadi. Shu sababdan ham Buxoroda 1920 yil sentyabridayoq Ahmad Zaki Validiy boshchiligida ish boshlagan aksilkommunistik maxfiy tashkilot — «Turkiston milliy birligi» O'rta Osiyoda yashirin faoliyat yuritadi.

Tarixiy ma'lumotlarga ko'ra, bu tashkilotga 1921 yil 30 iyul kuni Abdulqodir Muhiddinovning uyidagi «gap»da, ya'ni maxfiy majlisda A.Z.Validiy Turkiyadan Mustafo Kamol poshoning maxsus topshirig'i bilan Buxoroga kelgan Turkiya Buyuk Millat Majlisi a'zosi Islom So'fi taklifi bilan rahbar etib saylanadi.
«Tovar» va «Praviteli»da M.Mansurovdan tashqari Buxoro kompartiyasi va sovet hukumatining yana bir guruh rahbarlari amirdan qolgan oltin xazinani o'zlashtirib xorijga qochib ketganlikda ayblanadi. Bu aybdorlarning «aybi»ni bugungi kunda sal boshqacharoq talqin qilish ham mumkin. Gap shundaki, bularning hammasini ham bir ixl ma'noda o'g'ri, qochoq hamda muttahamlikda ayblash uncha to'g'ri emas. Chunki ularning xatti-harakati va maqsadlari hamda tanlagan yo'li o'sha davrdagi o'ta murakkab tarixiy muhit bilan bog'liq bo'lgan. Ularning aksariyati xalq va vatan manfaati yo'lida bel bog'lab amirni taxtdan ag'darishda Rossiyada bosh ko'targan «bol'shevik balosi»dan foydalanib, uning makkorona tuzog'iga ilinganligini juda tez anglab etdilar. Shu sababdan ham Vatanda qolib xizmat qila olmasliklari va asta-sekin o'zlari badnom bo'lishlaridan ko'ra, xorijga ketib jon saqlashlari yoki keyinchalik qaytib kelish umidida bo'lganlar ham yo'q emas.

Yuqoridagi «Ma'lumotnoma»da «xazina o'g'risi» sifatida yana quyidagilar ko'rsatiladi: BXSR moliya noziri (vaziri) Nosir Hakimov, Moliya vazirligi Moliya boshqarmasi boshlig'i Sattorxon o'afforxo'jaev, BXSRning Germaniyadagi savdo vakolatxonasi boshlig'i Yusufbek Mukimboev, BXSRning Afg'onistondagi elchisi Yusufzoda, Buxoro Inqilobiy QO'mitasi qoshidagi Favqulodda komissiyasi raisi Muhitdin Xo'jaev va boshqalar.

Agar M.Mansurov amirdan qolgan oltin xazinani hisobga olish komissiyasining raisi bo'lgan bo'lsa, N.Hakimov omon qolgan xazinani topish, BXSRning moliyaviy asosini tashkil etishga rahbarlik qiladi. Topilgan xazina dastlabki kunlardanoq to'la ma'noda uning tasarrufida bo'lgan. «Men Hakimovning oldiga kirsam, — deb eslaydi 1934 yilda Fayzullaxo'ja To'qsoba Muhammadiev, — u erda (Hakimovning kabinetida — S.X.) Muhiddin Mansurov (Abdulqodir Muhiddinovning otasi), Usmon Xo'ja (Usmonxo'ja Po'latxo'jaev) kutib o'tirgan ekan. Suhbat chog'ida ular menga o'rislar o'zlari oldin topib olib ketgan joylardan boshqa oltin saqlanayotgan joylarni biladigan kishilarni topib berishni so'rayotganligini aytdi. Men o'sha joylarni ko'rsatishga rozi bo'ldim. Mirza Muhiddin Mansurov va Usmon Xo'ja bilan birga faytunda «Ark» tomon yo'l oldik. Yo'lda… Usmon Xo'ja menga qarata aytdi: «Agar oltinlardan qolgan bo'lsa, o'ruslarga bu joylarni ko'rsatish bizlar uchun foydalik emas, … ularni chalg'itishingiz kerak…»

Shunday qilib, ruslar chalg'itilib, amirning boshqa joyda — erto'laning pastki qismida saqlanib kelingan katta miqdordagi ikkinchi bir ltin xazinasi omon qoladi va keyin u topib olinadi. Bunda birgina N.Hakimov emas, balki U.Po'latxo'jaev va albatta F.Xo'jaevlarning jasorati katta bo'ldi.

N.Hakimov 1922 yil 2 yanvarda Butun Buxoro Markaziy Ijroiya Qo'mitasi, Buxoro Xalq Nozirlari Soveti va BKP Markaziy Qo'mitasining qo'shma majlisida Sharqiy Buxorodagi «bosmachilik urushi»ga qarshi kurashish utuzilgan Favqulodda komissiya raisi etib tayinlanadi.

Buxoro sovet hukumati rahbarlarining xazina bilan bog'liq faoliyatini kuzatuvchi hufyachi «Zuhra» degan nom ostida ish yuritgan. U 1926 yil 13 iyundagi «Buxoro Respublikasi MIQ va Moliya nozirligidagi jinoyatlar haqida axborot»ida yozadi: «Buxoro Xalq Komissarlari Kengashining pul fondi Fayzulla Xo'jaev, Buxoro MIQning pul fondi esa Muhiddinov va Moliya noziri Nosir Hakimovlarning qo'lida bo'lgan.

N.Hakimov o'sha paytda Buxoro Respublikasi xazinasidagi qariyb hamma brilliant boyliklarini olib Turkiyaga qochib ketgan. U hozir Turkiyada yashaydi, u erda qimmatbaho toshlar savdosi bilan mashg'ul».

Ba'zi bir ma'lumotlarning guvohlik berishicha, N.Hakimov topilgan xazinani xohlagan paytda kelib ko'rish va nazorat qilib turish vkolatiga ega bo'lgan. Masalan, kunlardan bir kun u xazinaga kirib, undan taxminan o'n karat keladigan brilliantni ro'molchasiga o'rab oladi-da, qaytib chiqishda qorovulning oldida ro'molcha bilan burun artgan bo'lib, uni tushurib yuboradi va uni qorovulga olgin deb taklif qilib, uni sinab ko'radi. U olmaydi. Shundan so'ng brilliantni qayta erto'laga kirib qoldirib, qorovulga to'g'riligi uchun rahmat aytib ketadi.

Ushbu xufyanoma mana bunday so'zlar bilan yakunlanadi: «Bir so'z bila, aytganda, ko'pgina mo''tabar shaxslar sobiq Buxoro Respublikasini boshqarib hukmronlik qilish evaziga boyib ketganlar. Ularning boyligi butun umrlariga etadi va hatto merosxo'rlariga ham qoladi».

Bizning qo'limizda Sattorxo'ja o'afforxo'jaevning Amir xazinasining hisoboti komissiyasiga 1922 yil 14 yanvarda, 20 va 31 dekabrda va yana bitta sanasiz yozgan xatlaridan 4 tasining ko'chirmasi bor. Ularning mazmuni asosan mana bunday:

«Hisob komissiyasiga. Menga 20.000 so'mlik tilla yuboring. Rasmiy qog'oz keyin jo'natiladi.

14/I

(Sattor Xo'ja)»
Mana shu usulda Sattorxo'ja o'afforxo'jaev o'z lavozimini suiiste'mol qilgan holda jami quyidagicha qimmatda xazinadan oltin olgan: 80.000 so'mlik tilla, 20.000 Buxoro tangasi, 1000 ta besh so'mlik rus tilla tangasi.

Bulardan tashqari, uning shaxsan o'zi bir marta «31.225 so'mlik tilla», ikkinchi marta «18.505 so'mlik tilla oldim» degan yozuv qoldirgan. Yana, 1923 yil 15 yanvar sanasi bilan qayd etilgan BXSR Xalq Nozirlari Kengashi raisining xizmat xati (slujebnaya zapiska) bilan 50.000 so'mlik oltin olgan. Ushbu xatda «Ahmadjon Maxsum! Zudlik bilan Sattor Xo'jaga 50.000 so'mlik oltin berib yuboring. Aminov» degan so'zlar yozilgan.

«Tovar»ning 254-varag'ida konvertga solingan moliyaviy hujjatlarning soni 20 ta. Biz shulardan ba'zi birlarini namuna sifatida keltirdik, xolos.
Bulardan ma'lum bo'lib turibdiki, amir xazinasining «Frunze bosqini»dan omon qolgan qismi kattagina miqdorni tashkil etgan. Bundan esa yuqoridagicha usulda, ya'ni nimaga sarflanishi va ni ma uchun olinganligi aniq ko'rsatilmagan holda juda katta miqdordagi boylk haqiqatan ham o'zlashtirilganligi ma'lum bo'lib turibdi. Balki, bu boyliklar Vatan himoyasi maqsadida «bosmachilik urushi» uchun sarflangan bo'lishi ham ehtimoldan xoli emas. Lekin «Beayb Olloh» degan hikmat ham bor. Boylik, ayniqsa, oltin hamisha odamlarni yo'ldan urgani ham ma'lum.

Manba: facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube