O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Adolat, adolat va adolat qani?

Adolat, adolat va adolat qani?
05 Ekim 2019 - 18:12 'da yuklandi va 713 marta o'qildi.

Haqiqat, adolat tantana qilishi uchun astoydil kurashayotgan, haq-huquqlari toptalgan insonlarga qurbi etguncha yordam berib kelayotgan Shabnam (Nafosat) Ollashukurovaning dastlab 10 sutkaga hibsga olinishi, sӯngra ruhiy kasalliklar dispanseriga majburiy tarzda joylashtirilishi yurtimizda eski tuzum, karimovcha boshqaruv usuli qayta jonlanayotganini anglatadi.

Tӯg'ri, mamlakatimizni eskicha tuzumda boshqarish hali uzil-kesil bartaraf etilmagan. Lekin e'tirof etish kerakki, Shavkat Mirziyoev iqtidorga kelgandan keyin Karimov davrida ustuvor kuchga ega bӯlgan “ӯzgacha fikrlovchi”larni, “muxolif qarashga ega shaxslar”ni ruhiy kasalliklar dispanserida “davolash” va “tarbiyalash” usuliga barham berilgandek bӯlgandi.

Mana kӯrib turganimizdek, bizning nazdimizda Karimov tuzumiga xos jazolash usuli yana qayta tiklandi. Bloger Shabnam Ollashukurova ushbu jazolash usulining qurboni bӯldi.

Ӯzbekiston Respublikasi Jinoyat ijroiya kodeksining “Tibbiy yӯsindagi majburlov choralarini ijro etish” deb nomlangan 33-bobining
181-194-moddalari ruhiy holati buzilgan shaxslarga bag'ishlangan.

181-moddaga kӯra ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov choralari sog'liqni saqlash organlari tomonidan sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasiga muvofiq tartibda qӯllanilishi kerak.

Bloger Shabnam Ollashukurovaga nisbatan majburlov chorasining bu turi qanday usulda qӯllanilgani, uning ruhiy holati haqiqatanan buzilgan-buzilmagani hozircha hech kimga ayon emas. Ammo Shabnam Ollashukurovani yaqindan bilgan kishilar unda hech qachon ruhiy kamchiliklar kuzatmaganini bildirishmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlarga kӯra, “bemor”ning qarindoshlariga ichki ishlar, sog'liqni saqlash organlari tomonidan sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasi taqdim etilmagan. Ammo blogerning qarindoshlariga mutasaddi xodimlar uni “vosvos” tashhisi bilan ruhiy kasalxonaga yotqizayotganliklarini bildirgan, xolos.

Shabnam Ollashukurovaning qarindoshlari va uni qӯllab-quvvatlovchilar Jinoyat ijroiya kodeksining “ruhiy kasalliklar shifoxonalarida majburiy davolanayotgan bemorlar advokat xizmatidan foydalanishlari mumkin”ligi belgilangan 185-moddasiga kӯra advokat bilan ta'minlashi va haqiqatni yuzaga chiqarish uchun astoydil kurashishi kerak. Chunki Shabnam Ollashukurovaning ruhiy kasalliklar dispanserida ikki oy tutib turilishi tӯg'risida xabarlar tarqatilmoqda. Ruhan sog'lom insonning ikki oy psixdispanserda qolishi, albatta, yaxshi omil emas. Buni 2010 yilda Toshkent shahar ruhiy kasalliklar dispanserida ikki yarim kun majburiy tutib turilgan bir inson sifatida ma'lum qilmoqdaman. Ӯzbekistonda chop etiladigan “Sharq ziyosi” gazetasida “Dollarfurushlar. Valyuta ayirboshlash shohobchalarining egalari kim” deb nomlangan maqolam uchun Toshkent shahar IIBBning gumroh, omi, savodsiz, kaltabin xodimlari meni Toshkent shahar ruhiy kasalliklar dispanseriga joylashtirgan edi.

Kӯrnamaklarning meni ruhiy nosog'lom deb topishi uchun atigi “Toshkent shahrida valyuta qora bozorlari faoliyat yuritishini faqat mutasaddi organlardan boshqa 7 yoshdan 70 yoshgacha bӯlgan hamma yurtdoshlarimiz yaxshi biladi” degan javobim asos bӯlgandi.

Psixdispanserda ikki yarim kun ichida tortgan azoblarim, Toshkent shahar IIBB hovlisidan qӯlimga kishan solib Damas mashinasida psixdispanserga olib borib, panjarali xonaga qamab qӯygan paytlarni hali esimdan chiqara olmayman… Bu qattol Karimov davri edi. Yangi Ӯzbekiston yangicha odimlamoqda, zamon ӯzgardi, deya jar solayotgan bir paytimizda sog'lom odamni “ӯzgacha fikrlashi” uchun ikki oy ruhiy kasalliklar dispanserida tutib turish yaxshi ish bӯlmasa kerak…

Aslida bloger Shabnam Ollashukurovani amaldagi qonun hujjatlariga kӯra hibsga olish mumkin emas edi.

Ӯzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “Ma'muriy qamoqqa olish” deb nomlangan 29-moddasida “Ma'muriy qamoqqa olish chorasi homilador ayollarga, uch yoshgacha bolasi bӯlgan ayollarga, ӯn to'rt yoshgacha bӯlgan bolasini yakka ӯzi tarbiyalayotgan shaxslarga, ӯn sakkiz yoshga tӯlmagan shaxslarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga nisbatan qӯllanilishi mumkin emas”ligi belgilangan.

Bloger Shabnam Ollashukurovani hibsga olishda ichki ishlar organi xodimlari uning hali 4 yoshga tӯlmagan egizak farzandlari borligini hamda ularni yakka ӯzi tarbiyalayotganini inobatga olishmadi.

Bundan tashqari, bloger hech qanday qonun-qoidalarga xilof ish tutmagan. Ӯzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-moddasida fuqarolar ӯz ijtimoiy faolliklarini Ӯzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig'ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egaligi aniq ifodalangan. Shabnam Ollashukurova va Rajabovlar oilasi harakatlarida qonunga xiloflik alomatlari yӯq. Shunday bӯlsa-da, Xorazm viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi shoir Mahmud Rajab va uning qarindoshlari hamda bloger Shabnam Ollashukurovani yӯl qoidasini buzganlikda aybdor deb topib hibs qildi.

Dunyoning rivojlangan davlatlarida ham miting, norozilik namoyishlari, hukumat idoralariga qarshi kӯcha yurishlari bӯlib turadi. Bunday “yurish”larda biz namoyishchilar hatto poezdlarni tӯxtatib qӯygan holatlarni, avtomobillarning serqatnov yӯllarini tӯsib qӯyish orqali ӯz noroziliklarini bildirgan hollarni oinaijahon, ijtimoiy tarmoqlar orqali kӯp kӯrganmiz.

Xullas, davlat rahbari tomonidan “Adolat, adolat va adolat, haqiqat, haqiqat va haqiqat” degan shior ilgari surilayotgan bir paytda erkin sӯz, ӯz fikrini erkin bildirgan yurtdoshimizni ruhiy kasalliklar dispanseriga qamashi Ӯzbekistonimizning imidjiga salbiy ta'sir kӯrsatmasdan qolmaydi. Shu bois Shabnam Ollashukurova zudlik bilan ozodlikka chiqarilishi kerak!

Ruzibay Azimiy (Ruzibay Azimiy)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube