O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

AMIRLAShKAR ALIMQULI – OZODLIK HARAKATI YO'LBOShChISI

AMIRLAShKAR ALIMQULI – OZODLIK HARAKATI YO'LBOShChISI
05 Ekim 2019 - 18:23 'da yuklandi va 481 marta o'qildi.

Ushbu maqolani boshlashdan oldin ancha mulohaza qildim. Amirlashkar Alimqulday tarixda o'chmas iz qoldirgan shaxs to'g'risida yozishning o'ziga yarasha salobati bosdi. Xalq ozodligi, millat kelajagi uchun jonfido qilgan sarkardaning hayoti bugungi yosh avlod uchun, ayniqsa, yosh harbiy kadrlar va oliy harbiy bilim yurtlari kursantlari uchun ibrat maktabi bo'ladi. Qo'qon xonligining oliy harbiy qo'mondoni bo'lgan amirlashkar Alimqul xonlik harbiy ishi tizimida tub islohotlar olib borgan harbiy mutaxassis sifatida tarixda nom qoldirgan. Uning harbiy sohada olib borgan islohotlari va xonlik harbiy tuzilmalariga tatbiq etgan yangiliklari zamon bilan hamnafas holda olib borilganligi sababli o'rganishga arzigulikdir.

Alimqul Hasanboy o'g'li (1831-32) Andijon viloyati, Qo'rg'ontepa tumani, Toshtoq qishlog'ida tug'ilgan. Ikki yoshida Alimqul otadan etim qoladi va shunda onasi Shirvonbibi Bujum qishlog'iga, hozirda Qirg'iziston Respublikasi, Batken viloyati hududidagi qarindoshlarinikiga ko'chib o'tadi. Onasi Alimqulni akasi Mulla Do'stning tarbiyasiga topshiradi va shu tarzda Alimqul olti yoshgacha tog'asinikida yashaydi. Yosh Alimqul Andijon madrasasida, keyinchalik Qo'qon xonligida mashhur Ayoz Maxsum o'g'li Maxdum domla qo'lida o'qiydi.

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida tarixchi Muhammad Yunus bin Muhammad Aminning mashhur «Tarixi Alimquli amirlashkar» asari qo'lyozmasi saqlanmoqda. Alimqulning hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan ushbu asar uning vafotidan so'ng, farzandlari iltimosiga ko'ra yozilgan. Muallif Alimqulning yaqin safdoshi, maslakdoshi bo'lgan va uning deyarli barcha jangovar harakatlarida va hayotining so'nggi daqiqalarida ham yonma-yon bo'lgan.

Asarda ta'kidlanishicha, bir kuni Andijon hokimi So'fibek katta to'y marosimini o'tkazadi. Ana shu to'yda tashkil etilgan poygalarda va kurash musobaqalarida Alimqul o'zining qo'rqmas va abjirligi bilan Xudoyorxonning katta akasi, bo'lg'usi Qo'qon xoni Mallabekka yoqib qoladi. Bu voqea taxminan 1847-48 yillar oralig'ida bo'lib o'tgan. Shundan so'ng Mallabek Alimqulni o'z xizmatiga oladi va Alimqul uning eng ishonchli yigitlaridan biriga aylandi. Shu tariqa 16 yoshli Alimqul Qo'qon xonligida otliq-sarboz sifatida o'zining harbiy sohadagi faoliyatini boshlaydi. Olloh in'om etgan aql-idroki, shijoati va mardligi tufayli oradan ikki yil o'tib, taxminan 1850 yillarda, 18 yoshli jasur yigit Mallabekning qo'shinida yuzboshi etib tayinlandi.

Amirlashkar Alimqul 1858 yildan boshlab to umrining oxirigacha, ya'ni 1865 yilgacha Qo'qon xonligida uzoqni ko'ra oladigan, harbiy sohaga bir qancha yangilik va islohotlar olib kirgan amaldor sifatida davlat boshqaruvida ishtirok etgan. Dastlab 1858 – 62 yillar davomida Mallabek qo'l ostida xizmatda bo'lgan. 1862 – 63 yillarning suronli kunlarida Buxoro amiri Muzaffarga Qo'qon xonligining tobe bo'lishining oldini olgan va mustaqilligini saqlab qolishga erishgan davlat arbobi va mohir sarkarda sifatida o'zini namoyon etgan.

Farg'ona hududidan Buxoro amiri quvib solingandan so'ng, 1863 yil 9 iyul' kuni Marg'ilon yaqinida Qo'qon xonligi tarixidagi muhim qurultoylardan biri bo'lib o'tadi. Qo'qon xonligi tarixida muhim ahamiyat kasb etgan bu qurultoyda besh mingdan o'n minggacha xalq vakillari hamda Marg'ilon, Andijon, O'sh, Qo'qon, Namangan va Chustning urug' boshliqlari va davlat boshqaruvidagi mashhur shaxslar ishtirok etishdi.

Farg'ona tarixiga oid ko'plab tarixiy asarlarda keltirilishicha, 3-4 soat davom etgan qurultoy oxirida Alimqul ishtirokchilarga yuzlangan va xonlikdagi betartibliklarning barchasi xalqning yagona hukmdor – xonni pisand qilmasligidadir, shuning uchun saylov yo'li bilan saylangan shaxsni qonuniy hukmdor deb tan olish zarurligini uqtirgan. Shunda Qo'qon xonligining ko'zga ko'ringan ulamolaridan biri Ziyoviddin Maxsum o'rnidan turib, Alimqul lashkarboshini Qo'qon xoni etib saylash taklifini bildirgan. Alimqul bu taklifni rad etib, xonlikka da'vogar shaxs, davom etib kelayotgan udumlarga ko'ra, xonlar avlodidan bo'lishi kerakligini aytgan. Uzoq tortishuv va muzokaralardan so'ng qurultoy ishtirokchilari xonlikka Mallabekning o'g'li Sulton Saidning nomzodini lozim deb topishdi. Alimqulning o'zi ham aynan shu fikrda edi. Ishtirokchilar Sulton Saidni xon etib saylashdi va udumga ko'ra oq namat ustiga o'tqizib ko'tarishdi.

Sulton Said bor-yo'g'i 9 – 11 yoshlar atrofida, Alimqul lashkarboshi esa 32 yoshda edi. Alimqul lashkarboshi yosh xonning rahnamosi sifatida xonlikdagi hukumat boshqaruvini o'z qo'liga oldi. Moliyaviy boshqaruv, lavozimlarga saylash, hattoki, oliy bosh qo'mondonni saylashgacha bo'lgan vakolatlar Alimqulning izmiga o'tdi. Qurultoy yakunida ishtirokchilar tomonidan maxsus shartnoma qabul qilindi va hujjatni xonlikning mashhur ulamolari, ziyolilari, amaldorlaridan iborat qurultoy ishtirokchilari imzolashdi. Shu kundan boshlab Alimqul «amirul umaro», ya'ni amirlar amiri maqomiga ega bo'ldi. Xonlikning bosh lashkarboshisi lavozimidagi Alimqul zimmasiga Rossiya imperiyasining mustamlakachilik yurishlariga qarshi ozodlik harakatlari va xalq qo'zg'olonlariga boshchilik qilib, kurashlar olib borishdek murakkab vazifa tushdi. Afsuski, ushbu ozodlik uchun bo'lgan jang uning hayotiga zomin bo'ldi. 1865 yilning may oyida bo'lib o'tgan bu kurash va Alimqulning vafoti to'g'risida tarixchi Muhammad Solihxo'ja domla Rahim Qoraxo'ja o'g'li o'zining «Tarixi jadidayi Toshkand» asarida yozgan.

Voqealar Toshkent shahri, Shayxontohur dahasidagi Darxon (Tarxon – sayyod) arig'i yonida bo'lib o'tgan. Aynan shu hududga Alimqul o'z lashkarini joylashtirgan, chor askarlari esa Salor arig'idan o'tib, ular bilan yuzma-yuz jangga kirishgan.

Alimqul askarlari dushman tomonga to'fang va zambaraklardan tinimsiz o'qlar otib, uch tomondan kengayib, suvoriylar va o'qchilar tomon tez sur'at bilan Nazarbek qo'rboshi qo'rg'onchasidan o'tib, Sho'rtepa tarafda, tepadan pastlikka qarab to'xtaganlar. Rus askarlari chekinishga majbur bo'ldilar. Mulla Alimqul amirlashkar jangda jonbozlik ko'rsatgan Jomador to'pxonaboshi, Hindubacha yuzboshi, Xayrmuhammad afg'on ellikboshi, ponsadg'ozilik Mirbobo ponsadboshi va ularning sarbozlarini jasorati uchun munosib taqdirlaydi.

Toshkent himoyachilari g'alaba qozongan bu jang Alimqulning halok bo'lishidan bir kun oldin bo'lib o'tgan edi. Kechqurun Alimqul barcha lashkarboshilari bilan yig'ilib, ertangi jang rejasini tuzadi. Ertasiga shiddatli tus olgan jangda dushman tomonga qarata olti zambarakdan o'qlar otiladi, himoyachilar Salor arig'igacha etib kelishadi.

Tarixchining guvohlik berishicha, Alimqul amirlashkar katta ko'chada dushman bilan jang qilib ancha turib qoladi. Birozdan so'ng og'ir yaralangan Alimqulni tabib Asadullabek elkasiga olib, yordam ko'rsatishga shoshiladi. Qirilmos darvozasi tomondan «Yo otam!»lab kelgan o'g'li Shermuhammadbekni Alimqul yoniga imlaydi, qulog'iga nimadir deb, o'g'li bilan vidolashadi. Shundan so'ng amirlashkar Alimqulni jang maydonidan olib chiqib, Toshkent o'rdasiga olib ketishadi.

Shunday qilib xalqimiz ozodlik harakati tarixida muhim iz qoldirgan mard va jasur sarkarda Alimqul amirlashkar hijriy 1281 yil zulhijja oyining 19 kunida, milodiy 1865 yilning 15 may kuni Toshkent himoyasi uchun olib borilgan shiddatli janglarda mardlarcha halok bo'ldi. U Hazrat Shayx Xovandtohur mozoriga dafn etiladi.

Zebo XOLBOEVA, O'zbekiston Qurolli
Kuchlari davlat muzeyi ekskursovodi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube