O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Xorazmlik jurnalist Davlatnazar Ro'zmetov hibsga olindi

Xorazmlik jurnalist Davlatnazar Ro'zmetov hibsga olindi
05 Ekim 2019 - 18:30 'da yuklandi va 385 marta o'qildi.

“Ozodlik radiosi”ning xabar berishicha, Paxtada majburiy mehnat masalasini yoritib kelgan xorazmlik jurnalist, “Jamiyat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi​ muxbiri Davlatnazar Ro'zmetov 5 oktyabr kuni hibsga olingan.

Xorazm viloyatining Qo'shko'pir tumanida yashovchi jurnalistning rafiqasi Leninza Alieva bu haqda Ozodlikka ma'lum qildi.

– Bugun kunduzgi 11larda uydan chiqqanidan yarim soat o'tar-o'tmas Urganch shahridan telefon qilib, “meni organdagilar olib ketayapti”, deb aytdi. Keyin unga bog'lanib bo'lmadi, – dedi jurnalistning turmush o'rtog'i.

Ro'zmetovning hibsga olinishi sabablari Ozodlikka ma'lum emas.

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati Ozodlik muxbirining Ro'zmetov borasidagi murojaatini e'tiborsiz qoldirdi.

Leninza Alieva ham turmush o'rtog'ining nega hibsga olingani va uning qaerdaligi haqda ma'lumotga ega emasligini aytdi.

– Xorazm viloyat IIBsiga bordim, bilmaymiz, deyishdi. Qo'shko'pir tumani IIBsidagilar ham shunday deyishdi. Telefoni o'chirilgan, – dedi Alieva.

Xorazm viloyatdagi og'riqli mavzularni ko'tarishi bilan taniqli Davlatnazar Ro'zmetov o'tgan yil oktyabr oyida “bezorilik” aybi bilan 7 kunga qamalib chiqqan edi.

Jurnalist o'shanda kasbiy faoliyati uchun jazolanganini aytgan.

Ro'zmetov o'zining Facebookdagi sahifasida O'zbekistonda bo'layotgan voqealarga faol fikr bildirishi bilan mashhur bo'lgan.

Xorazmda ikki hafta ichida uchinchi hibs

Davlatnazar Ro'zmetov o'z sahifasi orqali 23 sentyabr kuni adolat izlab Toshkentga, IIV vaziri bilan uchrashishi uchun yaqinlari bilan Xorazmdan piyoda yo'lga chiqqan shoir va jurnalist Mahmud Rajabning harakatlarini yoritgan edi.

Jurnalist tanishlaridan birining iddaosicha, yurish ishtirokchilariga Urganch shahrida tashlangan va videotasvirga tushgan ayol 5 oktyabr kuni Ro'zmetovga ham hujum qilgan. Ammo, bu iddaoni boshqa manbalardan tekshirish imkonsiz.

23 sentyabr kungi yurish ishtirokchisi Mahmud Rajab va uning yurishini yoritib borgan xorazmlik bloger Nafosat Olloshukurova 10 sutkaga qamalgandi.

Mahmud Rajab jazo muddatini o'tagach 3 oktyabr kuni ozod etildi.

Nafosat Olloshkurova esa 10 kunlik qamoq jazosini o'tab bo'lganidan so'ng majburiy tartibda ruhiy shifoxonaga yotqizildi.

O'zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati hozirga qadar xorazmlik jurnalist va blogerlar Davlatnazar Ro'zmetov va Nafosat Olloshkurovalarning ishi borasida bayonot chiqargani yo'q.

Manba: ozodlik.org

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube